TEXNO
334 subscribers
16 photos
2 videos
2 links
Smart hayot, AI va trendlar
TEXNO - kelajak markazidir
Sadosi @TEXNOECHO ga boradi
Download Telegram
Apple va SpaceX o‘rtasida muzokaralar boshlandi

Starlink’ning sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i kelajakdagi iPhone modellari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.

Agar kelishuv amalga oshsa, iPhone signalni bevosita orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlardan oladi. Hech qanday “o‘lik zona” qolmaydi - faqat okeanlar va qutblar bundan mustasno.

Bu futurizm emas. Tizim 2026 yilda iPhone 18 Pro bilan ishlay boshlaydi

- @TEXNO
4👍1🔥1
📶 Huawei tijoratda 1 GHz dan past chastotali sub-1 GHz “Massive MIMO” texnologiyasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi - bu past chastotali tarmoqlarda 5 marta yuqoriroq yuklama sig‘imi va 4 marta yuqoriroq uplink tezligini beradi.

- @TEXNO
👍31🔥1💯1
📢 Pavel Durov / Blockchain Life 2025

Bugun Telegram asoschisi va CEO’si Pavel Durov Blockchain Life 2025 sahnasida chiqish qildi.
U Telegram sovg‘alari, mini-ilovalar ekotizimi va sun’iy intellektning markazlashgan xavflari haqida so‘z yuritdi.

Asosiysi: Durov COCOON nomli yangi tizimni e’lon qildi - bu TON blokcheyni asosidagi desentralizatsiyalashgan AI-tarmoq, foydalanuvchi maxfiyligiga yo‘naltirilgan.

🧠 COCOON (Confidential Compute Open Network)
• GPU egalari hisoblash quvvatini ulashib $TON orqali daromad olishadi
• Dasturchilar - vositachisiz xavfsiz hisoblash tizimiga ulanadi
• Foydalanuvchilar - maxfiy AI xizmatlaridan bevosita foydalanishadi

- @TEXNO
👍2🔥1👨‍💻1👀1
iPhone 20’da endi tugma bo‘lmaydi

Ularning o‘rnini sensorlar egallaydi - bosish hissi vibro feedback orqali taqlid qilinadi.

Texnologiya yanada silliq, ammo yanada sovuq bo‘ladi

- @TEXNO
4🔥1🤯1💯1
Elon Musk XChat nomli yangi messenjer ustida ishlayotganini e’lon qildi.

Uning asosiy farqi - Bitcoin’dagi kabi kuchli shifrlash.

Xabarlar markaziy serverlar orqali emas, blokcheynga o‘xshash tizim orqali uzatiladi. Bu foydalanuvchilarga maksimal maxfiylik va nazorat beradi.

Yangi davr: xabarlar ham kriptoda bo‘ladi 🔒

- @TEXNO
3👍2🔥2🤩1
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev qaroriga binoan, 2026-2027 yillarda O‘zbekistonda sun’iy intellekt loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 100 million dollar ajratiladi.

Mablag‘ AI startaplar, ilmiy markazlar va ta’lim dasturlariga yo‘naltiriladi. Maqsad - mamlakatda sun’iy intellekt infratuzilmasini yaratish va global texnologik poygada o‘z o‘rnini mustahkamlash.

Kelajakni import qilish emas, uni shu yerda yaratish vaqti keldi shekelli

- @TEXNO
🔥32👍21🤝1
🇺🇿 So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekistonda kiberfiribgarliklar orqali fuqarolardan $159 million o‘g‘irlangan.

2019 yilda atigi 863 holat qayd etilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu raqam 58 800 taga yetgan. Ularning 98 % - bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklar. Eng ko‘p zarar ko‘rganlar 45–70 yosh oralig‘idagi fuqarolar.

🔒 Kiberxavfsizlik markazi ogohlantiradi:
• Noma’lum .apk fayllarni o‘rnatmang
• Shubhali havolalarga kirmang
• Shaxsiy ma’lumotni telefon orqali aytmang

Bu ota-onamizga va yaqinlarimizga eslatish uchun jiddiy signal.
Chunki o‘g‘irlangan mablag‘ni qaytarish deyarli imkonsiz

- @TEXNO
3👍2👀2🤯1😱1🥴1👨‍💻1
🤖 Xitoyda yangi robot do‘koni ochildi

Unda 40 dan ortiq brendning humanoid modellari, jumladan “Einstein” nusxalari, texnikada yer egallash uchun namoyishga qo‘yildi. Bu android uy hayvonlaridan tortib shaxsiy o‘qituvchilargacha turli variantlarni ko‘rsatmoqda.

Ushbu trend - robotlar endi sanoat maydonidan chiqib, oddiy iste’molchiga yaqinlashayotganining belgisi.

- @TEXNO
5👍4🔥2👨‍💻1
💭 #TEXNO // So'rovnoma

Tasavvur qiling, 2026-yil. Sizning qurilmangizda faqat 3 app qolgan.

Qaysilarni tanlaysiz? Javoblarni kommentariylarda qoldiring.
👍32🔥2👀1
#TEXNO / O‘zbekistonda endi asosiy notarial xizmatlar onlayn amalga oshiriladi

• Navbat yo‘q, vaqt tejaydi.
• Ortiqcha hujjatlar va xarajatlar talab qilinmaydi.
• Jarayon to‘liq elektron tarzda yozib olinadi.
• Korruptsiya xavfi bartaraf etiladi.

Avtomobil shartnomalari, ishonchnomalar, rozilik arizalari va nikoh shartnomalarini E-notarius.uz orqali rasmiylashtirish mumkin.

- @TEXNO
3👍3🔥1👨‍💻1
📱Apple iPhone Air va iPhone 16e uchun iOS 26.2 beta 1 yangilanishini to‘xtatdi

Sabab rasmiy e’lon qilinmagan, biroq har ikkala model Apple C1 va C1X modemlaridan foydalanadi.
Taxminlarga ko‘ra, muammo aynan shu modullarning ishlashi bilan bog‘liq.

- @TEXNO
🤔5😱2🔥1👀1
🌍 Noyabr holatiga ko‘ra, bozor qiymati bo‘yicha dunyodagi eng yirik texno kompaniyalar e’lon qilindi:

1. 🇺🇸 NVIDIA — $5.03 trln
2. 🇺🇸 Apple — $3.97 trln
3. 🇺🇸 Microsoft — $3.84 trln
4. 🇺🇸 Alphabet (Google) — $3.42 trln
5. 🇺🇸 Amazon — $2.71 trln
6. 🇺🇸 Broadcom — $1.71 trln
7. 🇸🇦 Saudi Aramco — $1.66 trln
8. 🇺🇸 Meta (Facebook) — $1.60 trln
9. 🇹🇼 TSMC — $1.58 trln
10.🇺🇸 Tesla — $1.55 trln

🔹 Dominatsiya hali ham AQSh qo‘lida.
🔹 NVIDIA esa tarixda ilk bor $5 trln chegarasini bosib o‘tdi.

- @TEXNO
👍41👀1
💰 Elon Musk tarixda birinchi trillioner bo‘lish arafasida

📈 Tesla investorlari uni deyarli $1 trln miqdoridagi mukofot bilan taqdirlashga rozi bo‘lishdi - bu AQSh tarixidagi eng yirik to‘lov sifatida qayd etiladi.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, bu qaror Musk’ning Tesla va xususiy kosmik loyihalaridagi ulkan natijalari bilan bog‘liq.

Yangi davr - bir inson, trillion dollarlik kapital

- @TEXNO
4👍3🔥2
🇺🇿 O‘zbekiston shaxsiy ma’lumotlarni saqlash to‘g‘risidagi qonunni yangilaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilishicha, AQSh hamkorlari bilan birgalikda qonunning yangi tahriri tayyorlanmoqda.

Yangi tartib Apple Pay va Google Pay kabi to‘lov tizimlarini ishga tushirish, shuningdek, raqamli akademiyalar va startap markazlarini rivojlantirish imkonini beradi.

Hozirda qonun ma’lumotlarni faqat mahalliy serverlarda saqlashni talab qiladi - yangilanish esa globallashgan raqamli infratuzilma sari qadam bo‘ladi.

- @TEXNO
👎7
✔️ MAX xalqaro bozorga chiqdi

Platforma endi MDH davlatlari, jumladan O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun ham ro‘yxatdan o‘tish imkonini ochdi.

MAX o‘zini xavfsizlik va tezlikka urg‘u bergan yangi aloqa tizimi sifatida taqdim etmoqda. Unda shifrlangan chatlar, anonim rejim va AI-yordamchi funksiyasi mavjud.

Texnologik raqobat kuchaymoqda - endi bu sohada Telegram va WhatsApp’ga yangi raqib paydo bo‘ldi.

- @TEXNO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎257👍32🔥1