Young Politic 🇺🇿💼🌏🌍🇺🇿
155 subscribers
5.17K photos
2.04K videos
6 files
577 links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
🇺🇸🇮🇱 Tramp Netanyaxudan yuz o‘giryaptimi? AQSh – Isroil aloqalari sovuqlashyapti.

Financial Times yozishicha, Trampning Netanyaxuga nisbatan sabri tugayapti. AQSh Yaqin Sharqda endi o‘z yo‘lidan bormoqda — Isroilni Eron va Saudiya bilan bitimlardan chetda qoldirmoqda.

Nimalar bo‘ldi?
— Tramp Netanyaxuning tashrifi chog‘ida Isroilga nisbatan 17% tariflarni bekor qilmadi;
— Husiylar bilan o‘t ochishni to‘xtatish bitimi tuzdi — Isroil ishtirokisiz;
— HAMAS bilan alohida kelishuvga erishib, garovdagi amerikalik-isroillikni ozod qildi;
— AQSh Eron bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara olib bormoqda;
— Saudiya bilan yadro bitimi muhokama qilinyapti — bu Isroilni chetlab o‘tadi.

Trampning yangi strategiyasi Netanyaxu uchun og‘ir zarba bo‘lishi mumkin. U hatto Falastin davlatini Saudiya hududida tuzishni taklif qilgan — bu esa Ar-Riyodda keskin norozilik uyg‘otdi.

"Agar Isroil tinch yashash imkoniyatini qo‘ldan boy bermoqchi bo‘lsa – aynan hozir," – deya ogohlantiradi FT.

👉@jahon_geosiyosati👈
❗️La Repubblica: Rim papasi Leo XIV Ukrainaga tashrif buyuradi.

👉@jahon_geosiyosati👈
❗️1-iyundan Xitoy bilan vizasiz rejim ishga tushadi

O‘zaro bitimga muvofiq, tomonlar davlatlari fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun har bir alohida bo‘lish muddati 30 kundan oshmaydigan muddatda va har qanday 180 kunlik davr ichida jami 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi.

Vizasiz rejim mehnat faoliyati, o‘qish va media faoliyati bilan shug‘ullanish, shuningdek, boshqa tomon vakolatli organlarining oldindan roziligini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ko‘rsatilgan bitim 🇨🇳Xitoyning Gongkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlariga tashrif buyurishga nisbatan amal qilmaydi.

👉@jahon_geosiyosati👈
Bog’cha va maktablarda bolalarning ongostiga o’zligimiz xo’rlangan sovet davriga sog’inch, ajdodlarimizni qirg’in qilgan imperialistik ramzlarga muhabbatni singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi zarur.

O’zbekistondagi bog’cha va maktablar farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, o’zligimizga mehr va sadoqat bilan tarbiyalash uchun kerak, tashqi propoganda targ’iboti uchun emas. MMT vazirligidan bu masalada izoh so’raladi.

Tashqi ishlar vazirligiga Rossotrudnichestvo faoliyatini tahlil qilish haqida so’rov yubormoqchimiz.

Non berib qo’lidan ayrilgan xalqmiz, yaxshi niyatimiz suiste’mol qilinishiga yo’l qo’yilmasligi kerak.

@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pokiston armiyasi mahalliy fuqaroga Hindistonning Kashmirdagi o‘qqa tutilishida oilasi yaralanganidan so‘ng 105 millimetrlik OTO Melara Mod 56 gaubitsasidan Hindiston pozitsiyalariga o‘q otishga ruxsat berdi.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Ukrainaga xorijlik geymerlar oqimi:ular dron operatorlariga aylanishmoqda — New York Post

New York Post yozishicha, AQSh, Britaniya, Kanada, Avstraliya va Fransiyadan kelgan kompyuter ixlosmandlari endi Ukrainada dronlar boshqaruvchisi sifatida faol ishtirok etmoqda.

Frontdagi tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, virtual janglarda o‘rgangan ko‘nikmalar real urushda "Ukrainaning yashirin quroliga" aylangan.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Birovga tuynuk qazma, o'zing u yerga tushasan".

Putin Rossiyaga oʻz zarariga toʻsqinlik qilmoqchi boʻlayotgan davlatlarning harakatlarini shunday izohladi.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Uzoq vaqt davomida birinchi marta Abramovichni Kremlda ko'rishdi: u yerda Bolshoy teatri va Mariinskiy teatri vasiylik kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSh prezidenti Donald Tramp Bashar al-Assad hukmronligi davridan beri Suriyaga qarshi joriy qilingan Amerika sanksiyalarini bekor qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

“Yangi hukumat paydo bo‘ldi, biz umid qilamizki, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tinchlikni saqlashga qodir bo‘ladi”, — dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar olib tashlanishi Suriyaga “ravnaq topishi uchun imkoniyat” beradi.

Uning ta’kidlashicha, bu qaror Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan maslahatlashuvlar natijasi bo‘lgan.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Korrupsiya yomon emas".

Afrikaning eng halol amaldori mahalliy saylovlarda g'alaba qozonsa, korrupsion sxemalarni himoya qilishga va'da berdi

👉@jahon_geosiyosati👈
"Dunyoning eng kambag'al prezidenti" deb atalgan Urugvayning sobiq prezidenti Xose Muxika vafot etdi.

Muxika prezidentlik davrida maoshining qariyb 90 foizini xayriya ishlariga bergani bilan mashhur bo'ldi va uning fermasidan tashqari yagona shaxsiy mulki 1987 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle edi.

👉@jahon_geosiyosati👈
✈️ AQSh prezidentlari xorijdagi ilk katta tashrifini qayerga amalga oshirgan?

Ko‘pchilik o‘ylaydi: birinchi bo‘lib ittifoqchilar — Kanada, Britaniya, Meksika. Ammo ba'zida tanlovlar syurprizli bo‘ladi:

Kennedi — Kanada
Jonson — Kanada
Nikson — Belgiya
Ford — Meksika
Karter — Britaniya
Reygan (1 va 2-safargi muddatlari) — Kanada
Jorj Bush-ota — Kanada
Klinton (1-muddat) — Kanada
Klinton (2-muddat) — Finlyandiya
• Kichik Bush (1-muddat) — Meksika
• Kichik Bush (2-muddat) — Belgiya
Obama (1-muddat) — Kanada
Obama (2-muddat) — Isroil
Bayden — Britaniya
Tramp (1 va 2-muddat)Saudiya Arabistoni.

Tramp — o'ziga xos prezident bo‘lib, ilk tashrifini AQShning eng yaqin ittifoqchilariga emas, balki Yaqin Sharqga yo‘naltirgan.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️CNN: Tramp "Fors ko‘rfazi"ni "Arab ko‘rfazi" deb atash rejasidan voz kechdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp rasmiy hujjatlarda Fors ko‘rfazini “Arab ko‘rfazi” deb atashni rejalashtirgan edi. Biroq Eron rasmiylari bu harakatni “qabul qilib bo‘lmas” deb atab, bu yondashuv yadro muzokaralariga jiddiy zarar yetkazishini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng Tramp bu qarorni bekor qildi. Muzokaralarning 4-raundi yakshanba kuni Ummonda bo‘lib o‘tdi.

Geosiyosiy nomlar — oddiy so‘z emas, diplomatik zarba bo‘lishi mumkin.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️ Anadolu: Erdo‘g‘an, Tramp, Saudiya valiahd shahzodasi va Suriya prezidenti Ash-Sharaa onlayn muzokaralar o‘tkazdi.

E’tiborlisi, AQShda Ash-Sharaa hanuzgacha xalqaro qidiruvda — u o‘z vaqtida “Al-Qoida”ning Suriya bo‘limi rahbari bo‘lgan va “Muhammad al-Juloniy” taxallusi bilan tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ash-Sharaa boshchiligidagi "Hay’at Tahrir ash-Shom" dekabr oyida Asad hokimiyatini ag‘darib, Suriyada hukumatni egallagan edi.

Kecha Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni rejalashtirayotganini aytdi.

👉@jahon_geosiyosati👈
Трамп Саудия Арабистонида Сурия президенти Аҳмад аш-Шараъа билан учрашув ўтказди

Сиёсатчилар музокара олиб бормоқда. Бу икки давлат раҳбарларининг сўнгги 25 йилдаги биринчи учрашуви ҳисобланади.

@burgutuzb
Тожикистон президенти Имомали Раҳмон ижтимоий тармоқларда «лайк» босганлик учун жиноий жавобгарликни бекор қилди.

Расмий маълумотларга кўра, Тожикистонда 1,5 мингдан ортиқ одам ҳукумат экстремистик деб ҳисоблаган постларга лайк босгани ва шарҳлагани учун судланган.

@burgutuzb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
АҚШ президенти Доналд Трамп Қатарга расмий ташриф билан келди

Уни аэропортда Қатар амири Тамим ибн Ҳамад Ол Соний кутиб олди. Трамп сўнгги 22 йил ичида Қатарга ташриф буюрган АҚШнинг илк президенти бўлди.

Қатарга ташриф мобайнида Ғазо секторидаги вазият ҳамда воситачилардан бири Қатар бўлган ҲАМАС ва Исроил ўртасидаги музокаралар муҳокама қилиниши кутилмоқда.

👉 @vaqtuz_rasmiy