Forwarded from BUXORO IIB | Rasmiy kanal
Vobkent tumanida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tizimli tadbirlar olib borilmoqda
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Vobkent tuman IIB masʼullari tomonidan voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida tizimli va manzilli profilaktik ishlar olib borilmoqda.🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Xususan, tuman hududidagi umumtaʼlim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi oilalarda o‘rganishlar o‘tkazilib, voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Profilaktik tadbirlar davomida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish, salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning sog‘lom va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda.
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from BUXORO IIB | Rasmiy kanal
Buxoro shahridagi dehqon bozorlarida veterinariya-sanitariya nazorati yuzasidan reydlar o'tkazilmoqda
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro shahridagi Markaziy dehqon bozori va “To‘qimachi” dehqon bozorida veterinariya-sanitariya holati yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar davomida oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari va sanitariya talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sotuvchi va tadbirkorlarga aholini sifatli hamda xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from Jamol Nosirov
#Маҳаллаларимиздан_хабарлар
📍 Когон тумани, "Истиқбол" МФЙ, Хонсарой қишлоғида носоз ҳолатга келиб қолган сув қувурларини таъмирлаш ишлари амалга оширилди.
📍 Когон тумани, "Б.Нақшбанд" МФЙ, Кулолон қишлоғида ички йўлларни таъмирлаш ишлари олиб борилмоқда.
📍 Қоракўл тумани, "Бандбоши" МФЙда маҳалла раиси К. Каромов ташаббуси билан ҳудуддаги Зиёрат канали ҳомийлар кўмагида бетонлаштирилди.
📍 Ғиждувон тумани, “Барака” МФЙ да 29 гектар майдонда “Олтинсой” экотуризм маскани барпо этилмоқда. Лойиҳа сайёҳликни ривожлантириш, маҳаллий иқтисодиётни қўллаб-қувватлаш ва янги иш ўринлари яратишга хизмат қилади.
📍 Ғиждувон тумани, "Оқгул" МФЙ Оқгул ва Катта Маҳаллақози қишлоқларида Ислом тараққиёти банки дастури доирасида кўчаларни асфальтлашга тайёргарлик ишлари олиб борилмоқда. Шунингдек, 2 та кўприк янгиланиб, Жиндакон қишлоғида янги трансформатор ўрнатилди.
📍 Ромитан тумани, "Қаҳрамон" МФЙда тадбиркор Азим Рустамов ташаббуси билан 5 гектар майдонда барпо этилган иссиқхона фаолият юритмоқда. Унинг 2,8 гектарида кўчатчилик, 2,2 гектарида эса мавсумий сабзавотлар етиштирилмоқда.
📍 Пешку тумани, "Навбаҳор" МФЙ да яшовчи Тўймурод Ҳайдаров чорвачиликни ривожлантириб, оила аъзолари билан ҳамкорликда моллар сонини 80 бошга етказди.
📍 Вобкент тумани, "Розмоз" МФЙ Розмоз қишлоғида 1 км ичимлик суви тармоғи янгиланди, 15 та замонавий чироқ, 2 та трансформатор ўрнатилди, 392 та бетон устун алмаштирилди. Бешработ қишлоғида эса 1 км ички йўл шағаллантирилиб, 3 та кузатув камералари ўрнатилди.
📍 Вобкент тумани, "Шакаркент" МФЙ Шакаркент қишлоғида “Яшил макон” дастури доирасида тут кўчатлари экилиб, ҳомийлар томонидан ариқлар бетонлаштирилди.
@Jamol_Nosirov
@Jamol_Nosirov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
Havo harorati pasayishi sababli “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi
Iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida energetika tizimi 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat yuritmoqda.
Hududlarda ishlarning borishi doimiy nazoratda bo‘lib, yuzaga kelayotgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilmoqda.
Havo haroratining keskin pasayishi sababli tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgani bois ayrim hududlarda quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.
Aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shu sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi.
Bu choralar faqat sovuq kunlarda aholi uchun barqaror ta’minotni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, vaziyat barqarorlashishi bilan cheklovlar bekor qilinadi.
Hududlardagi vaziyatga qarab qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Shu bilan birga, aholi ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi. Ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan transport vositalarining uzluksiz ishlashi aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM