Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Qarshida "Nasaf" traktorlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
—
Глава нашего государства ознакомился с производством тракторов «Nasaf» в Карши.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Farg‘onalik sportchilar yuqori natijalar ko‘rsatmoqda

Yaponiyada o‘tayotgan Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida farg‘onalik sportchilar ham munosib natijalarni qayd etib, O‘zbekiston terma jamoasi medallari sonini ko‘paytirishmoqda.

FarDU talabasi Mubinabonu Xalilova ayollar o‘rtasida S13 klassining 100 metrga brass usulida suzish bahslarida shohsuppaning eng yuqori qismidan joy oldi. 1:19.60 natija bilan g‘olib bo‘lib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
 
Para veloshosse bo‘yicha ayollar o‘rtasida T1–2 klassidagi vaqt poygasida Odina Hamdamova 31:36.76 natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida −57 kilogramm vazn toifasida bronza medal uchun kechgan o‘zbek derbisida Kamolaxon Rasulova hamyurti Karima Meliqo‘ziyeva ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚Xotira_barhayot

✍ Bahodir_Iso_xotirasi

🎤 Fargʻona viloyati Rishton tumani MMTB tasarrufidagi 49- umumiy oʻrta taʼlim maktabi Maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Abdurahmonova Dilfuzaxon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻzbek hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbek tili bayrami uchun maxsus: “Yil o‘qituvchisi-2026” g‘oliblari bilan suhbat

O’zbek tili bayrami arafasida ANOR Podcast’ning navbatdagi sonida “Yil o‘qituvchisi-2026” respublika tanlovining g‘olibi bo‘lgan ustozlar bilan suhbatlashamiz. Mehmonlarimiz Farg‘ona viloyatining turli tumanlarida, turli maktablarda ishlaydigan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari hamda o‘zbek tili (Davlat tili) fani o‘qituvchisi. Ularning kasbga kirib kelish yo‘li, dars berish tajribasi, tilga bo‘lgan munosabati va o‘quvchilari bilan ishlash sirlari haqida gaplashamiz.

Ona tilini asrash barchamizning burch va vazifamizdir.

O’zbek tili bayramingiz muborak bo‘lsin, ustozlar! Biz bilan qoling va ona tilimizga sadoqat bilan xizmat qilayotgan ustozlarning hikoyalarini tinglang.

Batafsil bu yerda: https://youtu.be/ezxgi5OErNk

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg‘onalik sportchilar yuqori natijalar ko‘rsatmoqda

Yaponiyada o‘tayotgan Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida farg‘onalik sportchilar ham munosib natijalarni qayd etib, O‘zbekiston terma jamoasi medallari sonini ko‘paytirishmoqda.

FarDU talabasi Mubinabonu Xalilova ayollar o‘rtasida S13 klassining 100 metrga brass usulida suzish bahslarida shohsuppaning eng yuqori qismidan joy oldi. 1:19.60 natija bilan g‘olib bo‘lib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
 
Para veloshosse bo‘yicha ayollar o‘rtasida T1–2 klassidagi vaqt poygasida Odina Hamdamova 31:36.76 natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida −57 kilogramm vazn toifasida bronza medal uchun kechgan o‘zbek derbisida Kamolaxon Rasulova hamyurti Karima Meliqo‘ziyeva ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Nasaf" traktorlarining afzalliklari va o‘ziga xos jihatlari haqida Prezidentimizga ma’lumot berildi.
—
Президенту нашей страны рассказали о преимуществах и особенностях тракторов «Nasaf».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda

Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasida viloyat hokimligi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov ishtirokidagi yuzma-yuz muloqotda fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, moddiy yordam, salomatlik, ta’lim, uy-joy ta’miri va boshqa masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida har bir murojaatni atroflicha o‘rganish, aholi muammolarini joyida hal etish va inson manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ul tashkilotlar va rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi. Qonunchilik doirasida hal etish imkoni bo‘lmagan murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabulda bildirilgan murojaatlarning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod boʻlgan 161 ta loyihani ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.
—
В рамках поездки в Кашкадарьинскую область Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии ввода в строй и начала строительства 161 проекта на общую сумму более 6 миллиардов долларов.

#Mirziyoyev #tashrif #Qashqadaryo #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤1