𝐑𝐨𝐛𝐨𝐭𝐬𝐀𝐧𝐝𝐌𝐞 - Учебный центр
717 subscribers
1.11K photos
541 videos
52 files
498 links
🤖 Робототехника и IT для детей и взрослых
Практика с первого урока
Маленькие группы
Возможность трудоустройства
📌 Мы в Instagram: https://www.instagram.com/robots_and_me
☎️ Запишитесь на пробный урок:
+998 (93) 080-62-66
Download Telegram
🚨 O‘zbekiston robototexnika tarixida yangi sahifa ochildi!

🤩 O'quv markazimiz o'quvchilari Rossiyada o‘tgan xalqaro robototexnika olimpiadasida ilk bor ishtirok etib, BRONZA medalini va yana bir nechta yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindor bo‘lishdi!

📍 Murmansk, Rossiya
📅 24–26 iyun, 2025-yil

🔧 “Bo‘lajak muhandislar” yo‘nalishida Butunrossiya sport dasturlash bo‘yicha:
🥇 Safarov Rustam – 1-o‘rin
🥈 Kamolov Kamronbek – 2-o‘rin

🛠Bo‘lajak muhandislar” yo‘nalishida milliy final bosqichida:
🥉 Safarov Rustam – 3-o‘rin
🥉 Kamolov Kamronbek – 3-o‘rin
🥉 Hamdamov Ozodbek – 3-o‘rin
🥉 Arifov Javohir – 3-o‘rin

⚖️ Yana bir e’tiborga molik holat:
🇺🇿 Ergashev Navruz Xakimovich ushbu olimpiadada rasmiy hakam sifatida ishtirok etib, Rossiya robototexnika federatsiyasi tomonidan rasman hakamlik malakasini olgan va musobaqa hakamlar hay’atida faol ishtirok etdilar.

💬 “Bu oddiy natija emas — bu O‘zbekiston robototexnika sohasining xalqaro maydonga chiqqan yana bir qadami!”

Telegram| instagram| Facebook
🔥216👏5👍4
☄️Buxoro yoshlari xalqaro robototexnika musobaqasida yuksak natijalarga erishdi!

“RobotsAndMe” o‘quv markazi o'quvchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 2025-yil iyun oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “First Tech Challenge Dubai Off-Season” xalqaro robototexnika musobaqasida ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.


🥇 Yakkaxon bahslar bo‘yicha — 1-o‘rin
🥈 Umumjamoa hisobida — 2-o‘rin
🎖 “Eng yaxshi boshqaruv” nominatsiyasi g‘olibi


⚙️ Ushbu yutuqlarda quyidagi Buxorolik o‘quvchilar alohida ajralib turdi:

🔹 Sodikov Shukrullo – 12-IDUM maktabi
🔹 Narziyev Akbarshoh – 1-maktab
🔹 Nazarov Asadbek – 33-maktab
🔹 Azimov Mirsaid – 20-maktab
🔹 Hafizov Shohruhmirzo – 17-maktab


🏆 Bu yutuqlar – ularning fidokorona mehnati, robototexnikaga bo‘lgan qiziqishi va “RobotsAndMe” o‘quv markazida olgan bilimlari natijasidir. Bunday xalqaro muvaffaqiyatlar – nafaqat Buxoro yoshlari, balki butun O‘zbekistonning texnologik kelajagi porloq ekanining yaqqol dalilidir!
2🔥8👍74👏1