Young Politic 🇺🇿💼🌏🌍🇺🇿
110 subscribers
5.05K photos
1.93K videos
6 files
563 links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tramp: Ukraina atrofidagi mojaroni o‘ylab, men plyajda uxlay olmasdim, Bayden esa uxlab qolardi.

"U [Bayden] plyajga borib, bir necha soniyada uxlab qolardi. Men esa tinimsiz o‘ylanardim — Xitoyni qanday yengish, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni qanday to‘xtatish haqida. U esa kameralar qarshisida mizg‘iydi" — dedi Tramp Michigan shtatidagi mitingda.

👉@jahon_geosiyosati👈
Украина Мудофаа вазирлигининг Бош разведка бошқармаси кўмагида фаолият юритадиган “Хочу жить” лойиҳаси Украинага қарши урушда қатнашиш учун Россия Қуролли кучлари билан шартнома имзолаган 1110 нафар Ўзбекистон фуқаросининг исм-шарифини эълон қилди.

@pressuzb
❗️Ikki yadroviy davlat oʻrtasidagi urush muqarrar: Pokiston havo hujumidan mudofaa tizimini joylashtirdi va oʻz armiyasining 30-korpusini Hindiston bilan chegaraga joʻnatdi.

Bungacha korpus Gujranvalada joylashgan edi.

Pokiston ilg‘or havo mudofaa tizimlaridan tashqari, chegarada elektron urush tizimlari va havo kuzatuvi radarlarini ham joylashtirgan.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Tbilisi markazida katta yong‘in sodir bo‘ldi: vokzal yaqinidagi kiyim-kechak bozori yonmoqda.

Yong‘in sabablari va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Bu joy sayyohlar orasida mashhur edi.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️❗️Rasmiy: Hozirgina O‘zbekistonda vape va elektron sigaretalar taqiqlangani e’lon qilindi
Agar cho‘ntagingizda ko‘rishsa – jarima solinadi!

Senat elektron sigaretalar, ularga mo‘ljallangan suyuqliklar, hamda IQOS yoki GLO kabi tamaki isitish tizimlariga to‘liq taqiq joriy etuvchi qonunni ma’qulladi.

Buning uchun jarima yoki hatto qamoq jazosi ham bo‘lishi mumkin.
Qizig‘i shundaki, nosvoy hali ham ruxsat etilgan.

Bu postni sigaret chekadigan do‘stingizga yuboring!

👉@jahon_geosiyosati👈
AQSh senatori Lindsi Grem Trampni yangi Rim Papasi etib saylashga chaqirdi

"Prezident Trampning Rim Papasi bo‘lishga qarshi emasligini eshitib xursand bo‘ldim. Bu, albatta, kutilmagan nomzod bo‘ladi, lekin men papalik konklaviga va katolik dindorlariga bu imkoniyatga tushuncha bilan yondashishni so‘rayman"— dedi Grem.

Bu post Tramp Oq uy oldida jurnalistlar bilan hazil tariqasida "keyingi katolik cherkovi rahbari bo‘lishni istashini" aytganidan so‘ng paydo bo‘ldi.

Biroq Gremning postiga bildirilgan izohlarda bunday hazil ko‘pchilik tomonidan yoqimsiz qabul qilindi.

👉@jahon_geosiyosati👈
🇺🇦🇺🇿🇷🇺 Украинанинг “Хочу жить” лойиҳаси Россия армияси сафида Украинага қарши урушаётган 1110 нафар ўзбекистонлик ёлланма жангчилар номини эълон қилди

Таъкидланишича, бу рўйхат тўлиқ эмас. Россия томонидан Украинадаги кенг кўламли урушга жалб қилинган Ўзбекистон фуқароларининг умумий сони бир неча минг кишини ташкил қилиши мумкин.

“Хочу жить” лойиҳасига кўра, урушда камида 109 нафар ўзбекистонлик ҳалок бўлган. Улардан энг ёши ҳали 21 ёшга тўлмаган, энг ёши каттаси эса 62 ёшда бўлган. Ёлланма жангчилардан бири шартнома имзолаганидан атиги саккиз кун ўтиб ҳалок бўлган.

👉 @Geosiyosatuz
Bloomberg Ukrainaning AQSh bilan yer osti boyliklari bo'yicha kelishuvi tafsilotlarini e'lon qildi:

▫️AQSh va Ukraina Ukrainada tog'-kon sanoati, energetika va tegishli texnologiyalarga sarmoyalarni ko'paytirish uchun sharoit yaratishga intiladi.

▫️Vashington kelishuv Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish rejalariga zid kelmasligi kerakligini tan oladi.

▫️AQSh faqat kelishuv imzolangandan soʻng Ukrainaga koʻrsatishi mumkin boʻlgan kelajakdagi harbiy yordam uning jamgʻarmaga qoʻshadigan hissasi hisoblanishiga rozi boʻldi.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️⚡️⚡️ Elektr va gaz uchun eski tarifda toʻlashga shoshiling va mablagʻingizni tejang

Ertaga, 1-maydan boshlab O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi narxlari oshiriladi.

Lekin sizda tejash imkoniyati bor: hisobingizni oldindan to‘ldirib qo‘ysangiz, eski narxlar yana 2 oy – 1 iyulgacha qo‘llaniladi.

⚠️ Muhim: “oldindan toʻlov” aksiyasi faqat jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan hajm uchun amal qiladi.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Erdog'an: Turkiya Ukraina masalasi bo'yicha Trampning pozitsiyasini qo'llab-quvvatlaydi.

👉@jahon_geosiyosati👈
🇵🇸 исроилда бир неча кундан буён кучли ўрмон ёнғинлари авж олмоқда — ОАВ

Хабар берилишича, ҳукумат хавф даражаси юқори ҳудудлардан аҳолини эвакуация қилмоқда. Қуддусга олиб борувчи магистрал йўл ёпилган. Кучли шамол ва ўта иссиқ об-ҳаво оловнинг тез тарқалишига сабаб бўлмоқда.

Греция, Хорватия, Кипр ва Италия ўт ўчириш гуруҳларини Исроилга ёрдамга юборган.

👉 @Geosiyosatuz
🇬🇪🇺🇦🇷🇺 Грузия мамлакат армияси Россия ва Украина ўртасидаги урушга жалб қилинмаслигига ваъда берди

"Тбилиси Москва ва Киев ўртасидаги ҳарбий тўқнашувга аралашмаслик сиёсатини қатъий давом эттиради", — дея маълум қилди мамлакат парламенти раиси Шалва Папуашвили.

👉 @Geosiyosatuz
Роппа-роса 80 йил олдин, 1945 йил 30 апрелда Адольф Гитлер ўз жонига қасд қилган.

Бу воқеа унинг Берлиндаги бункерида, совет қўшинлари шаҳарни аллақачон штурм қилаётган пайтда, Ева Браун билан бирга содир бўлган.

Тарихий манбаларда келтирилишича, ўз жонига қасд қилганларидан сўнг, уларнинг жасадлари боққа олиб чиқилган ва Гитлернинг буйруғига биноан душман қўлига тушиб қолишининг олдини олиш мақсадида ёқилғи қуйилиб ёқиб юборилган.

👉 @Geosiyosatuz
Adolf Gitlerning jag‘i "Rossiya FSB arxivi"da namoyish qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gitlerning tishlari «Gvardeyskiye» sigaret qutisida saqlanadi — atigi to‘rtta fragment. Eng kattasi — yuqori jag‘dagi bo‘lib, unda to‘qqizta tish mavjud.

Bu qoldiqlar — Gitler 1945-yil 30-aprelda Berlinda joniga qasd qilganini isbotlovchi asosiy dalil sanaladi. Ular Fyurerning shaxsiy stomatologi tomonidan tasdiqlangan. Gitlerning tanasining boshqa qismlari esa o‘sha vaqtda yoqib yuborilgan.

👉@jahon_geosiyosati👈