Olloh uchun yashaymiz
13 subscribers
3 photos
17 videos
17 links
Download Telegram
Forwarded from Тигр
SAIDMURODOVA Kamola .
Yuragi yo‘q bir gadoni sevdim
Forwarded from . (Sabina Nodirovna)
-So'z yodlashim qiyin. Maslahat bering.
-Tez unutaman. Qaytarsam ham esimda qolmaydi. Motivatsiya bering.

Bunaqa muammolarni doim eshitaman. Ba'zan o'zimda ham so'z yodlash juda qiyin bo'ladi. Bugun oson so'z yodlash uchun nima qilish kerakligi haqida gaplashamiz. Nimadir usulni maslahat berishdan oldin, bu muammoni ildizini davolaylik.

1. Miyani ortiqcha axlatlardan tozalang. Aslida miya har kuni qanchadir miqdorda ma'lumot qabul qila oladi xolos. Bu yoshiga qarab, aqliy holatiga qarab har xil bo'lishi mumkin va yetarlicha ma'lumot olgan miya yana olishga qiynaladi. Biz esa so'z yodlaguncha aaaaanchagina keraksiz ma'lumotlar bilan to'ldirib olamiz bu miyani. Masalan, Instagramdagi istoriyalar, videolar, telegramdagi keraksiz yozishmalar, har xil kanallardagi yangiliklar, dollar oshgani, Barsani yutkazgani, patokdagi qaysidir qiz unashtirilgani, kimdirni ko'ylagi, qaysidir bloggerchani borgan restorani.... Miya to'lib ketgaaaaan. U so'zni qanday qabul qilsin???

Avvalo til o'rganayotgan paytda ortiqcha hamma ma'lumotdan uzoqlashing ma'lum muddatga, miya toza, sof, ma'lumot qabul qilishga tayyor tursin. Keraksiz kanallardan chiqing, Instagramni o'chiring, doim ma'lumot qabul qilavermang.

- Voooy jinnimisiiiiz, unaqa qilomiymaaan, olamdan uzilib qolamankuuu!
- Unaqada yilaaab o'qib yuring bitta tilni😄

2. So'z yodlayotganingizni his qiling. Tinch, shovqinsiz, toza joyda o'tirib yodlang. O'zingizga qulay sharoit yarating. Metroda yoki avtobusdaaa yodlab unuttim demang.

3. Takrorlang. Masalan, Ertalab yodladingiz, yotishdan oldin biir qarab takrorlang, kunduzi vaqtingiz bo'lganda takrorlang. O'qituvchingiz so'ramasa ham o'zingiz uchun 2 haftadan keyin takrorlang.

- Eeeeee doooim takrorlasam, vaqtimchi? Vaqt yetmiydikuuuu!
- O'tirib 50-60 ta so'zni takrorlasang kamida 30 minut ketadi. Telegramdayam o'tiriiib soatlaringni sarflaysankuu!

4. Nima yodlayotganingizni biling. U bilan gaplar tuzib ko'ring. Aqlan idrok qilib, boshni ishlating bo'ldi, unutilmaydigan bo'lib esda qoladi.

Yana oxirigacha o'qidingizmi? Kimgadir jo'nating, pul va omad yo'llaringiz ochilib ketadi😄😅
Qaydan bilasan .
Sher muallifi.
Saidmurodova Kamola.
Forwarded from Deleted Account
Onasi bevaqat o‘tgan farzand nomidan.

Chidayolmayabman, ko‘nglim bezovta.
Dunyolar tordir, ko‘ngil vayrona.
Farzandlarim olib kirib kelganda.
Meni sizday kim kutib oladi ona.

Boshqa ko‘rmaymi endi yuzigiz.
Siz siz yig‘lar osmon, huvillar hona.
Siz mening suyangan tog‘im edingiz.
Endi siz siz qanday, yashayman ona.


Duolar qilardiz, erta kech tinmay.

Sog‘inchlar o‘rtaydi, yuragim pora
Yig‘idan ko‘zimni tiyolmayabman.
Noshud farzandiz, kechiring ona.

Tuproqlar tortdimi, ko‘zlaringizga.
Qumlar kirmadimi ko‘zlaringizga.
Beparvo bo‘ldimey so‘zlaringizga.
Ko‘zimning o‘ngida, turibsiz ona.

Olloh berar ekan omonat jonin.
Olloh olar ekan omonat jonin.
Ko‘klarni titratdi ohu fig‘onim.
Yetsangiz barchaga salom deng ona.

Bilmabman umringiz, bunchalar qisqa.
Ollohga qilaman ohu voh nola.
Onamning joylarin jannatdan qilgin.
Qabringiz nurlarga to‘lsin jon ona.

Hayirlashish azob ayriliq azob.
Qo‘limizdan kelmas, imkonu chora.
Tushlarimga kirib yo‘qlab turingiz.
Ichimdan o‘ksinib sog‘insam ona.

Qabringiz lolayu, nurlarga to‘lsin.
O‘zim ovutaman yetguncha sabrim.
Onamning joylarin jannatdan qilgin.
Ey mehribon zot ey buyuk robbim.
Muallif. Saidmurodova Komola.
Ammamga.
O‘tib qoldi, bu dunyodan.
Sog‘u omon yurgan ammam.
Tark etdiya bu olamni.
Bizni duo qilgan ammam.

Mayin so‘zlar edi doim.
O‘lim qo‘lin tutgan ammam.
Hayotidan nolimadi.
Kunlar ko‘rmay, ketgan ammam.

Yolg‘on dunyoni tark etib.
Chin dunyoga ketgan ammam.
Qabringiz to‘lsin nurga.
Ohiratga yetgan ammam.

CHiqmaysiz hech yodimizdan.
Bizni kulib kutgan ammam.
BahtimizdAn shodlanganim.
Ruhingiz shod bo‘lsin ammam.
Olamdan erta ko‘z yumgan ammamga bag‘ishlandi.sinlisidan
Siz yaxshisiz.
Biz yomonmiz siz yaxshisiz.
Yaxshingizni topib oling.
Bizdan ketib uzoqlarga baxtingizni topib oling.

Davringizda davron suring.
Yetganicha o‘ynab kuling.
Qadrladim bilmadingiz.
Qalbingizdan so‘rab ko‘ring.

Sizni deya kuyib yondim.
Bir kun yig‘lab suyib yondim.
Bu dunyodan to‘yib yondim.
So‘nganimni bilmadingiz.

Ortingizda ketdim qolib.
Kutishlardan ko‘zim tolib.
Yuragimga ming alamni.
Solganimni bilmadingiz

Bir kun hali keladizey.
Afsuslarda kuyib yonib.
Men ketaman bahtim tomon.
Alamlarda keting qolib.

Yomon ko‘rmay yaxshining.
Qadri ham bo‘lmas ekan.
Oy ham 15 kun bo‘lmay.
Keyin yangi bo‘lmas ekan.
Sher mualifi.
KAMOLA SAIDMURODOVA
Olloh uchun taslim bo‘laman.
Hammangizga yetadi, kuchim.
Olaman desam bir dunyo o‘chim.
O‘zingizga bichsiz bichim.
Sizlardan qo‘rqqanimdan emas, olloh uchun taslim bo‘laman.

Tuhmatingiz haddidan oshar.
G‘iybatingiz ho‘p tolib toshar.
Iymonsiz qalb, kesakka o‘xshar.
Sizlardan qo‘rqqanimdan emas.
Olloh uchun taslim bo‘laman.

Kimnidir nomini bulg‘ab qo‘yasiz .
Kimningdir, qalbini o‘ynab qo‘yasiz.
O‘zingizni haqdek so‘ylab qo‘yasiz.
Sizlardan qo‘rqqanimdan emas.
Olloh uchun taslim bo‘laman.

Kambag‘alning kunin bermaysiz.
Tilingizga tinim bermaysiz.
O‘zingizga hechham o‘lmaysiz.
Sizdan qo‘rqanimdan emas.
Olloh uchun taslim bo‘laman.

Aytolmaysiz lek o‘zimizga.
Tuzoqlar qo‘yasiz tez izimizga
Qarab aytay bir ko‘zingizga
Sizdan qo‘rqqanimdan emas.
Olloh uchun taslim bo‘laman.

Siz g‘iybat qilsangiz mengadir savob.
Bir kuni yerlarni qilasiz tavof.
Qiyomat kuni berasiz javob.
Sizdan qo‘rqqanimdanmas.
Olloh uchun taslim bo‘laman.
Saidmurodova Komola.
👍1
Forwarded from Deleted Account
Dunyo.
Gohida shirinsan gohida tahir.
Gohida kulasan gohida qahr.
Mening ham yashashga haqqim bor axr
Dunyo tashvishlaring tugaydi qachon?

Yo men tushunmadim sening tilinga.
Nimalar joylading yana dilinga.
Mening ham qarada bir bor ko‘nglimga.
Dunyo, tashvishlaring tugaydi qachon.

Bir qo‘lingda gurzi, birda ro‘molcha.
Gurzidan oh ursam yoshim artasan.
Yoki men ayyorman yoki sen ayyor.
Yoki men soddaman , yosen soddasan.

Bir tomoning qayg‘u, bir yoning omad.
Yolg‘ondan qilasan, qisqa hushomad.
Tugaysan sen ham kelsa qiyomat.
Dunyo tashvishlaring tugamas bilsam.
Sher muallifi. Saidmurodova Komola.
Muallif huquqi bn himoyalangan.
Forwarded from Сенга Кадар  (3_Ⲇ ⲉ Ⲇ •| 🖤 |• Ⲓ Ⲗ Ⲭ ⲟ Ⲙ ⲟ V)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Olloh uchun yashaymiz
Voice message
Bebafoginam.
Sizni sevib yurak hasta.
Hasta bo‘ldim bir nafasda.
Nolalarim dasta dasta.
Qaylardasiz bebafoyim.

Olmaysiz mendan habar.
Qilmaysiz sira nazar.
Mendan qildingiz hazar.
Qaylardasiz bebafoyim.

Yuribsiz qilib safo.
Ko‘rdingiz g‘amni ravo.
Jonimga qildim jafo.
Qaylardasiz bebafoyim.
Muallif.saidmurofova komola.
Ketavering.
Mendan topib yaxshisin,
Quchsangiz quchavering.
Yo‘lingizga chiqmayman .
Ketsangiz ketavering.

Biz g‘aribmiz bechora.
Qalbda ishqim ovora.
O‘zingizga havola.
Ketsangiz ketavering.

Talpinishdan charchadim.
O‘zimni ho‘p o‘rtadim.
Shu so‘zimdan qaytmadim.
Ketsangiz ketavering.

Hozir sizning davringiz.
Davronlar, suravering.
Kelar bizga ham zamon.
Ketsangiz ketavering.

O‘tar umr yeldayin.
Unutmadim netayin.
Men ham endi ketayin .
Ketsangiz ketavering.
Muallif.Saidmurodova Komola.
👍1
Olloh uchun yashaymiz
By: Kamola Saidmurodova🌸 – Eng qayg'uli musiqa... Sad music... Relax
Yig‘lagim kelayabdi.
Yig‘lagim kelayabdi , yuragim to‘lib.
Armonu g‘amlarning ustidan kulib.
Kiprigim, ko‘zimga nashtardek urib.
Yig‘lagim kelyabdi bugun boshqacha.

Kunimni topshirib, tunning qo‘yniga.
Dardlarim yashirib,ishqning bo‘yniga.
Tushunib tushunmay, hayot o‘yniga.
Yig‘lagim kelyabdi, bugun boshqacha.

Tog‘larning bag‘riga, ko‘mib faryodim.
Bugunga qolibdi yig‘ilb ohim.
Noshukur bandangni kechir ollohim.
Yig‘lagim kelayabdi , bugun boshqacha.

To‘kilar, to‘kilar ko‘zimdan marjon yoshlarim.
Giohida yetmaydi, sabr doshlarim.
Quyilib kelmoqda dilda ohlarim.
Yig‘lagim kelayabdi, bugun boshqacha.
Muallif. Saidmurodova Komola.
2
Anvar Sanayev - Atirgul (Samarqand konsert 2019)
🎧 Shazamchikuzbot biz bilan musiqalarni oson toping 👈
👍31
Anvar Sanayev - Barno
🎧 Shazamchikuzbot biz bilan musiqalarni oson toping 👈