Rassomlar
2.55K subscribers
2.05K photos
69 videos
22 files
401 links
Санъатшунослик

Instagram: instagram.com/rassomlar_uz
Facebook: facebook.me/rassomlar
Twitter: twitter.com/rassomlar

Донат👉 https://tirikchilik.uz/VanGogh

Кино👉 @moodvintage
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xellouin bayrami paytida yaponlarda "Kawasaki" nomli parad bo'lib o'tadi. Paradda dunyoga mashhur kartinalarning ayrimlari "jonlantirilgan".

Shaxsan o'zim Munkning "Chinqiriq" kartinasini ko'rib qoyil qovordim!

@Rassomlar
Do'stlar! "Rassomlar" kanali jamoasi takliflardan kelib chiqqan holda, o'z yoqtirgan asaringiz mavzusida "Men yoqtirgan rassom/kartina" loyihasini boshlashga qaror qildi.

Marxamat, o'z yoqtirgan rassom/kartinaningni biz bilan bo'lishing. Albatta, to'liq ma'lumot va o'z fikrlaringiz orqali. Biz muallifligingiz ostida bu ma'lumotlarni kanalda berib boramiz.
Eng yaxshi deb topilgan fikr egasiga kanal jamoasining kichik sovg'asi bor!

Murojaat: @rassomlarbot

@Rassomlar
​​Andre Kohn.
(Zamonaviy impressionizm rassomi)

Andre Kohn  – 1972-yil Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahrida tug'ilgan. 15 yoshidan boshlab u Natalya Gavrichenko va Anatoliy Vrubel rahbarligida rasm chizishni jiddiy o'rganishga kirishdi. Rassom G'arbdagi hamkasblaridan yog'li bo'yoqda asarlar ishlashda yuqori maqtovga sazovor bo'lganligi sababli, u Amerikaga ko'chib o'tdi. Ayni paytda oilasi bilan Feniksda yashaydi. Asarlari Yevropa, Kanada, AQSh, Yaponiya, Avstraliya va Rossiyadagi korporativ, muzey va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.

Andre Kohn zamonaviy impressionizmning taniqli yetakchisi. Yetuk va yangi xayoliy uslub tufayli u har doimgidan g'ayrioddiylikni qadrlaydi va qiziqarli figuralar chizuvchi rassomlardan biri hisoblanadi.

@Rassomlar
Do'stlar! Mana, Andre Kohnning ijodiga mansub ayrim asarlari. Uning asarlarini tahlil qilib o'tirmadik, chunki uning ishlariga tahlil kerak emas. Shunisi e'tiborliki, Kohn, ko'pincha, figuralarni orqa tomondan ishlaydi.

@Rassomlar
​​ Eskiz
Eduard Mane
(Rassomning ushbu asari Curto galeriyasida saqlanadi)

Curto Galeriyasida Manening to'rtta asari saqlanadi, har bir asari alohida muhokama qilishga loyiqdir. Ushbu eskiz 1884-yilda sotilgan. Asarning katta bo'limlari bo'yalgan emas, lekin rassom ayolning burish burchagini va uning ko'ylaklarini tasvirlash uchun bir nechta cho'tka zarbalari bilan tasvirlashga muvaffaq bo'ldi. Ayolning orqasiga yaxshilab qarasangiz, yana bir obraz ko'rinadi – erkaklar. Mutaxassislar eskiz uchun namuna sifatida xizmat qilgan ayolni aniqladilar – bu Marguerite de Confance, uning oilasi Mane oilasi bilan yaqin munosabatlarga ega edi.

@Rassomlar
🎲 Тест «Vincent Van Gogh 👨‍🎨»
Rassomlar
🖊 11 вопросов · 1 мин
Rassomlar via @QuizBot
🎲 Тест «Vincent Van Gogh 👨‍🎨» Rassomlar 🖊 11 вопросов · 1 мин
Test muallifi Nodira ismli foydalanuvchimiz.
Deyarli, ko'p ma'lumotlar kanalimizda berib borilgan. "Пройти тест" tugmasini bosish orqali testga o'tishingiz va bilimingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Omad!
So'ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab muhokamalarga sabab bo'layotgan Amir Temur xotirasiga o'rnatilgan haykallar to'g'risida fikr bildirib o'tishni joiz topdik.

Ushbu haykallar o'rnatilishida bevosita va bilvosita qatnashganlar! Sizlarni hamma yomon ko'radi - men, dadam, oyim, magazenchi G'aybulla! Hullas, qanchalar didsiz va qo'l uchida ish qilganliklaringizni, garchi oradan uzoq vatq o'tib bo'lsa-da, millat anglab qoldi! Haykal muallifi kimligini topishga urinib ko'rdik. Lekin iloji bo'lmadi. Bunday qo'l uchida qilingan "haykallar" uchun o'z rahmatimizni aytmoqchimiz. Rahmat sizga! Millat sizni bu ishingizni unutmaydi. Qizig'i, bir-ikki kun o'tgandan so'ng eslamaydi ham!

Denov tumanida o'rnatilgan haykal rekonstruksiya qilinishi haqida gap-so'zlar chiqdi. Kitob tumanidagi haykal haqida ham biron yangilik bo'lishini kutib qolamiz.

@Rassomlar
​​«Avtoportret»
Vinsent Van Gog

(Qulog'ini kesishiga nima sabab bo'lgan?)

Bir kuni Vinsent Van Gog o'z avtoportretini chizadi, eng ajablanarlisi shu ediki, uning qulog'i kesilgan va oq mato bilan o'ralgan holda edi. Ushbu asar haqida turli xil taxminlar bor.

Bir guruh rassomlar orasida janjal chiqqan. Bu janjal ichidan Van Gog chiqib ketib, so'ng qulog'ini kesgan, ya'ni janjal sababli deb taxmin qilingan edi.

Vinsent Van Gog umri davomida uni qo‘llab-quvvatlagan akasi Teoning fotihasi haqida xabar topgach, o‘z-o‘zini qiynashni boshlagan.

Boshqa bir taxminga ko'ra, Van Gog barda o'tirganda, bir yengiltak ayolni sevib qoladi. Ayol uni maftun qilganini anglab, yoniga kelganda, sevgisini izhor qilgan va nima desa, hammasiga tayyorligini bildirgan. Ayol esa hazillashib, «Menga mana bu shalpang quloqlaringni beraqol», deydi. Ertasiga esa o'sha ayol rassomdan qutichada sovg'a oladi. Qutichada esa kesilgan quloqlar bor edi...

Yozuvchi Martin Beyli tarixchilarni qariyb 130 yil davomida qiynab kelgan sirni ochishga muvaffaq bo‘ldi: 1888-yil 23-dekabrda rassom Vinsent Villem Van Gogni o‘z qulog‘ini kesishga nima majburlagan? «The Guardian»ning xabar qilishicha, Beyli topgan hujjatlar o‘sha kuni rassom akasi Teoning unashtirilgani haqida maktub oladi.

Avvallari tarixchilar Van Gog va uning qo‘shnisi hamda zavoddagi hamkasbi Pol Gogenning janjallashgani haqidagi talqinga ishonib kelishgan. Unga ko‘ra, to‘qnashuvdan so‘ng rassom o‘z xonasiga qamalib, ustarani olib, qulog‘ini kesib tashlaydi va uni qog‘ozga o‘rab, fohishaxonaga yuboradi.

Ertasi kuni esa politsiya Van Gogni o‘z xonasida qonga belangan choyshablar orasida hushsiz topadi.

O‘tgan kungi hodisa haqida rassom hech nimani eslay olmaydi. Van Gogga umumiy aqldan ozish bilan o‘tkir maniya tashxisi qo‘yiladi va uni shifoxonaga joylashtirishadi. Aynan o‘sha yer, San-Remi-de-Provansda u «Yulduzli tun» asarini yaratadi.

Avvalgi talqinda tarixchilar Van Gog akasining unashtiruvi haqidagi maktubni qulog‘ini kesganidan bir necha kun o‘tgach o‘qiganini aytishadi. Biroq Martin Beyli yangi «Janub studiyasi» kitobida qayd etishicha, rassom maktubni Gogen bilan janjallashgan kuni o‘qigan. Vinsentni ham moddiy, ham ma'nan qo‘llab kelgan akasi xatga 100 frank solib, avval uni rad etgan ayol, nihoyat akasining xotini bo‘lishga rozilik berganini aytib o‘tadi.

@Rassomlar
"Ko'pkari"
Mohira Mamatkarimova
2018 y.
O'lchami: 50 × 70 sm.

Mohira Mamatkarimova umidli o'zbek yosh rassomlaridan. U Chirchiq shahridagi 15 - BMSM bolalar san'at maktabida ustozi Kurganov Sardor qo'l ostida tahsil olgan. Hozirda ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda. Kelajakda oliy ta'lim olib, ustozlari kabi ustoz bo'lishni, ijodiy faoliyatini kengaytirishni oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Ushbu asar 2018 yil iyun oyida Ispaniyada bo'lib o'tgan san'at festivalida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan va Sank-Peterburgda tashkil qilingan ko'rik tanlovga yo'llanma olgan. U yerda, rassom, 3 - o'rinni qo'lga kiritgan.

Mamatkarimova Mohira ijodiga oid qolgan ishlarni uning telegram-kanalidan topishingiz mumkin: @mohitabo

@Rassomlar