Robotronix uz
1.58K subscribers
382 photos
181 videos
20 files
344 links
Robotlar sizni emas, siz robotlarni boshqaring!

📨 t.me/Robotronix_qabul
📞 +998338033353
🔗 www.linktr.ee/Robotronixuz
📱 www.instagram.com/robotronixuz
Download Telegram
#GinnesRekordi #MuhandislikMissiyasi
Biz uchun shu rekord! Ziyodulla va jamoasini yutuq bilan tabriklayman!
👇👇👇
1
🇺🇿 Biz Yangi O‘zbekiston muhandislik tarixida yangi sahifa yozdik!

So‘nggi 5 kun davomida jamoamiz bilan Teknofest 2025 xalqaro aviatsiya, kosmos va texnologiyalar musobaqasining “Yaqin koinot yo‘ldoshi” yo‘nalishida ishtirok etdik.

Mazkur yo‘nalishda 9 oy davomida kichik sun’iy yo‘ldosh loyihasida mehnat qilgan 104 ta jamoa bellashdi. Final bosqichiga esa atigi 5 jamoa yo‘l oldi.

🛰️ Turkiyaning Aksaray shahrida o‘tgan finalda bizning sun’iy yo‘ldoshimiz yer sathidan 35 530 metr balandlikkacha ko‘tarildi. Uchrish davomida 2,5 soat mobaynida uzluksiz aloqa o‘rnatilib, umumiy hisobda 186 735 ta ma’lumot paketi muvaffaqiyatli qabul qilindi.

🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, jamoamiz faxrli 3-o‘rinni egalladi va biz Teknofest tarixida sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan ilk O‘zbekiston jamoasi bo‘ldik!

Bu biz uchun nafaqat g‘alaba, balki yangi marralarga intilish yo‘lida mustahkam qadamdir. Biz ishonamiz – O‘zbekiston yoshlarining intellekti va mehnati bilan ertaga yanada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritamiz!

🕊 Telegram | 👥 Linkedin |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤩1
#shaxsiyfikr #GinnesRekordi
Men barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Lekin ochiq aytaman: men quvonmadim. Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun bugun eng katta ehtiyoj — shov-shuv emas, ilm. Men robototexnika bo‘yicha texnologiya fani o‘qituvchilariga dars beraman: ular darslikka yangilik sifatida kiritilgan Robototexnika mavzularini avval o’qishmagan, bu fan bo’lmagan ham. Endi ular bu sohani o‘quvchilarga sifatli o‘rgatish uchun o‘rganishmoqda, lekin ko‘plarining mablag‘i yetmaydi, jihozlar yetarli emas.

Bir martalik rekordlarga ketadigan resurslarni hech bo‘lmasa 2000–3000 ta maktabga kichik “namuna to‘plami” sifatida taqsimlasak, o‘quvchilar robototexnikani faqat rasmda emas, balki haqiqiy jihozlarda ko‘rgan bo‘lardi. Chunki darslikdagi chizma va suratlardan ko‘ra amaliy tajriba bolalarda butunlay boshqa darajadagi tushuncha uyg‘otadi.

Biz shu kunga qadar 500 ta texnologiya fani o‘qituvchisini robototexnika bo‘yicha, darslikdagi murakkab mavzularni tushuntira olishlari uchun tayyorladik. Ularning har biri o‘z hisobidan jihoz to‘plamini sotib oldi va kurs uchun ham to‘lov qildi. Agar har biri maktabida kamida 10 soatlik dars o‘tsa va o‘rtacha 5 ta sinfga kirsa, bir ustoz yil davomida kamida 75 nafar o‘quvchiga ta’sir qiladi. Demak, shu 500 ustoz orqali bugungi kunda 37 500 nafar o‘quvchi robototexnika nima, undan qanday foydalanish mumkin va uning imkoniyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ldi deb hisoblaymiz.

Men muhandislikni aynan shu yo‘l bilan — ustozlar va o‘quvchilar orqali yoyish tarafdoriman. Chunki ularning ichidan ertangi muhandislar, ixtirochilar, olimlar chiqishi mumkin. Har kuni ko‘plab ustozlar bizga murojaat qiladi: ularni qiynayotgan masala — moddiy imkoniyatning yetishmasligi. Ko‘pchilik ustozlar bolalarga o‘rgatishni jon-dildan xohlaydi, ammo imkoniyati yetmaydi. Biz ba’zilariga chegirmalar, hatto 100% vaucherlar ham berdik, lekin hammasiga yordam berishga imkoniyatimiz yetmaydi.

Bir martalik rekord o‘rniga ilm bilan qo‘yiladigan, kamharajat va mazmunli rekordlar ham bor. Masalan, yaponiyalik Tatsuhiko Mitsuya 2024-yil 6-aprelda atigi 57,676 mm balandlikdagi insonsimon robot yasab rekord qo‘ydi. Bu shunchaki shov-shuv emas, balki laboratoriya, muhandislik va ijod mahsuli edi.

Keling, motivatsiyani saqlagan holda resurslarni uzoq muddatli ta’limga, haqiqiy natija beradigan tashabbuslarga yo‘naltiraylik. Chunki ilmiy ta’limni kengaytirish — biz qo‘yadigan eng katta va eng foydali rekord bo‘lishi mumkin.

👉 Agar bizda o‘qigan bo‘lsangiz va natijasini ko‘rgan bo‘lsangiz, fikringizni qoldiring. Fikrlarimga qo‘shilsangiz, izoh yozing. Bu gaplar muammolardan xabari yo‘q mas’ullarga yetib borsa, balki yechim topilib hammamizga foydasi tegishi mumkin.

Biz bilan bog‘lanish:
@Robotronix_qabul
📞Telefon: +998338033353

📱 Rasmiy sahifalarimizga ulaning:
📱https://t.me/Robotronix_LLC
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍63🔥2
📣 Farzandingiz kelajak texnologiyasini bugundan o‘rgansin!

😉 Robototexnika nafaqat o‘yin, balki:
Mantiqiy fikrlashni o‘stiradi
Sabr va diqqatni shakllantiradi
Texnologiyaga qiziqishni uyg‘otadi
Jamoada ishlash ko‘nikmasini beradi

Guruhlar:
4–7 yosh — LEGO orqali o‘yin tarzida ilm va texnologiya
8–10 yosh — dastlabki mexanizmlar va dasturlash asoslari
11+ yosh — elektronika, Arduino, murakkab loyihalar va innovatsiyalar


Darslar o‘zbek va rus tillarida!

📍 Manzillar:
Farg‘ona shahar markazi hamda
Ilg‘or MFY, Happy Hause bog'chasi binosida

📇 Farzandingiz vaqtini bekorga sarflamasin — u ertangi kashfiyotchilar safida bo‘lsin! Robotlarni hayotimizga kirib kelishi tezlashmoqda va bu fantastika emas!


Biz bilan bog‘lanish:
@Robotronix_qabul
📞Telefon: +998338033353

🔗 Rasmiy sahifalarimizga ulaning:
📱 https://t.me/Robotronix_LLC
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🎉 Uchko‘prikda kelajak texnologiyalari sari birinchi qadam!

Dunyo juda tez o‘zgarib boryapti. Bugun paydo bo‘layotgan robototexnika kompaniyalari – ertangi kunimiz qanday bo‘lishidan darak.

🟢 Ha, ko‘plab kasblar yo‘qolib, ularning o‘rnini robotlar egallaydi.
Ammo bitta haqiqat bor: farzandingiz kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, yangi texnologiyalarni tushunishi zarur bo‘ladi.

Shifokor ham, muhandis ham, hatto o‘qituvchi ham — robototexnika bilimlari ularning ishida qo‘l keladi.

‼️ Bizning kurslarda bolalar:
Texnologiyani oddiy va tushunarli tarzda o‘rganadi
Mantiqiy fikrlash, sabr va kreativlikni rivojlantiradi
Ertangi kasblarga tayyor bo‘lib boradi

📍 Manzil: Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani

✔️ Farzandingiz ertangi kunni tomoshabin bo‘lib kuzatmasin — uni uni tushunadiganlardan bo‘lsin!

Biz bilan bog‘lanish:
@Robotronix_qabul
📞Telefon: +998338033353

🔗 Rasmiy sahifalarimizga ulaning:
📱 https://t.me/Robotronix_LLC
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71