Rassomlar
2.55K subscribers
2.05K photos
69 videos
22 files
401 links
Санъатшунослик

Instagram: instagram.com/rassomlar_uz
Facebook: facebook.me/rassomlar
Twitter: twitter.com/rassomlar

Донат👉 https://tirikchilik.uz/VanGogh

Кино👉 @moodvintage
Download Telegram
Viktor Gyugoni biz yozuvchi sifatida bilamiz. Lekin u bir vaqtlar rassomchilik bilan shug‘ullanganini juda kam kishi bilsa kerak. Mana Gyugoning ijod mahsullari.
© Ma'rufjon Ochilov

@Rassomlar
​​Adolf Gitler - rassom!

U natsistlar partiyasi rahbari bo'lganligi va Germaniyani 1930 yillarning oxiri - 1940 yil o'rtalarida totalitar tuzum ostida Ikkinchi Jahon urushini boshlab berganligi bilan yodda qolgan daho.

Odatda qattiq va sovuq odam sifatida tasvirlanganidan, Gitler siyosat, politsiya va oriylar irqining ustunligidan boshqa narsalarga qiziqishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Lekin u yoshligida, Birinchi Jahon urushidan oldin rasm chizishni tashlamaganida vaziyat, balki, boshqacha bo'lardi.

1908-1913 yillarda Gitler Vena shahrida yashab, u yerda san'atga katta qiziqish bildirgan. Pul ishlash uchun akvarelda rasmlar va chizmalar chizib sotgan. Biroq, uning ishi yetarlicha e'tirof etilmagan. Bu holat Ikkinchi Jahon Urushining oxirigacha davom etgan. Uning rasmlari va shaxsiy buyumlari urushdan keyin to'planib, hatto kim oshdi savdosiga qo'yilgan.

Gitlerning iste'dodi 1907 va 1908 yillarda ikki marta Vena Tasviriy san'at akademiyasiga kirish imtihonini topshirganidan keyin zayiflashgan. Ushbu institutning ba'zi a'zolari uning iste'dodini tan olishadi va uni Arxitektura maktabi dasturiga qatnashishga taklif qilishdi. Lekin u rad etgan.

Ushbu qarordan keyin u Myunxendagi kafelarga tashrif buyurishni davom ettiradi, u yerda taniqli rassomlarni uchratib, birontasi qo'llab-quvvatlasa va shu tariqa rassom bo'lishga umid qiladi. Shu bilan birga, u kundalik hayot manzaralari va landshaftlarni aks ettiruvchi kichik kartpostallarni sotishni boshlagan.

Vena shahrida bo'lgan paytida Gitler o'z ishining birinchi targ'ibotchisi va sotuvchisi bo'lgan ishbilarmon Samuel Morgnesteron bilan bog'lanadi; Qizig'i shundaki, birinchi xaridor yahudiy bo'lgan. 21 yoshida Gitler o'zining birinchi avtoportretini chizadi va u 1945 yilgacha Germaniyaning Essen shahrida ochilgan galereyada namoyish qilingan.

25 yoshida, 1914 yilda, Gitler Birinchi Jahon urushida xizmat qiladi, shu bilan birga o'z asarlarining estetikasida o'zgarishlar qilib, rasmlarini rivojlantirishda davom etadi. Uning dastlabki asarlari kosmos go'zalligi va tabiat uyg'unligini oshiradigan juda batafsil pesajlarga asoslangan edi. Lekin bu borada qilgan ishlari yanada tartibsiz, sodda bo'lib chiqadi, ularni multfilmlar va yoki deyarli qoralamalar deb hisoblash mumkin edi. U o'zini bu ishga juda qattiq bag'ishlashga kirishadi. Lekin pesaj haqida umumiy ma'lumot olish o'rniga odamga yoki ob'ektga ko'proq e'tibor berib yuboradi.

Gitler ishlaridan siz uning mayda-chuyda tafsilotlar, tabiat va hayvonlardan hayratga tushganini bilib olishingiz mumkin. Shuningdek u naturalar, gullar va itlarning rasmlarini yaratgan.

U ishlagan mavzular juda sodda edi: ba'zi tanqidchilar Gitlerning landshaftlarida odamlarning yo'qligi haqidagi dalillarini asoslab, rasm chizishda iste'dodga ega emas, deb hisoblashgan. Bunda uning e'tibori me'moriy inshootlar, qishloq uylari va urush paytida, cho'l landshaftlari, xarobalar va h.k; shuningdek, tanklar va harbiy texnikalarga qaratilganligini ko'rishimiz mumkin.

Urushning tugashi va fashistlar partiyasining hukmronligi tugatilishi bilan: Gitlerning hujjatlari, shaxsiy hujjatlari va rasmlari AQSh harbiylari tomonidan to'plangan va bugungi kunda ular tarixiy va siyosiy arxivlarda saqlanmoqda. Ularning aksariyati omma e'tiboridan chetda.

Biroq, shaxsiy kolleksionerlar tomonidan sotib olingan ba'zi rasmlar, shuningdek bir nechta asarlar minglab dollarga kim oshdi savdosiga qo'yildi; hatto 2012 yilda, ulardan biri Slovakiyadagi kim oshdi savdosida 42 300 $ga sotilgan .

Fyurer asari sotilganidan tashqari kolleksionerlar qo'lida fashistlar va Ikkinchi Jahon urushi yodgorliklarining boshqa na'munalari borligi ma'lum.

Nima bo'lganda ham, Gitler san'atshunoslar va biz uchun rassom bo'lib qolishi mumkin edi. Quyida uning asarlaridan na'munalarni ko'rishingiz va iste'dodiga baho berishingiz mumkin.

Kanalimiz👉 @Rassomlar
Adolf Gitler ijodidan na'munalar

@Rassomlar