XALQ MINBARI GAZETASI | Rasmiy Kanali
581 subscribers
16.8K photos
2.23K videos
398 files
6.89K links
"XALQ MINBARI" газетасининг расмий каналига ХУШ КЕЛИБСИЗ!
Холис, аниқ, ишончли ва тезкор!
Download Telegram
Kecha Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining navbatdan tashqari 85–sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyani Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi Raisi o’rinbosari M.Qadirov ochib berdi va olib bordi

Kun tartibida 2 ta masala ko’rib chiqildi
 
Tumanda aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash joyidan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning ma’suliyatini oshirish bo‘yicha sektor rahbarlarining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlarini eshitish to‘g‘risida
Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan sector rahbarlarining axborotlari tinglandi.
        U.Matirzayev - Beruniy tuman hokimi birinchi o‘rinbosari
        M.Atadjanov - Beruniy tuman 2-sektor rahbari
        M.Muratov - Beruniy tuman 3-sektor rahbari
        Q.Atajanov - Beruniy tuman 4-sektor rahbari
Tuman hokimining 2024-yil 17-may kungi 83-13-182-Q/24-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida
        M.Kadirov – tuman Kengashi raisi o‘rinbosari
Kun tartibidagi mazkur masala Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesining 2024 yil 25-aprel kungi 856-B-sonli Farmoiyishiga asosan Beruniy tumani hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i lavozimiga Koziyeva Sayyora Rustamovnani tayinlash to’g’risidagi axborot o’qib eshittirildi.
Shu bilan xalq deputatlari tuman kengashining 85-sessiyasi yakuniga yetdi.



https://t.me/redaksiyamiz
Президент мектеплери ҳәм дөретиўшилик мектеплерине қабыллаў қашан басланады?

Қәнигелестирилген билимлендириў мәкемелери агентлиги системасындағы Президент ҳәмде дөретиўшилик мектеплерине 2024/2025-оқыў жылы ушын ҳүжжетлерди қабыллаў 1-июньнан 20-июньға шекем онлайн формада ariza.piima.uz сайты арқалы әмелге асырылады.

👉 Соңғы жаңалықлар
НЕ ЖАҢАЛЫҚ? каналында
Beruniy tumani "Qangshortol" MFYdagi 22-sonli maktabda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining Beruniy tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Abdullaev, tuman IIB xodimi A.Matupayevalar tomonidan maktabning bitiruvchi o‘quvchilari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbir so‘ngida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tayorlangan "Tinchlik qadri" va "Kelin bo‘lib aldangan qizlar" mavzusida videorolik qo‘yib berildi.
Қорақалпоғистоннинг жанубий туманлари отинойилари Нукус шаҳрида икки кунлик ўқув- семинарида бўлиб туришибди. Улар орасида берунийлик отинойи онахонларимиз ҳам бўлишиб, ўз билимларини оширишяпти.

Бизга бу ҳақда "Бунёдкор" МФЙ отинойиси Ҳайитжон Ражабова хабар бермоқда.


https://t.me/redaksiyamiz
Жеке меншик емлеўханалардың жумыслары үйренилди

👉 Толық оқыў - https://kknews.uz/197391.html

📲 Telegram| Instagram | Live | Sport|
Forwarded from Xojelirk.uz/Рәсмий каналы (Хурметуллаева Сарбиназ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ҳүрметли Президентимиздиң 18.05.2022-жылғы "Цемент-бетон қапламалы автомобиль жоллары тармағын кеңейттириў ис-иләжлары ҳаққында"ғы ПҚ-249-санлы қарары тийкарында Хожели районы "Мәденият" мәҳәллесиндеги "А.Яссавий" көшесинде цемент-бетон қапламасы жайылмақта. Аймақ турғынларының жүзлери қуўанышқа толып, Президентимизге шексиз миннетдаршылығын билдирмекте.

Каналға ағза болыў
👉@xodjeyli_rk👈
Otabek MASHALOV,
Sulton Uvays bobo jome masjidi imom noibi:
“ILIM IYMONGA BOSHLAYDI
👇👇👇
Bazi bir ilimsiz chala savod kishilar “ilimli odam dinsiz bo`ldi deb hisoblaydi. Ular kishining ilmi qancha ko`paysa, uning dinsizligi ham shuncha ortadi” deb o`ylaydilar. Haqiqatda esa hech bir zamonda ilim o`z egasini xudosizlikka olib bormagan.
Haqiqiy olim inson to’g’ri ilmiy ishlar olib borgani sayin o’zi cheksiz bir olamda yashayotganligini angalaydi. Bu olamda ajoyib tartib - intizom hukm surayotganini, hech bir narsa tartibsiz, behuda emasligini to`la - to`kis anglab tushunib yetadi. Bularni to`g`ri tushunish esa, Allohga ishonishga olib keladi. Germanyalik olim Dinard oxirgi to`rt asrda yashab, insonyat madaniyatiga ulkan hissa qo`shagan 290 nafar olimlarning fikrini o`rganib chiqib ajablanarli natijani to`plagan. 290 kishidan 20 kishi aniq bir etiqodga ergashmagan 42 kishi Allohga ishonganini faqat 20 kishi din bilan qiziqmasligini aytgan. Agar din bilan qiziqmagan kishilarni ya`ni olimlarni “ateist” deb atasak dunyo miqyosida 290 nafar ulkan olimlardan 92%i dindor bo`lib chiqadi. Shundan ko`rinib turibdiki ilimli kishining dindor bo`lishi ajablanarli emas, qolaversa ilm bilan din bir-biriga qarama-qarshi ham emas ekan.
Mashhur tarixchi olim Faber “har bir davrning o`ziga xos telbalari bo`lganiday hudoga ishonmaslik davrimizning telbaligidir. Mendan Allohga bo`lgan ishonchimni tortib olgandan ko`ra terimni shilib olishlari osonroq bo`ladi” degan ekan. Mazkur olimning gaplaridan ko`rinib turibdiki, haqiqiy ilimgina Allohga ishonishga sabab bo`ladi. Qur’oni Karimda bu haqida 15 asr oldin aytib o`tilgan.
Islom dinichalik ilmni ulug`lagan din yoki tizim yoki falsafa yo`q. Har bir kishiga ilmni talab qilish islomda bor. Hadisi sharifda ilimtalab qilish har bir musulmon ayolga va har bir musulmon erkakga ilim olish farzdir deyilgan. Kimki islom dinida ilmning yuqori darajada ekanligini bilmoqchi bo`lsa, tarixga nazar solsin. Islomga qattiy amal qilingan paytlarda har bir musulmon yurtlarda ko`plab olimlar yetishib chiqqaniga guvoh bo`lasiz. Ilm-fan madaniyat misilsiz rivojlanganini ko`rasiz.
Tarixga bir nazar tashlaydigan bo`lsak, ko`plab yetuk allomalarning barchasi ilimli dindor kishilar bo`lganini ko`rasiz. Misol uchun Ibn Sinodek buyuk shaxsni olsak uni ko`pchilik odamlar xususan, yevropaliklar ham faqat tibbiyot sohasi bo`yicha olim ya`ni tabib deb hisoblaydilar. Aslini olib qaraganda Ibn Sino ham tibbiyot sohasini ham Qur’oni Karimni ham puxta bilgan inson bo`lgan. Kasallarni davolashda Qur’on oyatlari va Hadisdan foydalangan. Bundan ko`rinadiki, ilim olishda faqat dunyoviy bilimlar emas, diniy bilimlar ham katta ahamyat kasb etadi.
Yana bir buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyga keladigan bo`lsak, u yerning dumaloqligi to`g`risidagi fikirni Kopernikdan besh asr avval o`z asarlarida aytib o`tgan. Bu ma’lumotlar esa Qur’oni Karimda ham aytib o`tilgan. Shundan xulosa chiqarish mumkinki, ilim o`z egasini to`g`ri xulosa chiqarishga va ma`rifatga yetaklaydi.
Xususan yevropalik olimlardan misol keltiradigan bo`lsak, dunyoga mashhur akvalang arxeolg J.J.Kustodir. U umri davomida ko`plab dunyoning turli chekkalariga sayohat qilgan va dunyoni tekshirgan. Sayohatlarining birida Qizil dengizga sayotni amalga oshiradi. U yerda Kusto ajib bir hodisaga duch keladi. Ya`ni bu yerda dengizning bir tarafi chuchuk suv, ikkinchi tarafi esa sho`r suv ekanligiga guvoh bo`ladi. Bu hodisa o`n to`rt asr avval Qur’oni Karimning “Ar-Rohman” surasida nozil qilinganini bilgan Kusto islom dinini qabul qiladi. Bundan ko`rinadiki ilim o`z egasini iymonga yetaklatdi.
Otabek MASHALOV,
Sulton Uvays bobo jome masjidi imom noibi.



https://t.me/redaksiyamiz
Sarvar SA’DULLAYEV,
Beruniy tumani FVB boshlig’i, mayor.
Sherzod QUCHQAROV,
Beruniy tumani FVB kichik inspector, kichik serjant:
“AHOLIGA TERMITNING ZARARI”

👇👇👇
Termitlar, (oq chumolilar) - hasharotlarning bir turkumi bo’lib, fanda hozircha ularning 2800 dan ortiq turi ma’lum. Bu hasharotlar, asosan, tropik va sub¬tropik mamlakatlarda ko’p tarqalgan bo’lib, mamlakatimizda ularning ikki turi - katta Kasbiy orti, Turkiston termitlari ko’p uchraydi. Respublikamizning deyarli shahar va tumanlarida aholi xonadonlari, hatto tarixiy obidalarga katta zarar yetkazmoqda.
“Termit” so’zi grekchadan olingan bo’lib, “hammom” degan ma’noni anglatadi. Bundan tashqari, ba’zi manbalarda uyasining termosga o’xshagani bois “termit” - “issiq” ya’ni issiq joyda yashovchi, deb ta’riflanadi.
Termitlar tashqi ko‘rinishidan chumoliga o‘xshash bo‘lib, xalqimizda uning “sariq chumoli”, “oq chumoli”, “vahmak”, “yog‘och qurti” degan nomlari ham bor. Ular issiqlikni sezuvchan bo’lganligi uchun, iqlimi iliq va issiq hududlarda keng tarqalgan.
Ayniqsa, respublikada termitlarga qarshi kurashish mar¬kazi tashkil etilganligi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Termitlar turkumi vakillari to‘liqsiz yoki chala rivojlanuvchi, ya’ni o‘z hayoti davomida tuxum, lichinka, yetuk-imago fazalarini o‘tab yashovchi hasharotlar hisoblanadi. Jamoa hosil qiluvchi hasharotlar boshqalaridan farqli ravishda, oila hosil qilib yashaydi. Ularda o‘z avlodiga nisbatan g‘amxo‘rlik qilish, nasl qoldirish instinkti kuchli rivojlangan bo‘ladi.
Oilada bir necha dona erkak (“shox”) termit, tuxum qo‘yuvchi bitta urg‘ochi (“malika”) hamda ko‘p miqdorda “ishchilar” va bosh qismida rivojlangan jag‘lari bo‘lgan “askar” termitlar mavjud. Jamoa hosil qilib yashovchi termitlar koloniyasida o‘rtacha
10-15000 dona termit individlari bo‘lib, unda bitta “malika”, 6-7 ta “malika o‘rinbosari”, bitta “shox”, yuzlab “navkar”, minglab “ishchi” va “lichinka” kabi tabaqalari mavjud. Termitlarning tuxumlari oqimtir rangli, uzunchoq shaklda bo‘lib, bittadan qo‘yiladi, lekin uyada ular odatda bir to‘da qilib to‘plab qo‘yiladi. Uya kameralariga “malika” kuniga 30 mingta, butun hayoti davomida 1 000 000 dan ortiq tuxum qo‘yadi. Uning qorin qismi 12 sm uzunlikdagi ulkan oq kolbasa shaklida bo‘lib, undan tinmasdan hamma vaqt son-sanoqsiz tuxumlar chiqib turadi. U mustaqil ovqatlana olmaydi va unga qarab turilmasa albatta halok bo‘ladi.
Sarvar SA’DULLAYEV,
Beruniy tumani FVB boshlig’i, mayor.
Sherzod QUCHQAROV,
Beruniy tumani FVB kichik inspector, kichik serjant.



https://t.me/redaksiyamiz
Д. РАДЖАПОВА,
Беруний тумани СЭО ва ЖСБ олий тоифали шифокор – эпидемиологи:

“ВИРУСЛИ ГЕПАТИТ А КАСАЛЛИГИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШНИНГ ЭНГ ИШОНЧЛИ ВА ЭНГ САМАРАЛИ УСУЛИ –БУ БОЛАЛАРНИ ЭМЛАШДИР”

👇👇👇
Ҳар бир инсон фарзандининг соғлом ўсиши, кам-кўстсиз яшаши учун шароит яратишга ҳаракат қилади. Лекин шу ҳаёти давомида ўзида ва фарзандида кечадиган касалликларнинг 90 фоизи лоқайдлик, эътиборсизлик сабабли келиб чиқади. Чунки касалликни олдини олгандан кўра, касалликни даволашни ўзига тўғри йўл, деб билади.
Фарзандида кечаётган касаллик оқибатида юзага келган оғриқ ҳамда касалланиш натижасида қолган турли хил асоратлар, яъни жисмоний ва ақлий ривожланишдан ортда қолиш, турли хил юқумли касалликларга берилувчанлик... буларни кўпчилик ота - оналар ҳис қилмайди. Ваҳоланки, шу касалликни даволашга сарфланган пулнинг бир қисмига боламизни эмлатишимиз ва касалликнинг олдини олишимиз ҳамда фарзандимизни оғриқ азобларидан қутқаришимиз мумкин.
2024 йилда Республикамиз аҳолисининг 2 ёшдан 14 ёшгача бўлган болалар ўртасида вирусли гепатит А касаллиги яъни, “сариқ касаллиги” билан касалланиш ўтган йилга нисбатан бир неча баробар ошган.
Вирусли гепатит А касаллиги ўткир юқумли касаллик бўлиб, касалликни вируслар келтириб чиқаради. Касаллик асосан, жигар тўқималарини шикастлайди, касаллик иситма чиқиши, терида, шиллиқ қаватларда сариқлик белгилари пайдо бўлиши, сийдикнинг рангги ўзгариши, ахлатнинг ранги оқариши каби белгилар билан характерланади. Касалликнинг яширин даври ўртача - 35 кун.
Касалликнинг асосий юқиш йўли ифлосланган қўллар, сув ва озиқ-овқат маҳсулотлари орқали соғлом одамга юқади.
Болаларда кечадиган Гепатит А касаллиги билан касалланишнинг олдини олиш мақсадида Гепатит А касаллигига қарши вакцина мавжуд. Бу вакцина билан эмлаш оқибатида фарзандингизнинг организмида гепатит А касаллигига қарши иммунитет ҳосил бўлади, натижада касалланиш кузатилмайди.
Ҳурматли Ота-Оналар!
Фарзандларингизни гепатит А касаллигига қарши эмлатинг, болангизнинг соғлигига бефарқ бўлманг.
Д. РАДЖАПОВА,
Беруний тумани СЭО ва ЖСБ олий тоифали шифокор – эпидемиологи.




https://t.me/redaksiyamiz