O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayʼati raisi Baqitjan Sag‘intayevni qabul qildi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя Коллегии Евразийской экономической комиссии Бакытжана Сагинтаева.

#Mirziyoyev #qabul #YeOIK #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farğona şahrida strategik rejalaştiriş salohiyatini oşiriş böyiça seminar bölib ötdi.

Unda malakali xorijiy ekspertlar Farğona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari vakillari, axborot-tahlil bölinmalari mutasaddilariga xalqaro tajribalarni örgatdi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤1
🇺🇿 FAXRIYLAR — E’ZOZIMIZDA!

👮‍♂️ 25-oktabr — Içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Rişton tumani IIB boşliği Baxtiyor Nadjmitdinov içki işlar sohasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, bugungi kunda keksalik gaştini surayotgan faxriylar holidan xabar oldi.

🤝 Samimiy muloqot davomida faxriylarning köp yillik xizmat faoliyati, sohada töplagan tajribasi va fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.

💐 Şuningdek, faxriylarga viloyat IIB boşliğining bayram tabriknomasi topşirilib, ularga mustahkam soğliq, uzoq umr, xonadonlariga fayz-u baraka va oilaviy xotirjamlik tilandi.

✨ Soha faxriylarini e’zozlaş, ularning boy hayotiy tajribasi va xizmatlarini qadrlaş — avlodlar örtasidagi hurmat va davomiylikning yorqin ifodasidir.

🎉 Barça içki işlar organlari xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz!

#Rişton #IçkiIşlar #SohaFaxriylari #25Oktabr #KasbBayrami
👍1👏1
YOZYOVON TUMANIDA PAXTA TOPSHIRISH BO‘YCHA SHARTNOMA RЕJA BAJARILDI

Paxtachilik sohasida o‘ziga xos maktab yaratib, zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgani uchun tumanda yuqori hosidorlikka erishilib, bu boradagi shartnoma rejasi bajarildi. Tajribali fermerlarning ko‘p yillik tajribasi o‘z natijasini ko‘rsatdi.

Joriy yilda 151 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 4 850 gektar maydonga chigit ekilib, 25 ming 150 tonnadan oshiq paxta qabul qilish punktlariga topshirildi. Yetishtirilgan hosilning 70 foizidan oshig‘i terim mashinalarida yig‘ib olindi. Paxta yig‘im-terimiga 20 ta zamonaviy paxta terish mashinasi jalb etildi.

Terim jarayonlarining uyushqoqlik bilan tashkil etilgani hosilni qisqa muddatlarda yig‘ib olinib, xirmonlarga baraka kiritdi. 1-, 3-, 6-, 10-, 13-terim otryadlariga biriktirilgan mashinalarning har biri bilan 1000 tonnadan oshirib paxta terib olindi.

"Liberal invest", "Mezon", "Agro Gigant", "Usta Yo‘ldosh", "Far. Zulfiqor", "Gullolaposhsho Dilmurodovna", "Dehqonboy ota" kabi fermer xo‘jaliklarida hosildorlik 55-75 sentnerni tashkil etdi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤1
Qishloq xo‘jaligida hamkorlik ko‘lami kengaymoqda

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Misr Arab Respublikasi Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari markazi (ARC) Bog‘dorchilik tadqiqotlari instituti olimlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tajriba almashish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
—
Расширяется сотрудничество в сфере сельского хозяйства
—
Agricultural
Cooperation Continues to Expand

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
FarDU voleybolchilari Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi

Fargʻona davlat universitetining oʻgʻil bolalar voleybol jamoasi U20 yosh toifasidagi sportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston kubogi musobaqasida gʻolib boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida tashkil etilgan musobaqada mamlakatning yetakchi jamoalari ishtirok etdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida FarDU jamoasi Qashqadaryo viloyati vakillarini 3:0 hisobida magʻlub etib, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.

Mazkur natija jamoa aʼzolarining mahorati, oʻzaro hamjihatligi va murabbiylar mehnati samarasi boʻldi.

Universitet jamoasi ushbu gʻalaba bilan Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
🎉 #Xuşxabar

🌾 RIŞTON TUMANI FERMERLARI PAXTA YETIŞTIRIŞ ŞARTNOMAVIY REJASINI BAJARDI!

🏆 Paxtaçilikda boy tajribaga ega bölgan Rişton tumani fermerlari joriy yilgi paxta yetiştiriş böyiça şartnomaviy rejani ortiği bilan bajardilar!

🌱 Joriy yilda tumandagi 230 ta fermer xöjaligi tomonidan 5 ming 350 gektar maydonda paxta yetiştirildi. Agrotexnik tadbirlarning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilgani, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanilgani hamda dehqonlarimizning fidokorona mehnati natijasida möl hosil yetiştirildi.

🚜 Mavsum davomida tumanda 27 ming 600 tonnadan ziyod paxta xomaşyosi yiğib olinib, şartnomaviy reja ortiği bilan bajarildi. Hosilni yiğib-terib oliş jarayonida 22 ta zamonaviy paxta teriş maşinasidan unumli foydalanildi.

👏 Bu yutuq — fermerlarimizning zahmatli mehnati, tajribasi va yerga bölgan mehrining samarasi!

💐 Aziz fermerlar, mirişkor dehqonlar va mehnatkaş yurtdoşlar! Erişilgan muvaffaqiyat muborak bölsin! Yurtimiz dalalaridan hosil, xonadonlarimizdan fayz-u baraka arimasin!

#Rişton #Xuşxabar #PaxtaTerimi #Fermerlar #Mo‘lHosil #MehnatSamarasi
👍7❤2👏1