Forwarded from BUXORO IIB | Rasmiy kanal
G‘ijduvon tumanida tungi xizmat faoliyati samaradorligi nazoratdan o‘tkazildi
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
G‘ijduvon tumani IIB rahbariyati tomonidan tumandagi obyektlarda tashkil etilgan tungi xizmat faoliyati holati tekshirildi.
Tekshiruv jarayonida obyektlarda xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat intizomi, belgilangan vazifalarga rioya etishi, tungi vaqtda jamoat tartibini saqlash hamda xavfsizlikni ta’minlash holati o‘rganildi. Shuningdek, xizmatni samarali tashkil etish, hushyorlikni oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur tadbirlar kelgusida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Бухоро тиббиёти
Бухоро шаҳрида бепул тиббий кўриклар ва соғлом турмуш тарзига бағишланган кенг кўламли тадбирлар ўтказилади
"Саломатлик марафони" доирасида аҳоли учун тўлиқ бепул тиббий кўриклар ва соғлом турмуш тарзини тарғиб этувчи қатор оммавий тадбирлар ташкил этилади.
Тадбирлар жадвали:
• 23 январь, соат 09:00 дан — Бухоро давлат тиббиёт институти клиникасида профессор-ўқитувчилар томонидан бепул тиббий кўриклар.
• 25 январь, соат 09:00 дан — Марказий деҳқон бозорида соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш бўйича бепул тарғибот дастури.
• 27 январь, соат 08:00 дан — Лаби Ҳовуз ҳудудидан “Арк” қўрғонигача 5000 қадамли бепул оммавий юриш тадбири.
• 30 январь, соат 08:00 дан — Бухоро шаҳар 11-оилавий поликлиникасида вилоятнинг бош мутахассислари иштирокида бепул тиббий кўриклар.
• 3 февраль, соат 08:00 дан — Бухоро вилоят Диагностика марказида вилоятнинг бош мутахассислари иштирокида бепул тиббий кўриклар.
• 5 февраль, соат 15:00 да — Универсал ёпиқ спорт мажмуасида “Саломатлик марафони”нинг якунловчи тадбири: концерт ва тақдирлаш маросими (киринг бепул).
📌 Эслатма: Барча тадбирлар аҳоли учун бепул бўлиб, ҳар бир фуқаро ўз саломатлигини текшириш ва соғлом ҳаёт тарзига қадам қўйиш имкониятига эга.
😎 Бухоро тиббиёти

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BUXORO IIB | Rasmiy kanal
Viloyat IIB boshlig‘i huzurida Buxoro shahar bo‘yicha IIO FMB 3-son IIBning 2025-yildagi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
2026-yil 17-yanvar kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB boshlig‘i huzurida Buxoro shahar bo‘yicha IIO FMB 3-son Ichki ishlar bo‘limining 2025-yil davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, Buxoro shahar bo‘yicha IIO FMB rahbariyati, 3-son IIBning barcha shaxsiy tarkibi, shuningdek, bo‘lim hududidagi mahallalarga biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Muhokama davomida 3-son IIB tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan xizmat faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, sodir etilgan jinoyatlar tahlilidan kelib chiqqan holda har bir mahalla kesimida aniq va manzilli “yo‘l xaritalari”ni belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘l xaritalari hududning real kriminogen holatidan kelib chiqib shakllantirilishi, unda mas’ul ijrochilar, aniq muddatlar va kutilayotgan natijalar qat’iy belgilanishi lozimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son hamda “2026-yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2-son qarorlarining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar yig‘ilish ishtirokchilariga yetkazilib, ushbu topshiriqlardan kelib chiqib, ichki ishlar organlari oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijroga qaratilib, shaxsiy tarkib zimmasiga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan nuqtalarni videokuzatuv kameralari bilan qamrab olish, ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalar, jumladan sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilish davomida jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida Sohibqiron Amir Temur tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va boshqaruv tajribasidan iqtiboslar keltirilib, ularning bugungi kundagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, “Mening inspektorim” dasturi targ‘ibotini kuchaytirish, aholini ushbu platformaga faol jalb etish choralarini ko‘rish, mazkur tizim orqali fuqaro va profilaktika inspektori o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlash, murojaatlarga tezkor va samarali javob berish imkoniyatlarini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Shu bilan birga, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida ichki ishlar organlari xodimlarining faol ishtirokini ta’minlash, fuqarolar o‘rtasida ushbu jarayonning ahamiyatini tushuntirish, oila a’zolari va qarindoshlar orasida ham targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida viloyat IIB rahbari tomonidan xizmat intizomini mustahkamlash, shaxsiy tarkib mas’uliyatini oshirish, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlarni yanada faollashtirish yuzasidan aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalashtirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Бухоро Қурилиш Назорати.|Rasmiy kanal
Jondor tumani "Zarafshon" kanalini betonlashtirishdagi qonunbuzilish holatlari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 660-sonli qaroriga asosan, Buxoro viloyatida 63,6 km uzunlikdagi 6 ta irrigatsiya tarmog‘ini betonlashtirish ishlari belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan tizimli o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Jondor tumanidagi holatda inspeksiyaning bosh inspektori Maqsud Davronov tomonidan Jondor tumani, “Qaroli” MFY hududidan o‘tuvchi “Zarafshon” kanalini rekonstruksiya qilish ob’ektida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Nazorat davomida pudratchi tashkilot — “VARAXSHA-MAXSUSQURILISH” MChJ tomonidan loyihadan chetlanish va texnik xatolarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
- Kanalning PK6+20 dan PK13+80 piketlar oralig'ida tuproq zichligi bo‘yicha laboratoriya xulosalari olinmagan. Yopiq ishlar dalolatnomalari rasmiylashtirilmasdan, keyingi ish turiga o'tishga ruxsatnoma olinmasdan betonlash ishlari amalga oshirilgan.
- Tuproq qatlamini suv bilan shibbalab zichlashtirish uchun maxsus suv sepadigan mashina jalb qilinmagan.
- Kanal tubi (dno) va yon devorlari (otkos) tutashuv qismlari talabga javob bermaydi, beton qalinligi loyihadagi 100 mm o‘rniga past ko‘rsatkichni tashkil etgan va geometrik o‘lchamlar mos kelmaydi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidanqurulish ishtirokchilariga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi, taqdimnomalar chiqarildi, pudrat tashkilot rahbari S.I ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Inspeksiya ko‘rsatmasiga asosan sifatsiz bajarilgan betonlashtirish ishlari pudrat tashkiloti mablag‘lari hisobidan to‘liq bartaraf etildi.
✅ Telegram | ✅Facebook

Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM