Young Politic πŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ’ΌπŸŒπŸŒπŸ‡ΊπŸ‡Ώ
113 subscribers
4.96K photos
1.88K videos
6 files
556 links
Raxmonaliyev Sodiqjon
β€’International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri qirol Salmonning maxsus maktubini Oyatulloh Xomanaiyga topshirdi.

Boshqa narsalar qatorida, u Tehron va Vashington o'rtasidagi muzokaralarni qo'llab-quvvatlashini bildirdi va vositachiga o'z yordamini taklif qildi, husiylar va Qizil dengiz mintaqasini ushlab turish uchun choralar ko'rishga chaqirdi va Falastin xalqiga sodiqligini ta'kidladi.

πŸ‘‰@jahon_geosiyosatiπŸ‘ˆ
Pokiston va Hindiston harbiy mojaro yoqasida.

Kashmirda 28 kishining hayotiga zomin bo'lgan xudkushlik hujumidan so'ng Pokiston qo'shinlarini tayyor holatga keltirdi, Hindiston esa Pokiston fuqarolarini chiqarib yubordi va chegarani yopdi.

Ikkala davlat ham yadro quroliga ega.

πŸ‘‰@jahon_geosiyosatiπŸ‘ˆ
πŸ—£ Urushni tugatish uchun Ukraina Lugansk, Donetsk, Zaporojye va Xerson viloyatlaridan qoβ€˜shinlarini olib chiqib ketishi kerak dedi Peskov Le Point nashriga bergan intervyusida.

πŸ‘‰@jahon_geosiyosatiπŸ‘ˆ
Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff juma kuni Vladimir Putin bilan uchrashadi deya xabar bermoqda Axios.

Avvalroq, Vitkoff allaqachon Rossiya Federatsiyasiga uchib ketgani ma'lum bo'lgan edi.

πŸ‘‰@jahon_geosiyosatiπŸ‘ˆ
Bu hafta osmonda tabassumli yuz paydo bo'ladi.

25 aprelda kamdan-kam uchraydigan astronomik hodisa ro'y beradi - yarim Oy, Venera va xira Saturn tabassum shaklida tiziladi. Buni ertalab soat 4-5 da ko'rishingiz mumkin.

πŸ‘‰@jahon_geosiyosatiπŸ‘ˆ
Amerikaning tinchlik rejasini qabul qilish sharti bilan Ukrainadagi hududiy o'zgarishlarning tavsiya etilgan sxemasi

πŸ‘‰@jahon_geosiyosatiπŸ‘ˆ
AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi dargumon ekanini aytdi.

Uning soβ€˜zlariga koβ€˜ra, uchrashuv shu safardan keyin boβ€˜lib oβ€˜tishi mumkin. Tramp Saudiya Arabistoniga 13-16 may kunlari tashrif buyurishni rejalashtirgan.

πŸ‘‰@jahon_geosiyosatiπŸ‘ˆ
⚑️Kecha tunda Ukraina PUA va ballistik raketalar yordamida keng ko'lamli hujumga uchradi β€” Ukraina ommaviy axborot vositalari.

Ustuvor maqsadlar qatorida Kiyevdagi temir yoβ€˜l infratuzilmasi obyektlari ham bor edi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi maΚΌlumotlariga koΚ»ra, zarbalar Kiyev, Jitomir, Dnepropetrovsk, Xarkov, Poltava, Xmelnitskiy, Sumi va Zaporojye viloyatlariga ham berilgan.

OAV xabarlariga ko'ra, bu hujum 2025 yildagi eng kuchli va shiddatli hujumlardan biri bo'lgan.

πŸ‘‰@jahon_geosiyosatiπŸ‘ˆ