Rustam Karimjonov
2.07K subscribers
1.83K photos
245 videos
5 files
690 links
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi London shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon ta’lim forumi – 2023” doirasida bir qator muhim kelishuvlarga erishdi.

🔹 Portsmut universiteti
bilan TATU negizida xalqaro IT fakultetlarni yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik memorandumi imzolandi;

🔹 EPAM Systems kompaniyasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan maktablarda ekids loyihasini joriy etish va o‘quvchilarni IT sohasidagi bilimini aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 3 tomonlama memorandum imzolandi;

🔹 Amity University London bilan universitetlar o‘rtasida tajriba almashish, o‘quv dasturi va jarayoni hamda talaba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

🔸 Shuningdek, Buyuk Britaniyaning eng yirik IT kompaniyalaridan biri Endava, Code.org, Grinvich universiteti, London Metropolitan Universiteti, Civil Service College London, “National geographic”, Buyuk Britaniya hukumatining savdo va biznes departamenti, York Press boshqa IT kompaniya va universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

#digital
#mitc
#kelishuv

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasida - “Raqamli ulanishni taʼminlash: Marokashdan Samarqandgacha” muhokama paneli bo'lib o'tdi.

👨‍👦‍👦 Muhokamada Mastercard, HP, EBRD, IT Park va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdishdi.

⭕️ Panel muhokamasi haqida O'zbekiston24 kanaliga o'z fikrlari bilan Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari o'rtoqlashdi.

#YTTB #Samarqand #anjuman #raqamlashtirish

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ Farobiy IT Academy 400 nafar IT sohasiga qiziqqan yoshlarga yoz davomida dasturlashga o’qish uchun grantlar e’lon qilmoqda.

🟢100 nafarga — 100% (bepul o’qish)
🟢100 nafarga — 60% (grant)
🟢100 nafarga — 50% (grant)
🟢100 nafarga — 40% (grant)

O’qishni muvaffaqiyatli bitirgan o'quvchilar Raqamli tehnologiyalar vazirligi tomonidan esdalik sovg'alar va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

🚀 Ariza qoldirish va batafsil ma’lumotga ega bo’lish uchun ➡️ Farobiy IT Academy telegram kanaliga kiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vaxobjonning imkoniyati cheklangan, ammo IT sohasini o’rganishga bo’lgan intilishi va irodasi cheksiz...

🔔 Kuni kecha Yakkasaroy tumanida joylashgan 118-sonli umumta'lim maktabida o'tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda Vaxobjon bilan tanishib qoldik va u: "IT sohasiga juda qiziqishi, hozirda o’quv markaziga borib, ushbu sohada bilim olayotganini" – aytib bergandi.

Vaxobjonning IT sohasiga qiziqishini ko’rib: – "kelajakda ushbu sohani yetuk mutaxassisi bo'lishingiz uchun qanday yordam qila olamiz?" – deb so’ragan edim, u esa: – "dasturlashni mukammal o’rganishi uchun zamonaviy noutbuk katta orzusi" ekanligini aytgandi.

⌨️ Bugun Vaxobjonni uyiga borib orzusini ushalishiga yordam berdik, kelajakda IT sohasini yaxshi o'zlashtirib, yetuk mutaxassis bo'lishi uchun bir qator tavsiyalar bilan ulashdik.
____
#digital #mitc #IT_education

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT sohasida muvaffaqiyatga erishgan vatandoshimiz O’zbekistonlik yoshlarga videomurojaat qildi.

💳 Nodir Nazarov 10 yil avval TATUning Qarshi filialini bitirib, dunyoning eng katta IT kompaniyalari qatoridagi "Oracle","e-Bay" va "Google" kabi IT tashkilotlarda faoliyat yuritib kelmoqda;

🗂 Nodir Nazarov AQShdan videomurojaat orqali TATU talabalari va O'zbekistondagi IT sohasiga qiziqayotgan yoshlarga o'zining hayotiy tajribasi bilan bo'lishgan holda tavsiya va maslahatlarini berdi.

#digital #mitc #IT_education #TATU

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda - “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 1,2 million O'zbekistonlik yoshlar dasturlash asoslarini Coursera onlayn oʻquv kurslari orqali Bepul o'rganishlari hamda xalqaro IT Sertifikatga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi:

👤 Onlayn kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar saralanib, xalqaro miqyosda ish faoliyatini yuritish koʻnikmalari shakllantiriladi;

📊 Sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun imtiyozli isteʼmol kreditlari ajratiladi;

➡️ yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablagʻlar yoshlar xohishiga koʻra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) oʻtkazishga ruxsat beriladi.

🔗 Batafsil: 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaror

#digital #mitc #IT_education #PQ_162

Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqlariga a'zo bo'ling:

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ Byudjet tashkilotlaridagi AKT xodimlariga qo'shimcha ustamalar belgilandi

⭕️ 2023-yil, 1-avgustdan boshlab:

➡️ Endilikda, AKT sohasida xalqaro sertifikatga ega davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining AKTni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama;

➡️ Raqamli texnologiyalar vazirligining axborot texnologiyalari hamda raqamli xizmatlar joriy etilishi holatini baholash
reytingi bilan qamrab olinmagan davlat organlari rahbarlarining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga
har oyda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi

🔗 Batafsil: 24.05.2023-yildagi PF-76-son

#digital #mitc #IT_education #PQ_76

🚪 Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqlariga a'zo bo'ling:

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩 🟦🟦🟦
#Seminar_trening #Karyera_kunlari

💻 31-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Raqamli ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi amaliy seminar-trening hamda “Karyera kunlari” munosabati bilan bo'lib o'tayotgan mehnat yarmarkasiga 💼 Raqamli texnologiyalari vaziri o'rinbosari R.Karimjonov hamda turli soha tashkilotlar rahbarlari tashrif buyurishdi.

📺 Seminarni R.Karimjonov "IT-sohasida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar" mavzusidagi taqdimot bilan boshlab berdi. So'ngra 💻 Karyera markazi xodimlari tomonidan kelajakda munosib kasbga ega bo'lish yuzasidan taqdimotlar o'tkazildi.

🧑‍💻 Tadbir davomida "President Tech Award" tanlovi hamda IT Park tomonidan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

💻 Seminar so'ngida Dasturiy injiniring fakulteti 3-kurs talabasi Ma'rufxonov Ismatillaxonga IT sohasidagi yoshlarimizni ish bilan ta'minlovchi startap loyihasini qo'llab-quvvatlash hamda “Dasturchilar klubi”ni ishga tushirish uchun ko'mak berishga kelishib olindi va unga vazirlik tomonidan esdalik sovg'a taqdim qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM