Young Politic 🇺🇿💼🌏🌍🇺🇿
143 subscribers
5.19K photos
2.05K videos
7 files
580 links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
Putinning yaqin kunlarda Istanbulga tashrif buyurishi rejalashtirilmagan — Peskov/RIA Novosti

upd: Yaqin kunlarda Putin va Tramp oʻrtasidagi uchrashuvga hozirlik koʻrilayotgani yoʻq - Peskov

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️⚡️ Rasmiy: yangi o‘quv yilidan boshlab har bir oliy o‘quv yurtining o‘ziga xos formasi bo‘ladi

2025-yil 1-avgustdan O‘zbekistondagi har bir oliy ta’lim muassasasi o‘z brendi va uslubini ishlab chiqishi kerak.

Bu haqda hukumat qarori loyihasida aytilgan.

Yangi konsepsiya doirasida talabalar va oʻqituvchilar uchun universitet qiyofasi, tarixi va ijtimoiy rolini aks ettiruvchi yagona kiyim joriy etiladi

👉@jahon_geosiyosati👈
Ukraina va Rossiya muzokaralari kutilayotgan Turkiyada zilzila yuz berdi.

5,2 magnitudali zilzila epitsentri Konya shahrida qayd etilgan, biroq OAV ular ayni paytda Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina delegatsiyasi joylashgan Anqarada ham sezilganini yozmoqda.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Zelenskiyning aytishicha, Ukraina delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazish uchun allaqachon Anqaradan Istanbulga joʻnab ketgan. Uchrashuv bugun kechqurun yoki ertaga bo'lib o'tishi mumkin.

👉@jahon_geosiyosati👈
💰 RONALDU — YANA DUNYODAGI ENG KO‘P PUL TOPGAN SPORTCHI!

Forbes reytingiga ko‘ra, 40 yoshli portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu ketma-ket 3-marta va umuman 5-bor yilning eng ko‘p daromad olgan sportchisi bo‘ldi — $275 million!

Eng ko‘p daromad topgan 10 sportchi umumiy hisobda $1.4 milliard ishlab topgan. Bu ikkinchi yilki, kuchli o‘nlikdagi har bir sportchi $100 mln.dan ortiq daromad qilmoqda.

Top-3:
Krishtianu Ronaldu (futbol) — $275 mln
Stefen Karri (basketbol) — $156 mln
Tayson Fyuri (boks) — $146 mln

Qiziq, kelasi yil bu ro‘yxatda kim yetakchi bo‘ladi?

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Rossiya va Ukraina oʻrtasida Istanbuldagi muzokaralar ertaga, 16-may kuni boshlanadi, — OAV.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Osiyoda COVID-19 ning yangi toʻlqini tarqalmoqda- Bloomberg.

Gonkong 2024-yil aprelidan beri kasalxonaga yotqizilganlar va oqava suvlarda viruslar darajasi oshgani bilan kasallanishning eng yuqori ko‘rsatkichini qayd etdi, deya xabar beradi gazeta.

Singapurda Sog‘liqni saqlash vazirligi 27 apreldan 3 maygacha bo‘lgan davrda oldingi haftaga nisbatan 28 foizga ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgani, kasalxonaga yotqizilganlar soni ham 30 foizga oshgani haqida xabar berdi.

Rasmiylar allaqachon jamoat joylarida niqob kiyishni maslahat berishgan.

👉@jahon_geosiyosati👈
Rubioning taʼkidlashicha, Putin va Tramp oʻrtasida taklif qilingan uchrashuv vaqti va joyi hali aniqlanmagan.

AQSh Davlat kotibi bu uchrashuvni Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun “yagona imkoniyat” deb atadi.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ваш президент боится приехать?» — fransuz jurnalistining savoliga Medinskiy javob bermadi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Fransiyaning Istanbuldagi jurnalistlaridan biri tomonidan berilgan noqulay savolga javob bermaslikni afzal ko‘rdi. Savol qisqa va aniq edi: «Sizning prezidentingiz (Putin) bu yerga kelishdan qo‘rqadimi?»

👉@jahon_geosiyosati👈
Pulingiz yetarli bo'lsa, hech kim sizdan biznes kostyumingiz bormi, deb so'ramaydi.

👉@jahon_geosiyosati👈
❗️AQSh Davlat kotibi Rubio Istanbulga keldi — AFP

👉@jahon_geosiyosati👈
❗️O‘zbekistonda har bir OTMning noyob imij va brendi konsepsiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

🗓 Unga ko‘ra, 1-avgustga qadar har bir OTMning oʻziga xosligidan kelib chiqib, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy vazifasi va hozirgi zamon talablari asosida noyob imij va brend konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

🔰 Bunda, har bir OTMning xususiyati, ilmiy va taʼlim sohasidagi yutuqlari, innovatsion yoʻnalishlaridan kelib chiqib uning logotipi va vizual identifikatsiyasi (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) yaratiladi.

🔰 Shuningdek, OTMlar oʻz brendi aks ettirilgan buyumlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi hamda oliygohlarning oʻzida ularning savdo shoxobchalarini tashkil etilishi belgilangan.

👔 Qaror loyihasida, 2025-yil noyabr oyiga qadar OTM logotipi, tashrif qogʻozi, madhiyasi va vizual identifikatsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e'lon qilish, professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun logotip tushirilgan maxsus kiyim, suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi oʻyinchoq, fleshka va boshqa tegishli mahsulotlar yaratish chora-tadbirlari belgilab qo‘yilgan.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Ukraina delegatsiyasi Rossiya bilan Istanbulda boʻlib oʻtadigan muzokaralarda Putin va Zelenskiyning ehtimoliy uchrashuvini muhokama qiladi — Reuters.

Nashr shuningdek, Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish masalasini Rossiya bilan muzokaralarda ustuvor vazifa deb bilishini ta’kidlaydi.

👉@jahon_geosiyosati👈
Istanbulda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda Ukraina OAV.

Shu bilan birga, Rossiya matbuoti muzokaralar hali boshlanmaganini yozmoqda.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda Tramp Yaqin Sharqqa safarini yakunlab, BAAni tark etdi.

AQSh prezidenti Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi Turkiyadagi muzokaralarda qatnashmaydi.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tramp BAAdan AQShga qaytib keldi: "Keyingi oyda G'azoda juda ko'p yaxshi narsalar bo'ladi, biz falastinliklarga yordam beramiz. G'azoda odamlar ochlikdan o'lmoqda"

👉@jahon_geosiyosati👈
Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Istanbulda Rossiya bilan muzokaralar yakunlanganidan so‘ng Trampga qo‘ng‘iroq qilishdi — OAV

👉@jahon_geosiyosati👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yevropa yetakchilari bugun Albaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa hamjamiyati forumi ochilishida o‘zlarining bolalarcha versiyasiga duch kelishdi.

👉@jahon_geosiyosati👈
1-iyundan chiziq bosgan haydovchilarga fotoradarlar orqali jarima qo‘llanmaydigan bo‘ldi

Prezident topshirig‘iga asosan aholining taklif va istaklarini inobatga olgan holda, avtomobil yo‘llarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, joriy yil 1-iyundan boshlab yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘xtash chizig‘i – "stop-liniya" (5.33 yo‘l belgisi) bundan mustasno.

Ya’ni, haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoidabuzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
1-iyundan boshlab shaharlar avtomobil yo‘llarida ta’mirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07.00 dan 21.00 ga qadar amalga oshirishga (dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan alohida holatlar bundan mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’mirlash va yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari endi kunduzi emas, faqat kechasi — yo‘llardagi harakat kamaygan vaqtda amalga oshiriladi.

Bu o‘zgarish fuqarolarning kundalik ishga borish-kelish, farzandini maktabga olib borish yoki shifoxonaga yetib olishni osonlashtirish bilan bir qatorda, tirbandliklar yuzaga kelishini oldini oladi.


👉 @xushnudbek 👈