Read'n'Act
3 subscribers
11 photos
2 links
Dunyo o'zgarishini hohlasang o'zingdan boshla🌱
Download Telegram
Channel photo updated
Assalomu alaykum!
Bu kanal tabiatni sevuvchi har bir inson uchun yordamchi bo'ladi degan umiddaman.
Bu yerda siz ekologik muammolar, foydali maqolalar va real hayotdagi eko-tajribalar bilan tanishib borasiz.

"Be the change you want to see" — o‘zgarishni boshqalardan kutmasdan, o‘zimizdan boshlashimiz kerak.

Kanalga xush kelibsiz 💚
Forwarded from TerraX
🌾Bug'doydan bo'shagan ekin maydonlaridagi somonni yoqib yuborish hali ham davom etmoqda.
🛰Uzcosmos esa dala yong‘inlarini kuzatish imkonini beruvchi portalni ishga tushirdi.

❗️Endilikda barcha qaysi hududda dala yong‘inlari sodir bo‘layotgani, uning manzili va hajmi bo‘yicha https://dalayongini.cmspace.uz sayti orqali bilib olishi mumkin bo'ladi.
Sayt ma'lumotlariga ko'ra eng ko'p dalani yoqib yuborish holatlari Andijon, Toshkent va Surhondayo viloyatlarida kuzatilmoqda.


🌍@cosmo_monitoring
Forwarded from Minds in Motion (Yulduz Abdullayeva)
♻️ Plastik ifloslanishiga qarshi oxirgi imkoniyat!

🌍 BMT doirasida 2022-yilda boshlangan muzokaralar endi o‘z yakuniy bosqichiga kirdi. Jenevada bo‘lib o‘tayotgan (5-14 August) uchrashuv plastik ifloslanishiga qarshi huquqiy majburiy kuchga ega global kelishuvni tayyorlash uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

📆 Maqsad: 2025-yil oxirigacha bu muhim bitimni qabul qilish.

🧴 Plastik miqdori xavotirli darajada oshmoqda:

▪️ 2024-yilda dunyo bo‘ylab 500 million tonna plastik ishlatilgan – bu 25 yil avvalgidan 2 baravar ko‘p.

▪️ Agar bu jarayon davom etsa, 2060-yilgacha bu chiqindi 3 barobar ko‘payadi.

▪️ 2023-yilda 414 mln tonna plastik ishlab chiqarilgan, ammo shundan atigi 37 mln tonnasi qayta ishlangan.

📊 2018–2023 yillar oralig‘ida global plastik ishlab chiqarish barqaror o‘sishda davom etmoqda (Manba: Tagesschau).

🌏 Shimoldan Janubga: Adolatli yordam kerak

Har yili millionlab tonna plastik chiqindilar Janubiy yarimshardagi rivojlanayotgan mamlakatlarga to'g'ri kelmoqda. U yerda chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasi yetarli emas. Bu ekologik va ijtimoiy inqirozni kuchaytirmoqda.

🤝 BMT Plastik Shartnomasida rivojlangan davlatlarning moliyaviy va texnologik yordami nazarda tutilmoqda, lekin bu mexanizm hali kelishilmagan.

💡 Yechim taklifi: Global EPR mexanizmi

🔹 World Economic Forum mutaxassislariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilarning kengaytirilgan javobgarligi (EPR) doirasida to‘plangan mablag‘larning 10% qismini rivojlanayotgan davlatlarga ajratish mumkin.

🔍 Yordam aniq mezonlar asosida taqsimlanadi:

✔️ Materiallar oqimi shaffof tarzda kuzatiladi

✔️ Chiqindi yig‘uvchilarning ishtiroki hujjatlashtiriladi

✔️ Loyihalar xalqaro mezonlar asosida tanlanadi

🌐 EPR asosidagi global sxema BMT bitimi va xususiy tashabbuslarni to‘ldiradi — bu kelajakdagi ifloslanishning oldini olishda asosiy halqa bo‘lishi mumkin.

📎 Manba: World Economic Forum – “How leveraging plastics policy in the Global North could mitigate against pollution in the South”, 28.07.2025

🔄 Ulashing, baham ko‘ring, muhokama qiling!

#Plastik #EPR #BMT #AtrofMuhit #GlobalKelishuv #WorldEconomicForum #Ekologiya
Bu kanalni ochganimdan beri deyarli hech narsa yozmabman endi va buni tuzatish uchun chellenj tashkil qilmoqchiman endi har kuni bu sohadagi izlanishlarim bo'yicha kamida bitta post yozib borishga qaror qildim.
Global isish, iste'molga yaroqli suv kamiyiishi, ozon qatlamining yemirilishi, muzlarning erishi haqida oz ko'pmi bilamiz onda-sonda qulog'imizga chalinib turadi. Ho'sh o'zbekistondagi vaziyat qanday? buni ko'rib chiqamiz:

Birinchi navbatda albatta suv tanqisligi; o'zbekiston bu bo'yicha dunyodagi top 25 ta davlatning biriga kiradi, chunki bizdagi asosiy suv manbalari (80%) transchegaraviy daryolar orqali keladi bu degani O'zbekiston qaysi paytda qancha suv kelishini boshqara olmaydi va bu asosan qo'shni davlatlarning suv siyotiga bog'liq. Ho'p unda oddiy aholi nima qila oladi, bu muommoni butkul yecha olmas ekanmiz, biz qila oladigan muhim ish bu suv isrofini kamaytirish. Ha bunday qilish kerakligini hamma biladi, faqatgina amal qilishimiz kerak - har kuni, suv bilan bog'liq har qanday vaziyatda!

P/s: Orol bizga dars bo'lishi kerak edi
Keyingi muommolarimizdan biri bu havo ifloslanishi albatta. Toshkentda chang ko'tarilmagunigacha ko'pchilik bu muommoga jiddiy qaramayotga endi, lekin yaqinda kelib chiqqan holat emas. 1961 - yil 7-avgustda "Pollution of atmospheric air of Tashkent and ways for its reduction" (Toshkent atmosferasidagi ifloslanish va uni qisqartirish yo'llari) nomi ostida ilmiy maqola chiqqan, bundan ko'rinib turibdiki bu mavzu o'sha paytlarda ham dolzarb bo'lgan.
Ho'p ifloslansa ifloslanibdida bir-ikki kun maska taqib yuramiz, o'tib ketadi deyishga shoshilmang. Havo ifloslanishi natijasidan havo tarkibidagi mikroplastiklar jahon standardlaridan 6 barobar oshib ketgan. RFE/RL statistikasiga ko'ra 2019-yilda aynan havodagi mikroplastik ifloslanishidan kelib chiquvchi kasalliklar sabab har 100ming odamdan 89 tasida o'limga olib kelgan.
Bu hammasi emas Global Burden of Disease 2021 ma'lumotlariga ko'ra O'zbekistonda havo iifloslanishi bilan bog'liq 32 500 o'lim qayd etilgan, shundan 27 100 tasi mikroplastik sababli.

2026-yildagi tadqiqotlar bo'yicha 2012-2024-yillar oralig'ida nafas yo'llari infeksiyalari oqibatida yuz bergan o'limlar soni 25 foizga oshgan va bu holat ko'proq shahar hududlarida kuzatilgan.

Havo ifloslanishi faqat shaharlarda deb o'ylasangiz adashasiz, Orolbo'yida yashovchilar uchun qumli-tuzli bo'ronlar yangilik bo'lmay qolgan. Shamol erroziyasi har yili 100ming tonnadan ortiq chang va tuzning havoga ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda.
O'tgan yili ishxonamda derazani yonida o'tirib ishlardim va har kungi manzarani suratga olish odat bo'lib qolgandi.
Bu rasmlar 2025-yil, noyabr oyida; birinchisi yomg'irli kunda, ikkinchisi bir necha kun o'tib olingan. Nest One yomg'irli kundagina ko'ringan ekan
so what? Bitta, ikkita odam nimayam qilolardi. Butun boshli ekologik muammolarni tap etib yaxshilab qo'yolmaymizku dersiz. Lekin biz bunga harakat qilib ko'rishimiz mumkin. O'z ta'sir doiraningni past baholamang, agar Mahatma Gandi shunday deb uyida o'tirganida Hindiston qachon ozod bo'lardi? Martin Lyuter King o'ziga ishonmaganida irqiy tenglik timsoliga aylanarmidi sizningcha. Kuni kecha bittagina Vozinhaning o'zi Cabo Verde nomini butun dunyoga tanitib futbol tarixidan joy egalladi.

Shunda ham bitta o'zim qilgan ish nimani ham o'zgartirardi deb o'ylasangiz Dalay Lamani gapini eslang "Agar o'zingni o'zgarish yasash uchun juda kichik deb hisoblasang, chivin bilan bir xonada uxlab ko'r".
Daraxtlar stressga tushganda bir biri bilan gaplashishini bilarmidingiz?

Ha bu g'alati eshitiladi bilaman, lekin avval o'ylab ko'ringchi ular nimaga stressga tushishadi o'zi? siz bilan menga o'xshab krediti olgani, ishidan charchagani yoki ro'zg'or tashvishidan emas albatta.

Ularning stressiga issiqlik, havoning qurishi yoki ifloslanish sabab bo'lishi mumkin. Bunday holatda daraxtlar o'z atrofidagi boshqa daraxtlarni xavfdan ogohlantirish uchun o'zidan "airborne chemical signals" ya'ni havo orqali tarqaladigan kimyoviy signallar tarqatadi. Yer ostidan zamburuglar tarmog'i orqali ulkan daraxtlar o'zidan kichik daraxtlarga suv o'tkazadi. Stress natijasida daraxtlar yashab qolish rejimi(survival mode)ga o'tishadi va bor energiyasini changlanishga qaratadi. Buning natijasida ular keragidan ko'proq chang ishlab chiqarishadi. Hozirgi kunda korbanat angidridning (CO2) ikki barobarga oshishi changlanishni shaharlarda qishloqlardagi changlanishga qaraganda ancha oldin boshlanishiga sabab bo'ladi. Bu esa odamlarga ham ta'sir qilmasdan qolmaydi ya'ni bu ayrim odamlarda mavsumiy changlanishga nisbatan pollyanoz qo'zg'atadi.

Ho'p bu doim shunday bo'lganmi? Bu kasallik 1819-yilda aniqlanganida bu juda kamyop uchraydigan elitniy kassalik bo'lgan. Hozirgi kunda esa dunyo aholisining 40% bundan aziyat chekadi. Bunga esa sanoat natijasida havo ifloslanishi va iqlim o'zgarishi asosiy sabab bo'lib qolmoqda.