REFLEX EDUCATION
297 subscribers
292 photos
23 videos
24 files
25 links
Kanal tashkil topgan sana 25.07.2025
Bu kanal kimyo va biologiya fanlaridan tayyorgarlik koʻrayotgan abiturientlar va oʻqituvchilar uchun moʻnjallangan.

Kurs manzili:
🏢Namangan viloyati, Namangan shahar
🏢Namangan tumani, Qoratepa qishlogʻi
Download Telegram
Bugun 1-milliy sertifikat guruhimiz uchun 2025-yildagi oxirgi darsimiz. Shu munosabat bilan shu kungacha bo’lgan barcha mavzulardan savol-javob qildik va yuqori o’rinda javob bergan 3 ta o’quvchimizni oz bo’lsada hursand qilishga harakat qildik.

@reflexedu
@reflexedu
@reflexedu
👍7🔥5😁32🕊1
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!!!
Kirib kelayotgan Yangi 2026-yil barchangizga sog‘lik, xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin

📚 Abiturientlar uchun bu yil — orzular sari muhim qadamlar yili bo‘lsin.

Har bir qilgan mehnatingiz samara berib, eng yuqori darajadagi sertifikatlarni olib tibbiyot oligohlariga talabalik baxti bilan mukofotlansin 🎓

👨‍👩‍👧‍👦 Ota-onalar uchun esa Yangi yil farzandlaringiz yutuqlari, quvonchli xabarlar va faxrli lahzalar bilan to‘la bo‘lsin.

🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
5👏5👍2🔥2
Yangi 2026-yil muborak bo’lsin!
9🔥6👍3🥰3
📌 GIBRIDLANISH (Hybridization)

🔹 Ta’rif:
Gibridlanish — atomdagi s, p (va ba’zan d) orbitallarning o‘zaro aralashib, bir xil energiyali gibrid orbitallar hosil qilishi jarayonidir.

🔹 Maqsadi:
Molekula barqarorligini oshirish
Bog‘lar fazoviy joylashuvini tushuntirish

📘 Gibridlanish turlari va shakllari
🔹 sp gibridlanish
Orbitallar: 1s + 1p
Gibrid orbital soni: 2
Bog‘ burchagi: 180°
Geometrik shakl: chiziqli
Misol: BeCl₂, CO₂, C≡C
🔹 sp² gibridlanish
Orbitallar: 1s + 2p
Gibrid orbital soni: 3
Bog‘ burchagi: 120°
Geometrik shakl: tekis uchburchak
Misol: BF₃, C₂H₄, SO₃
🔹 sp³ gibridlanish
Orbitallar: 1s + 3p
Gibrid orbital soni: 4
Bog‘ burchagi: 109,5°
Geometrik shakl: tetraedr
Misol: CH₄, NH₃, H₂O
📗 Erkin elektron juftining ta’siri
NH₃ → 107° (1 ta erkin juft)
H₂O → 104,5° (2 ta erkin juft)
👉 Erkin juftlar bog‘ burchagini kichraytiradi
📕 d-orbitalli gibridlanishlar
🔹 sp³d
Shakl: trigonal bipiramida
Misol: PCl₅
🔹 sp³d²
Shakl: oktaedr
Misol: SF₆

⚠️ Eslab qolish uchun:
σ-bog‘ → gibrid orbitallar orqali
π-bog‘ → gibridlanmagan p-orbital orqali
Gibrid orbital soni = σ-bog‘lar + erkin juftlar.
👍4🔥31
Forwarded from AKBARXON SOTIBOLDIYEV
7-sinflar guruhimizda darslar davom etyabdi!

Reflex o’quv markazi-sifatli ta’lim maskani!

🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
🔥31👍1
1-sertifikat guruhimizda sertifikat mock imtihoni olinyabdi!!!

Reflex o’quv markazi-sifatli ta’lim maskani!

🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
👍52🔥2💯1
Forwarded from Отахонова Машҳура Икромжоновна
Ilmsizlik qimmat. Ilm emas

Ustozlik qilib, ma’lum maqomga kelib, tajriba to‘plab, kurs yoki dars o‘tayotgan mutaxassislar deyarli bir xil savolga duch keladi:
“Kursingiz nega qimmat?”

Bu savolni berayotgan odam ko‘pincha bitta narsani ko‘rmaydi.
Ustoz shu darajaga kelguncha:

- qancha xatosi uchun to'laganini,
- nechta sinovdan o‘tganini,
- qancha vaqt, sog‘liq, imkoniyat qurbon bo‘lganini,
- bepul ishlagan, kam baholangan, e’tiborsiz qolgan davrlarini.

Bu yerda insof bilan narx qo‘ygan, haqiqiy mutaxassis haqida gap ketyapti.

Ba'zilarda g‘alati tafovut bor.

- Hashamat uchun ketgan pul qimmat emas.
- Obro‘ uchun ketgan pul qimmat emas.
- Ish bitishi uchun ketgan pul qimmat emas.

Lekin ilm uchun so‘ralgan pul “qimmat”.

Holbuki, yuqoridagilarning ko‘pi ilmga ketadigan puldan bir necha barobar qimmat bo‘ladi.

Bunga hayotda misollar yetarli.

Abituriyentlar bilan ishlagan paytlarimda sharoitini aytib, oylik to‘lovdan chegirma so‘ragan ayrim o‘quvchilar yil oxiriga kelib “x variant”lar uchun tayyorlov kursining yillik pulidan ham qimmat summa to‘lashga tayyor bo‘lib chiqardi.

Bepul SAT o‘qib yurgan, lekin “LEAK” sotib olishga pul topadigan o‘quvchilarni ham ko‘rganman.

Bu yerda muammo pulda emas.
Muammo — qarashda.

Men bir narsaga hanuz tushunmayman.

Qarz olib to‘y qilganlarni ko‘rdim.
Qarz olib mashina olganlarni ko‘rdim.
Kreditga texnika sotib olganlarni juda ko‘p ko‘rdim.

Ammo ilm uchun qarz olganlarni, ilm uchun pul so‘raganlarni juda kam ko‘rdim.

Go‘yo odamlar ko‘zga ko‘rinadigan narsaga ishonadi,
lekin kelajakni quradigan ilmga shubha bilan qaraydi.

Bu yerda “ilm” deganda umumiy gap ketmayapti.
Gap xos ilm haqida.

Xos ilm nima?

Bu umumiy bilim emas.
Bu aynan siz turgan joyda sizni keyingi bosqichga olib chiqadigan ilm.

Abituriyent bo‘lsangiz:
DTM, SAT yoki universitetga kirish uchun zarur ilm.
Vaqtni tejaydigan, xatoni kamaytiradigan, imkoniyatni oshiradigan ilm.

Ustoz bo‘lsangiz:
Dars sifatini oshiradigan, metodikani kuchaytiradigan, natija beradigan ilm.
Shunchaki dars o‘tish emas, ta’sir qilishni o‘rgatadigan ilm.

Ota-ona bo‘lsangiz:
Farzand tarbiyasi, psixologiyasi, yosh bosqichlariga oid ilm.
Xatoni oldindan to‘xtatadigan, pushaymonlikni kamaytiradigan ilm.

Tadbirkor bo‘lsangiz:
Brendni to‘g‘ri qurish, rivojlantirish va himoyalash uchun zarur ilm.
Marketing, pozitsiyalash, narx, ishonch va tizim haqidagi ilm.

Ilm qimmat deyotganlar, Endi savolni teskari qo‘ying:
ilmsizlik sizga qanchaga tushayapti, keling hisoblab ko'ramiz:

Kasb tanlash haqida ilm yo‘q.
5–10 yil yoqtirmagan ishda qolish.

Moliyaviy savod yetishmaydi.
Daromad bor, baribir doim qarz.

Vaqt boshqaruvi ilmi yo‘q.
Bandlik bor, natija yo‘q.

Nikoh va munosabat ilmi o‘rganilmagan.
Sevib qurilgan oila sovib ketadi.

Farzand tarbiyasi haqida ilm yetarli emas.
Bola ko‘cha va ekran tarbiyasiga topshiriladi.

Sog‘lom hayot ilmi yo‘q.
Kuch yoshligida ketadi, qarilik erta boshlanadi.

Shartnoma va huquqiy bilim yo‘q.
Sheriklik buziladi, yillar boy beriladi.

Tanqidni qabul qilish ilmi yo‘q.
Rivojlanish to‘xtaydi, ego o‘sadi.

Diniy ilmsizlik
Niyat yaxshi, ammo amali zararli bo‘lib chiqadi.

Prioritet qo‘yish ilmi yo‘q.
Hamma narsa bor, lekin muhim narsa yo‘q.

“Yo‘q” deyishni bilmaslik.
Hamma rozi, o‘zi charchagan.

Bularni cheksiz davom ettirish mumkin:

Aynan shu sabablar yig‘ilib, bitta xulosaga olib keladi:

Ilmsizlik birdan urmaydi.
U sekin, lekin doimiy zarar qiladi.

Ilm qimmat emas, hech qachon qimmat bo‘lmagan.

Qimmat narsa — ilmni kech anglash, uni rad etish.

Tanlov oddiy:
oldindan to‘lash, yoki umr bo‘yi to‘lash.

Endi savol qolmadi.

© Hasanxoʻja ustoz
💯10🔥2🥰1👏1
Kimyoni “qiyn” deb bahona qiladigan o‘quvchi uchun
20 ta MUHIM tavsiya


1️⃣ Vazifa – jazо emas, o‘rganish quroli
Agar vazifani “jazо” deb ko‘rsang, kimyo senga dushman bo‘ladi.
Aslida vazifa – miyani mashq qildirish. Mashq qilmagan mushak kuchsiz bo‘lgani kabi, vazifasiz bilim ham kuchsiz bo‘ladi.

2️⃣ Ko‘p vazifa emas, to‘g‘ri vazifa muhim
10 ta masalani shunchaki ko‘chirib chiqish – vaqtni o‘ldirish.
3 ta masalani tushunib ishlash esa kimyoni o‘rgatadi. Sifat sonni yutadi.

3️⃣ Vazifa qilinmasa, miyada bo‘shliq qoladi
Kimyo zinapoyaga o‘xshaydi. Bir pog‘ona tashlab ketilsa, yuqoriga chiqib bo‘lmaydi. Bugungi vazifa – ertangi darsning poydevori.
4️⃣ Vazifani ko‘chirish – o‘zinga qilingan xiyonat
Ko‘chirib bergan odam emas, sen zarar ko‘rasan. Chunki imtihonda yoningda hech kim o‘tirmaydi. Kimyo faqat sen bilganingni qabul qiladi.
5️⃣Har vazifadan keyin  savol ber.
“Qayerini tushunmadim?”, “Qayerda adashdim?”, “Qanday osonroq bo‘lardi?”
Shu savollar seni oddiy o‘quvchidan fikrlaydigan o‘quvchiga aylantiradi.

6️⃣Vazifa xato qilish uchun beriladi
Xato qilmasam bo‘ldi, deb o‘ylama. Xato – sening darsing. Kimyo xatodan o‘rgatadi, xatosiz vazifa bo‘lmaydi.
7️⃣ Vazifani darsdan keyin darhol qiling.
Darsdan keyin 1–3 soat ichida qilgan vazifa eng tez va oson bo‘ladi. Ertaga qoldirilgan vazifa esa ikki baravar og‘ir tuyuladi.
8️⃣ Kimyo uchun alohida vazifa daftari bo‘lsin
Bitta toza, tartibli daftar –xuddi boshingdagi bilm ham tartibli. Aralash daftar – aralash fikr. Kimyo tartibni yaxshi ko‘radi.
9️⃣Masalani tartib bilan yeching
Berilgan, topilishi, yechim, javob. Tartib bilan yozilgan masala miyani tinchlantiradi. Tartibsizlik esa xatoga olib boradi.
1️⃣0️⃣Masalaga yondashishda shoshilmang
Avval o‘yla: bu qanday reaksiya? Qaysi modda ? Qanday sharoitda? Ho kazo...
Shunda masalani o‘zi osonlashadi.

1️⃣1️⃣Bajarilgan vazifa – eng kuchli motivatsiya
Bitta masalani o‘zing yechganingda ichingda “eplayapman” degan ishonch paydo bo‘ladi. Shu ishonch kimyoni yengdiradi.
1️⃣2️⃣Vazifa qilinmagan kun – orqaga ketilgan kun
Kimyoda “keyin qilaman” degan gap ishlamaydi. Qilmasang – unutasan. Unutsang – qiyinlashadi.
1️⃣3️⃣ Vazifa vaqtida musiqa eshitishni, chalg'ituvchi boshqa omillarni chetga qo‘ying
Kimyo diqqat talab qiladi. 30 daqiqa musiqani o‘chirib ishlasang, 2 soat chalg‘ib ishlagandan ko‘ra ko‘proq foyda olasan.(nomer1 dushman telefon)
1️⃣4️⃣ Qiyin vazifani tashlab ketmang
Aynan qiyin joy seni o‘stiradi. Osonini hamma qiladi. Qiyini qilgan odam oldinga chiqadi.
1️⃣5️⃣ Vazifa ustoz bilan seni bog‘laydi
Ustoz vazifa orqali sen qayerda qiynalayotganingni biladi. Vazifasiz ustoz ham yordam berolmaydi.
1️⃣6️⃣ Haftada bir marta eski vazifalarni ko‘ring
Avval qiynalgan masalani hozir tez yechib qo‘ysang, o‘zingga bo‘lgan ishonching oshadi.
1️⃣7️⃣ Vazifa qilgan o‘quvchi bahona qilmaydi
U “qiyn ekan” demaydi. U “ishlayapman” deydi. Farq shunda.
1️⃣8️⃣ Birliklarga e’tibor bering
Grammni molga, molni konsentratsiyaga aralashtirsang, masala buziladi. Kimyo aniqlikni yaxshi ko‘radi.
1️⃣9️⃣ Vazifani tushuntirib bera oladigan darajada qiling.
Agar boshqasiga tushuntira olmasang, demak hali o‘zing ham to‘liq tushunmagansan. Eng kuchli o‘rganish – tushuntirish.
2️⃣0️⃣ Muntazam vazifa qilgan bola kimyoni yengadi
U bir kunda zo‘r bo‘lib ketmaydi. Lekin har kuni birozdan oldinga yuradi. Kimyo aynan shunday odamlarni sevadi.

Kimyo seni tanlamaydi.
Sen kimyoni tanlaysan.
Bugun vazifa bilan – yoki ertaga bahona bilan.


Mualif: Qurbonaliyev Bobur
🔥82👍1🫡1
1-sertifikat guruhimizda milliy sertifikat darjasidagi testlar tahlil qilinyabdi!!!

Reflex o’quv markazi-sifatli ta’lim maskani!

🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
🔥6
Milliy sertifikat imtihonlari учун ruxsatnomalar e'lon qilindi

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17–18–19-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

📝 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruhsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelish so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 13:00 – 14:30

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️ Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:30 dan, 2-smena uchun soat 14:30 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7-sinflar guruhimizda darslar davom etyabdi!!!

Reflex o’quv markazi-sifatli ta’lim maskani!

🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
👍4🔥3
Forwarded from Isroil Boyxonov
Sertifikat 2-guruhmiz va 7-sinflar guruhimizda darslar davom etmoqdai!!!

Reflex o’quv markazi-sifatli ta’lim maskani!

🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
🔴 @reflexedu
🔥6👍1