Robocode IT Academy
991 subscribers
837 photos
428 videos
13 files
652 links
Farzandingiz kelajagi uchun zamonaviy kasblar akademiyasi

☎️ Murojaat uchun: +99899 899-90-05
Admin: @robocodeadmin

Manzil: https://maps.app.goo.gl/c1QyVkz3do4z7jqV6
Download Telegram
Bolalar uchun dasturlash kurslari ochilmoqda

💡 Bolalar uchun dasturlashda, bolalar konstruktsiyalash, elementar matematika-fizika hamda boshlang'ich dasturlash ko'nikmalarini o'rganish 9 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan

⚜️ Arduino dasturlash kursida esa o'quvchilar yuqori darajada dasturlash hamda elektr jihozlari, aparatlar, mikrosxemalar va sensorlar bilan ishlash va ular yordamida kichik loyihalar tayyorlashni 13 yoshdan yuqori bolalar bilan birga o'rganadi.

😎 Aynan sizning farzandingiz mana shu kurslarimizni ta'lim olib, malakali mentorlar tomonidan sifatli darslar olishi, qulay sharoitda amaliyot o'tashini istaysizmi?

🔴 Ayni paytda yangi ochilayotgan bolalar uchun dasturchilik guruhlarimizda qabul davom etmoqda. Ro'yxatdan o'tishga shoshiling.

👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Robocode.uz

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​Yangilikmisan yangilik! 😎

💡 O'quvchilar ta'lim markazimizda har bir darslarni izchil o'rganib, doimiy izlanishda bo'lishi yoki kattami-kichikmi proyektlar ustida ish olib borishi tabiiy holga aylanib ulgurgan.

🤖 Robocode IT Academy tomonidan o'quvchilar amaliyot o'tash uchun nufuzli tashkilot bilan hamkorlikda ish boshlashini e'lon qiladi.

🚀 Endilikda siz O'zbekistonda o'z o'rniga ega, dasturlash sohasida yetakchi bo'lib kelayotgan Project Managers kompaniyasida amaliyot qilishingiz mumkin bo'ladi.

Buning uchun albatta akademiyamiz o'quvchisi bo'lsangiz bas. Barcha qulayliklar sizlar uchun.

Siz farzandingizni sifatli ta'lim olishi, yuqori malakali mentorlar, zamon talabiga mos, jahon standardlari asosida yaratilgan sharoitlarda o'qishini istasangiz kurslarimizga yozilishni unutmang.

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​Dasturlash deganda koʻz oldingizga nima keladi? 🤔

💡Kelajak kasbi, qiziqarli soha, erkin grafik, katta maosh, hayot tarzi va h.k. Dasturchi boʻlishda katta imkoniyat va afzalliklar bor.

💰 Bu soha egalari yuqori daromad topishlari koʻpchilikka sir emas. Boshqa sohalarga nisbatan bir necha barobar koʻproq pul ishlaydilar. Bu sohada ish soati va joylar erkin belgilanishi bilan odamga juda yoqadi.

💟 Oʻzingiz uchun qulay vaqtda, shinam joyda maza qilib ishlayverasiz. Hozirda jahon miqyosida IT, texnologiya, sunʼiy intellekt, aqlli uylar koʻpaymoqda.

📲 Smartfonimiz esa shaxsiy yordamchiga aylandi. Kundan-kun dasturchilarga talab oshmoqda va bu kelajakda yana-da ortib boradi.

Shunday ekan, yana-da katta ishonch bilan, qattiq mehnat bilan, maqsad sari harakat qilishda davom eting.

📈
Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​Dasturlash uchun juda kuchli kompyuter kerakmi?

👨‍💻 Dasturchi 3, 4 ta monitorlar bilan eng kuchli kompyuterlardan foydalaniladi deb oʻylashadi. Har holda kinolarda shunday tasvirlarni uchratgansiz.

💡 Ko’p hollarda atrofagi insonlar orasida ishda, ofisda 2 ta monitordan foydalanadiganlari koʻp. Lekin aksar hollarda noutbuk yoki 1 ta monitorlik shaxsiy kompyuter ishlatishadi.

💻 Kompyuterning xarakteristikasiga kelsak: Kompyuter qancha kuchli boʻlsa shuncha yaxshi. Chunki siz faqat dastur yozmaysiz. Internet, turli katta va kichik qoʻshimcha dasturlar, maʼlumotlar olish uchun tezkor kompyuter boʻlsa zarar qilmaydi. Lekin dasturchi asosan kod yozsa yaʼni elektron bloknotda dasturlar tuzsa bu uchun oddiy kompyuter ham kifoya qiladi.

💣 Xulosa qilib aytaman, kompyuter qancha kuchli boʻlsa faqat oʻzingiz uchun foyda. Lekin kuchli kompyuter olaman deb yillab kompyutersiz yurish shart emas, imkoningiz yetgan kompyuterni olib tezroq dasturlashni oʻrganish eng toʻgʻri qaror boʻladi deb oʻylaymiz.

Dasturlashni mana bizning akademiyamizda o'rganingda 😉

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​Qaysi dasturlash tillari 2020-yilda ko'p o'rganildi?

💡 Mashhur "GitHub" (IT-loyihalarini ishlab chiqish) hostingi 2020-yilning eng ommalashgan dasturlash tillarini e'lon qildi. O'tgan yil kabi kuchli uchlikda JavaScript, Python va Java dasturlash tillari saqlanib qoldi. Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan "TypeScript" loyihasi tezda mashhurlikka erishib, 7-o'rindan 4-pog'onaga ko'tarildi. PHP esa 4-o'rindan 6-pog'onaga tushib ketdi.

📊 Shunday qilib, "GitHub" qaysi hududlarda dasturlash tillari ko'p foydalanishini aniqlab chiqdi. Ko'rsatkichlar shuni ko'rsatadiki, Shimoliy Amerikada foydalanuvchilar soni - 34% foiz, Osiyoda - 30,7% foiz, Yevropada - 26,8% foizni tashkil qildi. Ajablanarlisi shundaki, ushbu xizmat hatto Afrikaning foydalanuvchilar statistikasini ham e'lon qildi, ular attigi - 2% foiz bo'lib chiqdi.

🚀 Bilamizki, pandemiya tufayli IT-sohalarini o'rganish shiddat bilan rivojlanib ketdi va dasturlash tiliga bo'lgan qiziqish, 2019-yilga qaraganda 40% foizga oshdi. Sizningcha, bu shunchaki fantastik ko'rsatkich!

Savol: Siz qaysi dasturlash tilini o'rganishni xohlaysiz?

👨🏻‍💻
Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
Robototexnika haqida qaynoq ma'lumotlar

🤖 Robototexnika
- bu informatika va muhandislikni birlashtirgan fanlar aro yo'nalish. Bu soha dizayn, qurilish, ekspluatatsiya qilish va foydalanishni o'z ichiga oladi .

💡 Robototexnikasining maqsadi odamlarga yordam beradigan mashinalarni loyihalashtirishdir. Robototexnika mashinasozlik , elektrotexnika , axborot muhandisligi , mexatronika , elektronika , bioinjiniring , kompyuter muhandisligi , boshqaruv muhandisligi , dasturiy ta'minot muhandisligi va boshqa sohalarni birlashtiradi.

⚡️ Robototexnika odamlar o'rnini bosadigan va inson harakatlarini takrorlaydigan mashinalarni ishlab chiqaradi. Robotlar ko'p vaziyatlarda va ko'p maqsadlarda ishlatilishi mumkin, lekin bugungi kunda ko'plab radioaktiv materiallarni tekshirish, shu jumladan, xavfli muhitda ishlatiladigan bomba aniqlash va deaktivatsiya, ishlab chiqarish jarayonlari yoki odamlar omon qololmaydigan joylar masalan, kosmosda, suv ostida, yuqori issiqlikda va xavfli materiallar va radiatsiyani tozalash va saqlashda ishlatiladi.

👽 Robotlar har qanday shaklga ega bo'lishi mumkin, ammo ba'zilari tashqi ko'rinishiga ko'ra odamga o'xshash qilib yaratilgan. Bu odatda, odamlar tomonidan amalga oshiriladigan muayyan replikativ xatti-harakatlarda robotni qabul qilishga yordam beradi.

🔥 Bunday robotlar yurish, ko'tarish, nutq, idrok yoki boshqa har qanday inson faoliyatini takrorlashga harakat qiladi. Bugungi robotlarning aksariyati tabiatdan ilhomlanib, bio-ilhomlangan robototexnika sohasiga hissa qo'shmoqda.

Siz ham robototexnikiga qiziqib, mana shu sohaga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz kurslarimizga ro'yxatdan o'tishni unutmang. 😉

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​JavaScript dasturlash tili haqida muhum ma'lumotlar!

🖥 JavaScript nima? - Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to‘g‘rirog‘i veb dasturlash tili, undan ham to‘g‘rirog‘i klient tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server kerak emas, oddiy brauzerda ishlayveradi.

💡 Ushbu dastur Liveware Javascript tilining avlodi boʻlib, Netscape serveri tomonidan ishlovchi vosita boʻladi. Ammo Javascript tilini mashhur qilgan narsa bu xaridor tomonidan dasturlashdir. JavaScript nomi Netscape kompaniyasining xususiy maxsuloti hisoblanadi.

📈 Javascript, bu internet uchun katta boʻlmagan xaridor va server ilovalarni yaratishga moʻljallangan nisbatan oddiy jismga yoʻnaltirilgan til. Javascript — interpritatorli dasturlash tili hisoblanadi. Javascriptda tuzilgan dasturlarga foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan maʼlumotlarni tekshirayotgan yoki hujjatni ochganda yoki yopganda biror bir amallarni bajaruvchi dasturlar misol boʻlishi mumkin.

📊 Bunda dasturlar yaratish uchun hech qanday qoʻshimcha vositalar kerak boʻlmaydi, faqatgina tegishli versiyadagi JavaScript qoʻllanishi mumkin boʻlgan brauzer va DHTML hujjatlarni yaratishga imkon beruvchi matn muharriri kerak boʻladi.

⚡️ Bu til kundan kunga ommaboplashib borayotganini sababi har qanday platforma uchun qiyinchiliksiz dastur yaratish mumkin, bunga npm juda katta imkoniyatlar yaratib bergan.

🚀 Oddiy misol qilib aytadigan bo’lsak front-end uchun vue.js, angular.js va react.js Back-end uchun esa eng mashhurlaridan node.js deya olishimiz mumkin. Bundan tashqari desktop ilovalar uchun electron.js dan foydalanishimiz mumkin bo'ladi.

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'ziga xos musobaqa tashkil etildi

⚡️ "Bilim bahslarda mustahkamlanadi" deganlaridek 13-16 yoshdagi o'quvchilar ishtirokida qiziqarli musobaqa tashkil etildi. Unda Robocode IT Academyning o'qituvchilari ham qatnashib, ishtirokchilarning salohiyatini sinovdan o'tkazdilar. Musobaqa asosan Scratch dasturlash tili bo'yicha bo'lib o'tdi.

📌 Konkursni tashkil etishdan asosiy maqsad, markaz o'quvchilari o'rtasida, o'zaro do'stona raqobatni rivojlantirish, ilmiy salohiyatini yanada yaxshilash, ularni sohaga bo'lgan qiziqishlarini oshirish edi.

💁🏻‍♂️ Sizda ham robototexnika yo'nalishiga qiziqish, o'z bilimingiz bilan musobaqalarda g'olib bo'lishga bo'lgan intilish bo'lsa, sizni kurslarmizda kutib qolamiz.

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​Maqtanishdan charchamaymiz!

📃 O‘qituvchilar va “One Million Uzbek Coders” loyihasining faol ishtirokchilari uchun bo‘lib o‘tgan tanlovlarning natijasini e’lon qilindi!

💡Yaqinda bo'lib o'tgan o‘qituvchilar va “One Million Uzbek Coders” loyihasining faol ishtirokchilari uchun bo'lib o‘tgan tanlovlarning natijasi ma’lum qilinganligi haqida xabar berishdan mamnunmiz deya xabar bermoqda it-park.uz Barcha tanlovlar joriy yilning 1-fevral kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

🚀 Eng quvonarlisi o'zining shijoati va intilishlarini ko'rsatib ishtirok etgan va g'oliblikni qo'lga kiritganlar ichida Robocode IT Academyning faol o'quvchilaridan biri — Bunyodbek Abdurazzoqov ham bor.

☝️ Eslatib o‘tamiz, faol ishtirokchilar uchun tanlov - bu ishtirokchilardan quyidagilarni talab qiladigan tanlov hisoblanadi.

- tashabbuskorlikni ko‘rsatish, boshqa ishtirokchilarni rag‘batlantirish, platformadan foydalanishga yordam berish hamda telegram guruhlari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘quv materiallarini o‘zlashtirish.

- loyiha ishtirokchilari uchun foydali bo‘ladigan mualliflik maqolalarini, loyihada duch kelgan muvaffaqiyatsizliklari to‘g‘risidagi hikoyalarni yoki IT va yangi texnologiyalar mavzusidagi maqolalarning tarjimalarini yuborish.

Shunday talablarni inobatga olgan holda, Andijon viloyatidagi 10-sinf o‘quvchisi, Bunyodbek Abdurazzoqov ham g'oliblikni qo'lga kiritdi. Eng asosiysi o'quvchimiz $1500 miqdordagi sovrin egasiga ham aylandi.

🥳 Barchani g‘alabasi bilan chin dildan tabriklaymiz va yanada rivojlanib, bundan ham yaxshi natijalarga erishishini tilab qolamiz. Bu “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida tashkil etilgan so‘nggi tanlov emas. Yana ko'plab yangiliklar hali oldinda!

💟 Qolaversa markaz tomonidan g'olib bo'lgan o'quvchimizning bunday natijalarda erishishda eng katta sabachilardan biri bo'lgan ota-onalariga ham o'z minnatdorchiligmizni bildiramiz. Hech qachon harakatdan to'xtamasdan olg'a qadam bosib, o'z maqsadlariga erishishi tarafdorimiz.

📌 Sizning farzandingiz shunday yutuqlarga erishishini istsangiz, kurslarimizga ro'yxatdan o'tishni unutmang. Zero eng yaxshi investitsiya bu ta'limga kiritilgan investitsiya hisoblanadi.

📈
Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
CSS nima va u qanday ishlaydi?

📈 CSS (Cascading Style Sheets) - belgilash tilida yozilgan hujjatlarning ko'rinishini tasvirlash uchun ishlatiladigan til bo'lib, 1996-yil 17-dekabrda W3C tomonidan ishlab chiqarilgan.

🎨 Html veb-sahifani tuzishda (sarlavha, paragraf, matn) foydalanilganda, CSS orqali sahifaning ko'rinishi (sahifa maketlari, ranglari va shriftlari) aniqlanadi.

CSS'ga qadar HTML hujjatlarining deyarli barcha atributlari html formatida bo'lgan. Bu esa hujjatlarni yanada murakkab, xatolarga yo'l qo'yiladigan va saqlash qiyin bo'lgan holga keltirar edi.

📌 Html'dan tashqari boshqa belgilash tillari XHTML, plain XML, SVG va XUL ham CSS'dan foydalanishni qo'llab-quvvatlaydi.

P.s: Html'ni bir uyning poydevori desak, CSS'ni esa uyning tashqi ko'rinishiga qiyoslash mumkin. 😎

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​Birinchi shaxsiy kompyuter aslida qaysi kompaniyaga tegishli edi?

🖥 "Birinchi shaxsiy kompyuter" - ushbu so'z yoki nom ancha yillardan beri bahslarga sabab bo'lmoqda. Men esa misollar yordamida ushbu savolga javob berishga harakat qilaman.

🔹 Altair - 8800
"Shaxsiy kompyuter" atamasi 1975-yilda Ed Roberts Altair-8800'ni taqdim etganda paydo bo'ldi. Kompyuterda bir qator kalitlar yordamida chiroqlarni yoqish va o'chirish orqali ma'lumotlar kiritilgan yoki o'chirilgan.

🔹 Apple I
Kompyuter Stiv Voznyak tomonidan shaxsiy foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Stiv Jobs'da esa uni sotish g'oyasi paydo bo'lgan. U birinchi bo'lib 1976-yilda Homemade kompyuter klubida namoyish qilingan.

🔹 IBM 5100
1975-yil
sentyabrda IBM kompaniyasi tomonidan yaratilgan birinchi portativ kompyuter hisoblanadi. Kompyuterning vazni 55 funt bo'lgan va besh dyumli CRT displeyi, lenta drayveri, 1,9 MGts Palm protsessori va 64 Kb operativ xotiraga ega bo'lgan.

"Birinchi" so'zi asosan vaqtga nisbatan ishlatilsada, ammo kompyuterning ishlashi va uni qachon shaxsiy noutbuk sifatida qabul qilinganiga e'tibor berishimiz kerak. Altair - 8800 va IBM 5100 birinchi yaralgan bo'lsada uning ishlash tizimi, odatiy kompyuterlardan umuman farq qilgan. Hozirgi zamonaviy shaxsiy kompyuterlar otasi deb Apple-1 ni aytishimiz mumkin.

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
Yangilanish faslining ilk ayyomi 8-mart xotin-qizlar bayrami muborak!

🤖 Robocode IT Academy sizga va siz orqali barcha yaqinlaringizga mustahkam soglik-salomatlik, bardavom bahoriy kayfiyat, xotirjamlik, mehr-muhabbat va dunyodagi barcha ezgu-niyatlar har doim hamroh bolishini tilaymiz!

🥰 Beg'ubor qalbingiz har vaqt shodlikka tolib yursin! O'zingizni seving, o'z ustingizda ishlang va maqsadlaringizga erishing, chunki siz hamma narsaga qodirsiz!

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
Dasturlashda yangi bo'lganlar uchun 8 e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan jihatlar.

🔹 Mantiqiy fikrlash
🔸 Googleda ma'lumot qidirishni o'rganish
🔹 Faqat bitta tilga e'tibor berish
🔸 Youtubedan o'rganish
🔹 Kichik loyihalarni oxiriga yetkazish
🔸 Trendlarga e'tibor bermaslik
🔹 Errorlar nimalarni anglatishini tushunish
🔸 To'xtovsiz kodlash

📌 Agarda dasturlash sohasiga endi kirib kelayotsangiz yuqoridagilarni qaysidir ma'noda qoida qilib olsangiz ham zarar qilmaydi.

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
Mashhur kompaniyalar qaysi dasturlash tillaridan foydalangan?

🔹 Google
- developerlar Back-End uchun sistemadagi boshqaruv qurilmalari, kodlarni ishlashi uchun Python dasturlash tilidan va Front-End uchun esa JavaScript bilan TypeScript dasturlaridan foydalanishgan;

🔸 Facebook - Back-End qismi uchun PHP dan va ba'zi joylarda Java bilan C++ xizmatda bo'lgan;

🔹 Instagram - oddiylikni ma'qul ko'rilgani uchun Python dasturlash tilidan va framework uchun esa Django dan foydalanilgan

Yuqoridagi Back-End va Front-End dasturlar hammasi emas, biz ma'lum qismini aytib o'tdik. Mukammal dastur uchun bular kamlik qiladi.

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
I.T.da yo'nalishni qanday tanlash kerak? 🤔

1. Mehnat bozoridagi vaziyat:
O'zingiz uchun qaysi sohani va dasturlash tilini tanlamasligingizdan qat'i nazar, kelajakda sizni nima kutayotganini tushunish muhimdir.

2. O'qish qiyinligi:
Dasturlash tillari juda ko'p va ularning barchasi nafaqat dasturiy mahsulotlarni amalga oshirish qobiliyatlari, balki o'zlashtirishning murakkabligi bilan ham ajralib turadi.

3. Qiziqishlar:
Yo'naltiruvchi talab va o'zingizning qiziqishingiz o'rtasida oqilona muvozanatni topish muhimdir. Oxir oqibat, agar siz chinakam mahoratli mutaxassisga aylansangiz, har qanday sohada yaxshi pul ishlashingiz mumkin.

💬 Ana endi savol tug'iladi, siz dasturlashda yo'nalishni qanday tanlaysiz?

Kommentda fikrlaringiz qoldirishni unutmang 😉

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​Nima uchun Arduino?

🎛 Turli xil texnik vositalarni dasturlash uchun ko'plab boshqa mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar mavjud: Parallax Basic Stamp, Netmedia's BX-24, Phidgets, MIT's Handyboard va boshqalar.

💡 Ushbu qurilmalarning barchasi o'xshash funksiyalarni taklif qiladi va foydalanuvchini mikrokontrollerlarning ichki tuzilishining kichik detallariga kirib borish ehtiyojidan xalos qilish, ularga dasturlash uchun oddiy va qulay interfeysni taqdim etish uchun mo'ljallangan.

📈 Arduino shuningdek mikrokontroller bilan ishlash jarayonini soddalashtiradi, ammo boshqa tizimlardan farqli o'laroq o'qituvchilar, talabalar va radio havaskorlar uchun bir qator afzalliklarni beradi.

💰 Yana bir sababi arzon bo'lishidir. Shunga o'xshash apparat platformalari bilan taqqoslaganda Arduino nisbatan arzon narxga ega: tayyor Arduino modullari narxi 50 dollardan oshmaydi va qo'lda yig'ish imkoni boricha pul tejashga imkon beradi va Arduino-ni eng past narxda oladi.

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​JavaScriptning imkoniyatlari 📈

Ushbu dastur Liveware Javascript tilining avlodi bo‘lib, Netscape serveri tomonidan ishlovchi vosita bo‘ladi. Ammo Javascript tilini mashhur qilgan narsa bu xaridor tomonidan dasturlashdir.

💡 Javascriptning asosiy vazifasi – HTML konteynerlar atributlarining qiymatlarini va ko‘rsatuvchi muhitining xossalirini HTML sarlavhalarni ko‘rish jarayonida foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirish imkoniyatlarida, boshqacha aytganda ularni dinamik sarlavhalar qilish (DHTML) tushuniladi.

📊 Yana shuni aytish joizki, sarlavhalar qayta yuklanmaydi. Amalda buni, masalan, quydagicha ifodalash mumkin, sarlavhaning fonining rangini yoki hujjatdagi rasmni o‘zgartirish, yangi oyna ochish yoki ogohlantirish oynasini chiqarish.

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​Android dasturchi kim va nima bilan shug’ullanadi?

📲 Android dasturchi - sodda qilib aytadigan boʻlsak Android uchun ilovalar, dasturlar ishlab chiqaradigan shaxs.

Android dasturchi nima bilan shugʻullanadi - yuqorida takidlab oʻtkanimizdek Android dasturchi Android uchun ilovalar, dasturlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

💡 Ilova ishlab chiqarishda yeng koʻp talab qilinadigan dasturlash tillaridan biri bu Java dasturlash tilidir, lekin hozirda koʻpchilik Javadan koʻra Kotlin dasturlash tilidan ham foydalanishadi.

Java dasturlash tili bilan Kotlin dasturlash tili farqlaridan biri shuki Javaga qaraganda Kotlin dasturlash tilida kod kamroq yoziladi.

🚀 Agar siz ham Android ga dastur yaratishga qiziqsangiz, Sizni yoʻlingizni hech kim qaytarmaydi, Oʻrganishni hozirdan boshlang.

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​Texnologiyalar bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlar

1. Kompyuterda ishlayotganda 1 daqiqada o'rtacha 7 marta kozimizni yumib ochamiz va biz kompyuterda bo'lmaganimizda bu raqam 20 taga yetadi. Kompyuterda ko'zning qurishi aynan shu sababdir.

2. Oddiy ish kunida klaviaturada barmoqlarimiz bosib o'tgan masofa taxminan 20 km bo'lishiga nima deysiz?

3. Kompyuter ekranidan biror narsa o'qiyapsizmi? Sizning o'qish tezligingiz qog'ozda o'qishdan 10 foizga sekinroq.

4. Apple ning eng mashhur mahsulotlaridan biri bo'lgan Macintosh haqiqatdan ham olma turidan "mcintosh" nomini oldi.

5. Siz iTunes ga a'zo bo'lish paytida qabul qilgan shartlarga muvofiq ravishda iTunes dan foydalanib yadro qurolini yasamaslik majburiyatini olgansiz.

6. Muntazam sizning telefoningiz vibratsiya beradimi? Ammo unga qaraganingizda hech qanday bildirishnoma yoki qo'ng'iroqlar yo'qligini ko'rasizmi? Siz yolg'iz emassiz va biz sizning tashxisingizni aytamiz: "Ghost Vibration Syndrome"

📈 Onlayn 👉 ro'yxatdan o'tish

👨🏻‍💻 Administrator bilan bog'lanish

Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
Mo'ljal: Avto vokzal
Tel: +998 99 899 90 05

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok