books and thoughts
16 subscribers
39 photos
9 videos
4 files
5 links
Download Telegram
Forwarded from HIBA by sara
Kecha Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarini tugatdim.

Spoyler: asarda yakun yo‘q — Cho‘lpon uni tugatishga ulgurmagan.

Boshida g‘azablandim. Chunki biz odatlangan “happy end” yo‘q. Ammo keyin o‘ylab qoldim: ehtimol, aynan shunday yakunsiz qolishi — ayni hikmatdir. Balki Cho‘lpon bizga:

“Qolgani sizga havola. Men kechaning qorong‘usini yashab o‘tdim, kunduz uchun kurashdim. Ko‘rmaganlarga kechani tasvirlab berdim. Endi kunduzni siz yarating. Yorug‘likni davom ettiring. Kech kelsa — kunduz ham keladi. Faqat tunning qalin qorong‘usini unutib qo‘ymang.”
demoqchi bo‘lgandek

Asarda tasvirlangan davr shunchalik tirik, shunchalik jonli — o‘qiganda o‘sha zamonda yashayotgandek bo‘lasiz. Ba’zi holatlar hozirgi ko‘zimiz bilan qaraganda absurdday tuyuladi, bu esa bir tomondan quvonarli: demak, jamiyat o‘sgan, muammolar o‘zgargan, ayrim yovvoyiliklar tarixda qolgan.

Ammo ayrim dardlar bor — o‘qisang hozirgi kundan farq qilmaydi. Yuz yil o‘tgan bo‘lsa-da, ularga haligacha yechim yo‘qligini ko‘rib, hafa boʻlasan kishi

#lirikchekinish

Jadidlar maqola oʻqishni, yozishni targʻib qilishdi, kim boʻlibman qarshilik qiladigan👀🙂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from HIBA by sara
#lirikchekinish



Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini tugatdim.

Cho‘lponning tugatilmagan romanidan keyin Qodiriyning noaniqlik bilan bo‘lsa ham tugatilgan asari asablarimni joyiga tushirdi 🫠

Kinosi ham bor ekan, lekin tasavvurimdagi Anvar va Ra’no kinodagidan ancha chiroyliroq edi 👀
Har holda tasavvurimda Anvarning mo‘ylovi yo‘q edi, kinoda esa hatto Ra’noda ham moʻylov bor ekan — tavba-tavba 😆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini birinchi marta 20 yoshimda o‘qib tugatdim.

Roman haqidagi qiziqqan savollarimga javob topdim.

Asar o‘zbek adabiyotida birinchi roman hisoblanar ekan.

“O‘tGan” emas, “o‘tKan” kunlar, demak lug‘atda oldin shunday bo‘lgan.

1933 qayta nashrdan “o‘zgarishlar” bilan chiqqan.

Shuncha o‘zgartirish kiritilsa ham o‘z kuchini yo‘qotmagan bu asardan hech narsa olib tashlanmaganda qanchalik buyuklik darajasiga chiqishi mumkin edi…

Yoshlar bu asarni ko‘proq sevgiga oid deb tushunishadi, deyishadi, men qaribman: sevgidan boshqa hamma narsani ko‘rdim.
Shaxsiy ego, “mukammal tarbiya” ortidagi betarbiyalik, adolatsizlik, “mehr” ortidagi egoism va hokazo.

Gapirsa gap ko‘p, o‘qib tushunish kerak holos.

(Kinosini ham ko‘rdim; kinoda asar +-10% ga gina ochib berilgan.)
ha, aytgancha nega “koʻrkam” deb tasvirlangan qaxramonlarga moʻyloʻv qoʻyishar ekan-a kinoda?
Tasavvurimda moʻylovi yoʻq edi Otabekni👎

Oxiri Kumushni Otabekdan ko‘p, Qodiriyni o‘zi sevgan degan xulosaga keldim…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Ahmad Muhammad Tursunning “Sohilsiz dengiz”

kitobini o‘qib tugatdim.

Bu asar Imom Buxoriyning hayoti haqida qisqacha tasavvur beradi. Ya’ni otasi kim bo‘lgan, bolaligi qanday o‘tgan, qayerlarda tahsil olgan, nimalardan ozuqlangan va hokazo.

Asarni o‘qiganimdan keyin tushunganlarim:
1. Ish qil, ideal qil. Buxoriyning hayoti menga shuni tushuntirdi. (O‘rgatdi deya olmayman, o‘rganmadim hali.)
Eng zo‘ri bo‘l.

Faqatgina taqvo seni buyuklikka olib borishi mumkin.

Hasadgo‘y doim topiladi. 11 yoshida olimligi tayin bo‘lgan, hamma sevgan Buxoriyga ham qancha fitnalar qilingan.

Bemalol “Buxoriyning farzandiman” deb maqtanib yurishimiz, lekin uning asarlarini o‘qimasligimizdan ustimizdan kulishganicha bor ekan.

Saudiyada “Buxoriy yurtidanman” deb aytgan o‘zbeklarning ko‘pini “mot” qilishardi.
Saudiylar Buxoriy haqida siz bilan bizdan ancha ko‘proq biladi.

Makkalik dugonam so‘ragandi: Buxoriy Buxoroda tug‘ilgani bilan olimlik darajasiga Makkada erishgan, umrining katta qismini Makka va Madinada o‘tkazgan, 16 yoshida Makkaga ko‘chib o‘tgan. U bilan faxrlanishga kim ko‘proq loyiq — sizmi yoki bizmi?
💯1🤣1
Forwarded from Kitobiy
Sunnatga ko'ra boyib ketish uchun 3 ta eng zo'r maslahat:

1. Ko'p istig'for aytish.
2. Oila a'zolar va qarindoshlar bilan munosabatni yaxshi qilish.
3. Ehson qilish.
❤1
oʻzini oʻzidan qutqarish kerak.

Insonning eng katta va yagona dushmani oʻzi.
Eng koʻp hiyonat oʻziga nisbatan boʻladi.
Eng koʻp yolgʻon ham oʻziga aytiladi.
Oʻziga boʻlgan ishonchini eng koʻp pasaytiradigan ham oʻzi.

Har safar va’da berib uni bajarmaganida oʻziga boʻlgan hurmati tushadi.

Bu soʻzlarni koʻp eshitganman lekin his qilmagunimcha tushunmas ekanman.

Koʻp chellenjlar uyushtirish, aql bovar qilmaydigan rejalar tuzish beozorgina ish emas, bajarilmagan va’dalarga miya negativ signal beradi va samo sabataj boshlanadi. (Self-sabotaj — bu miya bizni jarohatlamaslik uchun harakatni to‘xtatishi)

Miya shunday ishlaydi:

“Oxirgi safar katta reja qildik → bajarmadik → o‘zimizdan nafratlandik → og‘riq bo‘ldi.
Demak, harakat = xavf.”


Eplay olmasligini bilsa yengilroq yashagani, kichikroq kutuvlar qoʻygani oʻziga foydali.
🤣11
“Musulmonlar yangi yilga tayyorlanmaydi ham nishonlamaydi ham”

yoshligimizdan shu fikrda katta boʻlganimizga qaramasdan, ich ichimdan yangi yil shukuhini bolalarcha yaxshi koʻrardim.

Salyut tomosha qilardim.
Archalarga mahliyo boʻlardim.
Shirin box sovgʻa qilishsa hursand boʻlardim
Keyingi yilga rejalar yozardim va hokazo.

2024 yil oxirida
Salyut tomosha qilmasdan ibodatda boʻlishga shoshdim, yangi kelayotgan yilga hechqanday reja tuzmadim.
Ramazonda shov shuvli bayram shukuhini yangi yilnikidan oshirishga va’da berdim.


Va 2025 yilda tinchroq yashadim. Chunki belgilangan 1 yil uchun katta katta balandparvoz maqsadlar yoʻq edi, har kunggi maqsadlar tuzishni oʻrgandim.

Va 2025 yilda har yilgidan koʻra koʻproq kitob mutolaa qildim, koʻproq sport bilan shugʻullandim, hullas kalom yaxshiroq yashadim.
Va ramazon oyi umrimdagi eng goʻzal oylardan boʻldi.

Albatta Allohning rejasi mukammal va goʻzal.

niyyatlar ushalishini 2026 yildan kutish shirk boʻlib qolishu mumkin, ehtiyot boʻlamiz.
Biror reja, duo, motivatsiya, sehrli so'z yo moddiy turtkisiz hech nima qilolmaydigan odamlarga aylandik, afsus.
😜Natijagina ko'zlanganda shunday bo'ladi.

Bizdan kutiladigani yaxshi niyat, oliy himmat, azm va qat'iyat, isloh, intizom va bardavomlik edi.
😜Oliy murod ko'zlanganda shunday bo'ladi.

Yechim oddiy narsa:
Oliy maqsadni topasiz ➡️ o'sha yo'lda "o'z"ga chalg'iyvermaysiz ➡️ har safar (1) niyatni yangilab, yana (2) intizomni ushlayverasiz. Kunlar, oylar, yillar faqat davom etishga e'tibor qaratasiz, 10 kundan keyin natijani qidiravermaysiz.

© ULUL ALBAB yozdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshiki ismim Boro tili dan olinmagan ekan👀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
99% holatda kitoblarni “mutolaa” da oʻqiyman.
Lekin bu kitobni sotib olishim shart!

Eng goʻzal siyrat kitobi.
Must read.

Oʻqiganlar boʻlsa birgalashib savol javob oʻtkazib bilimlarni mustahkamlasak boʻlar ekan.

birinchi oʻqishim emas lekin oldin tugatmagan edim, hali ham tugatmadim, endi yarmiga keldim🤍



Janglarga oid atamalar:

Sariya — Payg‘ambarimiz Sallollohu alayhi va sallam o‘zlari ishtirok etmagan, lekin sahobalarni yuborgan harbiy yurishlar.

G‘azot — Payg‘ambarimiz Sallollohu alayhi va sallam o‘zlari ham ishtirok etgan janglar.

Badr — Islom tarixidagi birinchi katta jang. Unda farishtalar ham ishtirok etgan.
Jangda 313 nafar musulmon qatnashgan:
— 82 nafar muhojir,
— 231 nafar ansor.

Uhud — Islom tarixidagi ikkinchi katta jang. Unda musulmonlar 3000 nafar mushrikka qarshi kurashgan.
Dastlab 1000 nafar musulmon yo‘lga chiqqan, ammo 300 nafari qaytib ketgan.
Jangda 70 ga yaqin sahoba shahid bo‘lgan.


Musla —
jangda yoki undan keyin o‘liklarning qulog‘i, burni, tanasi a’zolarini kesib, haqorat qilish, ya’ni jasadni buzish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hadis (Sahih al‑Buxori)
Payg‘ambarimiz Sallollohu alayhi va Sallam Uhud tog‘iga qarab shunday dedilar:
هَذَا جَبَلٌ يُحِبُّنَا وَنُحِبُّهُ
“Bu — bizni sevuvchi tog‘, va biz uni sevamiz.”
Davomi:


Ismlarga oid:

Payg‘ambarimiz Sallolohu alayhi va sallam ning:

Onalari:
Omina binti Vahb

Otalari:
Abdulloh ibn Abdulmuttolib

Bobolari:
Abdulmuttolib ibn Hoshim
(haqiqiy ismi: Shayba ibn Hoshim)

Emizgan onalari:
Halima binti Abu Zu’ayb as-Sa’diyya

Katta qilgan va to umrining oxirigacha himoya qilgan, ammo musulmon bo‘lmasdan vafot etgan amakilari:
Abu Tolib ibn Abdulmuttolib


Amakilari:

Musulmon bo‘lgan amakilari:
Hamza ibn Abdulmuttolib
Abbos ibn Abdulmuttolib

Mushrik holida o‘lgan amakilari:
Abu Tolib ibn Abdulmuttolib
Abu Lahab (Abdul‘Uzza ibn Abdulmuttolib)


Ayollari (ummahotul mu’minin):

Birinchi ayollari:
Xadicha roziyallohu anho

Qolgan ayollari:
Sawda binti Zam’a
Oisha binti Abu Bakr
Hafsa binti Umar
Zaynab binti Xuzayma
Ummu Salama (Hind binti Abu Umayya)
Zaynab binti Jahsh
Juwayriya binti Horis
Ummu Habiba (Ramlah binti Abu Sufyon)
Safiyya binti Huyayy
Maymuna binti Horis


Farzandlari:

O‘g‘illari:
Qosim
Abdulloh (Toyyib va Tohir laqablari bilan ham tanilgan)
Ibrohim

Qizlari:
Zaynab
Ruqayya
Ummu Kulsum
Fotima roziyallohu anhunna
Instagram.

Oldin ham tan olganman, hali ham tan olaman — juda weak insonman. Instagram algoritmiga qarshi jangda doim yutqazaman.
@Hibabysara ni rivojlantiraman deb kecha kirdim.
Shunga oid kontent iste’mol qildim boshida…

Keyin esa rus tilida aytilganidek — всё было как в тумане.

Soatga qarasam — 7 🙂

Qani endi xa xa xa, xixixi kontent ko‘rsam, dafamin olardim, bo‘ldi.

Mening algoritmim nohaqliklarga, nochorliklarga to‘la. Ularni ko‘rib, ezilishdan, siqilishdan boshqa imkon yo‘q.
Qo‘lingdan biron narsa kelmasligini bilsang ham, ular uchun siqilish — og‘riqning boshqa turi.

“Instagram yuriting”, “Instagram oching” deydiganlar, iltimos, nafsim bilan yolg‘iz jangga chiqarmang.

Instagramni admin orqali boshqarishni istayman. Admin olgunimizcha, Telegramdan keladigan auditoriyaga baraka tilayman.

Instagramni o‘chiraman va qutulaman, in shaa Alloh.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
tahminan 49 kun qoldi Ramazonga🫠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from with shaymaa..
Энг кенг тарқалган ширкий сўзлар.

Ширк энг оғир зулм, энг қабиҳ жаҳолат ва энг катта гуноҳдир. Шунинг учун ҳам барча пайғамбарлар ҳамма нарсадан аввал биринчи ўринда тавҳидга чақирганлар ва ҳамма нарсадан олдин биринчи ўринда ширкдан қайтарганлар, Аллоҳ таоло бошқа бирон гуноҳга ширкка берадиган азобича азоб бериши билан огоҳлантирмаган.

Ким Аллоҳга ширк келтирса, албатта, Аллоҳ унга жаннатни ҳаром қилади ва унинг турар жойи дўзах бўлади. Ва золимларга нусрат берувчилар йўқдир.
(Моида сураси, 72-оят).


@khadiycha