Robotronix uz
1.59K subscribers
388 photos
182 videos
21 files
348 links
Robotlar sizni emas, siz robotlarni boshqaring!

📨 t.me/Robotronix_qabul
📞 +998338033353
🔗 www.linktr.ee/Robotronixuz
📱 www.instagram.com/robotronixuz
Download Telegram
#shaxsiyfikr #GinnesRekordi
Men barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Lekin ochiq aytaman: men quvonmadim. Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun bugun eng katta ehtiyoj — shov-shuv emas, ilm. Men robototexnika bo‘yicha texnologiya fani o‘qituvchilariga dars beraman: ular darslikka yangilik sifatida kiritilgan Robototexnika mavzularini avval o’qishmagan, bu fan bo’lmagan ham. Endi ular bu sohani o‘quvchilarga sifatli o‘rgatish uchun o‘rganishmoqda, lekin ko‘plarining mablag‘i yetmaydi, jihozlar yetarli emas.

Bir martalik rekordlarga ketadigan resurslarni hech bo‘lmasa 2000–3000 ta maktabga kichik “namuna to‘plami” sifatida taqsimlasak, o‘quvchilar robototexnikani faqat rasmda emas, balki haqiqiy jihozlarda ko‘rgan bo‘lardi. Chunki darslikdagi chizma va suratlardan ko‘ra amaliy tajriba bolalarda butunlay boshqa darajadagi tushuncha uyg‘otadi.

Biz shu kunga qadar 500 ta texnologiya fani o‘qituvchisini robototexnika bo‘yicha, darslikdagi murakkab mavzularni tushuntira olishlari uchun tayyorladik. Ularning har biri o‘z hisobidan jihoz to‘plamini sotib oldi va kurs uchun ham to‘lov qildi. Agar har biri maktabida kamida 10 soatlik dars o‘tsa va o‘rtacha 5 ta sinfga kirsa, bir ustoz yil davomida kamida 75 nafar o‘quvchiga ta’sir qiladi. Demak, shu 500 ustoz orqali bugungi kunda 37 500 nafar o‘quvchi robototexnika nima, undan qanday foydalanish mumkin va uning imkoniyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ldi deb hisoblaymiz.

Men muhandislikni aynan shu yo‘l bilan — ustozlar va o‘quvchilar orqali yoyish tarafdoriman. Chunki ularning ichidan ertangi muhandislar, ixtirochilar, olimlar chiqishi mumkin. Har kuni ko‘plab ustozlar bizga murojaat qiladi: ularni qiynayotgan masala — moddiy imkoniyatning yetishmasligi. Ko‘pchilik ustozlar bolalarga o‘rgatishni jon-dildan xohlaydi, ammo imkoniyati yetmaydi. Biz ba’zilariga chegirmalar, hatto 100% vaucherlar ham berdik, lekin hammasiga yordam berishga imkoniyatimiz yetmaydi.

Bir martalik rekord o‘rniga ilm bilan qo‘yiladigan, kamharajat va mazmunli rekordlar ham bor. Masalan, yaponiyalik Tatsuhiko Mitsuya 2024-yil 6-aprelda atigi 57,676 mm balandlikdagi insonsimon robot yasab rekord qo‘ydi. Bu shunchaki shov-shuv emas, balki laboratoriya, muhandislik va ijod mahsuli edi.

Keling, motivatsiyani saqlagan holda resurslarni uzoq muddatli ta’limga, haqiqiy natija beradigan tashabbuslarga yo‘naltiraylik. Chunki ilmiy ta’limni kengaytirish — biz qo‘yadigan eng katta va eng foydali rekord bo‘lishi mumkin.

👉 Agar bizda o‘qigan bo‘lsangiz va natijasini ko‘rgan bo‘lsangiz, fikringizni qoldiring. Fikrlarimga qo‘shilsangiz, izoh yozing. Bu gaplar muammolardan xabari yo‘q mas’ullarga yetib borsa, balki yechim topilib hammamizga foydasi tegishi mumkin.

Biz bilan bog‘lanish:
@Robotronix_qabul
📞Telefon: +998338033353

📱 Rasmiy sahifalarimizga ulaning:
📱https://t.me/Robotronix_LLC
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍83🔥2
📣 Farzandingiz kelajak texnologiyasini bugundan o‘rgansin!

😉 Robototexnika nafaqat o‘yin, balki:
Mantiqiy fikrlashni o‘stiradi
Sabr va diqqatni shakllantiradi
Texnologiyaga qiziqishni uyg‘otadi
Jamoada ishlash ko‘nikmasini beradi

Guruhlar:
4–7 yosh — LEGO orqali o‘yin tarzida ilm va texnologiya
8–10 yosh — dastlabki mexanizmlar va dasturlash asoslari
11+ yosh — elektronika, Arduino, murakkab loyihalar va innovatsiyalar


Darslar o‘zbek va rus tillarida!

📍 Manzillar:
Farg‘ona shahar markazi hamda
Ilg‘or MFY, Happy Hause bog'chasi binosida

📇 Farzandingiz vaqtini bekorga sarflamasin — u ertangi kashfiyotchilar safida bo‘lsin! Robotlarni hayotimizga kirib kelishi tezlashmoqda va bu fantastika emas!


Biz bilan bog‘lanish:
@Robotronix_qabul
📞Telefon: +998338033353

🔗 Rasmiy sahifalarimizga ulaning:
📱 https://t.me/Robotronix_LLC
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
🎉 Uchko‘prikda kelajak texnologiyalari sari birinchi qadam!

Dunyo juda tez o‘zgarib boryapti. Bugun paydo bo‘layotgan robototexnika kompaniyalari – ertangi kunimiz qanday bo‘lishidan darak.

🟢 Ha, ko‘plab kasblar yo‘qolib, ularning o‘rnini robotlar egallaydi.
Ammo bitta haqiqat bor: farzandingiz kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, yangi texnologiyalarni tushunishi zarur bo‘ladi.

Shifokor ham, muhandis ham, hatto o‘qituvchi ham — robototexnika bilimlari ularning ishida qo‘l keladi.

‼️ Bizning kurslarda bolalar:
Texnologiyani oddiy va tushunarli tarzda o‘rganadi
Mantiqiy fikrlash, sabr va kreativlikni rivojlantiradi
Ertangi kasblarga tayyor bo‘lib boradi

📍 Manzil: Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani

✔️ Farzandingiz ertangi kunni tomoshabin bo‘lib kuzatmasin — uni uni tushunadiganlardan bo‘lsin!

Biz bilan bog‘lanish:
@Robotronix_qabul
📞Telefon: +998338033353

🔗 Rasmiy sahifalarimizga ulaning:
📱 https://t.me/Robotronix_LLC
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113🔥1
🎉 Robotronix bilan hamkor maktablar soni ortmoqda!

Hurmatli ota-onalar va do‘stlar!
Shu o‘quv yilidan boshlab 5 ta oʻz qadryatiga ega boʻlgan xususiy maktabda Robototexnika darslari yo‘lga qo‘yildi!

1️⃣3️⃣ IDEAL School – Farg‘ona shahridagi filiallari va Quva filiali
4️⃣ Kinder School
5️⃣ Edu Nova School

🚀 Bu yil biz bu maktablarda yangicha tizim, yangicha qarash va eng asosiysi — haqiqiy sifat bilan Robototexnika o‘qitishni boshladik.

Siz esa endi bemalol bo‘lishingiz mumkin — Robototexnika darslari sifatidan xavotir olmang, biz farzandlaringizga haqiqiy robotlar yasashni o‘rgatamiz!

😀 Bu o‘quv yili ular uchun unutilmas bo‘ladi: ertaga texnologiyani tushunadigan, undan foydalana oladigan va o‘z g‘oyasini amalga oshira oladigan yoshlar bo‘lib ulg‘ayishadi.

Biz bilan bog‘lanish:
@Robotronix_qabul
📞Telefon: +998338033353

🔗 Rasmiy sahifamizga ulaning:
📱 t.me/Robotronix_LLC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥31🤩1
🎉 Ideal Orzular – Bolalarning orzusini haqiqatga aylantiruvchi maktab!

Bugungi kunda hayotimizni robotlar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Endi esa bu bilimlarni farzandlaringiz maktabdayoq o‘rganishi mumkin!

“IDEAL ORZULAR” xususiy maktabi direktori Isomiddin Jo‘rayev Ilhomovich va "ROBOTRONIX" asoschisi Ahliddin Qo‘chqorov Mirzoxid o‘g‘li maktabda zamonaviy Robototexnika darslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

🦾 Ideal Orzular maktabi endi farzandlaringizni nafaqat orzuga yetaklaydi, balki ularni ertangi zamonning faol ishtirokchisiga aylantiradi.

🔗 Rasmiy sahifalarimizga ulaning:
📱 https://t.me/Robotronix_LLC
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🎉3👏1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hamkorlik! Robotronix va Edu Nova School

Bugungi tezkor zamonda oddiy bilimlar yetarli emas. Har bir soha tobora raqamli texnologiyalarga, robotlarga va sun’iy intellektga bog‘lanib bormoqda. Shunday paytda farzandingizning kelajagi uchun eng muhim investitsiya – bu texnologiyani hozirdan o‘rgatishdir.

🎯 Shu maqsadda Edu Nova School zamonaviy ta’limga katta qadam qo‘ydi va Robotronix bilan hamkorlikda Robototexnika fanini o‘z dasturiga qo‘shdi! Bu bilan ular bolalariga nafaqat bilim, balki kelajak kasblariga tayyorlovchi zamonaviy ko‘nikmalarni ham berishni boshladi.

👩‍⚕️👨‍🏫👨‍💻 Farzandingiz shifokor, muallim yoki dasturchi bo‘lishi mumkin. Ammo qaysi sohada bo‘lmasin, zamonaviy robotlar va yangi texnologiyalar hayotiga kirib keladi. Ularni tushunadigan, ulardan foydalana oladigan bola esa doim bir qadam oldinda bo‘ladi.

🔺 Edu Nova School o‘z o‘quvchilarini nafaqat bugungi, balki ertangi dunyoga ham tayyorlamoqda. Bu – haqiqiy zamonaviy maktabning afzalligi!

📱 t.me/Robotronix_LLC 📱 t.me/EduNovaSchool
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🤩1
Arduino IDE 1.8.9 versiya. Windows 7+.exe
105.6 MB
🍎 Robototexnikani boshlamoqchilar uchun Arduino IDE 1.8.9 versiyasining o‘rnatiladigan (ustanovichniy) faylini taqdim etamiz.

Ushbu dastur:
✔️ Windows 7 va undan yuqori tizimlarda ishlaydi
✔️ x32 va x64 bitli operatsion tizimlarga mos keladi

O‘rnatish bo‘yicha tavsiyalar:
1️⃣ Faylni yuklab oling (Yuqorida keltirilgan fayl)
2️⃣ Yuklab olingan faylni ochib, "Setup" tugmasini bosib dasturni o‘rnating
3️⃣ O‘rnatish tugagach, Arduino IDE dasturini ishga tushiring.

⚡️ Windows 10 va 11 foydalanuvchilari uchun tavsiya:
Agar operatsion tizimingiz Windows 10 yoki 11 bo‘lsa, Arduino IDE dasturining yangiroq 2.2.3 versiyasini o‘rnatishni tavsiya qilamiz. Uni ushbu [rasmiy havola] orqali yuklab olishingiz ham mumkin.

Robototexnika olamida yangi bilimlar va kashfiyotlarga tayyorlaning!

Biz bilan bog‘lanish:
@Robotronix_qabul
📞Telefon: +998338033353

🔗 Rasmiy sahifalarimizga ulaning:
📱 https://t.me/Robotronix_LLC
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1