Rassomlar
2.56K subscribers
2.05K photos
69 videos
22 files
401 links
Санъатшунослик

Instagram: instagram.com/rassomlar_uz
Facebook: facebook.me/rassomlar
Twitter: twitter.com/rassomlar

Донат👉 https://tirikchilik.uz/VanGogh

Кино👉 @moodvintage
Download Telegram
​​ Eskiz
Eduard Mane
(Rassomning ushbu asari Curto galeriyasida saqlanadi)

Curto Galeriyasida Manening to'rtta asari saqlanadi, har bir asari alohida muhokama qilishga loyiqdir. Ushbu eskiz 1884-yilda sotilgan. Asarning katta bo'limlari bo'yalgan emas, lekin rassom ayolning burish burchagini va uning ko'ylaklarini tasvirlash uchun bir nechta cho'tka zarbalari bilan tasvirlashga muvaffaq bo'ldi. Ayolning orqasiga yaxshilab qarasangiz, yana bir obraz ko'rinadi – erkaklar. Mutaxassislar eskiz uchun namuna sifatida xizmat qilgan ayolni aniqladilar – bu Marguerite de Confance, uning oilasi Mane oilasi bilan yaqin munosabatlarga ega edi.

@Rassomlar
🎲 Тест «Vincent Van Gogh 👨‍🎨»
Rassomlar
🖊 11 вопросов · 1 мин
Rassomlar via @QuizBot
🎲 Тест «Vincent Van Gogh 👨‍🎨» Rassomlar 🖊 11 вопросов · 1 мин
Test muallifi Nodira ismli foydalanuvchimiz.
Deyarli, ko'p ma'lumotlar kanalimizda berib borilgan. "Пройти тест" tugmasini bosish orqali testga o'tishingiz va bilimingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Omad!
So'ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab muhokamalarga sabab bo'layotgan Amir Temur xotirasiga o'rnatilgan haykallar to'g'risida fikr bildirib o'tishni joiz topdik.

Ushbu haykallar o'rnatilishida bevosita va bilvosita qatnashganlar! Sizlarni hamma yomon ko'radi - men, dadam, oyim, magazenchi G'aybulla! Hullas, qanchalar didsiz va qo'l uchida ish qilganliklaringizni, garchi oradan uzoq vatq o'tib bo'lsa-da, millat anglab qoldi! Haykal muallifi kimligini topishga urinib ko'rdik. Lekin iloji bo'lmadi. Bunday qo'l uchida qilingan "haykallar" uchun o'z rahmatimizni aytmoqchimiz. Rahmat sizga! Millat sizni bu ishingizni unutmaydi. Qizig'i, bir-ikki kun o'tgandan so'ng eslamaydi ham!

Denov tumanida o'rnatilgan haykal rekonstruksiya qilinishi haqida gap-so'zlar chiqdi. Kitob tumanidagi haykal haqida ham biron yangilik bo'lishini kutib qolamiz.

@Rassomlar
​​«Avtoportret»
Vinsent Van Gog

(Qulog'ini kesishiga nima sabab bo'lgan?)

Bir kuni Vinsent Van Gog o'z avtoportretini chizadi, eng ajablanarlisi shu ediki, uning qulog'i kesilgan va oq mato bilan o'ralgan holda edi. Ushbu asar haqida turli xil taxminlar bor.

Bir guruh rassomlar orasida janjal chiqqan. Bu janjal ichidan Van Gog chiqib ketib, so'ng qulog'ini kesgan, ya'ni janjal sababli deb taxmin qilingan edi.

Vinsent Van Gog umri davomida uni qo‘llab-quvvatlagan akasi Teoning fotihasi haqida xabar topgach, o‘z-o‘zini qiynashni boshlagan.

Boshqa bir taxminga ko'ra, Van Gog barda o'tirganda, bir yengiltak ayolni sevib qoladi. Ayol uni maftun qilganini anglab, yoniga kelganda, sevgisini izhor qilgan va nima desa, hammasiga tayyorligini bildirgan. Ayol esa hazillashib, «Menga mana bu shalpang quloqlaringni beraqol», deydi. Ertasiga esa o'sha ayol rassomdan qutichada sovg'a oladi. Qutichada esa kesilgan quloqlar bor edi...

Yozuvchi Martin Beyli tarixchilarni qariyb 130 yil davomida qiynab kelgan sirni ochishga muvaffaq bo‘ldi: 1888-yil 23-dekabrda rassom Vinsent Villem Van Gogni o‘z qulog‘ini kesishga nima majburlagan? «The Guardian»ning xabar qilishicha, Beyli topgan hujjatlar o‘sha kuni rassom akasi Teoning unashtirilgani haqida maktub oladi.

Avvallari tarixchilar Van Gog va uning qo‘shnisi hamda zavoddagi hamkasbi Pol Gogenning janjallashgani haqidagi talqinga ishonib kelishgan. Unga ko‘ra, to‘qnashuvdan so‘ng rassom o‘z xonasiga qamalib, ustarani olib, qulog‘ini kesib tashlaydi va uni qog‘ozga o‘rab, fohishaxonaga yuboradi.

Ertasi kuni esa politsiya Van Gogni o‘z xonasida qonga belangan choyshablar orasida hushsiz topadi.

O‘tgan kungi hodisa haqida rassom hech nimani eslay olmaydi. Van Gogga umumiy aqldan ozish bilan o‘tkir maniya tashxisi qo‘yiladi va uni shifoxonaga joylashtirishadi. Aynan o‘sha yer, San-Remi-de-Provansda u «Yulduzli tun» asarini yaratadi.

Avvalgi talqinda tarixchilar Van Gog akasining unashtiruvi haqidagi maktubni qulog‘ini kesganidan bir necha kun o‘tgach o‘qiganini aytishadi. Biroq Martin Beyli yangi «Janub studiyasi» kitobida qayd etishicha, rassom maktubni Gogen bilan janjallashgan kuni o‘qigan. Vinsentni ham moddiy, ham ma'nan qo‘llab kelgan akasi xatga 100 frank solib, avval uni rad etgan ayol, nihoyat akasining xotini bo‘lishga rozilik berganini aytib o‘tadi.

@Rassomlar
"Ko'pkari"
Mohira Mamatkarimova
2018 y.
O'lchami: 50 × 70 sm.

Mohira Mamatkarimova umidli o'zbek yosh rassomlaridan. U Chirchiq shahridagi 15 - BMSM bolalar san'at maktabida ustozi Kurganov Sardor qo'l ostida tahsil olgan. Hozirda ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda. Kelajakda oliy ta'lim olib, ustozlari kabi ustoz bo'lishni, ijodiy faoliyatini kengaytirishni oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Ushbu asar 2018 yil iyun oyida Ispaniyada bo'lib o'tgan san'at festivalida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan va Sank-Peterburgda tashkil qilingan ko'rik tanlovga yo'llanma olgan. U yerda, rassom, 3 - o'rinni qo'lga kiritgan.

Mamatkarimova Mohira ijodiga oid qolgan ishlarni uning telegram-kanalidan topishingiz mumkin: @mohitabo

@Rassomlar
Forwarded from O‘zbekcha Sarcasm
​​Ozroq longreadga nima deysiz? O'ting to'riga, choydan oling! Birgalashib "tepadagi" ba'zi okaxonlarimiz bizga nima yomon, nima yaxshi ekanligini belgilab berib, qirqib, yumoloq yostiq qilib bergan kinolarini tomosha qili-i-i-ib o'tiramiz. Mazza-ku bu narsalar ahir. Nimadan norozisanlar, hayronman! Ahir biz segarit chekkanni ko'rib qo'ysak, chekvoramiz, ichib qo'ysa, yugurib borib ichvoramiz. Keyin to'palon chiqadi. Ichimliklar etiketkasini ko'rishimiz vashe to mumkinmas. Chunki olib qo'yishimiz mumkin-da! Bu reklama. Pul to'lashmagan bunga. Demak, ko'rsatish kerak emas. Bu yomon! Xatto... xatto qanaqa markali mashina ekanligini, deyarli, ahmoq odam ham ko'rsa, "eya, qara-a-a, Jep" deydigan moshinani markasini ko'rish bizgamas! Bu yomon. Odamlarga milliy iftixorimiz va yana minglarcha balandparvoz maqtovlarga ko'milgan monopol va tekinxo'r GM'ginamizni maxsulotlari yoqmay qoladimi shu embilemani bekitishmasa? Nima bo'ladi, men vashe tushunmayman, seryoz. Televizorni qo'yishing bilan asabing buzila boshlaydi, vaholanki o'sha kino seni ko'nglingni ko'tarishi kerak. Orginal kadrda ko'rgan har bir openmind bola biladiki, bu tarjima rasvoligini. Umuman, bu etiket qoidalarini kim chiqargan? Va bizga nima yomon va nima yaxshiligini kimdir belgilab beradigan darajada ahmoq, go'l, laqmamizmi? Tarbiyamiz shunchalik, anaqa, nimaydi... o'shanga botib ketgan xalqmizmi?

18+. Hozir bironta ko'rsatuv, kino yo'qki, shu belgi qo'yilmagan bo'lsa. Katta ekran. Har kim xohlagan vaqti qo'yib ko'rishi mumkin. Bundan nima naf? Dumalab yotib kuladigan joyim bor. A, u kinoni qirqa-qirqa rasvo qilib bo'lgansizlar-ku. A, bir burdagina qiziq joyi qolgan - urush sahna. Nimasi 18+ endi bu kinoni? Hamma narsani biz uchun belgilab berishingizga kim huquq bergan o'zi, men tushunmayman.

Klassik tanqid. O'zbek kinolarini ko'rganmisiz? Deyarli, juda oz qismida samalyot ichi, trapi, va balo battari ko'rsatilgan. Qolganida, xuddi hozirgi to'ylarda dronga ruxsat berilmagani uchun qaysidir katta olib keldirib syomka qildirgan o'zini to'yidagi dronda olingan sahnani montajga qo'yivorishdek gap. Samalyot ko'tariladi-tushadi. Tamom. Mazza joyi, hamma filmda shunaqa. E'tibor berganmisizlar shunga? Sekundba sekund, lavhaba lavha bir xil. Balki, byujeti qisqa, tam bla bla bla bahonalar aytib, aeroportga kirib, kino olishga qurbimiz yetmaydi, der xurmatli "kino ijodkorlarimiz". Barakatopgurjon, qo'ysangchi! Darji, montaji, syujeti, aktyorlari-yu, nay musiqalarigacha bir xil filmlar olib, asabimga tegmalaring. Tegmalaring asabimga.

Shu joyida kimdir aytadi, ko'rma unda! Ko'rma, yoqmasa. Biz ko'ramiz, bizga yoqadi shu, der. Yaxshi, ko'ravering. Bemalol! Lekin men bunaqa biz uchun nima yomon, nima yaxshiligini belgilab berishgan rasvo televideniyadagilarni bu qilgan ishini aslo ko'rmayman. Men demokratik davlatning erkin fuqarosiman! O'zimni haq-huquqlarim, qiziqishlarim, fikrim bor. Yoki men noto'g'ri narsani aytdimmi, adashyapmanmi?
​​Shamsiro'y Hasanova

Shamsiro'y Hasanova o'zbek xotin-qizlaridan yetishib chiqqan birinchi musavviradir.

Sh. Hasanova 1917-yilda Toshkentdagi ishchilar shaharchasida tug'ilgan.
Otasi ganch va yog'och o'ymakorligi ustasi, onasi mohir kashtachi bo'lgan. Balki rang tanlash va shakllarni yasash qobilyati ota-onasidan meros o'tgandir.

Sh. Hasanova «Zebunniso» nomidagi to'liqsiz o'rta maktabni tugatgach, ota-onasidan yashirincha Toshkent badiiy bilim yurtida o'qiydi.
Birga tahsil olgan do'stlari orasida O'rol Tansiqboyev, yozuvchi Oybekning rafiqasi Zarifa Saidnosirova, Zaynab Yaushovalar ham bor edi. Ustozlari Aleksandr Volkov, Usta Mo'min, Nikolay Karaxanlar bo'lishgan.

Samarqandga amaliyotga borishganda u yerda buyuk rassomlardan biri Pavel Benkov va uning shogirdi Z. Kovalevskaya u yerdagi realistik maktabga boshchilik qilayotgan edi. Sh. Hasanova ulardan imkon darajasida bilim olishga harakat qildi.

Ikkinchi jahon urushi paytida Kafanova madaniyat saroyida joylashtirishgan O'zbekiston davlat san'at muzeyida faoliyat ko'rsatdi. Avval ekskursiyachi, so'ng direktor lavozimida ishlagan.

O'sha damlarda Sh. Hasanova Chingiz Ahmarov bilan tanishadi. «Ishlarini ko'rib o'sha paytlar Shamsro'y bilan tanishib qoldik. Nozikkina, katta-katta qop-qora ko'zli o'ychan qiz o'zi chizgan rasmlariday go'zal, ishlatgan ranglariday beg'ubor, afsonaviyroq edi. Ayni chog'da ikkalamizning ham ijodiy qarashlarimiz, ranglarga munosabatimizda, fikriy yo'nalishlatimizda kesishgan nuqtalar ko'p bo'lar, ijodda biri-birimizga yaqinlik tuyar edik» deb yozadi Chingiz Ahmarov o'z xotiralarida.

Musavviraning «Bog'bon qiz», «Skripkachi qiz», «Avtoportret», «Qashqar shoirasi», «Mutriba», «Zebunniso», «Nodirabegim» kabi asarlari o'zbek tasviriy san'ati durdonalaridan joy olgan.

Musavvira har bir shoira portretlarini yaratar ekan, avvalo ularning ijodini chuqur o'rgandi, shakli, darajasiga e'tibor berdi, ularning barchasida shoirona hissiyot, hayajon, salobat ko'zga tashlanadi.

Musavvira o'zbek tasviriy san'atida birinchilardan bo'lib natyurmort janriga asos solgan. Uning «Koptok gul», «Xitoy chinnisi», «Mevalar» nomli asarlari bor.

Shamsiro'y Hasanova g'oyatda kamtar inson bo'lgan. Muzeyga kelgan talabalarga o'zbek san'ati tarixi va madaniyati haqida so'zlab bergan.

Uning asarlari chet elda ham namoyish qilingan. 1947-yilda Moskva va Pragada, 1948- yilda Parijdagi ko'rgazmalarda namoyish etilgan.

Hayot charxpalagi tinmay aylanar,
Aylanar yulduzlar, zamin va quyosh.
Ulardan faqat bir taassurot qolar
Rassom suratlari, quvonch-u ko'z yosh.
Xotirada balqir armon va umid,
Kelajakka ko'prik aslida ular.
Umrimiz yo'lini yoritib turar
Olisdan taralgan yorqin shu'lalar.

Shamsiro'y Hasanova o'z davrida respublika bilim yurtiga mahalliy xalq vakillarini nihoyatda kam qabul qilishyotganligidan ranjib, isyon ko'targan, sobiq tuzum rahbarlariga norozilik xati yo'llagan.

@Rassomlar
​​Chingiz Ahmarov va Shamsiro'y Hasanova

Chingiz Ahmarov o'zining ijodi davomida Sharq go'zallari timsolini chizar ekan, ularni obrazini turmush o'rtog'i – musavvira qiz Shamsiro'y Hasanovadan oladi.

«Men Shamsiro'yning bir qator portretlarini ishlab ko'rganman. Alisher Navoiy nomidagi teatrga tasvir etgan obrazlarning barchasida Shamsro'ydan ilhom olganman, desam mubolag'a bo'lmaydi. Biroq shulardan eng muvaffaqiyatlisi, 1943-1944-yillarda sevib tasvir etganim «Shirin» asarim deb hisoblayman. Bu rasmda Shamsiro'y qiyofasi o'ychan, go'zal obraz siymosiga mos tushganidan tashqari, Shirinning qandaydir kelgusidagi baxtsizligidan ham darak berib turganday» deb yozgan edi Chingiz Ahmarov.
Bu ikki ijodkor birga yashagan kezlarida bir-birlariga suyandi, madad bo'ldi. Ularning farzandlari bo'lmagan...

Lekin ming afsuski, musavviraning umri qisqa bo'lgan ekan. 1956-yilda qirq bahorni
ham qarshilamay, 39 yoshida og'ir dardga chalinib, vafot etadi. Musavviradan bir-biridan go'zal rang tasvir asarlari meros qoldi.

Qalbda sog'inch, ko'zlarda hadik,
Ketolmasman sendan uzoqqa.
Agar qolsam yoningda, qalbim
Ohu kabi bo'lar tuzoqda.
Ko'zlaringda suratim ko'rdim
Oyday kulib turibman beg'am.
Keta qolgin tezroq, alvido,
Ko'z yoshimni ko'rma, ey odam.
Ko'z yoshimga arzir faqat nur,
Faqat unda ranglar jamoli.
Qizil tortar mo'yqalam jonim,
Qora bo'yoq umrim zavoli.
Senga hadya shu qizil qonim,
Yurakdagi eng toza iffat.
Qora nedir hech kim bilolmas,
Qora chiziq eng sirli qismat.
Bormi unda diydor quvonchi,
Ko'rishganlar bermaslar xabar.
Men qalbimni ranglarga ko'mdim,
Alvido yor, mahsharga qadar!

@Rassomlar
​​Xuan Gris
(to'liq: Xose Viktoriano Karmelo Karlos Gonzales-Peres 1887 yil 23 mart, Madrid - 1927 yil 11 may, Bulon-Billankur)

Taniqli ispan rassomi va haykaltaroshi, kubizm asoschilaridan biri.

Xuan Gris, dastlab, Madrid san'at va hunarmandchilik maktabida tahsil olgan. So'ng kulguli satirik jurnallar uchun karikaturalar ishlash bilan ijodiy faoliyatini davom ettirgan. Uning dastlabki asarlarda zamonaviylik ta'sirini sezish mumkin. 1906 yilda, Madriddagi o'qishini tamomlagach, u Parijga ko'chib o'tishga qaror qiladi va uzoq vaqt Bato Lavuardagi Montmartr shaharchasida yashaydi. U yerda, rassom, Matisse, Amadeo Modigliani (quyida 1915 yilda ishlangan Xuan Gris portreti muallifi), Leger, Pikasso va Braqu, shuningdek shoir Maks Yoqub bilan uchrashadi, yaqindan ijodiy hamkorlik qiladi.
Gris ijodining asosiy mavzularidan biri bu - natyurmort. Xuanning birinchi va eng muvaffaqiyatli rasmlaridan biri - "Ommage Pikasso" - 1912 yilda Barselonada namoyish etilgan.

1914-1918 yillarda u analitik kubizmdan sintetikaga o'tadi. Grisning birinchi shaxsiy ko'rgazmasi 1919 yilda Parijda bo'lib o'tgan, so'ngra Berlinda (1923 y) va Dyusseldorfda (1925 y) o'z asarlarini namoyish etadi.
1922-1924 yillarda u Sergey Diagilev va uning balet truppasi bilan hamkorlik qiladi, kitob illyustratsiyasi bilan shug'ullandi (Apollinaire, Reverdi, Vidobro kitoblari). Bundan oldinroq, ya'ni 1913 yillar atrofida, Gris, o'z ustida ishlab, ijodiy faoliyatini akvaril va guashda sinab ko'rgan, kollaj texnikasi ustida ham tarjibalar qilgan.

Rassom tanilishida hamda san'at bozorida asarlari o'z obrusiga ega bo'lishida uni yaqindan qo'llab-quvvatlagan va qo'lidan kelganicha harakat qilgan do'stlari - Per Reverdi va Gertruda Shteynning xizmatlari katta bo'lgan, deyish mumkin. Masalan, 1924 yilda, Shteyn, "Little Revue" jurnaliga Xuan Gris haqida nota yozgan.

Gertruda Shteyn Xua Gris haqida shunday deydi:
"Pikasso kubizmning asoschisiga aylandi. Gris esa kubizmni aniqlik va ulug'vorlikka olib chiqdi".

Xuan Gris Pikassoni o'z ustozi deb bilgan bo'lsa-da, "Elis B. Toklasning avtobiografiyasi" kitobida, Shteyn, Pikasso unga beparvo bo'lganini va jahl bilan muomala qilganligini yozadi. Shteynning so'zlariga ko'ra, u "Pikasso ko'rishni xohlamaydigan" yagona odam edi. Avvaliga san'atshunoslar Grisni faqat Pikassoning izdoshi sifatida ko'rishgan, lekin u nafaqat mustaqil rassom, balki kubizm yetakchilaridan biri sifatida tanila borgandan so'ng, Pikasso unga hasad qila boshlagan. Pikasso muxlisi sifatida bunga ishonish qiyin, albatta. Bu kabi kelishmovchiliklar ko'p bo'lgan. Masalan, Van Gog va Gogen o'rtasida ham.

1923 va 1925 yillarda Berlin va Dyusseldorfdagi Flechxaym galereyalarida Grisning eng katta shaxsiy ko'rgazmalari bo'lib o'tgan. Bu vaqtga kelib, rassom o'zining eng mashhur asarlarini: "Rassomlar jadvali" (1925) va "Moviy gilam"ni (1925) yaratadi.
1920 yillarning o'rtalarida Gris san'at nazariyasi ustida ko'p ishlagan. 1924 yilda Xuan Sorbonna Falsafa fakulteti talabalariga "Despossibilités de la peinture" ("Rassomlik imkoniyatlari") mavzusida ma'ruzalar qiladi. Xuan Gris o'z nutqida ajoyib fikrni keltirib o'tgan:
"Klassik bo'lishga intilgan biron bir yangi asar avvalgi klassikaga o'xshamaydi...
...San'atda, biologiyada bo'lgani kabi, davomiylik mavjud, ammo ajdodlar bilan o'xshashlik yo'q. Rassomlar o'zlaridan oldingi kishilarning xususiyatlarini meros qilib olishadi; shuning uchun biron bir yangi san'at asari o'z davridan boshqa davrlarga tegishli bo'lishi mumkin emas..."


1925 yil oktyabr oyidan boshlab Gris tez-tez xastalikdan azob chekkan, yurak bilan muammolari paydo bo'lgan. 1927 yil 11 may kuni buyrak yetishmovchiligi uni xotini Jozet va o'g'li Jorje bag'ridan yulib oldi. Bu voqea Parijning g'arbiy chekkasida joylashgan Bulon-Billancourtda sodir bo'lgan. O'shanda u, atigi 40 yoshda edi.

@Rassomlar
"Ommage Pikasso"
Xuan Gris
1912 y.

Xuan Gris ijodida dastlabgi muvfaqqiyat qozongan kartinalaridan biri. Aynan mana shu asarda Grisning kubizmi shakllanib bo'lganligini ko'rish mumkin.

@Rassomlar
"Bir krushka piva va qartalar" (kollaj)
Xuan Gris
1913 y.

O'lchami: 54.9 × 37.8 sm. Kolumbya san'at muziyi fondida

@Rassomlar
​​Aytishlaricha, Rossiyalik oligarx Roman Abramovich Edvard Munkning "Qichqiriq" asarini sotib olibdi. Bu haqda Sotheby's Life telegram-kanalida xabar chiqibdi.

Asarni Abramovich 120 million dollarga sotib olgan (hozirgi kurs bo'yicha 8 milliard rubldan ortiq). Ta'kidlanishicha, Abramovich mavjud to'rtta variantdan birini - shaxsiy to'plamga tegishli bitta variantni sotib olgan.

@Rassomlar
Ispaniyalik rassom Xuan Lusen bu suratni COVID-19 pandemiyasi davrida vafot etgan va o'z nevaralari bilan xayrlasha olmay qolgan barcha qariyalarga atab chizibdi.

Ta'sirli chiqibdi 😔

@Rassomlar
​​​​«Faylasuf shamchirog'i»
Rene Magritte
1936-yil
O'lchami 50 × 60 sm

Rene Magrittening ushbu asari syurrealizm yo'nalishida ishlangan allegorik sahna bo'lib, doimgidek, rassomning sirlar haqidagi fikrlarini e'tirof etadi. Belgiyalik rassom o'z asarlariga hech qachon ta'rif bermagan va boshqalar tomonidan berilgan ta'riflarni ham tan olmagan. Bu haqda rassomning o'zi shunday deydi: «Mening san'atim – bu ko'rinadigan tasvirlardir, ular hech narsani yashirmaydi... Ular sirni uyg'otishadi. Mening kartinalarimdan birini ko'rishganida, odamlar o'zlariga shunday savol beradilar: «Bu nimani anglatarkin?» Bu hech narsani anglatmaydi, chunki sir ham hech narsani bildirmaydi, uni bilib bo'lmaydi ham»

@Rassomlar
Forwarded from KundaLeaks
​​"Nomsiz"
Benksi, 2020.

Strit-art rassomi Benksi o'z Instagram sahifasida afro-amerikalik Jorj Floyd xotirasiga bag'ishlangan asarini joylashtirdi.

Eslatib o'tamiz, Jorjning hibsga olinish paytidagi o'limi AQShda irqchilik va politsiya zo'ravonligiga qarshi norozilik namoyishlariga olib keldi.

Xolstda o'ziga xos yodgorlik hamda uning ostidagi portret atrofida gullar va sham turgani tasvirlangan. Ammo portretdagi odamning kim ekanini anglash mushkul: unda faqat qop-qora siluet ko'rinadi. Yodgorlik tepasida AQSh bayrog'i osilgan, uning bir chetida shamdan ilashgan olov mavjud.

Rasmdagi sarlavhada Benksi, avvaliga ushbu masala yuzasidan jim turish hamda qora tanlilarning bu masala bo'yicha fikrlarini tinglash kerak deb o'ylaganini aytib o'tdi. Biroq, keyin rassom bu faqat ularning emas, balki o'zining ham muammosi ekani haqida xulosaga kelgan.

@kundaleaks
Rassomlar
Photo
#viktorina
Ushbu asar kimning ijodiga mansub?
Yordam uchun: Kanalimizda bu haqida ma'lumot berib o'tganmiz.
Anonymous Quiz
41%
Klod Mane
37%
Alferd Sisley
22%
Fridrek Bazil