~ Baʼzida oldinga tashlangan muhim qadam orqadan tepilgan kuchli tepkiga bogʻliq.
~ Sometimes an important step forward depends on a strong push kicked from behind.
Turtki kim tomonligidanligi juda muhim, aks holda yoʻnalish yuqoriga emas, pasga boʻlishi ham mumkin. Agar shu turtki "Ustoz Shifu" tomonidan boʻlsa, hozirgi kunda naqadar kerak menga.
👉@rashidtojiboev👈

Hatto, injiq tabiat ham hozirgi inqirozni talafotlarini oshirishni xohlayotgandek goʻyo. ©
Quyidagi ushbu saytda, ob havo maʼlumotlarini oldindan taqribiy bilishingiz mumkin.
👉@rashidtojiboev👈
Quyidagi ushbu saytda, ob havo maʼlumotlarini oldindan taqribiy bilishingiz mumkin.
👉@rashidtojiboev👈
Namunaviy va arzon uy joylar muammoga yechim emas, aksincha muammoning oʻzi
Koreyada uy joy qurilish bilan odatda xususiy shirkatlar shugʻullanadi. Qurib bitkazilgan uy, rejada koʻrsatilgan texnik yoʻriqnomalarga: aytaylik maʼlum kuchli zilzila, toʻfonlarga chidamlik boʻlishi shart. Biror falokat belgilangan koʻrsatkichdan baland boʻlsa — Davlat taʼmirlashga moddiy yordam koʻrsatadi.
Aks holda zararni qoplash xususiy shirkatlarni boʻyniga tushadi (yoki Davlat toʻlagan taqdirda ham, shirkatlar qaytarib berish majburiyatini oladi). Barcha zararlarni toʻliq qoplashi kerak. Shuning uchun shirkatlar sifatga eʼtibor beradi, Davlat ham oʻz standartlarini talab qiladi. Shu tufayli raqobat ham shakllanadi.
Buxoro shahrida kuzatilgan kuchli shamoli oqibatida davlat buyurtmasiga binoan qurilgan Namunaviy uylarga jiddiy shikast yetgan. Prezident barcha talafot koʻrgan xoʻjaliklarga 10 kun ichida davlat hisobidan taʼmirlanib berilishini aytibdi. Mayli, bu pullar xalqni soligʻi evaziga va aholi salomatligi birinchi oʻrinda deylik.
Lekin zararni Davlat emas bu uylarni qurgan “Qishloq qurilish invest” injenering kompaniyasi qoplab berish kerak, agar shamol kuchi belgilangan normadan past boʻlsa. Boshqa tomondan bu injenering kompaniya Davlatga tegishli, shuni bilgan holda juda katta oʻgʻirliklar, talon tarojlar qilinadiki, ertaga badalini Davlat toʻlaydi deb.
Bunga “Qishloq qurilish invest” javob berishi kerak. Davlat xususiy umuman iqtisodiy sektorda aralashuvini kamaytirishi, sifatni va raqobatni oshishiga olib keladi.

Koreyada 5 qavatli Sampoong supermarketi 1995-yilda loyihadagi kamchiliklar va korrupsiya tufayli qulab tushadi. 502 kishi vafot etadi, 937 kishi turli xildagi jarohat olishadi. Barcha javobgar shaxslar qamaladi. Shundan keyin qurilish tashkiloti davlatda tekshiruv oʻtkazib, osmon oʻpar binolarning har 7 tasida 1 tasi qayta qurish, har 5 tadan 4 tasi taʼmirlashi kerak deb topiladi.
Sababi XX asr oxiri Seulda har haftada 1 ta osmon oʻpar bino koʻtarish “poygasi” ketayotgan edi. Hukumat fojiadan toʻgʻri xulosa chiqarib, barcha quruvchi tashkilotlarga oʻz hisobidan tegishli binolarni qaytadan qurush va taʼmirlash masʼuliyatini yuklaydi. Mavzu bu haqida emas.
Buxoro viloyatida kuchli shamol oqibatida roʻy bergan talafotlarni qoplashga byudjetdan 100 mlrd. soʻm ajratiladigan boʻlibdi. Buni maʼlum bir qismi davlat buyurtmasiga Namunaviy uylarga ham yoʻnaltiriladi. Qishloq qurilish invest (QQI) monopol kompaniya 2017-yilgacha 35 mingta shunday “sifatli” binolarni qurgan.
Bugun vafot etgan 1 ta boʻlibdi, keyingi gal boʻlmasligi uchun hukumat QQI tomonidan qurilgan namunaviy uylarni qaytadan sifat nazoratidan oʻtkazib, agar biror falokat belgilangan koʻrsatkichdan past boʻlgan holda talafot koʻrsa, masʼullarga tegishli chora koʻrishi kerak.

Forwarded from Turakulov Economics (Valijon Turakulov)
Ўзбекистоннинг ЕОИИга кузатувчи сифатида қўшилиши қандай оқибатларга олиб келади? — экспертлар фикри
Жанубий Кореядаги Инҳа университетининг халқаро савдо бўйича докторанти Валижон Тўрақуловнинг фикрича, «аъзоликнинг фойдасидан зиёни кўпроқ бўлади».
Нагоя иқтисодиёт университети профессори Алишер Умирдинов эса ЕОИИдан аввал ЖСТга кириш Ўзбекистон манфаатларига мос келади, деган фикрда.
Токио университети сиёсий иқтисодиёт бўйича докторанти Бекзод Зокировнинг сўзларига кўра, ЕОИИга аъзоликдан «катта фойда олишни кута олмаймиз». Иттифоққа кириш Ўзбекистонда янги бизнес шаклларининг ривожланиши, инновациялар яратилишига туртки бера олмайди.
👉 Мақолани ўқиш
📹 Видеони кўриш
Kun.uz Telegram каналлари👇
Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская

Asr qurilishi, Asrni qulashiga olib keldi. Keling Sardoba falokatini “xom-chot” qilamiz.
🔘 1. Maqtov, Vaqt va Ish kuchi
Bizni rahbarlarga baʼzida mansab baʼzida yoqish uchun doimo maqtov aytiladi. Xalq esa “Asr qurilishi”, “Innovatsiya”, “Jahon tajribasi” kabi siyqasi chiqqan gaplar bilan manipulyatsiya qilinadi. Maddohlar koʻpaygani rahbarlarni tanqidiy fikrlashini susaytiradi — bu loyihani qisqa fursatda topshirilishiga undaydi. Qisqa muddatda bitkazish uchun, koʻp narsadan voz kechiladi — bu sifatga aks taʼsir qilib salbiy natijasini Yunusobod metrosi koʻrsatib berdi. Loyihani tez topshirish uchun, yollanma ishchilarga talab oshadi. 2016 yilga nisbatan qurilish sanoati qariyb 2 barobar oʻsdi. Qurilishga boʻlgan talab oshgan lekin mutaxassislar boʻlgan taklif chegaralangan. “Qishloq qurilish invest” Namunaviy uylarni qurishda bir martalik yollanma ishchilardan foydalanganidek bu yerda ham bir martalik mardikorlar ishlatilgan.
🔘 2. Tizim ishlamagan joyda Odam ishlaydi — bu korrupsiya degani
Bizda hokimiyat parlament tomonidan emas, tor doiradagi insonlar tomonidan boshqariladi. Ochilboy Ramatov qurilish kompleksi rahbari va aynan u Sardoba suv omboriga boshchilik qilgan. Bosh vazir oʻrinbosarligidan tashqari u yana 5 joyda yirik kompleksni ham rahbari hisoblanadi. Rahbar qanchalik kuchli boʻlmasin, bir odamni qoʻlida ulkan kuch toʻplanib qolishi, byurokratiya va kompleks ichida kuchlarni no-teng taqsimlanishiga olib keladi. Boshqacha aytganda system-oriented boʻlmagan joyda human-oriented boshqaruv boʻladi bu esa korrupsiyaga deganidir. Agar ikkala boshqaruv ham boʻlmasa — oqibatida xalq jabr koʻradi. Esingizdami, Covid-19 ga qarshi kurashish uchun xalqqa naqd pul tarqatilish rejasini, elitamiz bu talon-torojlikka olib keladi deb xulosa bergan edi. Bu degani rahbarlarni oʻzi ham tizimni korrupsiyaga qanchalik moyilligini koʻrsatib bergan edi.
🔘 3. Shaffoflik va “Davlat siri”
Chernobil halokatini toʻxtatish uchun favquloddagi qizil AZ-5 tugmasi vaqtida bosiladi. Muammo shundaki, u tugma favqulodda chora koʻrish uchun emas, nomigagina qilingan edi. Bundan esa oz sonli rahbarlar xabardor edi. Bizda Sardoba uchun tuzilgan maxsus komissiya xulosasiga koʻra: falokat sababchisi kuchli yomgʻir va shamol koʻrsatilmoqda. Aslida suv omborlarida tabiiy ofatlar vaqtida favqulodda suvni maʼlum bir daryoga yoʻnaltirib yuboruvchi irmogʻi boʻladi. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra bu irmoq Sardobada mavjud emas har xolda buni tasdiqlashni imkoni yoʻq. Bizda loyiha bosh rejalariga xuddi “Davlat siridek” munosabat qilinadi. Qolaversa, katta-katta loyihalar hech qanday tendersiz, yoki qogʻozdagina tender oʻtkaziladi. Shamol va yomgʻir muammo sababchisi emas, uni koʻrsatuvchisidir.
❗️ Eng achinarlisi esa xuddi Sardoba suv omboridek Jizzaxda Karaman nomli suv ombori qurilayotgan ekan. Sardobani qurgan tashkilot ham oʻsha, jamoa ham oʻsha. Ilohim natijasi esa boshqacha boʻladi.

YouTube
“AXBOROT“ 17 MAY 2017 YIL
Koreya hukumati 2019-yilda Ilmiy Tadqiqotlar uchun (R&D) oʻz YaIMni 4.3%ni, aniqrogʻi $73.3 mlrdni ajratib, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) davlatlari orasida kuchli 5 likdan joy oldi. Xususiy sektor esa $56.2 mlrd sarflagan. Birgina 2019 yilni oʻzida Ilmiy Tadqiqotlarni qoʻllab quvvatlash uchun Koreya qariyb $130 mlrd ajratgan. Maʼlumot uchun uning 2019 yildagi YaIM ulushi $1.69 trillion koʻrsatkichga yetdi.
Har bir Universitetni oʻzini Ilmiy Tadqiqot markazlari boʻladi va turli laboratoriyalar bilan birikkan holda, amaliy izlanish qiladilar. Rasmda ana shunday laboratoriyalardan biri — qisqartirib Lab deymiz. Meni labimda 6 ta Koreys, 2 ta Eron, va 2 ta Oʻzbek talaba bor. Labda ilmiy izlanish qilishga qarab, proyektlarni boshqara olish qobiliyatingizga qarab, maosh olasiz. Master va PhDga oʻqishga kelayotgan insonlar uchun oʻziga munosib Professor va Lab tanlash juda ham muhim. Bu keyingi taqdiringizni hal qiladi.

Baʼzi davlatlar nega boy, baʼzilari esa qashshoq. Buni fanda asosiy 3 ta omilga bogʻlab oʻrganishadi: Institutlar, Ishlab chiqarish omillari va maʼlum davlatning oʻziga xos omillari.
Marginal Revolution Universitetining onlayn darslarini olaman. Unda klassik ekonomikadan tortib makro ekonimikagacha qisqa videolar orqali sodda tushuntirishadi.
Yuqoridagi rasmda 3 ta omillar qaysilar ekanligini yaqqol tushuntirib oʻtilgan. Albatta har biri rivojlanishga qanday hissa qoʻshishini mana bu video orqali bilib olishingiz mumkin.
👉@rashidtojiboev👈
Marginal Revolution Universitetining onlayn darslarini olaman. Unda klassik ekonomikadan tortib makro ekonimikagacha qisqa videolar orqali sodda tushuntirishadi.
Yuqoridagi rasmda 3 ta omillar qaysilar ekanligini yaqqol tushuntirib oʻtilgan. Albatta har biri rivojlanishga qanday hissa qoʻshishini mana bu video orqali bilib olishingiz mumkin.
👉@rashidtojiboev👈
Forwarded from Turakulov Economics (Valijon Turakulov)
#paxta #tekstil #nisbiy_afzallik
Savdo nazariyalarida nisbiy afzallik (Comparative Advantage) degan atama bor. Masalan, Koreya O’zbekistonga nisbatan elektronika ishlab chiqarish bo’yicha nisbiy afzalikka ega. Yaponiya esa Koreyaga nisbatan nano-texnologiya ishlab chiqarishda nisbiy afzalikka ega. Arabiston esa neft ishlab chiqarishda ham nisbiy, ham umumiy afzalikka ega... Qachon-ki nisbiy afzallik o’z vaqtida keng miqyosda ishlab chiqarishga joriy qilinsa iqtisodiyotga katta foyda keltiradi. Chunki nisbiy afzallik bilan qilingan mahsulot ham sifatli ham arzon bo’ladi va raqobatchilarini dog’da qoldiradi. (Bu xuddi iste’dodli rassomning chizgani rasmi bilan, iste’dodsiz, lekin ota-onasining qistovi bilan rassomlikni tanlagan bolaning chizgan rasmidagi farqqa o’xshaydi.)
O’zbekistonning nisbiy afzalligi tekstil sanoatidamikan deb o’ylab qolaman:
- Paxta xomashyosining mahalliy bozordan arzon topilishi.
- Paxta yetishtirish uchun quyoshli kunlarning ko’pligi va xalqning uzoq yillik tajribasi. (Lekin, ilmiy yondashuv kam!).
- Tekstil sanoatining ishchi kuchiga ko’proq ehtiyoj sezishini hisobga olsak, arzon ishchi kuchining mavjudligi.
- O’rta Osiyoda tekstil “poytaxti”ga aylanish mumkinligi (hozir 2 mingta kompaniya va 365 ming ishchi shu sohada band).
Davlat ham balki buni anglab yetgandir. Bu yildan:
- Paxtaga qo’yilgan kvotalar olib tashlandi (endi fermer paxtaning o’rniga o’zi istagan boshqa ekinni ekishi mumkin).
- Narxni davlat emas, bozor belgilaydigan bo’ldi! Bu fermerni boy qiladi!
- Tekstil eksportini 2 mlrd dollardan 15 mlrd dollarga yetkazish niyat qilingan (marra katta olingan).
Bozor shunday mexanizmki, u hamma narsani tartibga solib qo’yadi (deyarli). Hatto, paxta bizning nisbiy afzalligimiz bo’lib chiqmasligi ham mumkin (ya’ni 30 yildan beri ota-onasi rassomlik qilishga majburlayotgan ‘rassom’ga o’xshab majburlikdan qilayotgandirmiz). Buni vaqt/bozor ko’rsatadi...
P.S. O’zbekiston majburiy mehnatni tezroq butunlay yo’q qilib o’z paxtasiga qo’yilgan boykotni olib tashlamas ekan, ichki islohotlar samara bermaydi. Xalqaro bozorda paxtani hech kim sotib olmaydi. Bu hatto JSTga a’zolikni kechiktiradi!
👉 @xalqaro_savdo 👈

Inqiroz va yoki pandemiya paytida birlamchi mahsulotlarni (masalan: sanitariya vositalari) bozor sharoitidan kelib chiqib narxlarni belgilanmasligi uchun davlat sunʼiy ushlab turadi. Amerika oʻtkazilgan soʻrovnomada, koronavirus tufayli, doʻkondagi antiseptik mahsulotni narxi X barobar ortib ketishini 82% ishtirokchi adolatsiz deb topgan.
Bundan 2 ta xulosa qilish mumkin: 1 — Davlatni nazoratiga olishi, biror isteʼmolchi arzon narxda koʻp xarid qilishi, boshqa isteʼmolchilarni xarid qilish qobiliyatini va asl kerakli egasiga yetib borishini toʻsib qoʻysa, 2 — Cheklangan miqdorda sotish ham oʻsha mahsulotni rostdan ham koʻp xarid qilmoqchi boʻlgan insondan mahrum qiladi.
Buni oldini olish uchun Skandinaviya davlatlari yaxshi yondashuv qilibdi. Pandemiya paytida sanitariya mahsullarini birinchi xarid qilganda Davlat belgilagan narxda, qoʻshimcha xarid qilmoqchi boʻlsa, bozor belgilagan narxda xarid qilish mumkin ekan. Xuddi shu holatni meni uyimni oldidagi non savdosi misolida ham koʻrish mumkin.
Ijtimoiy himoya uchun bir kunda faqat bir martda 1500 wondan non sotib olishingiz mumkin, undan koʻp xarid qilsangiz 1800 won toʻlaysiz. Sotuvchi sizni farqlay olmay yana arzon narxda sotib yuborishi bu boshqa masala ... 😁

Koronavirus va karantin davrida iqtisodiy zarar oxir-oqibat kam va oʻrtacha daromadli mamlakatlarda nomutanosib ravishda ogʻirlashadi.
Economic damage from the virus and lockdowns will ultimately fall disproportionately hard on low- and middle-income countries.
👉@rashidtojiboev👈
Economic damage from the virus and lockdowns will ultimately fall disproportionately hard on low- and middle-income countries.
👉@rashidtojiboev👈
Til ojiz. Koʻngli yarim boʻlgan sardobalik suhbatdoshim bir savolimdan keyin yigʻladi. Unga qoʻshilib men ham unsiz yigʻladim. Voqea joyidagi asl vaziyat Telegramdagi oh vohlardan tubdan farq qiladi. Ularni boshqa masala oʻylantiryapti.
Boshpana asosiy muammo, u bitsa, hayot davom etadi, dedi. Men: Undan keyin qish bor, quruq uyda qanday yashaysiz? Nimadan daromad koʻrmoqchisiz, dedim. Suhbatdosh indamay yigʻlab yubordi. Bilmasam, bilmayman... Nima qilay, dedi.
© Alisher Roʻzioxunov

Oʻzbekistonga chetdan mashina olib kirish qanchaga tushadi?
Agarda chet eldan $11200 ga avtomobil olib kelsangiz sizga bojxona va boshqa xarajatlar bilan $34500 ga aylanar ekan. Eʼtibor bering bu yerda avtomobilni narxni yangi deb, uning narxi hujjatlarda koʻrsatilgan holatidagina shunday.
Aytaylik sizga sovgʻa qilingan haydalgan mashina boʻlsa, unda dvigateli hajmi boʻyida bojxonadagi mustaqil “ekspertlar” belgilaydi. Ekspertlar baʼzida shunday narx belgilaydiki, haydalgan mashinani narxi yangisidan qimmat boʻlib qoladi.
Eng qizigʻi, UzAvto mashinalari xorijga oʻzimizdagiga nisbatan arzon narxda sotilishi hammaga maʼlum. Aytaylik Rossiyadan oʻzimizda ishlab chiqarilgan mashinani haydab Oʻzbekistonga olib kiraman desangiz, xuddi yuqoridagidek “otni kallasidek” bojxona toʻlashingizga toʻgʻri keladi.
Yaqinda, “Mening fikrim” portalida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalarni chetdan olib kirishda boj toʻlovlarini bekor qilish haqida petitsiya eʼlon qilindi. Petitsiyaga 4 kun boʻlmay 15761 ta ovoz toʻplabdi.
Agar deputatlarimiz maʼqullab, qonunga aylanadigan boʻlsa, Oʻzbek mashinalarini Qozogʻistondan borib olib kelish bizga arzonga tushadi — "Vapshe maladest" UzAvto tizimiga. Esingizdami Qozogʻiston unini ahmoqona siyosat tufayli Yevropadan sotib olar edik.

Hayot juda qisqa, kechir, yordam ber, shukr qil, sev, tabassum qil, baxtli boʻl.
1960 yilda Turkiyada davlat toʻntarishi davrida sodir boʻlgan voqealar, oʻsha paytdagi qashshoqlikni hikoya qiladigan, qolaversa bir Muallim butun bir qishloq va millat hayotini qanchalik oʻzgartirib yuborishga qodirligi haqida soʻzlovchi Turk birodarlarimizni Moʻjiza filmi.
Unda oddiy bir Muallim, oʻz hisobidan maktab qurib, oʻgʻil va qizlarni bepul taʼlim bergani, Aziz ismli qahramon va uning ayolining achchiq taqdiri, Turkiyaning rivojlanish bosqichida qishloq va shaharlar orasida muhitni tafovutini ajoyib yoritib bergan film.
“Eng chiroyli dengiz, hali koʻrmagan dengizimizdir. Eng shirin farzand hali katta boʻlmagan goʻdakdir. Eng yaxshi kunlarimiz, hali yashamagan kunlarimizdir, biz sizga aytishni xohlaydigan eng iliq soʻzimiz, tilga koʻchira olmaydigan qalbimizdagi mujdalardir — Mohir Muallim.“
PS: Bugun Koreyada Ustozlar kuni. Ustozlar kunida 2 qismli Turk kinosining Moʻjiza filmini koʻrishni tavsiya qilaman. Soʻnggi kunlarda Oʻzbek kinosida tentga aylangan kinolardan ancha taʼsirli.
Birinchi qism — Video
Ikkinchi qism — Video

U bilmasdan rostini aytib qoʻydi
Koreyadagi elchixonamizga bizning turli vazirliklardan diplomatik kanallar orqali Koreyadagi oʻz sohasiga mos vazirlikka xatlar keladi. Ular orasida Koreya tajribasini oʻrganish borasida hamkorliklar, konsultatsiyalar, video aloqalar ham kiradi. Tabiiyki bularni barchasi ikki davlatning TIVlari orqali amalga oshiriladi. Boshqa davlatlar jumladan Rossiya borasida ham shunday.
Bizdagi koʻplab vazirlik va tashkilotlarda hali ham asosiy til rus tililigicha qolmoqda. Konsultatsiyalar, qonunlardan namunalar bachasi — xorij tajribasi deya ruslardan olinib, oʻzbek tiliga tarjima qilinadi. Isbot sifatida regulation portaliga "2030 yilgacha Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi" faqat rus tilida joylanganini keltirish mumkin.
Rossiya TIV saytida Mariya Zaxarovani: Oʻzbekistonda rus tilini koʻpchilik oʻzbeklar xohlayotgani, bu qonun loyihasi tarafdorlari esa kamchilikni tashkil qilishi, jumlasi — davlat tashkilotlarida rus qonunlarini koʻr-koʻrona olganimizga qarata bilmasdan rostini aytib qoʻydi deb bilaman. Faqat bir joyiga tuzatish kiritish kerak, Oʻzbekiston deb emas, Oʻzbek amaldori desa toʻgʻriroq boʻlar edi.
Mariya Zaxarova oʻzini nutqiga tuzatish kiritgani bilan hech narsa oʻzgarmaydi. U muammoni koʻrsatib berdi, sababchisi esa oʻzimiz, yaʼni davlat amaldorlari. Meni boshqa narsa koʻproq qiziqtirmoqda, oʻzbek tili mavqeyini oshirish boʻyicha komissiya rahbari bosh vazirimiz bu fikrga nima deb javob qaytarar ekan, axir davlat tili mavqeyi oshirish boʻyicha joylardagi rahbarlarni rosa tanqid qilgan edilarku.
PS: Rasmda davlat rahbariga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030“ loyihasi rus tilida taqdim qilinmoqda. Muammo asl holicha koʻrsating. Oʻzingizni aldamang.

Tarvuz birlamchi va yoki ommabop tovar emas. Narxini davlat tomonidan nazorat qilishini, maʼlum narxda subsidiyalar berilishi, soliq toʻlovchilarni choʻntagiga yuk boʻladi. Uni narxi talab va taklifdan kelib chiqib belgilanadi. Qishda yoki mavsumiy boʻlmagan davrda tarvuzni narxi qimmat boʻlishi, uni asl xaridoriga yetib borishiga xizmat qiladi.
Agar narxlar erkin boʻlsa, dehqonlarni mavsum boʻlmagan hollarda ham tarvuz yetishtirishga undaydi. Mahsulotga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib — muzlatkichlar, chidamli navlar orqali xaridorga arzon boʻlishiga erishish mumkin. Aksincha boʻlsa, tarvuzni faqat mavsum boʻlgan paytlardagina isteʼmol qilishimiz mumkin.
Uyimni oldidagi bozorda (용남시장) tarvuz narxi oʻtgan hafta $15 edi, bu hafta esa $7 boʻlib qoldi. Sabab esa, narxlar erkin, raqobat kuchli, bozor esa chaqqon.

Rus iqtisodchisi Skolkovo Kommunitida bir ajoyib gapni aytgan edi: Agar Google, Facebook yoki HP kompaniyalari dastlabki biznesini garajda aynan Rossiyada boshlaganda edi, muvaffaqiyatga erishmasdan yopilib ketgan boʻlar edi. Sababi qilib Soliq idorasini koʻrsatgan. Alimoff jamoasi tomonidan Rus tilidan Oʻzbek tiliga oʻgirilgan “Kremniy vodiysi — dunyoning IT poytaxti” videosidan olgan baʼzi xulosalarim.
🔘 Endi bakalavrni bitirgan dasturchini oyligi $120 dan boshlanadi, oʻrtamiyona dasturchi yiliga $250. Shunda oyiga $20 dan ziyodroq miqdorda taqsimlanadi. Agar bu yerda oyiga $16 olsang, demak, sen kambagʻalsan.
🔘 Bu vodiyda bitta muvaffaqiyatli loyihasi bor odamdan koʻra 5 ta muvaffaqiyatsiz loyihasi bor odam koʻproq qadrlanadi. Santexniklar xizmatlari uchun 15.000 va 30.000 dollar soʻrashdi. Bu yerda inson mehnati qadrlanadi. Amerikada hech kimdan qarzing boʻlmasa senga hech kim ishonmaydi...
🔘 Ofisimizda itlarimiz uchun ham sharoit qilingan. Itlarimizni ham olib kelamizki, “oʻzi uyda qolib ketdi” degan oʻy boʻlmaydi. Shunday sharoit yaratilganki, sen har qanday mayda narsalarni oʻylamasdan, “dunyoni oʻzgartirishnigina” oʻylashing kerak boʻladi... ©
🔘 Kremniy vodiysida muvaffaqiyatsiz StartUplarni koʻpligiga sabab, oldinlari biror StartUpni yurib ketishi uchun balki $5 mln kerak boʻlgandir, hozir esa $250 ming kifoya qiladi. Elon Musk (Boyligi $35 mlrd, Oʻzbekistonni YaIM $55 mlrd) ishchilar bilan birga “open space” – ochiq kabinetda oʻtiradi...
🔘 Kremniy vodiysining nusxasini hech qayerda yaratib boʻlmaydi. Chunki bu yerda gʻoyalar asimmetrik tarzda oʻsib boradi. Uni esa klonlashtirishni iloji yoʻq. Chiroyli bino va ofislarning oʻzi yetarli emas...
🔘 Rossiyada yaqin orqada oʻzgarishlar boʻladimi degan savolga, Men tunnelda chiroqni koʻrmayapman, balki, burilishdadir, umid qilamiz — deya javob beradi. Birgina Facebookning narxi 450 milliard dollar, YouTubeniki esa 160 milliard (davlatimiz YaIMsidan mos ravishda 9 va 3 marotaba koʻp). ©

Telegram
Xalqaro Savdo va Biznes
Дўстлар! Бугун премьералар куни бўлди, шундай экан, кутиб олинг!
Юрий Дудьнинг бир неча кунлар олдин катта шов-шувларга сабаб бўлган ва ҳозирда 16 млн марта томоша қилинган “Кремний водийси — дунёнинг IT пойтахти“ деб номланган фильми энди ўзбек тилида!…

Forwarded from SAFAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қозоғистон президенти Қосим-Жўмарт Тоқаев Евроосиё иқтисодий иттифоқи йиғилишида иттифоқнинг фақат бир давлат манфаати учун бўлиб қолганлиги, устувор назорат Россия қўлида эканлигини ва иттифоқнинг янги стратегик лойиҳасини танқид қилди. Товарлар айланишидаги чекловларни қоралади.
Шунингдек таклиф қилинган стратегия Қозоғистоннинг суверенлигига даҳл қилишини ва бошқа давлатлар билан музокараларда иттифоқ вакили иштироки номақбул ҳаракат эканлигини айтди.
(Яхши йўл топишмоқчи бўлишипти. Бошқа давлат билан иқтисодий ҳамкорлик бўйича учрашувларда ЕОИИ вакили яъни Россия вакили қатнашиши зарур экан. Зўр-а?)). Иттифоқ комиссиясини ҳам четлаб ўтмади. Комиссия аъзолари таркибида қолган иштирокчи давлатлар вакиллари ҳам бир хил ҳиссада бўлиши кераклигини билдирди.
Путинга унинг нутқи ёқмагандек таассурот уйғонди. Бошини қуйи эгганча, лабини тишлаб қоғозларни титкилаб ўтирди.
@nozimsafari

Kichkinagina kuzatuv - Muzqaymoq doʻkoni misolida
Xalqaro iqtisodiyot professori Richard Baldvin oʻzining “Globotics Upheaval” (Globalization + Robotics = Globotics) kitobida: IT sohasini globalizatsiyaga taʼsiri, oʻtgan asrlarda oq tanliklar olib kirgan sanoat va avtomatlashtirish inqilobi — soatbay ishchilarni hayotini oʻzgartirganidan koʻra koʻproq oʻzgartirishga qodir, deb taʼkidlagan edi.
Tadqiqotlarga koʻra, birgina Google tarjimonni oʻzi, insonlar boshqa tilda suhbatlashuvchi insonlar bilan gaplasha olish qobiliyati sezilarli darajada oshirgan ekan. Yaqinda, universitetim oldida ochilgan muzqaymoq doʻkonida kunlik ishchilarni uchratmaysiz, faqat IT yutuqlari orqali boshqariladi. Barcha tranzaksiyalar, xavfsizlik tizimlari Kompyuter orqali nazorat qilinadi.
Rivojlanayotgan davlatlarda kasb tanlash juda muhim. Aytaylik, agar buxgalter boʻlsangiz, tashkilot osonlik bilan sizni ishingizni raqamlashtirib, inson omilini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun inson omilini kamaytiradigan emas, aksincha unga investitsiya kiradigan kasb tashlash muhim boʻlib qolmoqda.

Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Toshkent Shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetida yozgi virtual seminarlar sessiyasi tashkil qilinar ekan. Mavzu: amaliy iqtisodiyot va markaziy Osiyoda strategik tahlil (policy analysis).
Seminarlar har chorshanba kuni boʻlib oʻtadi, birinchisi 27 may kuni, oxirgisi 26 avgust. Seminarlar ingliz tilida zoom orqali bo'lib o'tadi.
Roʻyxatdan oʻtish va maʼlumot uchun: http://conference.wiut.uz/