Siyosat bilan emas, Siyosatchi bilan oʻynashmang
Chorrahadan oʻtayotganingizda svetoforga emas, mashinalarga qarang. Chunki sizni svetofor emas, mashina urib yuborish mumkin. Siyodatda ham shunday. “Siyosat bilan oʻynashma bola, nima sen unga qarshimisan?” degan soʻzlarni ortida, chorrahada turgan “Mashina” (Siyosat), aniqrogʻi Mashina tizgini qoʻlida boʻlgan Haydovchi turadi. Sababi, jamiyatda muayyan qoidalarga, elita xohishiga qarshi harakat qilsangiz, sizni Siyosat emas, Siyosatchi “Urib” yuborishi mumkin.
Fikrimni isbotini, Gorbachyov SSSRni tarqatib yuborganidan soʻng, vatanimizda SSSR tizimi ochiqdan ochiq yomonlab kelingani misolida koʻrishimiz mumkin. Vaholanki, Mixail qoʻl ostida, qogʻozda boʻlsa ham SSSRdan zoʻr ittifoq yoʻq edi. U haqida ura-ura lagʻmondek maqtovlar toʻqilar edi. Chorrahada behuda chiqib qolgan piyoda boʻladimi, oddiy mashinami - qoʻli siyosat rulida boʻlgan shaxslar Tankdek majaqlab oʻtib ketishar edi. Hozirda esa buni teskarisi. Tinimsiz tanqid qilinadi. Mashinalar oʻzaro taqqoslanadi. Bu xuddi Gorbachyov hamma qatori oddiy piyoda-yu, Mashina tizgini esa boshqa odam qoʻliga oʻtganidek gap.
Endi biroz yaqinroqqa, aniqrogʻi 3 yil orqaga qaytamiz. Davlatimizda muqobili yoʻq boʻlgan: 5 Oʻzbek modeli, gurkirab yashnayotgan taʼlim tizimi, millionlab yaratilgan boʻsh ish oʻrinlari ... xullas 27 yil ichida erishgan yutuqlarimiz bitta “Haydovchi” almashishi bilan, havo sharidek yorilib, sarobligi koʻrinib qoldi. Har xolda, hozirgi siyosiy chiqishlar ortida, mustaqillikdan keyin Gorbachyovning Mashinasi qanday yomon otliq qilinayotgan boʻlsa, hozir ham shu jarayon kuzatilmoqda. Chunki, haydovchi ruldaligida, baʼzan qoʻrqib, baʼzan esa ehtiyotkorlik qilib chorrahada bemavrid paydo boʻlib qolmaslikka intilar edik. Demak xulosa, Siyosat bilan emas, Siyosatchi bilan oʻynashmaslik kerak ekan.
Endi savol tugʻiladi. Nega “Haydovchi” ruldaligida, barcha yoʻlovchilar birlashib Haydovchiga toʻgʻri va adolatli yoʻlni koʻrsatib qoʻya olmaydi? Yaʼniki u yurayotgan yoʻlni tanqid qila olmaydi? “Siyosiy chorraha” mavzusi haqida keyingi postlarimizda gaplashamiz.
👉@rashidtojiboev👈

Tartibga solingan chorrahaga DAN xodimi kerak(mi)?
Tasavvurimizda Siyosiy chorraha: “Svetofor” (qonunlar) maromida ishlab turibdi, “Nazorat Kameralari” (Parlament) piyoda va mashinalar harakatidan kelib chiqib, rugulator vazifasini bajarmoqda. Chorraha - Demokratik tamoyillar asosida nazorat qilinmoqda. Birdan qayerdandir vazifasi chorrahani bir chetida turib, oʻyin jarayonlari teng qoidalar asosida olib borilayotganini kuzatib turishi kerak boʻlgan “DAN xodimi” paydo boʻlib, chorrahani oʻz nazoratiga oladi: endi kamera ham u, svetofor ham u.
Fikrimni isbotini DAN xodimi sifatida Toshkent shahar hokimi misolida olaylik. Oxirgi kunuz bilan boʻlgan shov-shuvli nutqida shunday degan edi: Allohni oldida soʻz beraman, Sudga tazyiq oʻtqazmayman, hammasi qonuniy boʻladi. Bu degani, hokimni sudga tazyiq oʻtqazishga layoqati bor degani emasmi?! Hokim kim boʻlibdiki, ijro organi vakili boʻla turib, sud tizimiga aralashmaslikka vaʼda beradi. Yoki boshqa fikri: Prosta yoʻqolib qolishini, шессекунда buzuqqa chiqarib qoʻyishi mumkinligi, bu juda osonligini lekin u buni xohlamasligini aytdi. Tizim shunday ishlashi kerakki, hokim vakolatida boʻlmagan ishlarni, xohlasa ham qila olmasligi kerak.
Ha joriy chorrahada DAN xodimlari bunday ulkan huquqlarga ega. Baʼzida bittagina tayoqchasini ishorasi, tartibga solingan chorrahani qonun qoidalariga zid ishlay boshlaydi. Maʼlum bir mashinalarga ustunlik berilishi, oddiy xalqni turtib yuborishiga olib kelishi mumkin. Kamera va svetoforsiz nazorat qilinayotgan chorrahada, xohlasa Tesla 220 da ham oʻtib ketishi mumkin. Agar chorraha inson omilisiz tartib asosida boshqarilganda edi, barcha piyoda va mashinalar oʻz haq-huquqlarini talab qilgan boʻlar edi.
Demak xulosa: DAN xodimlarida ulkan kuch bor ekan, bunda na kamera, na svetofor, na piyodalar unga qarshi bora olishadi. Keyingi postda: Nima qonuniy, lekin mantiqiy emas yoxud DAN xodimida qayerdan shuncha qobiliyat haqida gaplashamiz. “Siyosat bilan emas, siyosatchi bilan oʻynashmang” - mavzusini oʻqigan edingizmi: https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=2432786570322226&id=100007727199020

Biror ishni qoyillatib qoʻygandek, bugun Koreya elchixonamizda Oʻzbekiston, Singapur, Malayziya, Yaponiya, Xitoy va Koreyadagi vatandoshlar bilan boʻlgan onlayn ochiq muloqotda qatnashdim. Aslida forma ixtiyoriy edi, lekin Kostyum shim galustiklar taqib olib, qilichdek ishtirok etdik. Formani bunday qarsakbozlik, majlisbozlik tadbirlarida kiyilishini sabab qilib, jamiyat bizni shunday tarbiyaladi deb qutilib qoʻyishim mumkin edi, lekin menga shunday kiyimda yurish yoqadi. 🙂
Xullas, tadbirda Oʻzbekiston tomonidan barcha koʻzga koʻringan vazirliklar, tashkilotlar, inspeksiyalar qatnashishdi. Maqsad xorijdagi vatandoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berish edi. Men oʻzimni qiynayotgan savolni soʻragan edim, lekin keyin bilsam, bu savol ularni ham qiynayotgan ekan. Barcha chet el davlatlari aytilgan vaqtda kameralarni shay holga keltirib, tayyor boʻlib turdi, faqat tashkilotchilar oʻzlari 1 soatga kech qolishdi. 🙂
Savol: Muddatli harbiy xizmatda oʻtash yoshi 27 yoshgacha etib belgilangan. Xorijda Master ayniqsa PhD bosqichida tahsil olayotgan vatandoshlar, aynan yosh bilan bogʻliq sabab bilan, oʻz burchlarini oʻtay olmayapti. Taklifim, qishki va yoki yozki taʼtillarda, barcha hujjat topshirish, tibbiy koʻrik, toʻlov qilish bilan bogʻliq jarayonlarni soddalashtirib, armiyada xizmat qilib va yana xorijdagi davlatiga qaytib ketib, oʻqishlarini davom ettirishlari uchun imkon yaratib berishlarini soʻragan edim.

Oʻzi hemiri yoʻq, stipendiyaga qaram talaba boʻlsam. Bugun imtihonlardan charchab, 2 dollarga kofe olaman deb kirsam, 3 ta Koreys qizaloqlari “Baskin and Robbins” nomli sifatli muzqaymoqlar doʻkonida oʻtirgan ekan. Koreyslar bogʻcha yoshidan ingliz tilini oʻrganishgani bois, yosh qatlam ingliz tilida yaxshi gaplasha oladi.
Ularni oldiga borib, sizlarni rasmga olsam boʻladimi deb soʻragan edim, ha boʻladi lekin muzqaymoq olib bersangiz deb qoldi. Xuddi Операция “Ы” kinosida 330 soʻm berasiz deb soʻrasa, ikkinchisi har birimizga deb tiqilib turgandek boʻldi. Vooyeeey, deb 5 dollardan har biriga olib berdim. Olib bermasam tagʻin qovoq solib olishdi. Meni oʻrnimda siz boʻlganingizda, nima qilardingiz?!
Ha bitta rasm menga kofe bilan hisoblagan 17 dollarga tushdi. Tilimga boylang arqonni deydiku... Keyingi safar sal shustriroq boʻlaman, pulga tajriba olsang yaxshida. Ancha payt eslab yurasan, yeb qoʻyganingni... 😄

10 yil ichida ham tasvirchi ham tasvir vositasi oʻzgardi. Yashab qolish uchun, oʻzimizni doimo yangilab borishimiz kerak.
👉@rashidtojiboev👈
👉@rashidtojiboev👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiya Oʻzbekiston Prezidentining tashrifiga tayyorlanmoqda
Yaponiyaning Nagoya shahridagi markaziy maydonda, vokzal yaqinida kechadan boshlab “Oʻzbekturizm” tomonidan Oʻzbekistonning turistik potensialiga bagʻishlab tayyorlangan rolik katta ekranda namoyish etila boshlandi. Nagoyada mahalliy vaqt bilan ertalab 06:00 dan tunggi 00:00 gacha, har soatda 16 marta vokzal bekatidan chiqishda aylantirib turiladi.
Tokioning eng gavjum maydonlaridan biri Shibuyada esa 18-20 dekabr kunlari mahalliy vaqt bilan soat 09:00 dan 00:00 gacha har soatda qoʻyiladi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan joriy yilning 17—20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
© Madina Nurman

Hokimlarga shuncha vakolat qayerdan kelgan
Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya: Oʻzbekistonda tuman (shahar) hokimlari partiya aʼzosi ham, deputat ham boʻlmaydi, saylovda umuman aralasha olmaydi, deya bayonot bergan. Ularning qoʻshimcha qilishlaricha, ayni oʻzgarishlarni koʻzda tutuvchi qonun loyihasi tayyorlab boʻlingan va Adliya vazirligiga kiritilgan. Saylovga qadar prezidentimiz tomonidan imzolanishi kutilmoqda.
Mana Dekabr oyida kutilayotgan saylovlarga ham oz qoldi, lekin hech qanday amaliy natijalarga erishilmadi. Ustiga ustak yana amaldagi barcha viloyat va tuman hokimlari mahalliy kengash deputatligiga nomzod qilib koʻrsatilgan. Agar “Yangi Saylov — Yangi Oʻzbekiston” shiori ostida oʻtayotgan saylov natijalariga koʻra, barcha viloyat hokimlari mahalliy kengash deputatligiga saylanib, senator boʻlish chiptasini naqd qilib olishsa, siyosiy islohotlar, xususan kuchli parlament tizimidan umid qilmasak ham boʻlaveradi.
Batafsil oʻqish uchun: https://medium.com/@rashidsobirovichtojiboyev/nima-qonuniy-lekin-mantiqiy-emas-nima-qonuniy-ham-emas-mantiqiy-ham-emas-8d2c1ae3cd66

Medium
“Nima qonuniy, lekin mantiqiy emas”, “Nima qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas”
Tarixda maʼlum insonlarni (guruhlarni) qoʻlida cheksiz hokimiyat boʻlishi ortidan, oddiy xalq juda koʻp aziyat chekishgan. Diktaturadan…
Forwarded from Turakulov Economics (Valijon Turakulov)
“The Economist” jurnalining 2019-yil davlati gʻolibi: Oʻzbekiston.
#theEconomist #Uzbekistan
Yaxshi xabar!
Londonda joylashgan “The Economist” haftalik iqtisodiy jurnali oʻzining yil davlati unvoni gʻolibi Oʻzbekiston deb eʼlon qildi. Maqolada 2019-yildagi boshqa davlatlarga tegishli muhim oʻzgarishlar ham eslab oʻtilgan. Oʻzbekiston haqida esa:
“… Xavfsizlik xizmati boshligʻi 2018-yilda ishdan boʻshatilgandan soʻng, janob Mirziyoyev oʻtgan yil davomida jadal surʼatlar bilan islohotlarni boshladi. Uning hukumati asosan majburiy mehnatga barham berdi. Eng mashhur turma lageri yopildi (“Jasliq” qamoqxonasi nazarda tutilmoqda - tarjimon). Chet ellik jurnalistlarning Oʻzbekistonga kirishlariga ruxsat berildi. Byurokratlarga kichik biznes subyektlarini pora (olish va berish) bilan sunʼiy tazyiq oʻtkazish taqiqlandi (ilgari doimiy ravishda qilinar edi). Yanada koʻproq chegara oʻtish joylari ochildi va bu oʻz navbatida Markaziy Osiyoning chalkashib ketgan chegaralari sababli boʻlinib ketgan oilalarni birlashtirishga yordam berdi. Chet el texnokratlariga davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga yordam berish uchun takliflar joʻnatildi.
Oʻzbekistonda yangi yil oldidan parlament saylovlari boʻlib oʻtishi kerak. Garchi bu saylovlar, barcha partiyalar janob Mirziyoyevni qoʻllab-quvvatlashi hamda baʼzi tanqidchilarning hamon panjara ortida qolayotganliklari sababli, demokratiyadan ancha yiroq boʻlsa ham, baʼzi nomzodlar ilgarigi hukumat vaqtida oʻylash ham mumkin boʻlmagan baʼzi yengilgina tanqidlarini taklif qilisha olmoqda. Oddiy oʻzbeklar ham (yarim tunda sudrab ketilishdan qoʻrqmay), oʻzlarining siyosiy kampaniyalaridan xursandligini yoki qandaydir siyosiy sinf haqida oʻz noroziliklarini bildirishmoqda. Toʻgʻri, Oʻzbekiston hali oldinda anchagina yoʻlni bosib oʻtishi kerak, ammo 2019-yilgacha biron bir mamlakat Oʻzbekistonchalik yoʻlni bosib oʻtmadi.“
Xulosa sifatida aytish mumkinki, “The Economist” kabi nufuzli xalqaro jurnalda bu kabi ijobiy maqolaning chiqishi Oʻzbekistonni 2019-yilni yaxshi imij bilan tamomlashiga imkon berishi bilan bir qatorda 2020-yilni ham eng kamida aynan shunday oʻzgarishlar trendi bilan boshlash va oʻtkazish kabi masʼuliyatni ham yuklaydi. Chunki, investorlar hali hanuz Oʻzbekiston uchun qaror qabul qilishlarida “kutish va kuzatish” rejimini yoqib olganlar.
P.S. Rasmdagi ma'noni qarang!
📍 Kanalga obuna bo'lish:
👉 @xalqaro_savdo 👈

The Economist
Which nation improved the most in 2019?
The winner is a place that abolished slavery
1995 yilda Yaponiyaning Kobe shahridagi kuchli zilziladan keyin odamlarning hatti-harakati namunali va juda taʼsirli edi. 1992 yilda Los-Anjelesda zilziladan soʻng, tartibsizliklar va talon-tarojlar boshlangan, vaholanki Kobedagi yaponlar esa Los-Anjelesdagidan kuchliroq zilzilada ham matonat ila tura olishdi. U yerda oʻgʻirlik va isyon boʻlmadi. Yaponiya kompaniyalari kiyim-kechak, boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun oʻzlarining qutqaruv ishlarini tashkil qildi, koʻngilli tashkilotlar esa hech qanday ragʻbatlarsiz yordamga kelgan edi.
Hattoki yordamga yakudza (yapon mafiyasi) ham aralashdi. Hukumatni qutqarish harakatlari sekin amalga oshirilardi. Avtomobil va temir yoʻllari foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi va telefon aloqalari, suv va elektr taʼminoti uzildi. Oilaviy va moddiy yoʻqotishlar dahshatli boʻlishiga qaramasdan hech kim ilojsizlikdan dod-voy solmadi. Zilziladan bir yarim yil oʻtgach, 1996 yil noyabr oyida Kobe shahriga tashrif buyurganimda, hayot normal holatga qaytganidan hayratda qoldim. Ular bu katta ofatni matonat va bardosh bilan yengib oʻtgan va yangi hayot muhitiga koʻnikkan edi. Ularning madaniyati haqiqatdan ham boshqalardan farq qiladi.
Singapur Sobiq bosh vaziri Li Kuan Yuning "Uchinchi dunyodan birinchi dunyo tomon: 1965-2000 yillardagi Singapur hikoyasi" kitobidan, Umirdinov Alisher va Akbar Jalilov tarjimalari.
Batafsil o'qish uchun: https://sof.uz/uz/post/janubiy-sharqiy-osiyo-oqsoqoli-li-kuan-yuning-yaponiya-haqida-aytganlari

sof.uz
Janubi-sharqiy Osiyo oqsoqoli Li Kuan Yuning Yaponiya haqida aytganlari
Osiyoning qadrli oqsoqoli o‘zining salkam yarim asrlik davlat boshlig‘i va maslahatchisi sifatidagi faoliyati davrida yiqqan tajribalariga asoslanib, bizlarni Yaponiyaning aynan qaysi jihatlaridan o‘rnak olishga yoki ehtiyot bo‘lishga chaqirgan ekan?
Saylovga boykot eʼlon qilish, davlat rivojlanmasligi uchun tashlangan birinchi qadam
⚫️ Musaffo osmonimizda, bizsiz ham saylovlar 90% dan baland boʻlgan. Bizni oʻrnimizga ham ovoz berishgan. Lekin, Qovunlar sayli mahalida, 4 ta “qovundan”, 1 ta “handalagiga” ovoz berish ham, hozirgi kunda Davlatimiz uchun foydali.
⚫️ 2019 yilda, Afgʻon qoʻshnimizda boʻlgan prezidentlik saylovlarini natijalari eʼlon qilinishi 3 marta kechiktirilishi ortidan, ular rasmiy prezidentsiz boshqaruv ostida qolmoqda. Saylovda 20% afgʻonlar qatnashgan.
⚫️ Biz biror mahsulot xarid qilsakkina, uni bilan bogʻliq boʻladigan jarayonlarda qatnasha olamiz: shikoyat, ayriboshlash, ragʻbat, tanqid... Sovrin yutishimiz uchun avvalo lotereya oʻynashimiz kerak.
⚫️ Amaldorlar va xalq orasida boʻshliq bor edi. Nazarimda bu boʻshliq, xalq vakillari bilan toʻlgandek. Sababi, amaldorlar oldinga bir qadam tashlasa, xalq ham ortidan qadam tashlamoqda. Natijada amaldorlarga ortga qaytishga imkon qoldirmayapmiz. Notoʻgʻri qadam bosgan taqdirda tanqid orqali jazolayapmiz.
PS: Dunyo Boʻylabʼga saylovlar borasida ataylab soqol bilan intervyu bergan edim. Tanqid qilgan joyimni kesib tashlashdan boshqa, soqol bilan bogʻliq Senzura yoʻq ekan. 🙂

Forwarded from Tahlil-Uz
Investitsiya kiritaylik, investitsiya!
Bugungi kunda kichik davlatlar iqtisodi ichki yoki tashqi investitsiyasiz (FDI) rivojlanishi juda qiyin. Demak, O'zbekiston ham investitsiya muhitini yaxshilash bilan yaxshi iqtisodiy siyosat olib boryabdi.
Investitsiya aslida nimaga kerak? Avvalo investitsiya davlatni global iqtisodga integratsiya qilish uchun kerak. Boshqa tarafdan, investitsiya orqali turli davlatlardan jalb qilingan texnologiya, imkoniyat va kapitalni davlat rivojida ishlatish mumkin. Lekin, savol to'g'iladi; xo'sh, davlatlarga kirib kelayotgan hamma investitsiyalar ham yuqoridagi maqsadga hizmat qilyabdimi? Oddiy javob; yo'q!
IMF tomonidan chiqarilgan reportga ko'ra bugungi kunda 40 trillion$ ga yaqin FDI dunyo mamlakatlarini kezib yuribdi. Lekin, qizig'i bu raqamning deyarli derayli 40% “arvoh” investitsiya hisoblanadi. Bu “arvoh” investitsiyalar aslida aniq biznesga ega bo'lmagan va faqat katta korparatsiyalar tomonidan soliqdan qochish uchun ishlatiladian bo'm-bo'sh kompaniyalarga kirgan pullar hisoblanadi. Bu kirim pullar iqtisodiyotga umuman hissa qo'shmasada tashqaridan kirgan investitsiya hisoblanaveradi va YaIM ning ko'r-ko'rona o'sishiga hissa qo'shadi.
Oddiy misol; bundan arvoh investitsiyalarning deyarli to'rtdan bir qismi, ya'ni 6 trillion$ atigi 600 ming aholiga ega bo'lgan Luksemburg davlatiga to'g'ri keladi. Bu daxshat!
Eski Soviet davlatlari ham bu arvoh investitsiyalardan ancha foyda ko'radi. Masalan, Rossiyaga kirib keladigan investitsiyalarning 60% hech qanday biznesga ega bo'lgan korxonalar tomonidan olib kiriladigan arvoh investitsiyalar hisoblanadi. Bu sxema “round-tripping” deb atalib, aslida Rossiyada joylashgan ichki kompaniyalar tomonidan turli fondlarni tashqariga olib chiqib ularni “tashqi investitsiya” deb davlatga qayta olib kirish orqali ishlaydi. Bu fondlar agar qonuniy biznesga tegishli bo'lsa, ular tashqi investitsiya deb hisoblanib turli imtiyozlarni qo'lga kiritadi. Agar noqonuniy o’zlashtirilgan pora pullari bo'lsa qonuniy yo'l bilan qayta yuviladi. Shuning uchun Rossiya yoki Qozog'istonga kirib keladigan investitsiyalarni manbasi tekshirilsa, ular odatda kompaniyalarning soliqdan qochish boshpanasi bo'lgan 2-3 davlatdan, Kipr, Nederlandiya yoki Bermudadan kirib kelgan bo’ladi.
Xo'sh bu nima degani?
Birinchidan, globalizatsiya mamlakat iqtisodlariga nafaqat yaxshi balki yomon oqibatlar ham olib keladi. Bulardan biri soliqdan qochish hisoblanadi. Bu davlatlar ro'yxatini hamma biladi. Oddiygina Apple kompaniyasini o'rgansangiz, uning asosiy biznesi Kaliforniyada emas, balki soliqdan qochish boshpanasi bo'lgan Irelandiyaga to'g'ri keladi. Demak globallizatsiya ko'p kompaniyalar uchun soliqdan qochish boshpanasi bo'lgan ko’plab davlatlarni paydo qildi.
Ikkinchidan, hamma investitsiya ham davlatni rivojlantirishga hizmat qilmaydi. Bu bizni davlatga kirib kelayotgan investitsiyalar arvohmi yoki haqiqiymi, farqini ajratishga undaydi. Farqni bilib olish qiyin emas; agar kirib kelayotgan investitsiyaning manbasi yuqoridagi soliqdan qochish boshpanasi bo'lgan davlatlarda 1 oy yoki 1 yil oldin ochilgan bizneslar bo'lsa, demak bu investitsiya shubhali va arvoh investitsiya.

IMF
The Rise of Phantom Investments
Empty corporate shells in tax havens undermine tax collection in advanced, emerging market and developing economies.
Bir moychechak, ikki boychechak...
Saylov tugadi. U ham xuddi Futbolga oʻxshaydi. Paxtakor yutqazib qoʻyganidan nuqul arazlab oladigan Ergash Karimov, uni keyingi oʻyinidan umid qilganidek, bizni ham bu galgi nomzodlardan umidimiz katta. Har xolda, saylovda ishtirok etibgina gʻalaba qozonishimiz mumkin, qatnashmay emas. Boʻlajak deputatlarimiz, hech boʻlmaganda saylovdan oldin bergan vaʼdalarini bajarishi kerak. Davlat rivojlanishi albatta kelajakdan boʻladi deganlaridek, kelajakni puch qonunlar bilan tarixga aylantirmang.
Aks holda, 12 yil Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga rahbarlik qilgan kattakonlar, uni jar yoqasi oldiga keltirib qoʻyib: biz Jahon chempionatiga chiqishga vaʼda bermaganmiz, deb qutilib qoʻygandek gap boʻladi. Oʻzi shundoq ham Demokratik deb ataladigan davlatimiz 27 yil parlamentsiz Diktaturadek yashadi. Deputatlarimizdan iltimos, bu oddiy xalq, har safar terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqa olmasa ham, bir qoʻzgʻalib yana to'rt yildan keyin muxlislik qilib umid qilaveradi degan xom xayolni yigʻishtiringlar. Bizga chiroyli oʻyin emas xuddi vaʼdalardek, aniq gʻalaba kerak.

Ikki karra ikki toʻrt boʻlishi kerak, besh emas
Jon kuyar blogerlar, OAVlari tomonidan adolatsizlikka, aynan saylovga boykot eʼlon qilgan fuqarolarni ovozlari soxtalashtirilmasligi uchun kurashildi. Ozodlik, rivojlanish, demokratiya hech biri berilmaydi, olinadi. Siyosiy iroda boʻlib turgan paytda, bir hisoblashib, ikki karra ikkini toʻrt qilib olmaymizmi.
Blogerlar asosan, poytaxt doirasida kuchli taʼsir doirasiga ega. Boshqa hududlarni ovozni soxtalashtirish, yuqori amaldorlar tomonidan oldindan tayinlangan nomzodlarga qoʻshimcha ovoz yozish holatlari ham kuzatilmoqda ekan. Qaysi nomzod qancha ovoz toʻplagani muhim emas, uni kim sanagani muhim boʻlib qolmoqda.