Qur'on Radio 📻
6 subscribers
7 photos
15 videos
2 files
4 links
(Odamlarga) Chiroyli ko'rinishdan foyda yo'qda
Download Telegram
إِنَّ أَكۡرَمَكُمۡ عِندَ ٱللَّهِ أَتۡقَىٰكُم | تلاوة تدبرية من سورة…
إِنَّ أَكۡرَمَكُمۡ عِندَ ٱللَّهِ أَتۡقَىٰكُم | تلاوة تدبرية من سورة الحجرات
Audio
Forwarded from kutubina 📚🌷
Инна лиллаҳи ва иннал Илайҳи рожиьун....
Яқин биродарларимдан бири вафот этдилар....
Shayx Muhammad Rotib Nabulusiy: “Mavlidni bayram qilish ibodat emas. Lekin kishilarni Allohga chorlashga kiradi. Yil davomida Rabi’ul avval va boshqa oylarda masjidlarda, honadonlarda mavlidni yodga olish bilan nishonlash joizdir.
Imom Saxoviy: Dastlabki uch asrda mavlidi sharifni salaf ulamolardan biror kishi nishonlamagan. Bu ishlar keyinchalik paydo bo‘lgan. Yer yuzidagi musulmonlar hanuzgacha bu ishlarda bardavom bo‘lib kelmoqdalar. Mavlidi sharif kechalarida bir-birlariga sadaqalar ulashishlari, mavlidi sharifga oid kitoblarni o‘qishlari yaxshi ishlardandir. Mavlidning barokotidan ularga ko‘pgina ijobiy ishlar zohir bo‘ladi
Doktor Ali Jum’a (Misr sobiq muftiysi): “Rasulullohning tavalludlarini yodga olib bayram qilish, eng afzal amallardan va ulug‘ qurbat hosil qilinadigan ishlardandir. Zero, bayram qilish u zotga nisbatan xursandchilik va muhabbatning ifodasidir. Aslida Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)ga muhabbat qo‘yish, iymonning asllaridan bo‘lgan asl ishdir.
Doktor Muhammad Said Ramazon Butiy: “Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)ning tavallud kunlarini yodga olib, nishonlanadigan bayram undan yaxshilik umid qilinadigan ishlardan hisoblanadi. Bu xuddi oldinlari mavjud bo‘lmagan hozirgi zamonda o‘tkaziladigan diniy anjuman va yig‘inlarga o‘xshab ketadi. Shu sababli hozirgi kunda o‘tkaziladigan diniy anjuman va yig‘ilishlarga bid’at ta’rifini berib bo‘lmaganidek, mavlidi sharifni nishonlashga ham bid’at ta’rifini berish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Biroq ushbu nishonlash nomunosib ishlardan holi bo‘lmoqligi lozim bo‘ladi
Hofiz Abdurahim Iroqiy: “Albatta, valima qilish va insonlarga taom ulashish doimo maqtalgan ishlardan hisoblanadi. Agar bu fazilatli ishlarga Rasulullohning tavallud topgan muborak oydagi shodu xurramlik va xursandchilik qo‘shiladigan bo‘lsa, u qanday ham go‘zal bo‘ladi. Zero, mavlidni yangitdan paydo bo‘lgani, uning yomon ko‘rilgan ishlardan ekanligini bildirmaydi. Yangi paydo bo‘lgan mustahab bid’atlardan qanchalari borki, uni amalga oshirish vojib bo‘ladi
Muhammad Mutavalli Sha’roviy: “Mavlidi sharifning ehtiromi uchun, har yili qalbimizdagi Nabiy (sollallohu alyhi vasallam)ga bo‘lgan sevikli xotira ila shodu xurramlik va xursandchilikni ko‘rsatishmiz haqli bo‘ladi. Zero, ushbu xursandchilik mavlidi sharifni nishonlash bilan bo‘ladi
Ibn Obidin: “Bilginki, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tug‘ilgan oyda qilinadigan mavlidi sharif maqtalgan bid’at ishlardandir.” “Salovatlarning afzali va salomlarning mukammal sohibi bo‘lmish Nabiy (sollallohu alayhi vasallam)ning qissalaridan eshitish uchun jamlanish, o‘z ichiga ko‘pgina mo‘jiza va salovatlarni qamrab olganligi bois eng ulug‘ qurbatlardan hisoblanadi[
Imom ibn al-Haaj al-Molikiy (rahmatullohi alayh): “Alloh taoloning bizga ato qilib bergan ulug‘ ne’matiga shukrona sifatida Rabi’ul avvval oyining o‘n ikkinchi dushanba kunida ibodat va xayrli ishlarni ko‘proq qilish lozim bo‘ladi. Chunki ne’matlarning eng ulug‘i Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tug‘ilgan kunlaridir”, boshqa bir so‘zlarida: “Mavlid o‘qish va Rasululloh tug‘ilgan kechada xursand bo‘lish u zotni hurmat qilishdan hisoblanadi.”
Abu Shoma (Imom Navaviyning uztozlari): “Bizning zamonamizda har yili Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) tug‘ilgan kunlariga muvofiq keladigan kunda sadaqalar qilish, xayrli ishlarni amalga oshirish, chiroyli liboslarni kiyib, xursandchilikni zohir qilish qanday ham go‘zal ishlardan hisoblanadi. Zero, ushbu ishni qiluvchi insonning qalbida Rasulullohga nisbatan ehtirom va muhabbati borligi hamda u zotni butun olamlarga rahmat qilib yuborgan Alloh taologa shukrona qiluvchiligiga ishora bordir
717 - Хикмат

Агар қаноат қилсанг, оз нарса хам камдир.
Агар тамагир бўлсанг, кўп нарса хам оздир.
Агар яхши кўрсанг, узоқ кишинг хам яқиндир,
Агар ёмон кўрсанг, яқин кишинг хам узоқдир

Хикматлар саодатга етаклар китобидан📚