Young Politic 🇺🇿💼🌏🌍🇺🇿
140 subscribers
5.2K photos
2.05K videos
7 files
581 links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Erdogan Albaniyadagi sammitda Makronning o‘rta barmog‘ini ushlab oldi.

Videoda siyosatchilar bir-biriga qo‘l berib ko‘rishmoqda. Makron qo‘lini Erdoganning ustiga qo‘ymoqchi bo‘lgan lahzada, Turkiya prezidenti barmoqdan "ushlash texnikasi"ni ishga solib, ustunlikni o‘z tomoniga burdi.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Tramp – Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro haqida:

«Har ikki tomon kuchayib borardi – shunchalik darajagacha yetdiki, keyingi qadam nima bo‘lishini o‘zingiz bilasiz. Bu “n” harfidan boshlanadigan so‘z. “N” harfidan boshlanadigan so‘z nima ekanini bilasiz-a? Juda yoqimsiz so‘z, to‘g‘rimi? Ayniqsa, yadroviy ma’noda.»

Tramp aniq aytmagan bo‘lsa-da, u yadroviy urush (nuclear war) tahdidi haqida gapirayotganini anglash qiyin emas.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️The Telegraph: Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuv – Ukraina uchun eng yomon tush.

Ukraina rasmiylari Tramp va Putin uchrashsa, ular ishtirokisiz “yopiq eshiklar ortida kelishuv” bo‘lishidan xavotirda. AQSh esa bu kabi muloqotni “yagona yechim yo‘li” deb ko‘rmoqda.

Nashr yozishicha, Putin bunday uchrashuvlarni Sovuq urush davridagi kabi dunyoni ikki qudrat orasida taqsimlash deb biladi – va aynan shuni kutmoqda.

Kiyevda esa Tramp ularni xabardor qilmasdan orqadan "kamsituvchi bitim"ga qo‘l qo‘yishidan cho‘cishmoqda

👉@jahon_geosiyosati👈
Toshkentda havo ifloslanishi o‘ta xavfli darajaga chiqdi

Chang-to‘zon ko‘tarilishi ortidan O‘zbekiston poytaxti havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida 1-o‘ringa chiqib qoldi. O‘zgidrometning Olmazor tumanidagi (Turin politexnika universiteti yaqinidagi) stansiyasi 1 kub metr havoda PM10 zarralarining konsentratsiyasini 1472 mikrogramm deb ko‘rsatmoqda.

Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan sutkalik o‘rtacha normativdan 33 barobarga yuqori.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Tramp Putin bilan imkon qadar tezroq uchrashmoqchi, muzokaralar qayerda va qachon boʻlib oʻtishi masalasi hal qilinmoqda, dedi Rubio.

👉@jahon_geosiyosati👈
🗣 Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida janjal qilishni rejalashtirgan edi.

"Kiyev Zelenskiy teatriga asoslangan diplomatiyaga tayanib, uzoqni ko‘ra olmaslikni ko‘rsatdi. Uning spektakllari Yevropada muvaffaqiyatli bo‘lmoqda, ammo Rossiyada bunga ishora yo‘q" deyiladi Publico maqolasida.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yevrovidenie 2025 gʻolibi Avstriya vakili, xonanda JJ “Wasted Love” qoʻshigʻi bilan boʻldi.

Ikkinchi o‘rinni Isroil, uchinchi o‘rinni Estoniya egalladi.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Nyu-Yorkda Meksikalik yelkanli kema Bruklin ko‘prigiga urildi: 2 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi.

Voqea kemaning ustunlaridan biri ko‘prikka tegib, pastga qulaganida sodir bo‘lgan. Kema bortida 277 kishi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 dan 20 gacha odam jarohatlangan, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur yelkanli kema “Do‘stlik va tinchlik missiyasi” shiori ostida dunyo bo‘ylab safar qilayotgan edi va Nyu-Yorkka bayramiy tashrif bilan kelgan.

Hozirda kema hodisa joyidan evakuatsiya qilingan.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Oval kabinetdagi janjaldan keyin Zelenskiy birinchi marta Vens bilan uchrashdi .

👉@jahon_geosiyosati👈
Bloomberg: Xitoy Hindiston bilan harbiy to'qnashuvlar paytida Pokistonga havo hujumidan mudofaa yordami va sun'iy yo'ldosh tasvirlarini taqdim etdi

👉@jahon_geosiyosati👈
ДХХ Call-марказига келиб тушган мурожаат асосида ички ишлар ходими катта миқдорда пора билан ушланди

ДХХ Call-марказига Тошкент вилояти ички ишлар ходими ўз хизмат ваколатини суистеъмол қилган ҳолда коррупцион жиноятларни содир этиб келаётгани ҳақида маълумот келиб тушган.

Мурожаатга кўра, ИИБ ходими Ўзбекистон Республикаси Жиноят Кодексининг 210, 131, 135, 206, 207, 165-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, ҳозирда терговда бўлган собиқ ички ишлар ходимига суд идораларидаги танишлари орқали енгилроқ жазо тайинланишида ёрдам бериш эвазига унинг яқин қариндошларидан 20 минг АҚШ доллари талаб қилган.

Маълумотга асосан, 16 май куни ДХХ ва ИИВ тезкор бошқармалари ҳамкорлигида ўтказилган фаол тадбир давомида ИИБ ходими 1995 йилда туғилган фуқародан 20 минг АҚШ долларини олган вақтида жиноят устида қўлга олинди.

Бошқа бир ҳолатда эса 17 май куни ДХХ томонидан Бош прокуратура хузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши кураш Департаменти ҳамда ИИВ тезкор бошқармаси билан ҳамкорликда ўтказилган фаол тадбирда Тошкент вилояти Янгийўл тумани ички ишлар ходими Ўзбекистон Республикаси Жиноят Кодексининг 103- ва 112-моддалари билан айбланиб, 8 йил 5 ой муддатга озодликдан маҳрум қилинган маҳкумга жазо муддатини Тошкент шаҳар суди мансабдор шахслари имконияти орқали тафтиш инстанциясида камайтириб беришни ваъда қилиб, маҳкумнинг танишидан 24 минг АҚШ доллари миқдорида пора олаётган вақтида жиноят устида ушланди.

Тадбир жараёнида унинг ёнидан адвокатлик ва ҳакамлик суди судьяси гувоҳномалари ҳамда ИИВнинг лавозимга тайинлаш тўғрисидаги буйруғи нусхаси топилди.

Ҳар икки ҳолат юзасидан тақдим этилган материаллар асосида Тошкент шаҳар прокуратураси томонидан Ўзбекистон Республикаси Жиноят Кодексининг 168-моддаси 4-қисми ва 28, 211-моддаси 3-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

ДХХ Call-маркази: 1520

@pressuzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Hindiston Pokiston o'zining bir nechta samolyotlarini urib tushirgandan so'ng AQShga nisbatan barcha bojlarni olib tashladi" dedi Fox News

👉@jahon_geosiyosati👈
🌍 2025-yilgi "Demokratiya qabul qilinishi indeksi": Putin Trampdan yaxshiroq qabul qilinmoqda, Xitoy esa ilk bor AQShdan o‘zdi.

111 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan, 100 ta mamlakatni qamrab olgan so‘rovnoma quyidagilarni ko‘rsatdi:

▫️Donald Tramp 100 mamlakatdan 82 tasida salbiy qabul qilinadi.
▫️Vladimir Putin — 61 mamlakatda salbiy,
▫️Si Szinpin esa bor-yo‘g‘i 44 ta davlatda salbiy baholangan.
▫️Rossiyaga bo‘lgan munosabat 2022-yildagi keskin tushishdan so‘ng biroz yaxshilangan. Hali ham AQShdan orqada bo‘lsa-da, imidji ijobiy tomonga o‘zgarmoqda.

▫️Xitoyning global obro‘si +5% dan +14% ga ko‘tarilgan,
▫️AQShniki esa +22% dan -5% ga tushib ketgan.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️CNN: HAMAS 60 kunlik sulh va 300 falastinlik mahbusni ozod qilish evaziga G'azo sektoridagi 7-9 ta garovga olinganlarni Isroilga topshirishga rozi.

👉@jahon_geosiyosati👈