Robbit akademiyasi
6.93K subscribers
489 photos
360 videos
487 links
Robbit | bolalar uchun robototexnika va AyTi markazi

🔥 «Najot Ta'lim» loyihasi
🚀 Farzandingiz qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘naltiramiz
📞 78-777-3-777
👨‍💻 @robbit_admin
Download Telegram
🎓 Tadbir tadbirga ulanmoqda!

Robbit Akademiyasida bayramona kunlar davom etmoqda...

❤️ Bugun Farg‘ona viloyatidagi 20 ga yaqin o‘quvchimiz 2 yillik ta’lim yo‘lini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi.

2 yil davomida ular nafaqat bilim, balki yangi ko‘nikmalar, tajriba va katta maqsadlar sari qadam tashlashdi. Bugun esa — shu yo‘lning unutilmas lahzalarini nishonlaydigan kun!

📸 Farg‘onadagi bitiruv marosimidan eng yorqin lahzalarni siz bilan bo‘lishamiz: havola

🔥 Fidoyi ustozlarimiz va barcha bitiruvchilarimizni chin qalbdan tabriklaymiz! Kelajakdagi loyihalarda omad yor bo‘lsin!

Instagram | YouTube | Robbit.uz
11👏7🔥4👍1
⚽️ Haqiqiy chigalyozdi

15-avgust kuni Novator International Schoolning ochilish marosimi munosabati bilan katta Robo Futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🥉 Namanganlik o‘quvchilarimiz Xurshidbek va Xasanboy birgalikda Robbit sharafini munosib himoya qilib, faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

🚀 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi musobaqada ham ular o‘z mahoratlarini namoyish etishdi

Bu hali boshlanishi
Oldinda yanada katta g‘alabalar bor 🏆

🤖 Robbit — bilim, texnologiya va g‘alaba sari!

Instagram | YouTube | Robbit.uz
👍43🎉1
🚀 Robbit jamoasiga qo‘shiling!

Robbit akademiyasi uchun Onboarding yo‘nalishida (HR) tajribaga ega yangi jamoa a’zosini izlayapmiz.

📌 Sizdan kutiladi:
— Mas’uliyatlilik va tartiblilik
— Odamlar bilan yaxshi muloqot qila olish
— Tez o‘rganish va yangi bilimlarga ochiqlik
— Jamoada ishlay olish
— Vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish

💡 Bizda sizni:
— Rivojlanish imkoniyati
— Kuchli va yosh jamoa
— Zamonaviy ta’lim muhiti
— Tajriba va yangi ko‘nikmalar kutmoqda.

Agar o‘zingizni shu pozitsiyada ko‘rsangiz, rezyumengizni yuboring!

📩 Murojaat uchun: havola
1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz buni uddaladik :)

😇 Robbit ochilgan ilk kunlardanoq oldimizga katta maqsad qo‘ygan edik — ko‘plab bolalarni bir joyga jamlab, ular uchun haqiqiy musobaqa muhitini yaratish.

Bugun esa bu shunchaki maqsad emas. Bu — amalga oshgan natija bo’ldi.

⚡️ Yuzlab bolalar bir maydonda, bir maqsad yo‘lida bellashib, o‘z bilimini, mahoratini va jamoada
ishlash qobiliyatini sinab ko‘rishdi.


Bu hali boshlanishi. Oldinda bundan ham katta musobaqalar, bundan ham katta maqsadlar turibdi :)

78-777-3-777 | robbit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥95🔥4👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😲 Respublika bosqichi kutilmagan burilishlarga boy bo‘ldi.

Robototexnika — bu faqat aniq kod va mexanizmlar emas, balki kutilmagan vaziyatlarga tayyor bo'lish demakdir.

Kimdir oylab tayyorlangan roboti maydonda g'olib bo'lganidan quvongan bo‘lsa, kimdir so‘nggi sekundlardagi kichik texnik xato sabab kutilgan natijani ololmadi.

🔥 Robbit maydoniga tushgan, roboti yurgan yoki yurmaganidan qat'iy nazar, o‘zidagi qo‘rquvni yengib kelgan har bir qatnashchi biz uchun allaqachon g‘olib!

Musobaqada qanday yo'nalishlar bo'yicha bellashishdi?

Instagram | YouTube | Robbit.uz
🔥11👏2🎉21
🦾 Ringda faqat bittasi qoladi

🤼‍♂️ Sumo - bu ikki xil turdagi robotlarning yapon milliy kurashi sumo qoidalariga o'xshash bellashish musobaqasi , unda robotlarning vazifasi raqib robotini maxsus doira (ring) tashqarisiga chiqarib yuborishdan iborat.

Lego Sumo — boshlang'ich darajadagi bolalar uchun mashhur Lego Mindstorms (EV3, SPIKE Prime) konstruktorlari yordamida yig'iladigan robotlar.

Arduino Sumo — bu Arduino mikrokontrolleridan iborat robot turi. Kattaroq yoshdagi o'quvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, chuqurroq elektronika va sxemalar bilan ishlashni talab qiladi

ARDUINO ROBOSUMO yo'nalishi g'oliblari:
🥇 Azizbek Hamidov
🥈 Amatchanov Hayrullo (Urganch)
🥉 Abduxoliq Voseyev

LEGO ROBOSUMO
🥇 To'rayev Rasulbek (Samarqand)
🥈 Qadambayev Shoxjahon (Urganch)
🥉 Paraxatov Batir (Nukus)


G'oliblarimizni qo'llab quvvatlaymiz:
👏🏼Barakalla ✊🏼Faqar olg'a

Instagram | YouTube | Robbit.uz
🔥72
⚽️ Futbol o'ynash uchun endi ko'chaga chiqish shart emas?

Robo Futbol — ishtirokchilar maxsus maydonda, o'zlari yasagan robotlarni masofadan boshqarish orqali, to'pni raqib darvozasiga kiritishga harakat qilishadi.

Qo'yiladigan talablar:
✔️ Ikkita guruh, har birida 2 tadan ishtirokchi va 2 tadan robot qatnashadi
✔️ Robotlarning vazni va o'lchamlari qat'iy tekshiriladi: robot vazni 3 kg dan, balandligi esa 50 sm dan oshmasligi kerak.
✔️ O'yin 2 ta taymdan iborat bo'lib, har bir taym 2 daqiqa davom etadi. Shu vaqt orasida, eng ko'p go'l urgan jamoa g'olib deb topiladi.

Robo Futbol Chempionlari:
🥇 Karimov Abdulloh va Muhammadali Odilov (Toshkent)
🥈 Ismoil Bahodirov va Muhammadrizo Alimjonov
🥉 Urunov Kamronbek va Abdulaziz Ortiqboyev


Maydondagi jamoaviy ish va ajoyib gollarni qo'llab-quvvatlash uchun —🔥

Instagram
| YouTube | Robbit.uz
🔥6👍1