XALQ MINBARI GAZETASI | Rasmiy Kanali
554 subscribers
17.2K photos
2.28K videos
399 files
7.04K links
"XALQ MINBARI" газетасининг расмий каналига ХУШ КЕЛИБСИЗ!
Холис, аниқ, ишончли ва тезкор!
Download Telegram
Яқинда Беруний туманидаги "Бунёдкор" МФЙдаги
Ал - Бухорий кўчаси бўйида замонавий қулайликларга эга, халқимиз учун барча яхши тадбирларни ўтказишга мўлжалланган "Рустам ота" кафеси очилиш тадбири бўлиб ўтди. Тадбирда маҳалла аҳли, ОАВ вакиллари иштирок қилишди.
Кафе биноси олдига тортилган лентани "Бунёдкор" МФЙ раиси Ғофуржон Ўрозимбетов ҳудуд оқсоқоллари, нуронийлар билан биргаликда очди.


https://t.me/redaksiyamiz
#Beruniy_tuman_IM!

🏢 Beruniy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi uchun 2023-2024-o‘quv yili juda ham omadli va natijalarga boy yil bo‘ldi!

💥Maktab ma'muriyati o‘quvchilarning bunday natijalarga erishishida o‘z mashaqqatli mehnatlarini ayamagan tajribali ustozlarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi!

YIL SARHISOBI  (INGLIZ TILI)

CEFR B1
Maxsudova Rayhona 9-Aniq
Karribayeva Dildora 10-Aniq
Nagmetov Elyor 10-Aniq
Janibekova Jadra 10-Aniq
Baxtiyarova Sevara 10-Aniq
Sultanbekov Izzatbek 10-Tabiiy
Jumaboyeva Jadra 10-Tabiiy
Amatboyev Temur 11-Aniq
Sultonboyev Zafar 11-Aniq
Rametov Bourjan 11-Aniq
Bog'ibekov Sherzod 11-Aniq
Yusufboyeva Surayyo 10-Aniq

CEFR B2
Reimova Fatima 9- Aniq
Tojiboyeva Iroda 9-Aniq
Boltaboyeva Marvarid 10-Tabiiy
Karimboyev Azimboy 10-Aniq
Ametov Akrom 10-Aniq
Ro'zimboyev Diyorbek 10-Aniq
Azimov Sardor 10-Tabiiy
Buvaboyev Javohir 10-Tabiiy
Qurolboyeva Shoxista 10-Aniq
Rustamov Sardor 11-Aniq
Yuldasheva Asalxon 11-Aniq
Bozorboyev Nodirbek 9-Aniq

IELTS
Xudoyberganova Moxinur 10-Aniq 7.0
Maxsudov Nurlan 11-Aniq 7.5
Karimov Shoxiddin 11-Aniq 7.0
Davlatboyev Shoxrux 11-Aniq 7.0
Axmadova Xurshida 11-Aniq 6.5


SAT
Axmadova Xurshida 11-Aniq 1490
Davletboyev Shoxruxxon 11-Aniq 1440
Karimboyev Shohiddin 11-Aniq 1430
Maxsudov Nurlan 11-Aniq 1430
Yuldasheva Asalxon 11-Aniq 1330
Tairov Abbos 11-Aniq 1170; 1140
Rustamov Sardor 11-Aniq 1160
Xudoybergenova Moxinur 10-Aniq 1330

👉Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🟢
Telegram 🔵Facebook
❗️СУБСИДИЯ ОРҚАЛИ УЙ ОЛМОҚЧИ БЎЛГАН ОИЛАНИНГ ОЙЛИК ДАРОМАДИ ҚАНЧА БЎЛИШИ КЕРАК ?

⚡️САВОЛ;
Мен субсидия билан уй-жой сотиб олмоқчи эдим. Субсидия орқали уй олиш учун талабгор оиланинг ойлик даромади қанча бўлиши керак ?

⚡️ЖАВОБ;
Вазирлар Маҳкамасининг 182-сон қарори билан тасдиқланган Низомга асосан,

субсидия орқали уй-жой олмоқчи бўлган талабгор шахс ёки оиланинг қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ аниқланиши мумкин бўлган ўртача ойлик даромадлари миқдори:

Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда  меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори (1 050 000 сўм)нинг 2,7 баравари (2 835 000 сўм)дан 8 баравари (8 400 000 сўм)гача;

Тошкент шаҳрида 2,7 баравари (2 835 000 сўм)дан 9,2 баравари (9 660 000 сўм)гача бўлиши талаб этилади.

✏️ Субсидия орқали уй олмоқчи бўлган талабгор шахс ёки оила қайси ҳудудда яшашидан қатъий назар, уларнинг даромади бир ойда энг камида юқоридаги 2 835 000 сўмдан кам бўлмаслиги керак.
#Deputat minbari


Raxima Yuldasheva mulohazalari👇👇👇
BUGUNGI KUN AYOLI

Biz har soniyada o'zgarishlar, yangilanishlar davrida yashayapmiz. Bu evrilishlar sahnida o'zbek ayolining har qachongidanda shahdu-shijoatli qiyofasini ko'rayotganimizni tan olishimiz kerak.
Darhaqiqat, ayol oilada mehribon ona, kuyunchak opayu, suygunchak singil, yana sevimli yor, oqila rafiqa, orasta beka. Jamiyatda ezgu maqsad, ezgu o'y va ezgu amal bilan yurt taraqqiyoti el farovonligiga xissa qo'shayotgan shifokor, o'qituvchi, jurnalist , tadbirkor, fermer, xisobchi, IIB xodimi yo bo'lmasa harbiy yoki iqtisodchi.
Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak. Xo'sh yurtimiz taraqqiyotida ayolning qiyofasi qanday? U jamiyatning kuzatuvchisi emas, ishtirokchisiga aylana olyaptimi? Bu savolning javobini ayni damlarda ijtimoiy makonda ayollarning qachonlardir hayol bo'lib bugun hayotiga ko'chayotgan yorqin lahzalarga boy faoliyatida ko'rish mumkin. Ayol bugun shunchaki fermer xo'jaligida ishchi emas, balki shu fermer xo'jaligining rahbari. U endilikda oddiy bog'bon ayoldan yetuk iqtisodchi sifatida toblanib borayotgan inson.
Bugungi ayol yarim kun darsini o'tib qaytadigan o'qituvchi emas, u oddiygina qishloq sharoitida halqaro miqyosdagi ilm-fan texnika bellashuviga bilim ufqi keng shogirdini yo'llayotgan fidoiy ustoz, murabbiy. Ayol qonunchilik palatasida 37 million fuqaroning huquq va manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim qonun loyihalari ustida bosh qotirayotgan deputat. Bir murojaat ortidan tumanning narigi boshidagi muammoni xal qilishga oshiqadigan hokim yoki hokim o'rinbosari.
Quvonarlisi shundaki, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim bo'lgan mas'uliyatli lavozimlarda va xizmatlarda zimmasiga yuklatilgan vazifani sharaf bilan ado etayotgan xotin-qizlar soni tobora ortib bormoqda.
Kerak bo'lganda, ular o'ziga xos fikr-mulohazasi, asosli takliflari bilan yurt taraqqiyoti, kelajagi haqida qayg'urib, muhim masalalarda o'z qarashlarini ochiq-oshkora ayta olyapti. Buning samarasi o'laroq, ularga ishonch va munosabat o'zgarmoqda. Bu mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar tobora keng quloch yoyib, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan xalqni rozi qilishdek ulug' maqsadga qaratilgan ezgu ishlarning muhim bir yo'nalishi sifatida jamiyat hayotida xotin-qizlar faolligini oshirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilayotganining sharofatidir.
Ta'kidlanganidek, so'nggi yillarda mamlakatimizda ayollarning ijtimoiy maqomini kuchaytirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ham bu borada konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi. Buning yaqqol misoli sifatida 2024 yil oktyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan O'zbekistondagi navbatdagi parlament saylovida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka ko'rsatilayotgan ayollar sonining nomzodlar umumiy sonining 40 foiziga oshirilganligini aytishimiz mumkin. Bu esa ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.





Yuldasheva Raxima Xaitbaevna,
O'zLiDePdan Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati.


https://t.me/redaksiyamiz
Тўрткўл туманида отинойилар учун зонал семинар бўлиб ўтмоқда. Уни Дин ишлари қўмитаси катта отинойиси Тўлғоной Юлдашева очди ва бошқариб бормоқда.


Бу ҳақда Беруний туманидаги "Бунёдкор" МФЙ отинойиси Ҳайитжон Ражапова хабар бермоқда.


https://t.me/redaksiyamiz