Rassomlar
2.55K subscribers
2.05K photos
69 videos
22 files
401 links
Санъатшунослик

Instagram: instagram.com/rassomlar_uz
Facebook: facebook.me/rassomlar
Twitter: twitter.com/rassomlar

Донат👉 https://tirikchilik.uz/VanGogh

Кино👉 @moodvintage
Download Telegram
​​"Oltin kuz"
Isfandiyor Haydarov

Luvr muzeyidan joy olishga muyassar bo'lgan sanoqli rassomlardan biri Isfandiyor Haydarovdir. Rassomning asari Luvr muzeyidan joy olishi tarixda qoldi va bunga siyosat va san'at ham sabab bo'lgan.

Ushbu asar 1994-yil I.A.Karimov tomonidan Fransiyaning o'sha paytdagi prezidenti Fransua Mitteranga sovg'a qilingan.

O'sha paytda birinchi prezidentimiz Fransiyaga tashrif uchun tayyorgarlik ko'rayotgan edi. I. Karimov Fransua Mitteranni tasviriy san'at shaydosi bo'lganligini xisobga olgan holda, o'zbek rassomlarining albomlarini ko'zdan kechiradi va I.Haydarovning asarlari yoqib qoladi. Shundan keyin rassomni suhbatga taklif qiladi. I. Karimov bilan bo'lgan uchrashuvda rassom ikkita asar sovg'a qiladi. Bu asarlardan biri prezidentning o'zida qolgan, ikkinchisi esa Fransiya prezidentiga sovg'a qilingan.

"Oltin kuz" asari Fransiya prezidentiga juda yoqqan va Parijda san'atshunoslarning olqishlariga sazovor bo'lgan. Natijada esa, bu asarga Luvr muzeyi xaridor bo'ladi. Asar Luvr muzeyidan joy olgach, muzeydan O'zbekistonga katta sarmoya keladi. Lekin shuni ham afsus bilan aytib o'tish kerakki, rassom hanuzgacha bu pulni ololmagan.
"Xullas, bu asarim zamona zayli bilan Fransiyaga bordi, Luvr muzeyiga munosib ko'rildi. Tajribada esa bu muzey hali hayot bo'lgan rassomlardan ish sotib olmagan" - deb eslaydi rassom I.Haydarov.

O'zbek rassomchilik maktabining iste'dodli vakili I.Haydarov yurt tabiatini mahorat bilan aks ettirgan.
"Oltin kuz" asarida ham O'zbekistonning oltin kuz manzarasi tasvirlangan.

Rassomning asarlari orasida AQSHning prezidenti Jorj Bush portreti ham bor. Bu ishini Bush nomidagi muzeyga yuborgan va ish juda yoqqani haqida javob ham olgan.

@Rassomlar
​​Do'stlar! Biz san'at bozorlar tukumida bundan oldinroq Klod Mone haqida so'z yuritgan edik. Bu gal Pablo Pikasso va uning eng qimmat o'nta asarlari haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz.

Demak...
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko'ra Pikasso dunyodagi eng qimmat rassom ekanligi aytiladi. San'at bozorining deyarli yarmi uning ishlari oldi-sottisi bilan bog'liq. Rassomning asarlari muzeylarda va shaxsiy to'plamlarda mavjud bo'lib, ular turli davrlarda yaratilgan. Har bir rasmning o'z tarixi bor. Bu qatorga kiruvchi o'nta asar narxi va mashxurligi bo'yicha alohida ajralib turishi bilan to'xtalib o'tishga arziydi va ular quyidagilar:

• "Jazoir ayollari"
• "Tush "
• "Gul savat bilan yosh qiz"
• "Nyu, yashil barglari va byust"
• "Trubka tutgan bola"
• "Dora Maar mushuk bilan"
• "Kabare xonandasi"
• "Ayol byusti"
• "Qo'l qo'vushtirib turgan ayol"
• "Anxel Fernandes de Soto portreti"

Keling, bu asarlar haqida ushbu maqlolada to'xtalib o'tirmaymiz. Hozircha faqat ularning nomlar bilan tanishtirib o'tsak-da, keyingi maqolalar orqali ularga to'lig'icha to'xtalsak.

@Rassomlar
​​"Jazoir ayollari" ( "O" versiyasi)
Pablo Pikasso
1955 y.
O'lchami: 114 × 146,4 sm
> Shaxsiy to'plam.

Ushbu durdona asar 1955 yilda yaratilgan bo'lib, u muallifning ohirgi ishlari qatoriga kiradi. Shu nom ostida yartilgan asar seriyalarida rassomning o'z ishidan qoniqmaslik va norozilik kayfiyatini sezish mumkin. Ushbu seriyadan o'rin olgan "O" deb nomlanuvchi nusxasi rekord darajada qimmat baholanib sotilgan.

"Jazoir ayollari" uchun ilhom manbai bo'lib Ejen Delakrua mo'yqalamiga mansub "Xaramdagi jazoir ayollari" kartinasi xizmat qilgan. Asar Pikasso tug'ilishidan yarim asr oldin (1834 y.) va Pikasso uslubidan farqli ravishda eski tendensiyadagi uslubda yaratilgan. Shuni aytish kerakki, Delakrua Pikassoni maftun etgan rassomlardan biri edi.

Asar savdo xronikasiga kelsak, dastlab, "O" versiyani butun seriyaga qo'shib, uning bir qismi sifatida 1956 yilda Viktor va Sally Ganza ismli san'at kolleksionerlari sotib olishgan. Keyinchalik ular seriyaning katta qismini Saydenberg galereyasiga sotadilar, o'zlari uchun esa 5 ta asarni qoldirishadi. Bular orasida "O" versiyasi ham bor edi.

Surat sharqona uslubda bo'yalgan bo'lib, fonda to'rtta kanizakni ko'rish mumkin. Lekin bitta figura alohida ajratilib, aniq tasvirlagan. Qolganlari esa bir qarashda juda mavhum ko'rinadi. Rassom ko'plab ranglarni bitta xolstda birlashtirgan va bu sharqona lazzatni mukammal ravishda o'zida mujassam etgan.

Ushbu asar 2015 yilda Christei's kim oshdi savdosida Pikassoning qimmat ishlaridan biri sifatida maksimal qimmat bahoda sotilgan. Hamid bin Jassim ismli kolleksioner uni 179,3 million dollarga sotib olgan. Va hozirda asar uning shaxsiy to'plamida.

Solishtirish uchun, 1956 yilda jami seriyani sotib olish 212,5 ming dollarga tushgan. 1997 yilgi savdo natijalariga ko'ra, "O" versiyaning o'zini Gantsev kolleksiyasi deyarli 32 million dollarga sotgan.

@Rassomlar
​​1896-yil Ivan Ivanovich Shishkin realizm uslubida «Qayinzor» asarini yaratdi:

– Agar bizga tabiat rasmlari bizning sevimli va shirin Rossiyamiz uchun qadrli bo'lsa, biz uning aniq, sokin va samimiy qiyofasini tasvirlash uchun haqiqiy xalq yo'llarini topmoqchi bo'lsak, bu yo'llar sizni sokin she'riyat bilan to'la qaysar o'rmonlarga olib boradi... Sizning ildizlaringiz chuqur va qat'iyat bilan mahalliy san'at tuprog'iga aylanadi, ular hech qachon bundan qutula olmaydilar.

Darhaqiqat, Shishkinning asarlarida Rossiya o'rmonlarining betakror go'zalligi va nafasini his qilasiz.

@Rassomlar
Rassomlar
Photo
Keling, ikki rassom ishini ovozga qo'yamiz.
Sizga qaysi asar ko'proq yoqadi?
Anonymous Poll
70%
I.I.Shishkin - "Qarag'ay o'rmonidagi tong", 1889 y
30%
I. Ostrouxov - "Oltin kuz", 1886 y.
​​"Qarag'ay o'rmonidagi tong"
I. I. Shishkin
1889 y.
> P.M. Tretyakov nomidagi muzey.

Asar haqida so'z borar ekan, uning ikkinchi muallifi sifatida K.A. Savitskiyni eslamaslik xato bo'lar edi. Chunki aynan u ayiqlar tasvirini ishlagan. Lekin kollektor P.M. Tretyakov K. Savitskiy imzosini asardan o'chirib tashlashga qaror qiladi. Bunga uning ayrim sabablari bor edi. Mana shu sabablarga ko'ra, kartina muallifi sifatida ko'pincha faqat I. Shishkin ko'rsatiladi.

Kartina o'zining realistik uslubda ishlangan lanshaft ko'rinishiga hayvonlar obrazi kiritilganligi bilan juda mashxur va bir qarashdayoq kishiga o'zgacha kayfiyat ulasha oladi hamda yodida qoladi. Asarda, rassom, Gorodomlya orolidagi o'rmon tabiatning tongi holatini tasvirlaydi. U qalin va zich o'rmon manzarasini emas, balki baland daraxt ustunlari orasidan porlayotgan quyosh nurilarini ko'rsatib berishga qaror qiladi. O'rmonning tongi hayotini esa ayiqchalar obrazini fonga olib kirish orqali ochib beradi.

Taxminlarga ko'ra, asarning to'liq shakllangan g'oyasi K. Savitskiy tomonidan I. Shishkin ko'rsatmalari asosida yaratilgan. Va keyinchalik muallif sifatida asar ustida ishlagan K. Savitskiy kartinaga ayiqlar obrazini kiritadi (Shishkin eskizlari asosida). Pozalar va sonlar bo'yicha bir-biridan farq qilgan ayiqlar (dastlab ikkitasi bo'lgan) tayyor kartinaga kiritilgan (Shishkin qalam eskizlarining yettita varianti Rossiya Davlat muzeyida saqlanadi). Shuni aytish kerakki, K. Savitskiy ishlagan ayiqlar tasviri shunchalik yaxshi chiqadiki, u hatto Shishkindan keyin muallif sifatida asarga o'z imzosini qoldiradi. Asardan Savitskiy ham moddiy manfaat olganligini uning qarindoshlariga yuborgan xabaridan ham bilish mumkin:
"Asar 4 mingga sotildi, men 4-aksiyada qatnashaman".

Ammo asarni sotib olgach, Tretyakov, Savitskiyning imzosini undan olib tashlab, Shishkinni muallif sifatida qoldiradi. Chunki asarda Tretyakov fikricha, "g'oyadan boshlab ijroga qadar hamma narsa, rasm chizish uslubi, plastik yechimigacha Shishkinga xos bo'lgan ijodiy uslub haqida gapiradi".

Galereya inventarizatsiyasida, dastlab (rassomlar Shishkin va Savitskiy hayotlik chog'ida), asar "O'rmondagi ayiq oilasi" nomi ostida ro'yxatga olingan (va Savitskiy ismini ko'rsatilmagan).

Rus nasriy yozuvchisi va publitsisti V.Mixeev asar haqida 1894 yildagi bir maqolasida quyidagi so'zlarni aytib o'tgan:
"O'rmon ichidagi bu kulrang tumanga, "O'rmondagi ayiq oilasi"ga qarang... va siz darxol tushunasiz, qaysi biri o'rmon mutaxasisi, qaysi biri kuchli ob'ektiv figuralar mutaxasisi ekanligini. Agar bu figuralar uning yaxlitligiga biron bir to'sqinlik qilsa, unda bu o'rmon manzarasi emas, balki, boshqa narsadir. Masalan, ayiqlarning tasviri, ular rassom (Shishkin) talqinida joylashtirganda balki umumiy fonni buzardi. Shubhasiz, rassom (Shishkin) - o'rmon mutaxassisi, lekin hayvonlar qiyofasida unchalik kuchli emas".

@Rassomlar
​​​​«G'alaba»
Vasiliy Vereshchagin
1872-yil

Vasiliy Vereshchagin rassom, yozuvchi va harbiy xizmatchi. U o'z asarlarida O'rta Osiyoning tarixini aks ettirgani bilan tasviriy san'at olamida o'z o'rniga ega ijodkordir. Ayniqsa O'zbekiston tarixini aks ettirgan suratlari o'ta mashhur. Bugungi postda keltirilgan «G'alaba» nomli asari ham xuddi shu asarlardan biri hisoblanadi.

Asarning mazmuniga ko'ra, bu voqea chor Rossiyasining Turkistonni mustamlaka davlatga aylantirish rejalaridan biriga kirgan Buxoro amirligini bo'ysundirish uchun bosqinchilik yurishlari jarayonidan bir lavhadir. General-gubernator K. P. fon Kaufman 1968-yilda Samarqandni egallab, Kattaqo'rg'onga yurish qilganda, Samarqandda qo'zg'olon ko'tariladi va bu qo'zg'olon to'plar bilan o'qqa tutish orqali ayovsiz bostiriladi. Shu tariqa, Samarqand, Kattaqo'rg'on va Zarafshon daryosining yuqori qismi chor Rossiyasi tarkibiga o'tadi...

𝘉𝘶 𝘷𝘰𝘲𝘦𝘢𝘭𝘢𝘳𝘯𝘪 𝘳𝘢𝘴𝘴𝘰𝘮 𝘝𝘦𝘳𝘦𝘴𝘩𝘤𝘩𝘢𝘨𝘪𝘯 𝘰'𝘻 𝘬𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳𝘪 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘬𝘰'𝘳𝘨𝘢𝘯 𝘷𝘢 𝘨𝘦𝘯𝘦𝘳𝘢𝘭-𝘨𝘶𝘣𝘦𝘳𝘯𝘢𝘵𝘰𝘳 𝘧𝘰𝘯 𝘒𝘢𝘶𝘧𝘮𝘢𝘯 𝘺𝘰𝘯𝘪𝘥𝘢 𝘵𝘶𝘳𝘨𝘢𝘯.

Kartinaga qaraganingizda, unda odamlarning hammasi maydonga qarab turganini ko'rasiz. Jazirama issiq, quyosh ayovsiz kuydirayotganiga qaramay, odamlarning ko'pi shu yerda. Ular turli joylardan kelgani aniq, chunki e'tibor bilan qarasangiz, ba'zilari tuyada, ba'zisi otda va yana birlari eshakda. Yayov kelganlar esa mahalliy aholi. Ularning yuzlariga qaragan inson, shubhasiz, ulkan musibatning soyasini, yuzlarida esa qayg'u ko'lankasini ko'radi. Ba'zi birlari esa parvoyi falak, yo shunchaki o'tib ketadi yoki e'tiborsiz kuzatadi. Maydonda bir darvesh odamlarga va'z o'qimoqda. Darvesh qo'lini tepaga ko'tarib, nimanidir ko'rsatmoqda. Tepadagi ustunlarda esa kesib olingan dushmanning boshlari, ular endi chiriy boshlagan. Bularni ko'rgan har qanday inson darveshning nima haqda va'z o'qiyotganligini va oftobning jazirama nurlariga qaramay, nega insonlar maydonda chordani qurganlarini bilib oladi. Orqa fonda esa Samarqandning bosqinchilar kasridan naqshlari o'chib, vayron bo'layotgan o'sha mashhur Registon maydoni. Asl tarixni bilgan har bir inson bu g'alabaning naqadar omonatligini anglab turadi... Bunday olib qaraganda, to'planib turgan xaloyiq yuzida qozonilgan ushbu zafardan zarracha bo'lsin, xursandchilik alomati yo'q, bu jihatdan esa darvesh aholini birlikka, ehtiyotkorlikka chorlayotgani aniq bo'ladi.

Ushbu asar rassom Vereshchagin mo'yqalamiga mansub bo'lgan «Turkiston» to'plamiga kiradi.

Albatta, bu asarning mazmunini mustamlakachilik zulmini totgan xalqning bugungi avlodlari juda yaxshi biladi. Zotan, mustamlaka zulmi va o'z erkidan judo bo'lishdan ortiqroq musibat yo'qdir.

@Rassomlar
​​​​𝙇𝙪𝙫𝙧 𝙢𝙪𝙯𝙚𝙮𝙞

Luvr muzeyi – dunyoning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda eng mashhur muzeylardan biridir, o'zining ajoyib tasviriy asarlari, haykallari, chizmalari va boshqa asarlar to'plami bilan mashhurdir. Biroq bu dunyoning eng keng va ta'sirchan badiiy kolleksiyalaridan biriga aylanishidan oldin, bu joy o'rta asrlarda yashagan Parij aholisini bosqinchilardan himoya qiladigan qal'a bo'lgan. Keyinroq esa Luvr saroyga aylantirilgan. XIV asrda qirol Fransua l yangi saroy qurish maqsadida, qal'ani buzdirib tashlagan va fransuz madaniyatidagi bino qad rostlagan. Qirollik bino va uning atrofida salkam 1 asr davomida obodonlashtirish ishlarini olib borgan. Qirol Fransua I san'atga bo'lgan muhabbati tufayli Leonardo da Vincini saroyga taklif qilib, unga saroy rassomi, me'mori va muhandisi lavozimini bergan.

1793-yil Luvr muzey sifatida ochiladi. Lekin u yerda 500 dan ortiq eksponat bor edi. Bu esa katta saroy uchun kamlik qilardi va saroyning ko'p qismi bo'sh edi. Shuning uchun bo'lsa kerak, 1794-yilda Germaniyada va Flamand rassomlarining ishlari zo'rlik bilan tortib olingan. Jumladan, bu rassomlardan Piter Paul Rubens, Entoni Van Deyk, Gaspar de Kreer o'z asarlaridan voz kechishga majbur qilingan.

Rassomlar ishlarini o'g'irlashgan, bino va cherkovlarni talon-taroj qilishgan. Bularning hammasi saroyni to'ldirish uchun xizmat qilgan.

O'g'irlangan san'at asarlari orasida Mikelanjeloning «Bryusel Madonnasi», Xubert va Yan van Eykning bir qator asarlari bor.

Luvr muzeyining o'tmishi qiziq sinoatlarga boy. Sababi muzeydagi ko'plab san'at asarlari o'g'irlash va bosqinchilik bilan tortib olish yo'li bilan qo'lga kiritilgan. Napoleon Bonapart imperatorlik davrida bosib olgan hududlaridan minglab go'zal suratlar, haykallar va boshqa san'at asarlarini tortib olgan. Napoleonning odatiga ko'ra har qanday sulh tuzilganda albatta san'at asarlariga ega bo'lish majburiyati kiritilgan. U eng yaxshi san'at asarlariga ega bo'lmaguncha tinchlik va sulh tuzilmagan. Ma'lumotlarga qaraganda, 1-yil ichida Vatikandan 500 ta qo'lyozma va Tolentino bitimi bilan esa 300 ta antik davr asarlarini o'zi bilan olib ketgan. Asarlar orasida Guyergchinoning «Sankt Petronilaning dafn etilishi», Rafaelning «O'zgarish» va Paolo Veronesesning «Ka'na to'y marosimi» kabi asarlar bor bo'lgan. Hozirda ham ushbu asarlar Luvrda saqlanmoqda. Napoleon Italiyadan Fransiyaga undan ko'plab san'at asarlarini olib ketish shartini qo'ygan. Sankt Mark maydonidagi qanotli otlarni, Bassilikaning to'rtta mis otini Luvr ro'parasidagi Ark de Triompe du Carousselga joylashtirgan. Hozirgi kundagi Ark de Triompe du Caroussel ustidagi to'rtta mis otlar haqiqiy emas, haqiqiysi 1825-yilda Venetsiyaga qaytarilgan.

Napoleon Italiyadan so'ng talonchilikni Misrda davom ettirgan. U yerda san'at asarlariga qo'shib rassomlar va olimlarni ham olib kelgan. Ularning ichida eng noyobi Rosetta tosh lavhi hisoblanadi. Bu lavhning ahamiyati shundaki – u Misr iyerogliflarini tushunish uchun kalit vazifasini bajargan.

Napoleon Luvr muzeyi uchun Misrdan ko'plab san'at asarlarini olib ketgan bo'lsa-da, hozirda ularning ko'pi muzeyda yo'q. Sababi inglizlar Fransiyani mag'lubiyatga uchratgach, Rosetta toshi va ko'plab o'g'irlangan asarlarni Britaniya muzeyiga olib ketgan.

Ko'rinib turibdiki, o'g'rini qaroqchi urgan.

@Rassomlar
Luvr muzeyining ichki ko'rinishi va uning eksponatlari

@Rassomlar
Forwarded from Iqtisod Plus
​​Lirik chekinish

Albrext Dyurer
1471-1528 yillarda yashab o'tgan rassom; o'n sakkiz bolali oilaning rasmga qiziqqan ikki o'g'il farzandlaridan biri. O'g'illardan ikkisining ham rasm chizishga katta qiziqish va qobiliyati bor edi. Har ikkovi ham rassomchilik maktabida o'qib, mashhur rassom bo'lishni orzu qilishardi.

Oilaning bu ikki farzandni o'qitishga imkoni yo'qligi sababli, noiloj ikki aka-uka qur'a tashlashga qaror qilishdi. Yutgan rassomchilik maktabida o'qiydigan, qolgan esa yanada ko'proq ishlab, uning o'qishiga yordam berishi lozim edi. G'olib bo'lgan o'qishni tamomlagach, o'qish navbati yutqazganga berilardi.

Qur'ada yutgan Albrext Nyurnbergga o'qishga ketadi va hamma ustozlarini hayratda qoldiradigan darajada muvaffaqiyat qozonadi, shuhrati barcha o'quv dargohlariga yoyiladi. Uyga faxr va cheksiz quvonch bilan qaytadi.

Oila Albrextning sharafiga ziyofat beradi. Maqtov va olqishlardan so'ng Albrext so'z olib, bu muvaffaqiyatning asl sababchisi akasi Ganzga minnatdorchilik bildiradi. Endi o'qish navbati akasiga yetganini va o'qishga ketayotgan akasi uchun konda ishlash uning uchun sharaf ekanini aytadi.

Ammo akasi o'rnidan turib sekingina shunday deydi:
- Ukajonim, afsuski buning imkoni yo'q. Seni o'qitish uchun ishlagan yillarim hamma barmoqlarim konda bir necha bor singan. Hozir qo'limga qalam tugul, shu stakanni ham zo'rg'a tutayapman.

Akasining ahvoliga achingan va qattiq ta'sirlangan Albrext uni dunyoning eng mashhur rassomlari safidan o'rin olishiga sabab bo'lgan o'sha qo'llarni, akasining qo'llari rasmini chizdi ("Qo'llar" kartinasi pastda).

@Iqtisodiyot_bazasi
​​«𝘖'𝘭𝘫𝘢𝘭𝘢𝘳𝘯𝘪 𝘬𝘰'𝘳𝘴𝘢𝘵𝘪𝘴𝘩»
Vasiliy Vereshchagin
1871-1872-yillar

Bu yerda Samarqand tasvirlangan. Mulozimlar rus bosqinchilari bilan bo'lgan jangda harbiy muhoraba va jangdagi ustunliklarini ko'rsatish va amirni xotirjam qilish uchun bosqinchilarning boshlarini kesib kelishgan. Turkistonning kuydiruvchi quyoshi ostida turgan narsa tez buziladi. Shu boisdan ham kesilgan boshlar buzilib, o'zidan badbo'y hid taratmoqda. Buni mulozimlarning amirning oldida sekingina burunlarini choponlari yengi bilan yopishlaridan ham bilish mumkin. Dushman boshlari ular nazdida og'ir kurashdan so'ng qo'lga kiritilgan sovrin kabi xizmat qiladi. Markazdagi oq marmar Amir Temurning taxti. Amirning lashkarlari rus bosqinchilari bilan jang qilar ekan, muddao yurtni yovdan, qullikdan saqlash ekanligini tushunish mumkin. Zero, o'zga yurtni egallash uchun rus bosqinchilari nechog'lik vaxshiylik, shafqatsizlik qilgan bo'lsalar, ularga nisbatan amir ham xuddi shunday javob berishga harakat qilgani yaqqol sezilib turadi.

Saroyning ichki qismi o'ymakor naqshlar bilan bezatilgan, bu qadim Turkistonning naqadar boy hunarmandchilik va bunyodkorlikka ega bo'lganini bildiradi.

Aytishlaricha, rus bosqinchilari Samarqandda bo'lgan davrida ana shu saroyda yashagan. Bu haqda rassom shunday deydi: «... general Kaufman bir necha, ammo juda baland va keng xonalardan iborat bo'lgan asosiy binoga joylashdi va biz uning qarorgohi atrofidagi hovlilarning kulbalariga joylashgan edik. General Kaufmanning xonalari va bizning hovlimiz Temuriylarning mashhur taxtiravoni bilan baland salqin galereya bilan o'ralgan hovli orqali bog'langan, uning chuqurlarida Ko'k-tosh taxti bo'lgan, oq marmarning katta qismi chiroyli relyef bilan bezatilgan. Ko'pincha men general Kaufman bilan ushbu galereyani aylanib chiqardim, hozirda egallab turgan joylarimiz, ular tashrif buyurgan sayohatlar va ular haqida yozilgan kitoblar mavzusida suhbatlar qurar edik».

Asar xolstga moybo'yoq bilan ishlangan. Bugungi kunda davlat Teretyakov galereyasida saqlanadi. O'lchami 240x171 sm.

@Rassomlar
​​Rus xalq ertagi asosida ishlangan «𝙌𝙪𝙧𝙗𝙖𝙦𝙖 𝙢𝙖𝙡𝙞𝙠𝙖» kartinasi. 𝘝𝘪𝘬𝘵𝘰𝘳 𝘔𝘪𝘹𝘢𝘺𝘭𝘰𝘷𝘪𝘤𝘩 𝘝𝘢𝘴𝘯𝘦𝘵𝘴𝘰𝘷 mo'yqalamiga mansub. 1901-1918-yillar, V. M. Vasnetsov uy muzeyi, Moskva.

O'sha mashhur ertakni takrorlab o'tirmayman. Kartinadan ko'rinib turibdiki, go'zal Malika raqs tushmoqda. Hamma hayratda. Musiqachilar berilib kuy chalgan, orqa fonda bulutli tiniq osmon, unda uchayotgan, pastdagi ko'lda suzayotgan oqqushlar tasvirlangan. O'rdaklar ham ko'zga tashlanadi. Ko'lning narigi sohilida esa xaloyiq ham shod-xurram raqsga tushishmoqda, demak, saroydagi xushkayfiyat butun mamlakatga taralgan.

Malika esa ro'molchasini silkitib, milliy rus raqsiga tushmoqda. Sochlari uzun va ikkita qilib o'rilgan, ko'kish-zumrad rangli baxmal libosi naqshlar bilan chizilgan. Malika nazokat bilan raqsga tushadi. Saroy devorlariga qaragan kishi ham saroyning milliy bezaklariga guvoh bo'ladi. Chap tomon orqa fondagi ko'lda baliqchi chol ko'zga tashlanadi. O'ng tomon burchakda esa rassomning imzosi va asar tugatilgan yil bitilgan.

Viktor Vasnetsovni asosan rus ertaklariga ishlangan kartinalari bilan taniymiz. «𝘼𝙡𝙮𝙤𝙣𝙪𝙨𝙝𝙠𝙖», «𝙐𝙘𝙝 𝙗𝙖𝙝𝙤𝙙𝙞𝙧» ham shular jumlasidan.

@Rassomlar