Young Politic 🇺🇿💼🌏🌍🇺🇿
111 subscribers
5.9K photos
2.52K videos
7 files
631 links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
NASA hammasini aniqladi — Yer sayyorasidan 154 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan TOI-1846 b nomli "Super-Yer" sirli signallar yubormoqda.

🔥 Harorati: 600°F (taxminan 315°C)
💧 Ehtimol, unda suv mavjud
🌀 Toifasi: noma’lum

👉@jahon_geosiyosati👈
Endi diplomlar muhim emas: oliy ma'lumotning afzalligi tarixiy minimumga tushib ketdi. Goldman Sachs ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda universitet bitiruvchilarning yuqori maoshli ish topish imkoniyati atigi 0,9% yuqoriroq — holbuki, mamlakatda dunyoning eng yaxshi oliygohlari joylashgan.

Boshqa davlatlarda esa bu ustunlik deyarli yo‘q. Bugungi kunda ish beruvchilar uchun ko‘nikmalar, moslashuvchan fikrlash va tez o‘rganish qobiliyati muhimroq bo‘lib qolgan — diplom emas.

👉@jahon_geosiyosati👈
🇸🇾 Prezident Ahmad ash-Sharaa isroillik hujumlar fonida xalqqa murojaat qildi.

⚡️Teleradio orqali chiqishida u quyidagilarni ta’kidladi:

“Suriya hech qachon Isroil xohlaganidek to‘qnashuv maydoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo shuni ham bilishsin — suriyaliklar urushdan qo‘rqmaydi va o‘z sha’nini himoya qilish uchun kurashishga tayyor.”

📌 Ushbu bayonot G‘olan tepaliklariga qo‘shimcha isroil diviziyalari yuborilishi arafasida yangradi.

👉@jahon_geosiyosati👈
Irlandiya hukumati har bir ko‘chib o‘tuvchiga taxminan 85 ming yevro to‘lashga tayyor, agar ular mamlakatning chekka orollaridan birida yashashni tanlasa.

Hatto “Inisherin oroli”ga ham borish mumkin — rejissyor Martin Makdonax mashhur “Banshee of Inisherin” filmini aynan u yerda suratga olgan edi.

🔹 Biroq bitta muhim shart bor: u yerga butunlay ko‘chib o‘tish kerak bo‘ladi, ya’ni vaqtincha emas, doimiy yashash uchun

👉@jahon_geosiyosati👈
NBC News’ga ko‘ra, AQSh iyun oyida amalga oshirgan zarbalar uchta Eron yadroviy obyektidan faqat bittasini jiddiy darajada vayron qilgan.

🔹 Qolgan ikki obyekt esa jiddiy zarar ko‘rmagan va shunchalik darajada saqlanib qolgan ekanki, Eron istasa, u yerda bir necha oy ichida uranni boyitishni qayta boshlashi mumkin.

Bu xulosalar AQSh ma’muriyatining ichki baholashlariga asoslanadi va ular bilan so‘nggi kunlarda Pentagon rasmiylari ham tanishgan.

👉 Tahlilchilar buni shunday izohlashyaptiki, AQSh zarbalari qisqa muddatli ogohlantirish bo‘lishi mumkin, ammo yadroviy infratuzilmani butunlay to‘xtata olmagan.

👉@jahon_geosiyosati👈
🇺🇸🇺🇦 Tramp va Zelenskiy harbiy texnologiyalar almashinuvi haqida muzokara olib bormoqda — insayderlar xabari.

🛩 Insayderlarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zaro manfaatli harbiy kelishuv yuzasidan muzokaralar olib bormoqda:

— AQSh Rossiyaning ichki hududidagi 1500 km masofagacha mo‘ljalga ura oladigan Ukraina dronlariga qiziqish bildirgan;
— Buning evaziga, Ukraina Amerika qurollariga ega bo‘lishi mumkin.

🤝 Bu muzokaralar NATOdagi ittifoqchilar — Daniya, Norvegiya va Germaniya bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Manbalarga ko‘ra, ular ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda.

👉@jahon_geosiyosati👈
Hindiston shuni ma’lum qildiki, agar Rossiyadan neft yetkazib berish ikkilamchi sanksiyalar ostida qolsa ham, u o‘z ehtiyojlarini muqobil manbalar orqali qoplay olishiga ishonadi.

📌 Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ukrainadagi urushni 50 kun ichida tinch yo‘l bilan yakunlay olmasa, u holda Rossiya bilan savdo qilayotgan davlatlar ham sanksiyalarga duch kelishi mumkinligini ogohlantirgan edi.

👉 Bu bayonot Hindiston uchun muhim sinov bo‘lishi mumkin, chunki hozirda u Rossiya neftining eng yirik xaridorlaridan biri hisoblanadi.

👉@jahon_geosiyosati👈
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 2025-yil 17-iyul kuni Suriya yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan telefon orqali suhbatda Isroilni “terroristik davlat” deb atadi. Bunga sabab — Isroilning Suriyaga, jumladan, Damashqdagi Mudofaa vazirligiga uyushtirgan zarbalari bo‘ldi. Erdo‘g‘an bunday hujumlar mintaqa barqarorligiga tahdid solayotganini ta’kidladi.

Uning asosiy bayonotlari:

🇸🇾 Suriyaning hududiy yaxlitligi saqlanishi va mamlakatda yagona boshqaruv bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

🇮🇱 Isroilning Suvayda va Golan tepaliklaridagi harakatlari 1974-yildagi demilitarizatsiya kelishuvini buzayotganini aytdi.

🇹🇷 Turkiya Suriyani xalqaro maydonlarda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.


Bu bayonot Erdo‘g‘anning mintaqaviy siyosatda Suriyaga nisbatan pozitsiyasida muhim burilish bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

👉@jahon_geosiyosati👈
❗️Agar Moskva Ukraina boʻyicha oʻt ochishni toʻxtatish yoki kelishuvga rozi boʻlmasa, Qoʻshma Shtatlar 50 kun ichida Rossiyaga qarshi tariflar va ikkilamchi sanksiyalar joriy qiladi, deb xabar beradi Oq uy.

👉@jahon_geosiyosati👈
Putin do‘st bo‘lmagan davlatlarga tegishli xorijiy messenjerlarni bloklash masalasini muhokama qilishni topshirdi.

Hukumat 1-sentabrgacha ularning Rossiyadagi faoliyatini qanday cheklash bo‘yicha reja ishlab chiqishi kerak.

👁 WhatsApp darhol taqiqlanadi — u Meta kompaniyasiga tegishli, bu kompaniya Rossiyada ekstremistik deb e’lon qilingan.

👁 Telegram ham qutulib qola olmaydi — uning yuridik manzili Buyuk Britaniyada joylashgan, lokalizatsiya (Rossiyada server ochish) ham yordam bermaydi.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚠️ Janubiy Koreyada kuchli yomg‘irlar oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi — Reuters.

🌧 Mamlakatda yog‘ingarchilik miqdori rekord darajaga yetgan. Ba’zi hududlarda O‘rmon xizmati ko‘chki xavfi bo‘yicha ogohlantirish darajasini maksimal darajagacha ko‘tardi.

📍 Kvandju shahrida:
— 87 ta yo‘l va 38 ta bino suv ostida qolgan,
— 403 ta maktab yopilgan,
— 166 ta maktab yomg‘irlar oqibatida zarar ko‘rgan.

👉@jahon_geosiyosati👈
⚡️Tramp 2003-yilda Epshteynni tug‘ilgan kuni bilan yalang‘och ayol rasmi tushirilgan ochiq tabriknoma orqali tabriklaganWall Street Journal.

📰 Nashrga ko‘ra, moliyachi Jefri Epshteynning 50 yoshligida uning do‘sti Gileyn Maksvell tabriknomalar to‘plamini tuzgan va ular orasida “Donald” ismli kimsa tomonidan yozilgan maktub ham bo‘lgan. Nashr bu Donald Tramp bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

✉️ Ochiq tabriknomada mashinkada yozilgan matn bor bo‘lib, u qalin marker bilan chizilgan yalang‘och ayol konturi bilan o‘ralgan. Oxirida esa yozuv:

“Tug‘ilgan kuning bilan — va har bir kun navbatdagi ajoyib sir bo‘lsin.”

⚖️ Tramp bu xabarni yolg‘on deb atadi va sudga murojaat qilishini bildirdi.

👉@jahon_geosiyosati👈
🇸🇾 Badaviylar Suvaydada suv, elektr va telefon liniyalarini uzib, druzlarni tashqi dunyodan butunlay ajratib qo'yishdi.

👉@jahon_geosiyosati👈
Livanlik druzlar yetakchisi Valid Jumblat France 24 telekanaliga:
"Isroil hech kimni himoya qilmaydi, faqat o‘z manfaatlari yo‘lida hammadan foydalanadi."

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇸🇾🗡Suvaydada arab qabilalari va Isroil tomonidan qo'llab-quvvatlangan druzlar o'rtasida shiddatli to'qnashuvlar davom etmoqda.

👉@jahon_geosiyosati👈
Tramp, Putin va Si Szinpin sentabr oyi boshida Pekinda qo‘shma uchrashuv o‘tkazishi mumkin, deb yozadi The Times gazetasi Xitoydagi manbalarga tayanib.

Nashrning yozishicha, uchrashuv Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligini nishonlashga to‘g‘ri kelishi mumkin. 3-sentabr kuni Tyananmen maydonida tantanali harbiy parad o‘tkazilishi rejalashtirilgan, unda Xitoy va Rossiya rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

👉@jahon_geosiyosati👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Siz hozirgina Trampning "Oltin davri"ning 179-kuniga kirdingiz. "Men ularni pul bilan to'ldiraman, yomg'ir yog'diraman..."

Bu yozuv bilan rolik Oq uy sahifasida koʻrindi

👉@jahon_geosiyosati👈