Forwarded from Jamol Nosirov
#Маҳаллаларимиздан_хабарлар
📍 Бухоро тумани, “Ойбек” МФЙ, Ёржон қишлоғига “Туризм қишлоғи” мақоми берилиши режалаштирилмоқда. Инфратузилма яхшиланиб, эко, этно ва агротуризм йўналишлари ривожлантирилади.
📍 Бухоро тумани, “Янги Турмуш” МФЙда жойлашган 10-сонли умумтаълим мактаби мукаммал таъмирланмоқда.
📍 Вобкент тумани, “Тераклик” МФЙ, Даҳана қишлоғида истиқомат қилувчи Сожиддин Усмонов 4 сотих ер майдонида иссиқхона ташкил этиб, 35 туп лимон кўчатидан ҳар биридан ўртача 20 кг ҳосил олди.
📍 Вобкент тумани, “Кулолчи” МФЙда 5-сонли ДМТТ биноси “Ташаббусли бюджет” дастури асосида 1,2 млрд сўм маблағ эвазига мукаммал таъмирланиб, фойдаланишга топширилди.
📍 Ғиждувон тумани, “Дегрезон” МФЙ да оилавий муҳитни соғломлаштириш ҳамда келишмовчиликларни барвақт бартараф этиш масалалари юзасидан туман ФҲДЁ бўлими вакиллари иштирокида мулоқот ўтказилди.
📍 Жондор тумани, “Тинчлик” ва “Зарафшон” МФЙ ларда нуранийларни қўллаб-қувватлаш ва уларнинг жамиятдаги фаоллигини оширишга қаратилган қўшма қарор ижроси юзасидан ўрганиш ишлари олиб борилди.
📍 Қоракўл тумани, “Пахтакор” МФЙда “Соҳил бўйи” дам олиш маскани барпо этилмоқда. Лойиҳа доирасида кўнгилочар ҳудудлар, болалар майдончалари ва тадбиркорлик объектлари ташкил этилиши режалаштирилган.
📍 Олот тумани, “Эски Олот”, “Асажам” ва “Усмоншайх” МФЙ ларни газ билан таъминловчи асосий қувурнинг 4 км 400 метр қисми тўлиқ янгиланмоқда.
📍 Олот тумани, “Сойинқоровул” МФЙ да тадбиркор Бобохон Бахромов томонидан 2 сотихли иссиқхонада 25 туп лимон парваришланмоқда. Имтиёзли кредит асосида барпо этилган иссиқхонадаги лимонлар ҳосилга кирди.
@Jamol_Nosirov
@Jamol_Nosirov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyatida bojxona toʻlovlarini chetlab oʻtishga urinish aniqlandi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona toʻlovlarini chetlab oʻtishga qaratilgan yana bir urinish oʻz vaqtida fosh etildi.
Tafsilotlarga koʻra, “Buxoro” TIF bojxona posti hamda Tovarlarni klassifikatsiyalash boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan xorijdan import tariqasida olib kirilgan tovarlar va ularning TIF TN (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi) kodlari oʻrtasidagi nomutanosiblik yuzasidan yuzaga kelgan gumonlarga oydinlik kiritish maqsadida mazkur yuklar bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada esa, bojxona yuk deklaratsiyasida “Hayvon yogʻi” deb koʻrsatilgan mahsulotlar aslida sut mahsulotlaridan olinadigan “GXI yogʻi” ekani tasdiqlandi.
Hozirda mazkur tovarlarga nisbatan 253 mln soʻm miqdorda qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblangan boʻlib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
📱 Telegram| 📱 Facebook📱 Instagram

Forwarded from OʻzJU | Buxoro
#Jurnalist_portreti
🔠 🔠 🔠 🔤 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 -
🔤 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠 🔠
MEHRLI INSONLAR BAGʻRIDA OʻSGAN JURNALIST
✍️ Jurnalistika — u uchun shunchaki kasb emas, bolalikdan ichida oʻsgan ovoz edi. Maktab panjarasidan radioga shoshayotgan jurnalistni kuzatgan qizaloq keyinchalik oʻsha ijodxonada kamol topdi.
♾️ Buxoro radiosida mashinistkalikdan boshlangan yoʻl — muharrirlikka, katta muharrirlikka olib keldi.
💬 - 14 yil qoʻlda mashinka, diqqatim har bir aytilayotgan soʻzda, qalbda masʼuliyat bilan ishladim. Harf bosishni emas, soʻz qadrini oʻrgandim.
Samandar Vohidovdan — soʻz oʻyinini, Xadicha Ramazonovadan — janr masʼuliyatini, Gʻulom Shomurodovdan — samimiyat, ishonchni, Olima Mirzayeva va boshqa ustozlardan — kamera bilan ishlashni oʻrgandim, - deydi Mehribon Zaripova.
💬 - Jurnalistika menga avval insonni oʻrgatdi. Tinglashni, his qilishni, sukut ortidagi maʼnoni anglatdi.
Men mehrli odamlar qoʻlida oʻsib ulgʻaydim. Shuning uchun kasbimda qattiqqoʻllik emas, insof, vijdon ustun boʻldi.
Ortga qarasam — shukrona, oldinga qarasam — hali masʼuliyat borligini his qilaman.
Yoshlarga aytarim: texnika tez oʻzgaradi, soʻz esa sinovdan oʻtadi. Soʻzga xiyonat qilmang.
✅ Mehribon Zaripova mehrdan kuch olgan, ishonchdan qanot chiqargan, jurnalistikaga sadoqat bilan xizmat qilayotgan ayol. U bugun “Buxoro viloyati teleradiokanali” DMda oʻnlab shogirdlar qurshovida mehnat qilmoqda. M. Zaripova kasbidan baxt topgan jurnalist ekanini taʼkidlashdan charchamaydi. Bunday BAXT oʻzidan-oʻzi bunyod boʻlmadi. Uning ortidagi zahmatlar bugun unut boʻlgan. Ammo jurnalist hamon masʼuliyatni bir daqiqa boʻlsa-da unutmaydi.
✍️ @Jurnalistlaruz_Buxoro
MEHRLI INSONLAR BAGʻRIDA OʻSGAN JURNALIST
Samandar Vohidovdan — soʻz oʻyinini, Xadicha Ramazonovadan — janr masʼuliyatini, Gʻulom Shomurodovdan — samimiyat, ishonchni, Olima Mirzayeva va boshqa ustozlardan — kamera bilan ishlashni oʻrgandim, - deydi Mehribon Zaripova.
☯️ U muxbir boʻlish yoʻlida sohaga ilk qadam qoʻygan davrda texnik imkoniyatlar yetarli darajada emas edi. Radio tasmalari qoʻlni shilardi. Efir uzilib ketmasligi uchun operatorlar lentani qoʻl bilan tortib turardi. Shunga oʻxshash mashaqqatlar ichida televideniye guruhi katta muharriri yetilib chiqdi.
Bugun texnik imkoniyatlar keng. Lekin jurnalistni baribir texnika emas, insonlar tarbiyalaydi.
“Ziynat”, “Tadbirkor ekrani”, “Sumanbar” kabi koʻrsatuvlar — oʻtgan yillar mehnati.
“Salomat boʻling”, “Hunarmand”, “Davr qahramonlari”, “Ahillikning siri” esa mohir jurnalistning bugungi izlanishlaridagi yutuqlarini oʻzida aks ettirgan koʻrsatuvlardir.
- 45 yillik faoliyatimda eng katta boyligim — mehrli odamlar boʻldi. Shu ishonch sabab davlat mukofotlari, xalqaro tanlovlardagi gʻalabalar nasib etdi. “Shuhrat” medali, “Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil” koʻkrak nishoni shular jumlasidan. Ammo eng katta mukofot — “ustoz” degan maqomga arzish, - deydi Mehribon Zaripova.
Men mehrli odamlar qoʻlida oʻsib ulgʻaydim. Shuning uchun kasbimda qattiqqoʻllik emas, insof, vijdon ustun boʻldi.
Ortga qarasam — shukrona, oldinga qarasam — hali masʼuliyat borligini his qilaman.
Yoshlarga aytarim: texnika tez oʻzgaradi, soʻz esa sinovdan oʻtadi. Soʻzga xiyonat qilmang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BUXORO IIB | Rasmiy kanal
Buxoro viloyati bozorlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Aholi salomatligini asrash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida keng qamrovli reyd tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida hududlardagi dehqon bozorlari va savdo majmualarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, tez buziluvchi go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifati hamda iste’molga yaroqliligi chuqur o‘rganildi.
Mas’ul xodimlar tomonidan savdo rastalarining tozaligi, sotuvchilarning maxsus kiyimda ekanligi va tibbiy ko‘rik daftarchalarining mavjudligi, go‘sht mahsulotlarining so‘yilishidan oldin va keyin veterinariya ko‘rigidan o‘tganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar hamda mahsulotlarda maxsus tamg‘alarning borligi, mahsulotlarning harorat rejimiga rioya qilingan holda saqlanishi va realizatsiya qilinishiga alohida e’tibor qaratildi.
Tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilarga qat’iy ogohlantirishlar berildi. Shuningdek, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazilmagan va inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar savdosiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube