Young Politic 🇺🇿💼🌏🌍🇺🇿
111 subscribers
4.99K photos
1.9K videos
6 files
559 links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
⚡️Ukraina va Yevroittifoq AQShga o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi — Reuters

23-aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Kiyev va Yevropa ittifoqi vakillari AQShga quyidagi asosiy shartlarni ilgari surdi:

🔸 Yerda, havoda va dengizda urushni to‘liq va shartsiz to‘xtatish;
🔸 Ukrainaga harbiy cheklovlar qo‘yilmasligi va ittifoqchilar harbiy kuchlari joylashtirilishiga ruxsat;
🔸 AQShdan NATOning 5-moddasiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlari (hatto a'zolik bo‘lmasa ham);
🔸 Zaporojye AES, Kaxovka GES, Kinburn qo‘ltig‘i va Dnepr daryosi ustidan nazoratni Ukraina tomoniga berish;
🔸 Hududiy masalalar o‘t ochishni to‘xtatgandan keyin, hozirgi front chizig‘iga asoslanib muhokama qilinadi;
🔸 Muzlatilgan rossiyalik aktivlar hisobidan Ukrainaga kompensatsiya to‘lash;
🔸 Rossiyaga qarshi sanksiyalar faqat barqaror tinchlikdan so‘ng yumshatiladi va buzilish bo‘lsa, darhol tiklanadi.


👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Tramp: Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina 3 haftadan beri foydali qazilmalar bo‘yicha muhim shartnoma imzolashni istamayapti.

"Umid qilamanki, u zudlik bilan imzolanadi. Rossiya va Ukraina oʻrtasida umumiy tinchlik bitimi ustida ish olib borilmoqda. "Aftidan, muvaffaqiyat hali oldinda"- deya qoʻshimcha qildi u.

👉@jahon_geosiyosati👈
Tushdagi ish: yaponiyalik erkak oyiga 7 ming dollar oladi , atigi 8 kun ishlaydi - uni bir vaqtning o'zida 15 ta boy ayol qo'llab-quvvatlaydi.

Yigit uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko'radi, mijozlarni o'rganadi va belgilangan kuni ularning uyiga keladi, uy yumushlarini bajaradi yoki ayollarni hissiy jihatdan qo'llab-quvvatlaydi.

👉@jahon_geosiyosati👈
Газа секторида ҳалок бўлган тинч аҳоли сони 51 минг нафардан ошди...

👉 @Geosiyosatuz
Pontifikning dafn marosimida davlat delegatsiyalari ro'yxati

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Hindiston va Pokiston ikkinchi kun ketma-ket chegara nazorat chizigʻida oʻq otishdi - Reuters.

👉@jahon_geosiyosati👈
🇺🇸 Donald Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi

AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik 24-aprel kuni matbuot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Elchi dastavval Vashinton–Toshkent aloqalari, bugungi hamkorlik kun tartibiga to‘xtaldi. Hech qachon bu qadar yaqin bo‘lmaganmiz, deydi Henik. Uning qo‘shimcha qilishicha, oxirgi yillarda O‘zbekiston fuqarolari maksimal darajadagi yuklama bilan AQSh vizasi uchun ariza topshirmoqda, konsullik ham maksimal darajada ko‘p vizalarni tasdiqlagan. Prezident Donald Tramp ma’muriyati bilan esa muloqot maromida davom etmoqda. Ayniqsa, ma’muriyatdagilar muhojirlarni deportatsiya qilishdagi hamkorligi uchun O‘zbekiston hukumatidan mamnun.

Markaziy Osiyo respublikalari mustaqil bo‘lganiga 30 yildan oshdi. Biroq uzoq o‘tgan davr mobaynida biror AQSh prezidenti Markaziy Osiyoga kelmagan. Prezident Jo Bayden muddatining oxirida Qozog‘iston yoki O‘zbekistonga kelishi mumkinligi haqida siyosiy doiralarda gap bor edi, biroq u mintaqaga tashrif buyurmadi. Donald Trampga esa O‘zbekiston delegatsiyasi prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrif taklifini yetkazgan. Oq uy bu taklifdan juda mamnun, deydi elchi Jonatan Henik.

@bayroqdor
Eronning Bandar Abbos shahri yaqinidagi Shahid Rajai portida kuchli portlash sodir bo‘ldi, 47 kishi kasalxonaga yotqizildi, portlash to‘lqini ko‘plab binolar va avtomobillarga jiddiy zarar yetkazdi – Tasnim agentligi

Bojxona xizmati maʼlumotlariga koʻra, portlash portlar va yuk tashishni tashkil etish bilan shugʻullanuvchi kompaniyaning konteyner maydonida sodir boʻlgan. Sababi hali aniqlanmagan.

👉@jahon_geosiyosati👈
Oq uy Zelenskiy va Tramp o‘rtasidagi suhbatni “juda samarali” deb atadi va keyinroq batafsil ma’lumot berishga va’da berdi.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tramp va Zelenskiy marosimdan keyin ikkinchi marta gaplashishmadi- Ukraina OAVlari.

Amerika rahbarining jadvali shunday rejalashtirilgan ediki, u ommaviy marosimdan keyin darhol jo'nab ketdi, biroq "ular asosiy narsalarni muhokama qilishga muvaffaq bo'lishdi".

👉@jahon_geosiyosati👈
Tramp ijtimoiy tarmog‘ida Zelenskiy bilan uchrashuvdan olingan suratni joylashtirdi.

U o'zini orqadan ko'rsatdi. Suratda faqat Trampga qaragan Zelenskiyning yuzi aks etgan (aftidan u nimadir deyapti).

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Eronning Bandar-Abbos portidagi portlashda jarohatlanganlar soni 700 nafarga yetdi— Tasnim agentligi.

👉@jahon_geosiyosati👈
🇵🇸 ЦАХАЛ музокаралардаги тўхталиш сабабли Ғазода кенг кўламли ҳужум тайёрлаяпти.

Агар гаровга олинганларни озод қилиш музокаралари яна чўзилса, Исроил армияси ХАМАСга қарши ҳарбий амалиётни анча кенгайтиришини эълон қилди. Кенг кўламли ҳужум бошланса, кўплаб захирачилар чақирилади ва армия Ғаза секторидаги янги ҳудудларга кириб боради, дея маълум қилди ҳарбий идора.

👉 @Geosiyosatuz
🇺🇸🇵🇸 Трамп: Биз Ғазога меҳрибон бўлишимиз керак

Оқ уй раҳбари исроил бош вазири Бинямин Нетаняху билан телефон орқали мулоқот чоғида Ғазо секторига озиқ-овқат ва дори-дармон етказиб беришга рухсат беришини сўради. Трампнинг айтишича, исроил томони бу мурожаатни яхши қабул қилган.

👉 @Geosiyosatuz