Rakhmatov’s note
40 subscribers
64 photos
61 videos
1 file
114 links
Yo‘lga chiqgan, ammo aniq yo‘lni topmagan, lekin u yo‘lni topishga harakatdan to‘xtamaydigan yo‘ldagi odam…

@dunyo_dan_uzoq
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zehniyat
Til o'rganyapmizmi yoki ma'daniyat ?

Bir paytlar bobomdan eshitganman: "Til bilgan el biladi". O'shanda men buni "ko'p til bilsang, ko'p odam bilan gaplashasan" deb tushungandim. Endi o'ylab qarasam, gap boshqacharoq ekan. Til bilgan o'sha tilda o'ylaydigan elning ichiga kirib qoladi, qaysi eshikdan kirganini ham bilmay.
Inglizcha "I" har gapda katta harf bilan yoziladi. Bu shunchaki imlo qoidasi emas shaxsni ( individualizm) "biz"dan oldinga qo'yib qo'yadigan butun bir qarashning belgisi. Yapon tilida-chi? "Men" so'zining o'n xil ko'rinishi bor, har biri suhbatdoshga qarab tanlanadi. Bizning o'zbek tilida ham shunga o'xshash narsa bor: katta va kichiklarga "siz", yaqin tengdosh bo'lsa "sen", bobomga gap qaytarmaslik mustaqil firkga ega bo'lmaslik emas, bu tarbiyamizning asoslaridan edi.
Demak til o'rganganimizda biz so'zlarni emas, miya ichida bir uy quryapmiz, vaa o'sha uyda kim yashashini ko'p holda bilmaymiz.
Maktabda ingliz tili darsligini ochaman. Birinchi mavzu "My weekend". Keyingisi "Hobbies". Uchinchisi restoran, sayohat, party. Yaxshi, bular ham hayotning bir qismi. Lekin nimadir yetishmaydi.
Onamga atalgan bir bo'lim qani? Mahalladagi ma'rakaga borib salom berish odobi qaysi darsda? Otamning to'rda o'tirishi, kichikning chap tomonda turishi bu qaysi grammatikada? Yo'q. Bo'lmaydi ham, chunki o'rganilayotgan tilda bu hayotiy yozilmagan qoidalar yo'q.
Boshida bu kichik gap bo'lib tuyuladi. Keyin sezmasdan bola katta bo'ladi va "katta odam qanday yashaydi" degan savolga javobi darslikdan keladi: yakshanba kuni " party" , do'st bilan Coffee shop, yiliga ikki marta Trip yoki camping va yoki olaylik successni faqat moliyaviy hayotga bog'lab qo'ygan holda shakilanib keladi.
"Til axir vosita-ku, qo'rqmasa ham bo'ladi" ko'pchilik shunday deydi.
Lekin bolg'a bir necha yil qo'lda yotsa, qo'lning shaklini ham o'zgartiradi. Tilshunoslikda Sapir-Whorf gipotezasi degan narsa bor qisqasi, tilda yo'q tushunchani miya ham qiyin tushunadi.
Bizning tilimizda "andisha", "or", "hayo", "ibol" degan so'zlar bor. Inglizchaga o'tkazsangiz "shame" yoki "modesty" deb qo'yiladi, tamom. Lekin "andisha" bilan "shame" bu ikki dunyo. Andisha o'zingni boshqaning o'rniga qo'yib ko'rib, uni xijolat qilmaslik. Shame o'zing qilgan ish uchun ichingda yuzaga keladigan tuyg'u. Ikkalasi ham kerak, lekin bittasi yo'qolsa, miyada o'rnini egallash uchun tildagi muboqil tushuncha joylashadi.
Xalqimizda bir gap bot "har kim o'z tilida tush ko'radi" derdi. Endi o'ylab ko'ring, agar tushni o'z tilingizda ko'rmasangiz, ko'rganingiz kimning tushi?
Mana shundan keyin qiziq narsa boshlanadi. Inglizcha o'rganaverib, uni amalda ishlatish uchun YouTube, Netflix, podkastga sho'ng'iymiz. Har birida o'z hayot qarashi singdirilgan bu ayblovemas, har xalq o'z hikoyasini aytadi. Lekin biz o'sha hikoyani o'lchov qilib olib, o'zimizni o'lchashga tushgandekmiz nazarimda. Kelin-kuyov masalasiga "individual freedom" ko'zoynagi bilan qarasak, ota-ona g'amxo'rligi "boundaries violation"ga aylanadi, mahalla esa "lack of privacy" va biz birdaniga "qoloq jamiyatda yashar ekanmiz" degan xulosaga kelamiz.
Aslida-chi? Aslida jamiyatimiz qoloq emas boshqa mantiqda qurilgan. Bu mantiqiy me'zonlarda mahalla nazorat emas, xavfsizlik to'ri. Ota-ona aralashuvi bosim emas, javobgarlik. Qo'shni hayoti bilan qiziqish burun suqish emas, oqibat. Biz buni begona o'lchov bilan o'lchayapmiz, o'lchovga sig'madi, va biz buyerda xatolik bor demoqdamiz. Xuddi tarozida uzunlikni o'lchaganga o'xshaydi. Tarozi yomon emas, uzunlik ham yomon emas shunchaki bir-biriga to'g'ri kelmaydi.
Endi o'zimizga bir savol beraylik. Inglizcha besh daqiqa "career growth" yoki "personal branding" haqida ravon gapira olamizmi? Ko'pchiligimiz: ha. Endi o'zbekcha besh daqiqa "mahalladagi tarbiyaning bola ruhiyatiga ta'siri" haqida shu darajada chuqur gapira olamizmi?
O'zim ham shu yerda qoqilaman, va bu juda muhim qoqilish, chunki shuni anglatadiki, men o'zbekchada shunchaki suhbatlashishni o'rganganman, fikrlashni emas. Inglizchada esa fikrlashni o'rganganman.

👉 Davomi
Forwarded from Zehniyat
👉 Boshlanishi

Demak ichimda ikki "men" bor: inglizchadagi men jiddiy, kasbiy, zamonaviy gapiradi; o'zbekchadagi men salomlashadi, hol so'raydi, to'yga aytadi. Birinchisi o'sib boradi, ikkinchisi joyida turadi. Qaysi tilda chuqurroq bo'lsam, qaror qabul qilishda ham o'sha tomonga og'ib qolaman. Bu holat sezilmaydi, lekin yillar o'tib ko'rinadi bolasiga ism qo'yishda, oilada masala chiqqanda va hokazo.
Bo'lmasa nima qilamiz? Tilni tashlaymizmi? Yo'q, albatta. Til o'rganish kerak, hozirgi dunyoda tilsiz qolish eshiksiz uyda yashash. Lekin tartibi bor.
Ona tilimizda fikrlash darajasiga yetmasdan boshqa tilga sho'ng'isak, miyadagi asosiy uy o'sha tilda quriladi, o'z tilimiz esa hovlidagi mehmonxonaga aylanadi. Shuning uchun avval o'z tilimizda jiddiy o'qish kerak Cho'lpon, Oybek, Abdulla Qodiriy, imkon bo'lsa Hazrat Navoiyning ilmlariga anglash jiddi-jaht qilishimiz kerak-ki, tushunish qiyin bo'lsa qiyin, qiynalib o'rganilgani uzoq turadi.
Keyin xorijiy kontentni iste'mol qilarkanmiz, har bir g'oyani "bu mening yerimga qanday tushadi?" degan savol bilan o'tkazib olishimiz lozim. Hammasi to'g'ri kelmaydi — kelishi shart ham emas. Mehmonni uyga kiritamiz, lekin uy egasi qilib qo'ymaymiz.
Eng qiyini — atrofimizda chuqur gaplashadigan odam topish. Choyxonada futbol haqida emas, hayot haqida. Mahallada maishiy ishlar haqida emas. Osonmas, chunki bunday muhit yo'qolib bormoqda, lekin yo'qolayotgan narsani saqlash, yangisini qurishdan ko'ra og'irroq va muhimroq.
Eng yomon muammo — bilinmaydigan muammo. U "rivojlanish", "zamonaviylik", "global fuqaro bo'lish" ko'rinishida.
Kamina ham bu yo'lda o'rganuvchiman. Kuzatuvlar balki birga o'tirib o'ylaylik degan taklif, xolos.

Umar ABDUSATTOR yozdi.

📱Zehniyatma’rifat mohiyatidan soʻz — ma'rifiy-adabiy platforma.

Biz bilan hamkorlik qiling!
👉
Ma'lumot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yillar soni ortmoqda, shukrlarim esa undan ham ko‘proq…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda ajoyib havosi toza joy bor ekan. Hammaga tavsiya qilamiz💥

Buxorodagi “ozero” desa ham bo’larkan🔥

Mo’ljal: Kia salondan o’tgandan keyin;

Lokatsiya: https://maps.apple.com/maps?ll=39.79256682996544,64.4430562885919&q=39.79256682996544,64.4430562885919&t=m
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rakhmatovs
🇺🇿 Abbosbek Fayzullayev Terma jamoamiz safida GOL urgani munosabati bilan 70% chegirma e’lon qildik. Narxlar bilan tanishing:

🤩 FIZIOLOGIYA GIBRID
💳 397,000 ➡️ 119,000

🤩 TERAPIYA GIBRID
💳 357,000 ➡️ 107,000

🤩 PATOLOGIYA GIBRID
💳 297,000 ➡️ 89,000

🤩 GEMATOLOGIYA GIBRID
💳 197,000 ➡️ 59,000

🔊MUDDAT: 18-iyun 23:59 gacha!

👉Murojaat uchun:
@rakhmatovs_administrator

💥Gibrid kurslarimiz haqida batafsil ma’lumot istasangiz ushbu guruhga qo’shilib oling: @Gibrid_kurslar


📍
@Rakhmatovs_1 - imkoniyat bizdan, foydalanish sizdan!
Ijodlarimizdan, chegirmalarimizdan🇺🇿👆

Man juda xursandman, zo’r o’yin bo’ldi, boshqalarni fikriga qiziqmayman😲🇺🇿
Qanday qilib bu lahzalardan tasirlanmaslik mumkin…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
InshaAlloh yaqin kunlarda ajoyib yangilik bo’ladi. Ilohim bu qadamlar boshlanishi bo’lsin🤲

@rs_notes
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM