Redumption
139 subscribers
627 photos
171 videos
9 files
210 links
"But loving someone, and being loved means so much to me. But isn't everything we do in life a way to be loved a little more?"

— Before Sunrise
Download Telegram
Ering bu dunyodagi eng baxtli erkak bo'lsa kerak

(c)
3💔2
Biz bu yerda sevgi borligini isbotlash uchun turgandik aslida. Odamlarda shubha paydo qilish uchun emas
💔3
Alam qiladida. Sevgi uchun hech yoʻq harakat qilish kerakku. Munosib boʻlish kerakku. Men xafa boʻlsam nimalarni hayol qilib oʻtiraman, uzr soʻrasayam yoʻq deyman deb. U esa yarimta sabab bilan oʻzini oqlab oladi. Boʻldi.
7
Yoʻq, ayblamayman. Ayblov emas bu. Boshidanoq "ayblamayman seni sira" deb boshlangan hammasi. Oʻzim aybdorman, oltin oʻrtalikni ushlolmaganman.
6
Forwarded from Чоршанба
Агар ўз вақтида ундан бўса ололмай қолсанг, унда бутун умрга дўст бўлиб қолишларинг хавфи бор.
(с)
4💔2
Forwarded from Чоршанба
Севаман дейишам осон. Шунчалик эгоистлигингдан севгингни хам ўзинга мослаштириб олгансан. Уни кулганида севасан. Яқин бўлганингда севасан. Узундан-узоқ сухбат қурганингда севасан. Лекин, ўзинг хушламайдиган холатларда уни севмай турасан. Уни тез аразлаши, йиғлаши, нолиши ёқмайди. Ўша вазиятларда сен уни севмайсан. У вазиятларда у қулай бўлмайди сени севишинг учун.
Аслида сен уни эмас, ундан ясаб олган, қулайгина образчангни севасан. Раз севишми, сев ана уни барча сен ўйлайдиган "минуслари" билан хам. Бақирганда сев, стервалигидаям сев, бурнини узун тортганидаям сев. Бир бутунлигича сев.
Қўлингдан келадими? Қўлингдан келмаса, демак сен уни севмайсан. Сен биринчи навбатда ўзингни севасан.
7
Boʻldi, tarqalamiz.
Redumption
Қайсиниси
Qizim boʻlishini...

Lior akani shunaqa videolari bor agar bilsanglar. Yoqimtoygina qizaloqlarni videolarini ulashadi.

Qizim boʻlishini anchadan beri xohlayman. Bu haqda maktub ham yozganman.

Bir marta taksida 6 soatlik yoʻlda oʻn oylik qizcha bilan kelganimni aytudim. Shu qiz hayolimdan ketmaydi haligacha. Juda mehrim tushib qolgandi. Koʻzlari bilan kulib qarab turardi. Yigʻlamasdi.

Qizim haqidagi tasavvurlarim ham unga yaqin edi. Qoʻlimda koʻtarib uxlatib kelganman. Uni kipriklari, koʻzlari...

Koʻzlar koʻp narsa haqida bizdan koʻra yaxshiroq ma'no berib tursa kerak.

Qiz bolani erkak kishi yolgʻiz katta qilolmaydi deb oʻylayman. Oʻgʻil bolaku urilib surilib Nan ichib katta boʻlar. Lekin qiz bolaga baribir eng koʻp ona kerak. Bu ham ikki yosh oʻrtasidagi muhabbatni mustahkamlaydi.

Qizim boʻlishini anchadan beri xohlayman. Bu haqda maktub ham yozganman.

"Uning koʻzlari senikiga oʻxshamasa, qanday yaxshi koʻraman?"
16💔3
Noshud, alamzada va baxtiqaro odamlar gapiraveradi. Ishonmanglar. Sevgi bor.
32💔5
Bugun yomgʻir yogʻdi. Aldamayman, judayam kutgandim. Uch yildan beri har safar shu sanada yomgʻir yogʻadi.

Oʻzi kanalga endi yozmoqchi emasdim. Lekin bugun komentda boshqa birovga keraksiz deyishganidan keyin yozishim zarurligini tushundim.

Redumption va Serein erasi tugadi. Ikki yil. Oʻxshamadi. Shunday boʻlsa ham koʻp narsa oldik. Bir-birimizni haliyam yaxshi koʻramiz. Baʼzida shuyam kamlik qilarkan.

Ha, shu yerdagilardan koʻpchilik havas qilardi. Hatta oʻzimiz ham. Mayli, koʻz tegdi deb qoʻya qolaylik.

Xayr demayman. Kanallarda yozganlarimiz bir umr qoladi. Ayniqsa cwtch.

Hozircha bir yil avval U'nga atab yozganlarimni oʻqib turinglar. Haliyam aktual.
💔58
Noshud, alamzada va baxtiqaro odamlar gapiraveradi. Ishonmanglar. Sevgi bor.
40
Izhori Ishq
Sevara Nazarkhan
Zori ishq bo‘lgay ko‘ngil,
Garchand chekar ozori ishq.
7
8💔3
I just do not really know
💔2
There are no two words in English language more harmful than “good job”
(c)
💔5
Avval onam sog‘ligiga qarab, narsalarni tanlab yesa juda hayron qolardim. As I'm getting older and sicker, I do understand that feeling. Guys please take care of your health:(
💔74
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agarda meni farzandim qaysidir sport turiga qiziqib, professional bo’lmoqchi bo’lsa, qo’limdan kelgancha harakat qilaman.

Bu balki videodagidek Formula 1 bo’lar, farqi yo’q. Balki u tennischi, basketbolchi, suzuvchi bo’lishni xohlar, balki futbolchi bo’lmoqchidir.

Eng muhim narsa — bolaligingda kimdir senga imkon boricha yordam berishi.

Men zo’r futbolchi bo’lmoqchi edim, support bo’lmagan. Farqi yo’q edi, himoyada, markazda, hujumda ham o’ynay olardim. Muhimi o’ynasam bo’ldi.

Agar muhim o’yinlarda mendan kuchlilar asosiy tarkibda o’ynasa, darvozada ham turardim. Men uchun eng muhim narsa o’yin edi va bu uchun hamma narsa qilardim.

Tennischi bo’lgim kelgan judayam, yana yordam yo’q.

Albatta, nima qilib bo’lsa ham harakat qilishim mumkin edi. Lekin, yaxshi sportchi bo’lish uchun ko’p pul kerakligini bilardim va yig’lab, janjal qilib buni oiladan so’rolmasdim.

Shu yergacha o’qiganlarga nima demoqchiman? Bolalaringizga orzulariga erishishi uchun yordam beringlar. Agar eplolmasa, hech bo’lmasa harakat qilib ko’rgan bo’ladi. Armon qolib ketmaydi.

Xudo haqqi, ularga qo’linglardan kelgancha yordam beringlar.

P.S. Xavfli va ekstremal sport turlariga qarshiman) O’zim maza qilib tomosha qilsamam))
17
Guys, she achieved something on the first attempt🤓
7