Rakhmatov’s note
40 subscribers
64 photos
61 videos
1 file
114 links
Yo‘lga chiqgan, ammo aniq yo‘lni topmagan, lekin u yo‘lni topishga harakatdan to‘xtamaydigan yo‘ldagi odam…

@dunyo_dan_uzoq
Download Telegram
Forwarded from Mutolaa
— Siz qaysi telefonga birinchi javob berasiz?

Izohlarda yozib qoldiring!

Mutolaa ilovasini yuklab oling
👍
Forwarded from Ikrom Sharif
Агар келажакда бир "кошки эди" деб қолишни истамасанг, уч нарсани тўғри танла! Рафиқангни, ишингни, дўстингни.

Юнус Эмре


@IkromSharif
Forwarded from Sanjar Shams konspekt
Ota o'g'liga ikki maktub qoldirdi:
"Birini vafot etgan kunim och, ikkinchisini dafn etganingdan keyin", deb vasiyat qildi. Vafot etgach o'g'il ilk maktubni ochdi. Xatda: "O'g'lim, sendan bir istagim bor: meni paypoqlarim bilan ko'm".
Imom uning yalinib yolvorishiga qaramay, bu talabni qabul qilmadi. Marhumni istar-istamas paypoqsiz ko'mdi. Dafn marosimi tugagach, o'g'il ikkinchi xatni ochdi: "Qara, o'g'lim, bir juft paypoqni ham o'zim bilan olib ketolmadim".

© Rashod Nuri Guntekin

📌 @sanjarshamss 📌
Forwarded from Turakulov | Mutolaa
Muhabbat — bu uni orzu-havaslari bilan seva olishlikda...


*havas bu orzudan farqli o'laroq shaxsiy intilish emas, balki boshqalarning ko'z-ko'zlariga quruq mayl qilishdir. Ayni mana shu 'orzu-havas'larning 'havas' qismi oilada kelishmovchiliklar hamda janjallarni keltrib chiqaradi.

@v_turakulov_mutolaa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jahongir Otajonovning “Sog'indim yomon” qo‘shig‘i — Surayyo va Ortiqali ijrosida

Ajoyib ijro bo’libdi…
Forwarded from Ustoz AI
Saidjon Rahmatov – Ustoz AI qahramoni!

📹 Qahramonimiz Ustoz AI ilovasidagi 19 ming coin toʻplab boylar roʻyxatida 1- oʻrindan joy olgan, shuningdek Buxoro shahrida loyiha rivoji uchun faol harakat qilayotgan yetakchilardan biri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi hamda Ustoz AI loyihasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvdagi faolligi, tashabbuslari va harakati sabab Saidjon Rahmatov endi Ustoz AI’ning Buxorodagi rasmiy elchisi!

Bugun elchi boʻlgan inson kecha shunchaki boshlagan edi. Balki keyingi navbat sizdadir. 🚀

🤩Mobil Ilova | 😎 Telegram | 💙 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ustoz AI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙Ustoz AI qahramoni Saidjon Rahmatov bilan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida u Ustoz AI elchisi etib tayinlandi hamda o‘zining muvaffaqiyat yo‘li, fikrlari va kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berdi.

Uning hikoyasi ko‘plab yoshlarga ilhom bag‘ishlaydi.

🤩Mobil Ilova | 😎 Telegram | 💙 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zehniyat
Til o'rganyapmizmi yoki ma'daniyat ?

Bir paytlar bobomdan eshitganman: "Til bilgan el biladi". O'shanda men buni "ko'p til bilsang, ko'p odam bilan gaplashasan" deb tushungandim. Endi o'ylab qarasam, gap boshqacharoq ekan. Til bilgan o'sha tilda o'ylaydigan elning ichiga kirib qoladi, qaysi eshikdan kirganini ham bilmay.
Inglizcha "I" har gapda katta harf bilan yoziladi. Bu shunchaki imlo qoidasi emas shaxsni ( individualizm) "biz"dan oldinga qo'yib qo'yadigan butun bir qarashning belgisi. Yapon tilida-chi? "Men" so'zining o'n xil ko'rinishi bor, har biri suhbatdoshga qarab tanlanadi. Bizning o'zbek tilida ham shunga o'xshash narsa bor: katta va kichiklarga "siz", yaqin tengdosh bo'lsa "sen", bobomga gap qaytarmaslik mustaqil firkga ega bo'lmaslik emas, bu tarbiyamizning asoslaridan edi.
Demak til o'rganganimizda biz so'zlarni emas, miya ichida bir uy quryapmiz, vaa o'sha uyda kim yashashini ko'p holda bilmaymiz.
Maktabda ingliz tili darsligini ochaman. Birinchi mavzu "My weekend". Keyingisi "Hobbies". Uchinchisi restoran, sayohat, party. Yaxshi, bular ham hayotning bir qismi. Lekin nimadir yetishmaydi.
Onamga atalgan bir bo'lim qani? Mahalladagi ma'rakaga borib salom berish odobi qaysi darsda? Otamning to'rda o'tirishi, kichikning chap tomonda turishi bu qaysi grammatikada? Yo'q. Bo'lmaydi ham, chunki o'rganilayotgan tilda bu hayotiy yozilmagan qoidalar yo'q.
Boshida bu kichik gap bo'lib tuyuladi. Keyin sezmasdan bola katta bo'ladi va "katta odam qanday yashaydi" degan savolga javobi darslikdan keladi: yakshanba kuni " party" , do'st bilan Coffee shop, yiliga ikki marta Trip yoki camping va yoki olaylik successni faqat moliyaviy hayotga bog'lab qo'ygan holda shakilanib keladi.
"Til axir vosita-ku, qo'rqmasa ham bo'ladi" ko'pchilik shunday deydi.
Lekin bolg'a bir necha yil qo'lda yotsa, qo'lning shaklini ham o'zgartiradi. Tilshunoslikda Sapir-Whorf gipotezasi degan narsa bor qisqasi, tilda yo'q tushunchani miya ham qiyin tushunadi.
Bizning tilimizda "andisha", "or", "hayo", "ibol" degan so'zlar bor. Inglizchaga o'tkazsangiz "shame" yoki "modesty" deb qo'yiladi, tamom. Lekin "andisha" bilan "shame" bu ikki dunyo. Andisha o'zingni boshqaning o'rniga qo'yib ko'rib, uni xijolat qilmaslik. Shame o'zing qilgan ish uchun ichingda yuzaga keladigan tuyg'u. Ikkalasi ham kerak, lekin bittasi yo'qolsa, miyada o'rnini egallash uchun tildagi muboqil tushuncha joylashadi.
Xalqimizda bir gap bot "har kim o'z tilida tush ko'radi" derdi. Endi o'ylab ko'ring, agar tushni o'z tilingizda ko'rmasangiz, ko'rganingiz kimning tushi?
Mana shundan keyin qiziq narsa boshlanadi. Inglizcha o'rganaverib, uni amalda ishlatish uchun YouTube, Netflix, podkastga sho'ng'iymiz. Har birida o'z hayot qarashi singdirilgan bu ayblovemas, har xalq o'z hikoyasini aytadi. Lekin biz o'sha hikoyani o'lchov qilib olib, o'zimizni o'lchashga tushgandekmiz nazarimda. Kelin-kuyov masalasiga "individual freedom" ko'zoynagi bilan qarasak, ota-ona g'amxo'rligi "boundaries violation"ga aylanadi, mahalla esa "lack of privacy" va biz birdaniga "qoloq jamiyatda yashar ekanmiz" degan xulosaga kelamiz.
Aslida-chi? Aslida jamiyatimiz qoloq emas boshqa mantiqda qurilgan. Bu mantiqiy me'zonlarda mahalla nazorat emas, xavfsizlik to'ri. Ota-ona aralashuvi bosim emas, javobgarlik. Qo'shni hayoti bilan qiziqish burun suqish emas, oqibat. Biz buni begona o'lchov bilan o'lchayapmiz, o'lchovga sig'madi, va biz buyerda xatolik bor demoqdamiz. Xuddi tarozida uzunlikni o'lchaganga o'xshaydi. Tarozi yomon emas, uzunlik ham yomon emas shunchaki bir-biriga to'g'ri kelmaydi.
Endi o'zimizga bir savol beraylik. Inglizcha besh daqiqa "career growth" yoki "personal branding" haqida ravon gapira olamizmi? Ko'pchiligimiz: ha. Endi o'zbekcha besh daqiqa "mahalladagi tarbiyaning bola ruhiyatiga ta'siri" haqida shu darajada chuqur gapira olamizmi?
O'zim ham shu yerda qoqilaman, va bu juda muhim qoqilish, chunki shuni anglatadiki, men o'zbekchada shunchaki suhbatlashishni o'rganganman, fikrlashni emas. Inglizchada esa fikrlashni o'rganganman.

👉 Davomi
Forwarded from Zehniyat
👉 Boshlanishi

Demak ichimda ikki "men" bor: inglizchadagi men jiddiy, kasbiy, zamonaviy gapiradi; o'zbekchadagi men salomlashadi, hol so'raydi, to'yga aytadi. Birinchisi o'sib boradi, ikkinchisi joyida turadi. Qaysi tilda chuqurroq bo'lsam, qaror qabul qilishda ham o'sha tomonga og'ib qolaman. Bu holat sezilmaydi, lekin yillar o'tib ko'rinadi bolasiga ism qo'yishda, oilada masala chiqqanda va hokazo.
Bo'lmasa nima qilamiz? Tilni tashlaymizmi? Yo'q, albatta. Til o'rganish kerak, hozirgi dunyoda tilsiz qolish eshiksiz uyda yashash. Lekin tartibi bor.
Ona tilimizda fikrlash darajasiga yetmasdan boshqa tilga sho'ng'isak, miyadagi asosiy uy o'sha tilda quriladi, o'z tilimiz esa hovlidagi mehmonxonaga aylanadi. Shuning uchun avval o'z tilimizda jiddiy o'qish kerak Cho'lpon, Oybek, Abdulla Qodiriy, imkon bo'lsa Hazrat Navoiyning ilmlariga anglash jiddi-jaht qilishimiz kerak-ki, tushunish qiyin bo'lsa qiyin, qiynalib o'rganilgani uzoq turadi.
Keyin xorijiy kontentni iste'mol qilarkanmiz, har bir g'oyani "bu mening yerimga qanday tushadi?" degan savol bilan o'tkazib olishimiz lozim. Hammasi to'g'ri kelmaydi — kelishi shart ham emas. Mehmonni uyga kiritamiz, lekin uy egasi qilib qo'ymaymiz.
Eng qiyini — atrofimizda chuqur gaplashadigan odam topish. Choyxonada futbol haqida emas, hayot haqida. Mahallada maishiy ishlar haqida emas. Osonmas, chunki bunday muhit yo'qolib bormoqda, lekin yo'qolayotgan narsani saqlash, yangisini qurishdan ko'ra og'irroq va muhimroq.
Eng yomon muammo — bilinmaydigan muammo. U "rivojlanish", "zamonaviylik", "global fuqaro bo'lish" ko'rinishida.
Kamina ham bu yo'lda o'rganuvchiman. Kuzatuvlar balki birga o'tirib o'ylaylik degan taklif, xolos.

Umar ABDUSATTOR yozdi.

📱Zehniyatma’rifat mohiyatidan soʻz — ma'rifiy-adabiy platforma.

Biz bilan hamkorlik qiling!
👉
Ma'lumot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yillar soni ortmoqda, shukrlarim esa undan ham ko‘proq…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda ajoyib havosi toza joy bor ekan. Hammaga tavsiya qilamiz💥

Buxorodagi “ozero” desa ham bo’larkan🔥

Mo’ljal: Kia salondan o’tgandan keyin;

Lokatsiya: https://maps.apple.com/maps?ll=39.79256682996544,64.4430562885919&q=39.79256682996544,64.4430562885919&t=m
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM