Forwarded from Puljahon va Humocard (Guljahon)
🕊️Bugun to’yga bordim. Bu go’zal kadrlarni joylamasam bo’lmasdi. Barcha videolar kuyovning o’zi bir paytlar aytgan gapni tasdiqlaydi:
“Noshud, alamzada va baxtiqaro odamlar gapiraveradi. Ishonmanglar. Sevgi bor.”

❤12
Forwarded from Mr. Blue
Hammamiz BoJak
Shu his sizga tanishmi: bir necha oylar davomida miyangizda “ijarasiz” yashab kelgan, sevimliyingizga aylangan serial yakunlangach paydo bo‘ladigan bo‘shliq?
Afsus emas. Ko‘proq “endi-chi, endi nima bo‘ladi?”. Oxirgi qismlarga kelib introni o‘tkazib yubormaganingiz sababi ham shu — xayrlashuv onlari yaqin.
Men hozirgina BoJack Horseman’ni tugatdim. Balki men hayot doiram davomida ko‘radigan barcha seriallarning eng yaxshisidir. Butun film davomida hissiy yalang‘ochlik bilan o‘ziga o‘rgatgan mualliflar yakunda aqalli ovunchoq xulosa bermadi.
Ko‘plab kinolarda barchasi oxiri yaxshilik bilan tugaydi. Yoki qahramon so‘nggi, muqarrar, qat’iy jazosini oladi. Kimdir xatosini tushunib yetadi, kimdir sevib qoladi. Mo‘jiza yuz beradi. Odamlar hammasini izohlaydigan oxirgi nutqini aytadi.
BoJakda bu yo‘q; odamning qalbini xotirjam qilib, yana yashashda davom etishiga imkon beradigan xulosadan bosh tortishdi.
Aksincha: hayot davom etaveradi... Balki shunisi bilan ham final kuchli chiqqandir. Odatiy filmlardek “va oxirida mana shunday muhim narsa yuz berdi” emas, “shunday muhim narsa bo‘ldi, buyog‘iga-chi?”
BoJak ham olti sezonda qidirgan narsasini ololmadi: na hammadan afv, na yangitdan boshlashga imkon, na ich-ichidan yaxshi odam ekaniga isbot. U olgan narsa nisbatan oddiyroq:
Yana bir kun.
Yaxshiroq tanlovlar qilish uchun yana bir kun.
Menimcha, bu serialning uzil-kesil argumenti. “Odamlar o‘zgarmaydi”, “sen umrbod shundaylikka majbursan emas”, balki:
“Sen — keyingi qiladigan ishingsan”.
Yakuniy kadrdagi Dayen va BoJak suhbati, men juda yaxshi ko‘radigan inglizcha so‘z bilan ta’riflaydigan bo‘lsak, bittersweet. Chunki u ko‘pchiligimiz qiyin yo‘l bilan o‘rganadigan bir muhim jihatni ochib berdi:
Ba’zi odamlar — bo‘lim, manzil emas.
Ularni yaxshi ko‘rishing, hayotingni o‘zgartirib yuborgan, seni qutqarib qolgan bo‘lishlari mumkin. Lekin hatto shu ham ular sening kelajaging ekanini anglatmaydi.
Men 24 yoshimda BoJack Horseman’ni “Men BoJak bo‘lishni xohlamayman” deb tomosha qildim. Balki 40-50 yoshimda qayta tomosha qilib, bir qismim allaqachon BoJakka aylanganini his qilarman.
@doyoufeelcold

💔1
Juda hurmat qilaman, so‘zni qadrlaydigan, tushunadigan odamlarni. Ayniqsa original jumlalarni o‘qish boshqacha his beradi
❤9
Odatda 20-30 yil oldin chiqqan mashhur qo‘shiqlarni YouTube'da nari borsa 300-400 mln ko‘rilganini ko‘ramiz. Eagles 3 yil oldin YouTube kanal ochdi va birinchi bo‘lib nimani joyladi? Albatta — Hotel California.
Bu san'at asari qisqa vaqt ichida 1 mlrd lik marraga qarab ketyapti. Uzoq yil oldin mashhur bo‘lgan, bo‘libam 70-yillar oxirida chiqqan qo‘shiq zamonaviy dunyoda ham mashhurligini bu darajada saqlab qolishi juda kam uchraydi.

YouTube
Eagles - Hotel California (Live 1977) (Official Video) [HD]
HD Remastered Official Music Video for "Hotel California" (Live from the Capital Centre in Landover, Maryland in 1977) performed by the Eagles. Original song from 'Hotel California' (1976).
♪ The Latest from Eagles https://linktr.ee/eaglesband
🕭 Subscribe…

❤1
Odamlar uchun ich etini yeyishga majbur qiladigan narsalardan biri ularning o‘zi erishishi, qilishi mumkin bo‘lgan ishlarni qilmagani ortidan kelib chiqadi.
Ko‘pchilik to‘g‘ri qabul qilib, holatga ko‘nikishi mumkin. Lekin buni eplolmaganlar bir umr rohat-farog‘atda ham qiynalsa kerak

💔4❤2
Forwarded from Knyaz
Azimbek Xushmamatov Afisha.uz o‘zbek tahririyati bosh muharriri etib tayinlandi
Iste’dodli jurnalist, stendap komik va adabiyotshunos Azimbek Xushmamatov Afisha Media tarkibiga kiruvchi Afisha.uz nashrining o‘zbek tahririyatiga bosh muharrir etib tayinlandi. U tayinlovgacha nashr bosh muharriri o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgandi. U Afisha’ni tark etayotgan Nozima Xoshimova o‘rnini egallaydi.

❤11