Redbyte
2.48K subscribers
436 photos
80 videos
443 links
Redbyte - O’zbek tilidagi dunyo kiberxavfsizlik yangiliklari va soha bo’yicha qiziqarli blog postlar bilan bo’lishadi!

Sayt: https://redbyte.uz
Download Telegram
Muhtaram Prezidentimiz kiberjinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligi yuzasidan tanqidiy fikr bildirdilar

🅰 Prezidentimiz raisligida o‘tgan yig‘ilishda ta’kidlaganlaridek, o‘tgan yili poytaxtimizda 16 mingdan ortiq kiberjinoyat qayd etilgan, fuqarolarga yetkazilgan zarar esa qariyb 2 trillion so‘mni tashkil qilgan.

💬 Shunga qaramay, jinoyatlarning fosh etilish darajasi - 8% ga ham yetmaydi.

🎃 Jinoyatchilar bank tizimidagi bo‘shliqlar va aholining ishonuvchanligidan faol foydalanmoqda.

Prezidentimiz qat’iy savol qo‘ydilar:

“Qani natija? Himoya tizimlari qachon ishlaydi?”


⚠️ Kiberxavfsizlik sohasidagi holat hanuz tanqidiy bo‘lib, zudlik bilan tizimli choralarni talab qiladi.

Saytda o’qish uchun ◀️

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍198🔥51👏1
Hakerlar Nike’ning 1,4 TB hajmdagi ishlab chiqarish sirlarini o‘g‘irlaganini da’vo qilmoqda 🔒

😎 Amerikaning Nike kompaniyasi ichki ma’lumotlari o‘g‘irlangani haqidagi bayonotlar ortidan ichki tekshiruvni boshladi. O‘zini WorldLeaks deb atayotgan tovlamachilar guruhi o‘z saytida fayllardan iborat namunani e’lon qilib, 1,4 TB hajmdagi korporativ ma’lumotlarga kirish huquqini qo‘lga kiritganini bildirdi. Ularning ta’kidlashicha, qo‘lga kiritilgan hujjatlar soni 188 mingdan ortiq bo‘lib, ishlab chiqarish va dizayn jarayonlariga taalluqlidir.

👺 WorldLeaks joylashtirgan ma’lumotlarda kiyim-kechak ishlab chiqishga oid materiallarni anglatadigan katalog nomlari uchraydi - ayollar va erkaklar sport liniyalaridan tortib, fabrikalar uchun yo‘riqnomalar hamda tikuv texnologiyalari tavsiflarigacha. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, agar sizib chiqish haqiqatan ham yuz bergan bo‘lsa, u mijozlar yoki shaxsiy ma’lumotlar bazalariga emas, balki ichki ishlab chiqarish hujjatlariga ta’sir qilgan.


Batafsil o’qish uchun ◀️

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯10😱32🔥2👀2🎉1
AQSh tarixidagi eng yosh haker: Jonatan Jeyms (c0mrade) 🇺🇸

👺 1999-yilda c0mrade taxallusi bilan tanilgan Jonatan Jeyms AQSh kiberxavfsizlik tarixiga sudlangan ilk voyaga yetmagan haker sifatida kirdi.

🔒 Serverlardagi zaifliklardan foydalangan holda, Jeyms NASA, AQSh Mudofaa vazirligi (DoD) tizimlariga noqonuniy kirishga muvaffaq bo‘lgan.


🛰 NASA tarmog‘idan u Xalqaro kosmik stansiya uchun mo‘ljallangan, qiymati 1,7 million dollar bo‘lgan dasturiy ta’minotni yuklab olgan…

Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1332👍2👏1
2025-yilda hakerlar eng ko‘p hujum qilgan davlatlar

🛡 StormWall mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda eng ko‘p kiberhujumlarga uchragan TOP–5 davlatlar qatoriga Xitoy, AQSh, Hindiston, Buyuk Britaniya va Rossiya kirgan. Tadqiqot StormWall mijozlaridan olingan real ma’lumotlarga asoslangan.

❗️ 2025-yilda DDoS-hujumlarning asosiy qismi Xitoyga (umumiy holatlarning 16,2%), AQShga (14,8%) va Hindistonga (12,6%) qaratilgan. Ushbu davlatlar kiberjinoyatchilar uchun doimiy va strategik nishon bo‘lib kelmoqda.


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥5👏2👍1😁1
Stan Ghouls guruhi NetSupport RAT orqali O‘zbekiston va Rossiyadagi nishonlarga hujum qilmoqda ❗️

👺 Stan Ghouls (yoki Bloody Wolf) - bu kiberjinoyatchilar guruhi bo‘lib, kamida 2023-yildan buyon Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi tashkilotlarga qarshi yo‘naltirilgan hujumlarni amalga oshirib kelmoqda. Huquqbuzarlar asosan ishlab chiqarish, moliya va IT sohasidagi tashkilotlarga qiziqish bildirmoqda. Ularning hujumlari puxta rejalashtirilgan va aniq qurbonlarga moslashtirilgan bo‘lib, qo‘llanilayotgan vositalar orasida Java tilida yozilgan maxsus zararli dasturlar, shuningdek, alohida kampaniyalar uchun ajratilgan resurslarga ega keng infratuzilma ajralib turadi.

📂 Hujumlarning dastlabki bosqichida ular zararli PDF-ilovalari mavjud bo‘lgan elektron xatlardan foydalanadi...


Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5😱54🍾2👍1
Bepul VPN qanchalik xavfli? 🌎

🆓 Bepul VPN xizmatlari ko‘pincha xavfsizlik hissini beradi, ammo amalda foydalanuvchi ma’lumotlari uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Chunki bepul xizmat ham qandaydir yo‘l bilan daromad qilishi kerak va aksariyat hollarda bu daromad manbai - foydalanuvchining o‘zi bo‘ladi.

🔒 Ko‘plab bepul VPN’lar brauzer tarixi, IP-manzil, qurilma haqida ma’lumotlarni uchinchi tomonlarga uzatadi. Ba’zilarida esa haqiqiy shifrlash umuman mavjud emas yoki juda past darajada ishlaydi. Ayniqsa, ochiq Wi-Fi tarmoqlarida bunday VPN’lar foydalanuvchini himoyalamaydi.


🦠 Yana bir muammo - reklama va zararli dasturlar. Ayrim bepul VPN ilovalari ichiga yashirin trekerlar, reklama modullari yoki zararli kodlar joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Natijada foydalanuvchi o‘z qo‘li bilan telefon yoki kompyuterini kuzatuv ostiga oladi.

⚖️Huquqiy jihatdan ham xavf mavjud. Ko‘p bepul VPN xizmatlarida shaffof maxfiylik siyosati yo‘q, kompaniya qayerda ro‘yxatdan o‘tgani noma’lum, ma’lumotlar esa foydalanuvchi bilmasdan uzatilishi mumkin.

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥42👍1👏1😱1
AI hakerlarni “professional” qildi - endi tajriba kerak emas 🤖

🔰 Google Threat Intelligence Group hisobotiga ko‘ra, davlat qo‘llovidagi hakerlar generativ AI’dan allaqachon real operatsiyalarda foydalanmoqda. Bu endi nazariya yoki futuristik prognoz emas - bu hozir sodir bo‘lyapti.

🇰🇵 Masalan, Shimoliy Koreya bilan bog‘liq guruhlar kompaniya xodimlari haqida ochiq manbalardan ma’lumot yig‘ib, AI yordamida aynan o‘sha odamning ishiga, lavozimiga va hatto ohangiga mos phishing xatlari yozmoqda. Endi “Salom hurmatli foydalanuvchi” davri tugadi - sizga yozilgan xat sizning HR menejeringizdan kelgandek ko‘rinadi.

👺 Xitoy va Eron APT guruhlari esa AI’dan exploit yozishda, kodni tuzatishda va ijtimoiy muhandislikni avtomatlashtirishda foydalanmoqda. Eng qiziq tomoni - ba’zi zararli dasturlar real vaqt rejimida yangi zararli kod generatsiya qilgan. Ya’ni antivirus ushlashga ulgurguncha malware o‘zini o‘zgartirib bo‘ladi.


🔒 Endi haker bo‘lish uchun 10 yil tajriba shart emas.
Junior darajadagi hujumchi ham APT darajasidagi hujum qilishi mumkin…

Batafsil o’qish uchun ◀️

🚀 @Redbyteuz

RedByte - har bir bayt muhim 🇺🇿

YouTube | Instagram | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥144👍3😱3👏2