Bu fragment qaysi kartinadan?
Anonymous Quiz
43%
Eduard Mane, "Maysa ustidagi nonushta"
33%
Klod Mone, "Soyabon tutgan xonim"
24%
Gustav Klimt, "Bo'sa"
San'atda o'zgarishlarni xohlaydigan ikkita shuhratparast daho, avangard ustalari, qo'shni xonalarda yashash va bitta maktabda umumiy maqsad uchun ishlash, ikki guruh o'rtasidagi ziddiyatga sabab bo‘ldi...
Hammasi nimadan boshlangan edi?
Shunday qilib, Mark Shagal anchayin tanilib, shogirdlari orta boshlagach, 1919 yilga kelib, azaliy orzusi bo‘lgan o‘z akademiyasini ochishga qaror qiladi. O‘sha yilning 28 yanvarida Vitebsk shahrida ochilgan maktabga, Shagal, mashhur "Qora kvadrat" muallifi bo‘lgan Kazimir Malevichni dars berishga taklif qiladi.
O'sha paytda Moskvada yashagan Malevich taklifga rozi bo'ladi. Ammo Malevichda Shagal bilan do'stona munosabatlar o‘rnatish va birga ishlash niyati bo‘lmagan. O'sha paytda Moskvada qish sovuq kelgan, ocharchilik kuchaygan edi. Vitebskda esa hammasi qisman yaxshi edi.
Shagal, nihoyat, shogirdlariga zamonaviy san'at tendensiyalaridan dars bera oladigan munosib ustoz topilganidan xursand edi. Vitebsk maktabidagi Malevich ishining ikkinchi kuni, Shagal undan nafaqat ijodiy, balki tashkilotchilardan biri bo‘lishini ham so‘raydi.
Shunday qilib, Malevich kelganidan so'ng, Shagal maktab direktori lavozimini tark etadi, Moskvaga ko'chib o'tishga qaror qiladi. Lekin shogirdlarini tashlab qo‘ymaydi. Ularga Malevich ustozlik qilsa-da, rasman ular Shagalning shogirdlari hisoblanishardi. Ma'muriy ish Shagalga uchun emas edi.
Rassomlar o'rtasidagi ziddiyat o‘zaro emas, balki badiiy harakatlar, turlicha qarashlar asosida vujudga keladi. Suprematistlar o'z tendentsiyalarini san'atning eng oliy cho‘qqisi deb hisoblashardi, buning fonida Shagal ish uslubi eskirgan bo'lib tuyulardi.
Shagal ikki o‘t orasida edi. Bir Moskvada, bir Vitebskda. Ko'pchilik talabalar u bilan ishlash uchun birga ko‘chib yurishardi, lekin Malevich oldiga kelganda, darhol u bilan ishlashga o‘tib ketishardi. Shunday bo‘lsa-da, hali ham Mark Zaxarovich rasman Malevichning direktori va hamkasbi edi. Shuning uchun ular maktabda qo'shni xonalarda dars o‘tishardi.
Asta -sekin, ish va do'stona munosabatlar aniq manfaatlar to'qnashuviga aylandi. Talabalar ikki guruhga bo'lishdi: ba'zilari Malevich ishiga sodiq edilar, boshqalari Shagalga. Ularning barchasi san'atdagi o'zgarishlarga intilishardi, lekin tanlagan yo'llari boshqa-boshqa edi.
Bir marta Shagal navbatdagi Moskva safaridan qaytadi va maktabga kiraverishda "Suprematistlar akademiyasi" bannerini ko‘rib qoladi. Uning shogirdlari esa suprematistlarga o‘tishlarini aytishadi. Shunday qilib, Shagal, o'z ona shahrini abadiy tark etishga qaror qiladi. Endi uni bu yerda hech narsa ushlab turmayotgan edi.
Shunga qaramay, u ketganidan so'ng, direktorlik lavozimini, siz o'ylagandek, Malevich emas, balki rassom Vera Ermolaeva egallaydi.
Menimcha, siz bu mavzuda ishlangan kinofilmni ko‘rishingiz kerak. Rus kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan - "Шагал-Малевич". Quyida link ilova qilaman, yaxshi film. Men yuqorida yozganlarimdan adekvat bo‘lolmadim, shekille. Chunki Malevich Shagaldan bor budini tortib olgan yovuzdek bo‘lib qoldi. Aslida bu uning g‘alabasi edi. Agar shunday bo‘lmaganda biz hozir suprematizm oqimini bilmagan, shunchaki san'atning bir yo‘nalishi deb o‘ylagan bo‘lar edik. Yangiliklar shunchaki paydo bo‘lmaydi, qabul qilinmaydi. Ayniqsa, san'atda...
Filmni online ko‘rish: https://youtu.be/wABUO4b2fEI
@rassomlar