Avval onam sog‘ligiga qarab, narsalarni tanlab yesa juda hayron qolardim. As I'm getting older and sicker, I do understand that feeling. Guys please take care of your health:(
💔7❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agarda meni farzandim qaysidir sport turiga qiziqib, professional bo’lmoqchi bo’lsa, qo’limdan kelgancha harakat qilaman.
Bu balki videodagidek Formula 1 bo’lar, farqi yo’q. Balki u tennischi, basketbolchi, suzuvchi bo’lishni xohlar, balki futbolchi bo’lmoqchidir.
Eng muhim narsa — bolaligingda kimdir senga imkon boricha yordam berishi.
Men zo’r futbolchi bo’lmoqchi edim, support bo’lmagan. Farqi yo’q edi, himoyada, markazda, hujumda ham o’ynay olardim. Muhimi o’ynasam bo’ldi.
Agar muhim o’yinlarda mendan kuchlilar asosiy tarkibda o’ynasa, darvozada ham turardim. Men uchun eng muhim narsa o’yin edi va bu uchun hamma narsa qilardim.
Tennischi bo’lgim kelgan judayam, yana yordam yo’q.
Albatta, nima qilib bo’lsa ham harakat qilishim mumkin edi. Lekin, yaxshi sportchi bo’lish uchun ko’p pul kerakligini bilardim va yig’lab, janjal qilib buni oiladan so’rolmasdim.
Shu yergacha o’qiganlarga nima demoqchiman? Bolalaringizga orzulariga erishishi uchun yordam beringlar. Agar eplolmasa, hech bo’lmasa harakat qilib ko’rgan bo’ladi. Armon qolib ketmaydi.
Xudo haqqi, ularga qo’linglardan kelgancha yordam beringlar.
P.S. Xavfli va ekstremal sport turlariga qarshiman) O’zim maza qilib tomosha qilsamam))

❤17
Redumption
Davron – Kerak emas shahlo ko'zlaring
03:03 da o’zbek roki tug’ilgan. Keyin nima bo’lgan unga bilmadim)
❤3
Ko’pchilik mendan hayotdagi yutuqlarim sirini so’raydi😅
Men ularga hammasi qiyin bo’lganini lekin @beshtorr kanali yordam berganini aytaman.
Qani tezda 2k qip tasholmaymizmi? Davay obuna bo’lamiz, nima qilib turibsizlar?

❤8
Oyni o’nbeshi qorong’u o’nbeshi yorug’ degan gap rostdanam hayotimga mos kelarkan. Real ko’pincha yutib, xursand qiladi O’zbekiston esaa…
💔12
Negadir hamma narsani judayam yomon qabul qilyapman. Avvaldan bor bo‘lgan, yangi bo’lmagan holatlar yoki muammolar ham to‘satdan kayfiyatimga yomon ta'sir qiladigan bo‘lib qolibdi.
O‘zi yomon kayfiyatda kam yozaman, lekin menimcha baribir yozish kerak. Xuddi kimgadir dardini aytgandek yengilroq bo‘lish uchun.
Yarim kechasiyam, kunduziyam, ertalabam kayfiyatim 180 gradusga o‘zgarib ketyapti. Kimgadir menga yordam kerakligiga ishora qilsam va yetarlicha (qancha yetadi, nima qilish kerak??) javob olmasam, yanayam begonalashib qolarkanman.
Balki, psixologga borib 1-2 ta sessiya olish kerakdir (tavsiya qiling). Odatda qayerda muammo borligini aniqlab, 1-2 kun siqilsam ham shuni hal qilar edim. Hozir salohiyatim yetmayapti.
Buni xuddi mobile game'ga o‘xshatsa bo‘larkan. Har bir keyingisi avvalgisidan qiyin bo‘lgan bosqichdan o‘tib kelasan, lekin bir nuqtada sendagi predmetlar/imkoniyatlar kuchsizlik qiladi. Balki qaysidir bosqichda 3 ta emas, 1 ta yulduzcha to‘plagandirsan.
O‘yin va Hayotni farqi o‘yinda nima kerakligi aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Men esa Hayotdagi to‘planmay qolgan yulduzchani topishim kerak. 1 ni 3 qilish uchun qo‘limdan kelganini qilardim.

💔10❤1