Koreyada ayni paytdagi bayram kayfiyati. Barchaga yangi yil muborak!
© Koreyadagi Oʻzbeklar Jamiyati
👉@rashidtojiboev👈
© Koreyadagi Oʻzbeklar Jamiyati
👉@rashidtojiboev👈
Muxolifat vujudga kelishi uchun koʻpi bilan 5 yil kutish kerakdir, balki...
Baʼzi narsalar bor, kattalar oʻzlari gap boshlamaguncha, kichiklar oʻzlarining senzura qobigʻidan chiqa olmaydi. Prezident muxolifat haqida gapirgani, bu sohada ham yaqin 5 yillikda ijobiy oʻzgarishlar boʻlishiga turtki bordek balki... Lekin bu hodisa 2021 yilda boʻladigan Prezidentlik saylovlariga ham bogʻliqligini eʼtibordan qochirmaslik kerak...
🔘 Nega aynan 5 yil?
Esingizda boʻlsa 2008 yil tashkil qilingan Ekologiya harakati, 2018 yilda partiya sifatida Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazildi. 1 yil ichida Ekologiyani partiya sifatida qilgan ishlari, harakat sifatida qilgan qariyb 10 yillik ishlaridan sezilarli darajada mahsuldorroq boʻldi. Partiya boʻlishi bilan Parlamentdan 15 ta deputatlik oʻrni ajratildi va ular ham endi hokimiyat uchun kurashishlari mumkin.
Prezidentning muxolifat chetdan kelmasin degan gapidan keyin, uni ichki siyosatda paydo boʻlishi uchun yangi partiya tuzilishi kerak boʻladi. Agar partiya sifatida davlat roʻyxatidan oʻtsa unda Parlamentdan ham tegishli kvota ajratilishi kerak. Bu deputatlarimizni hozirdagi 150 soni oshishiga olib keladi. Aks holda Ekologiya partiyasiga oʻxshab dastlab harakat boʻladi va keyingi parlament saylovlari oldidan partiya sifatida roʻyxatdan oʻtib 150 oʻrin uchun kurashiladi.
🔘 Boshqa varianti yoʻqmi?
Bor, amaldagi 5 ta partiya oʻzini muxolifat deb eʼlon qilishi kerak. Partiyalar oʻz mafkuralari nuqtayi nazaridan qaraganda: Xalq Demokratik Partiyasi — soʻllar, Adolat Ijtimoiy Demokratik Partiyasi — soʻl markaz, Liberal Demokratik Partiyasi — oʻng markaz va Milliy Tiklanish — oʻng qanot partiyasi sanaladi. Oliy Majlisda oppozitsiya partiya yaʼni Xalq Demokratik Partiyasi OʻzLDP va MTga oppozitsiya hisoblanadi.
Oʻng va Soʻl deganda partiyalar va siyosiy ishtirokchilarning asosiy mafkuralarini belgilashda ishlatiladi. Odatda Oʻng deyilganda konservativlik, respublikachilik mafkuralari amalda tutiladi, yaʼni: milliylik, natsionallik ruhidagi fikrlar, va boshqalar. Soʻl deyilganda liberallik va sotsial mavzular tushuniladi, yaʼni: demokratik, sotsialistik mafkuralaridir. Demak, 5 ta partiya orasidan muxolifat partiya deb eʼlon qilishga eng maqbul nomzod Xalq Demokratik Partiyasi ekan.
🔘 Bu shunchalik osonmi?
Yoʻq, 5 ta partiyadan qaysidir biri muxolifat boʻladigan boʻlsa, siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritilishi kerak. Muxolifat partiya aʼzolariga tazyiq oʻtqazmasligi uchun xavfsizligi taʼminlanishi ham kerak. Partiya partiya a'zoligi tomonidan va ular olib chiqib yechimini topayotgan muammolar uchun Davlat tomonidan qo'shimcha moliyalashtirilishi ham kerak.
Buning 2 ta sababi bor, birinchi: muxolifat partiyasi kerak boʻlsa, prezident olib borayotgan siyosatni ham tanqid qilib chiqadi. Ana shunaqa hollarda davlatni aralashuvi bilan partiya aʼzolariga moddiy tazyiq oʻtkazmasligi boʻlsa. Ikkinchisi: davlat tomonidan moliyalashtirilmasligi, ularni boshqa xususiy moliya tashkilotlari manbalariga tayanishiga olib keladi. Bu esa oʻz oʻzidan oʻsha tashkilotni taʼsiri ostiga tushib qolishi hech gap emas. Agar bu tashkilot boshqa davlat boʻladigan boʻlsa, vaziyat yanada jiddiylashadi.

Arab Bahori nima uchun 2010 yillikning muhim voqeasi?
1. Arab Bahorining butun Oʻrta Sharq yurtlariga tarqalib ketishi Arab davlatlarda neft puli evaziga sotib olingan siyosiy passivlik shartnomasi endi tugaganligini koʻrsatdi. Bu degani, bugungi global davrda odamlarni faqat qorni yoki qulogʻini toʻydirish orqali davlatni boshqarish endi ketmaydi degani edi. Shu oʻrinda bu siyosiy passivlik shartnomasi neftga boy davlatlarda qanday paydo boʻlishi haqida ozgina gapirib oʻtaman. Bunday davlatlarni siyosiy tilda rentier davlat deyishadi.
Yaʼni, bular iqtisodi xalqning ishlab chiqarishi va undan keladigan soliqlar evaziga emas, balki yerdan qazib olingan neftni chet elga sotish orqali “oson” topilgan pulga qurilgan davlatlar. Buning natijasida, rivojlangan davlatlardan farqli oʻlaroq neftga asoslangan davlatlarda demokratiya shakllanishiga qarshilik qiladigan avtokratik siyosiy institutlar paydo boʻladi. Buning sababi, neftda keladigan pullarning hammasi toʻgʻridan toʻgʻri davlat tushumiga tushishi va bu pullar davlatni oddiy xalqning iqtisodiy harakatlaridan tamoman mustaqil qilib qoʻyishida. Oddiy qilib aytganda, bu davlatlar odamlarning iqtisodiy xatti-harakatlari va ular topadigan pulga umuman muhtoj emas. Qaytaga, odamlar davlat topadigan pulga muhtoj va qaram.
Shuning uchun ham bunday jamiyatda “siyosatga aralashmaslik va hukumatni monarxiya/avtokratiya boʻladimi, shundayligicha qabul qilish evaziga neft pulining baʼzisini baham koʻrish” degan siyosiy shartnoma paydo boʻlgan va bu siyosiy stabillikni ushlab turgan.
2. Bundan tashqari, Arab Bahori “vicious cycle” holatini, yaʼni bir-biriga bogʻlangan yomon natijalarni olib keldi. Birinchidan, Arab Bahori Suriyaga oʻxshash oʻlkalarda ichki urushlar va nizolar paydo boʻlishi va u oʻz navbatida urush qurbonlarining butun dunyo boʻylab yoyilgan immigratsiya krizisiga olib keldi. Bu immigratsiya krizisi esa baʼzi Yevropa davlatlarida populistik ruhdagi siyosatchilarni tugʻilishiga sabab boʻldi.
3. Arab Bahori, shu bilan birga menimcha, eski avtokrat davlatlarga internet va ijtimoiy tarmoqlar revolyutsiyasi borasida katta “darslar” ham berib qoʻydi. Masalan, 2 ta eng katta avtokrat davlat, Xitoy yoki Rossiya 2011 yildan keyingi internet demokratiyasi borasida anchagina oʻzgarishlar qildi. Bugungi kunda deyarli hamma Xitoyliklar davlatning qattiq kuzatuvi ostida boʻlgan WeChat ishlatadi. Shuningdek, Xitoy oʻzining baʼzi shaharlarida kuzatuv kameralari oʻrnatish bilan kifoyalanmay, bu kuzatuv kameralarini boshqa davlatlarga eksport qilish boʻyicha ham oldinga chiqib oldi. Bularning hammasi Arab Bahori olib kelgan qoʻrquvning sababi desak boʻladi.
Xulosa qilib aytganda, Arab Bahori Oʻrta Sharq siyosatini hali hanuz oʻzgartirayotgan boʻsada, u quyidagi natijalarga olib keldi: baʼzi avtokratlarning yiqilib ularning oʻrnida siyosiy beqaror hukumatlar paydo boʻlishi, baʼzilarining esa yanada mustahkamlanishi, baʼzi yurtlarda eski siyosiy shartnomaning qulashi va yangisini qurish yoʻlidagi siyosiy aktivlikning kuchayishi, sunniy-shia konfliktining siyosiy tus olishi, ichki urushlar va iqtisodiy beqarorlik.
© Tahlil-Uz

5-son. “Ular” loyihasining navbatdagi mehmoni AQSHning Viskonsin universiteti doktoranti, Veynart ishbilarmonlik markazi tadqiqotchisi, iqtisodchi Behzod Hoshimov. Suhbatda asosan nima sababdan “Buyuk Kelajak” kengashidan ketgani, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi manfaatlari, inflyatsiya va taʼlim sohasi haqida gaplar boradi...
Qoʻshimcha Behzod aka qachonlardir, Toshkent shahridagi Inha Universitetida ham ishlagan ekanlar, kamina esa shu universitetni birinchi bitiruvchisi... Kichkinagina tavsiya, men oʻzbek tilidagi barcha video, ovozli xabarlarni kamida 1.5 marta tezlashtirilgan holatda koʻraman. Bir sinab koʻring, ancha vaqtdan yutasiz.

YouTube
Behzod Hoshimov Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi manfaatlari, inflatsiya va ta'lim sohasi haqida ….
«Ular»ning navbatdagi mehmoni AQShning Viskonsin universiteti doktoranti, Veynart ishbilarmonlik markazi tadqiqotchisi Behzod Hoshimov. Biz Behzoddan nima uchun «Buyuk Kelajak» kengashidan ketgani, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi manfaatlari, inflatsiya va…
1984 qoʻshfikr: Urush tinchlikdir Erk – qullikdir Bilimsizlik – kuchdir
Agar men ucha olaman desam, va siz bunga ishonsangiz, demak men ucha olish olmasligimdan qatʼiy nazar bu haqiqatga aylanadi. Sababi haqiqat bu siz koʻrgan narsaga ishonish emas, sizning ongingiz qabul qilgan narsa — haqiqatga aylanishidir. Britaniyalik yozuvchi Jorj Oruellning “1984” asari ham aynan shu haqida. Kitobda 1980-yillarida Ummoniya mamlakatida hukm surgan siyosiy tuzum haqida soʻz borsa ham, unda aks tarixiy dalillar Sobiq sovet ittifoqida boʻlgani, ingliz sotsializmi tushunchasi oʻrnida kommunizm nazarda tutilgani, “1984” esa totalitar tuzum avj olgan palla — 1948 yil ekani haqida tasavvur paydo boʻladi.
Asarda nimaiki partiya istaklariga uygʻun boʻlsa, shularning barchasi qonuniy. Uning manfaatlariga zid har qanday holat, xatti-harakat esa gʻayriqonuniy. Uning gʻoyalari matematik aksiomaga oʻxshaydi, uni qanday boʻlsa, shunday qabul qilishga majbursan, nega va qanday qilib degan “oʻrinsiz” savollarga isbot talab qilinmaydi. Partiyaga shaxs emas, individ, ongsiz individ kerak. Unda tasvirlangan Ingsots (ingliz sotsializmi) jamiyatida bir necha vazirlik faoliyat yuritadi. Tinchlik vazirligi urush bilan shugʻullanadi. Haqiqat vazirligi yolgʻon bilan. Muhabbat vazirligi qiynoqlar bilan. Farovonlik vazirligi esa ocharchilik bilan shugʻullanadi. Partiyaning shiori: Oʻtmishni boshqara olgan, kelajakni ham boshqara oladi, bugungi boshqargan, oʻtmishni ham boshqaradi.
Partiyani orzusi hokimiyatni toʻliq nazorat qilishdir. Hokimiyat vosita emas, hokimiyat maqsaddir. Diktaturani inqilobni asrash uchun oʻrnatmaydilar, inqilobni diktaturani oʻrnatish uchun amalga oshiradilar. Jorj Oruell oʻz asari orqali ikki karra ikki besh deyishni istamagani uchun birov tirik murdaga aylantirilishi, katta Ogʻa bizni kuzatib turishini, faqat ungagina muhabbat qoʻyish mumkinligi hikoya qilinadi. Kitob bilan birga u haqida ishlangan kinoni ham koʻrishni maslahat beraman. Shunda voqealar rivoji yana aniq namoyon boʻladi.
Kino (Ingliz tilida): https://archive.org/details/ORWELL1984
#MenOʻqiganKitob

Molxona: Rahbarlikka kelgan Choʻchqalar
Jorj Oruellning Molxona asari fermadagi hayvonlarning xoʻjayinlarini haydab, hayvonlar oʻrtasida tabaqalanish kelib chiqishi orqali, choʻchqalarning diktaturasini oʻrnatilishi haqida (animalizm) gap boradi. Garchand voqealar Angliyada sodir boʻlayotgan boʻlsa ham, kommunizm va diktaturani qoralab, SSSR davriga murojaat qilgandek taassurot qoldiradi. Ozodlikka chiqqan bir gala hayvonlar, oʻzlariga choʻchqani rahbar qilib saylashadi (aslida esa tayinladi) va u nima desa haq deya qabul qilishadi (aks holda oʻlim kutib turar edi). Choʻchqa esa dastlab tenglik oʻrnatib, keyin oʻz diktaturasini unga qarshi boʻlgan koʻplab hayvonlarni oʻldirib oʻrnatadi.
Asarda, zahmatkash xalq, tanqid qiluvchi insonlar, lobbistlar hayvonlar orqali ajoyib tasvirlangan. Menga koʻproq muxolifatni bir yaxshi choʻchqa orqali tasvirlagani yoqdi. Sababi, choʻchqalar orasidan chiqqan bir yaxshiroq choʻchqa fermadagi hayvonlarni oʻylab, tegirmon qurish taklifini beradi, lekin rahbar choʻchqalar uni fermadan oʻlgudek qilib, haydab yuborishadi. Rahbarlarga yerni traktorda emas, ketmonda kerak boʻlsa qoshiqda qazigani maqbulroqdek edi. Sababi, hamma hayvonlar ertadan kechgacha band boʻlishadi, hech kim amaldagi choʻchqalar tuzumini tanqid qilishga vaqtlari boʻlmaydi. Hayvonlar ongida, och yashasa-da, osmon musaffoligi, tinch-totuv ekaniga shukrona hissini uygʻotadi. Ular qancha ishlamasinlar, oʻzlari orzu qilgan kun shunchalik uzoqlashib ketayotgandek tuyiladi.
Rahbarlar tegirmon qurish taklifi keyinchalik qabul qilishadi, shunda ham bu gʻoya choʻchqalar dohiysiga tegishli boʻlgan, muxolifat choʻchqa bunga qarshi boʻlgan edi, deb jar solishadi. Hayvonlar fermasi 7 ta qoida asosida shakllangan edi: 1. Ikki oyoqlilar – dushman, 2. Toʻrt oyoqlilar va qanotlilar – doʻstlar, 3. Hayvonlar kiyim kiymasligi kerak, 4. Hayvonlar toʻshakda uxlamasligi kerak, 5. Hayvonlar spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmasligi kerak, 6. Hayvonlar boshqa hayvonlarni oʻldirmasligi kerak, 7. Barcha hayvonlar tengdir. Lekin ushbu qoidalar choʻchqalar manfaati uchun tinimsiz oʻzgarib boradi. Natijada ferma yanada yanada ogʻirroq muhitda kun kechirishadi. Bunga misol: Barcha hayvonlar tengdir, ammo baʼzi hayvonlar boshqalarga qaraganda tengroqdir.
Yakunda esa, choʻchqalar animalizmi tugatiladi, hayvonlar erkinlikka chiqadi. Fermaga hayvon emas odamlar rahbarlikka keladi va shundan keyin umid yangidan boshlanadi. Kitobni asaxiyuzdan sotib olay desam, Koreyadan elektronni sotib olish imkoni yoʻq ekan. Yaxshi boʻldi, bahonada ingliz tilidagisini oʻqib qoʻya qoldim. Asarni kinosini ham koʻrishni tavsiya qilaman. Kino: https://vimeo.com/186399645

...Koʻchaning qanday nomlangani muhim emas, agar u yorugʻ va asfalt qilingan boʻlsa... Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xalqini yangi yil bilan hamma tushunadigan usulda tabriklabdi.
Men mana bu gapidan keyin uni yanada yaxshiroq tanigan edim: Sizlarning kabinetlaringizda mening suratlarim boʻlmasligini juda ham istayman, iltimos. Prezident — but, sajdagoh yoki portret emas. Oʻsha joyga oʻz farzandlaringiz suratini ilib qoʻying va har bir muhim qaror qabul qilishda ularning koʻzlariga boqing.
Nima boʻlganda ham qoyil. Yangi yil tabrigini toʻliq holda oʻqish uchuna: https://qalampir.uz/news/12602
PS: Rasmda bizni yoʻllarimizni holati tasvirlangan. Bora bora bir marta ishlatiladigan yoʻllarga aylanib qoladi bu ketishda.

Hayot oʻyindan iborat emasligini tushunsa edi
Yoshligimda General oʻyinini rosa oʻynar edim. Xitoy, Rossiya, Amerika va Yaqin Sharq davlatlaridan birini tanlab, strategiya orqali bir birimizga hujum qilar edik. Biror tomon kuchayib ketmaslik uchun, Atom, Luch Zenitka kabi qurollardan foydalanmaslik shartini qoʻyardik. Qiz, Kal va Snayper kabi koʻrinmas josuslardan faqat bir marta foydalanishga ruxsat bor edi. Hammasi jang faqat strategiyaga bogʻliq boʻlishi uchun qilinar edi.
Hozir esa kap katta rahbarlar, kompyuter oʻyini xalq ustida oʻynab koʻrmoqda. Butun dunyo shunchaki tomoshabin boʻlib qolmoqda. Faqat kuzatishdan boshqasi qoʻlimizdan kelmaydi. Afsus... Ilohim tinchlik boʻlaversin.

Kelisha olsak ittifoq aksincha muxolifat
Muxolifat deganida maʼlum shaxslar, harakat yoki partiya emas, avvalambor fikrlarning koʻpligi tushuniladi yaʼni Plyuralizm. Hokimiyat choʻqqisida turganlarning fikriga muqobil fikrlarning borligi, rahbarlar siyosatini tanqid qilib, oʻzga variant taklif etish – demokratiyaning oʻzagi. Saylov – bu subprodukt, yaʼni ikkilamchi mahsulot, koʻpfikrlilikning ifodasi. Shunchaki saylov oʻtkazish bilan tizim demokratik boʻlib qolmaydi. Mamlakatda mingta partiya boʻlsa-yu, lekin ularning bari parlamentda ayni fikr bildirsa, demak demokratiyaning oʻzi yoʻq. Bizdagi 5 ta partiya amaldagi davlat siyosatini maʼqullaydi va buni biz “demokratiya” deb ataymiz.
Ana endi saylov jarayonlariga qaytsak. Yakuniy natijalarga koʻra Milliy Tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov deputatlikka saylandi. Bu haqida: Natijalar qoniqarsiz, Parlamentdagi oʻrnimizni saqlab qoldik. Bu dasturimizda belgilagan vazifalarni tashabbus qilish uchun yetarli, lekin amalga oshirish uchun kam! OʻzLiDeP bilan kelisha olsak — ittifoq, aksincha muxolifat, deya taʼkidladi. OʻzLiDeP bilan kelisha olsagina ittifoq deyishini sababi, Milliy tiklanish 36 nafar deputatlik mandatiga ega, OʻzLiDeP esa 53 nafar (Adolat — 24, XDP — 22, Ekologiya — 15). Davlat siyosatini tanqid qilib, uni amalda joriy qilish uchun hukmron partiya bilan kelishishga majburligini nazarda tutilmoqda.
Aynan shu sababdan demokratik davlatlarda bir saylovda oʻng kuchlar gʻalaba qozonsa, undan keyingisida xalq soʻl kuchlarga ovoz beradi, odatda. Chunki hokimiyatda turgan har bir kuch xatoga yoʻl qoʻyadi, qancha uzoq tursa, xato ham shuncha koʻp boʻladi. Balki bizda ham mafkurasi oʻng markaz va shu paytgacha mutlaq hukmron boʻlgan OʻzLiDePning hukmronlik maqomini, oʻng qanot boʻlgan MT egallar. Menga qolsa, MT — OʻzLiDeP bilan kelishgandan koʻra xalq bilan kelishib, davlatga muxolifat boʻlgani maʼqul. Sababi, OʻzLiDep bilan kelishdi degani bevosita qolgan partiyalar bilan kelishdi degani, bu esa, amaldagi tizim bilan hamfikr boʻlish bilan barobar. Bu gaplar shunchaki populistik gʻoya boʻlib qolmaslik tarafdoriman. Qani faqat kuzatamiz...
⚡️Video: Saylovdagi magʻlubiyat, kelgusi 5 yillik rejalari, OʻzLiDeP bilan parlament bloki tuzish imkoniyati va muxolifatda qolish masalasi haqida Alisher Qodirovning matbuot anjumanidagi fikrlari: https://www.youtube.com/watch?v=xi0AjWll5r8&feature=youtu.be

Alisher Qodirov: Saylovchilar ongi ham o‘zgarishi kerak
KUN.UZ янгиликлар сайтининг Youtube`даги расмий каналига хуш келибсиз! Расмий вебсайт: http://kun.uz/ Telegram каналимиз: https://telegram.me/kunuzofficial F...
6 nafar oʻyinchi, 5x12 (m) maydon, bitta koptok va ajoyib koʻcha futboli. Resurslar chegaralangan, uni ustida qish, lekin barcha tashvishlardan qochib, tennis qoidalari asosida futbol oʻynashga nima yetsin.
👉@rashidtojiboev👈
👉@rashidtojiboev👈
Britaniyalik yozuvchi Jorch Orualning 1984 va Molxona asarlarini Asaxiy tomonidan Oʻzbek tilidagi tarjimasini Koreyadagi Vatandoshlarimiz oʻqish uchun berib turishdi. Tez orada oʻqib egalariga qaytaraman Xudo xohlasa. Rahmat kitob egalariga. 🙂
PS: Sizga qaysi asar koʻproq yoqadi?! Kitoblar haqida yozgan postimni oʻqigan edingizmi?!