Qashqadaryo Viloyat Prokuraturasi
3.64K subscribers
13.2K photos
1.84K videos
102 files
2.83K links
Qashqadaryo viloyat prokuraturasining ishonch telefon raqami 75 228 10 07
Download Telegram
Viloyat prokurori o‘rinbosari Kosondagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Bugun Qashqadaryo viloyati prokurori o'rinbosari O.Quldashev Koson tumani “Do’stlik” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan "Yangi O’zbekiston" mavzesidagi ko’p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari va investitsiya dasturi asosida qurilayotgan binolar bilan tanishib chiqib, obyektlarni belgilangan muddatlarda yakunlash, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirilishi yuzasidan ko'rsatmalar berdi.

Shundan so’ng, viloyat prokurori o’rinbosari O.Quldashev, tuman prokurori o’rinbosari J.Shukurov, tuman hokimi o’rinbosari B.Ochilov ishtirokida davlat dasturlari yuzasidan amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari bo’yicha buyurtmachi, pudratchi tashkilotlar va qurilish sohasiga mas'ul bo’lgan xodimlar bilan uchrashuv o’tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

👉 @Kosontumani_uz
Forwarded from Bosh prokuratura
Қашқадарё вилояти прокурори Бектош Сайипов бошчилигида Қарши шаҳрида хавфсиз муҳитни яратиш, жамоат тартибини сақлаш, жиноят ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш борасида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ва жамоатчилик билан ҳамкорликда амалга ошириб келинаётган ишлар аҳволи ўрганилди.

Хусусан, маҳалла ҳудудида тунги вақтда жамоат тартибини сақлаш учун йўналтирилган ички ишлар, миллий гвардия ва жамоатчилик вакилларининг йўналишлари “жиноят ўчоқлари”дан келиб чиққан ҳолда қайта тақсимланди.

Шунингдек, маҳаллада жиноятчиликни жиловлаш самарадорлигини янада ошириш мақсадида “ижтимоий профилактика” тамойили асосида “маҳалла  бешлиги”нинг вазифалари тушунтирилди.

Шу билан бирга, “қизил” тоифадаги “Мустақиллик” маҳалласи ҳудудидаги кўча ва хонадонлар атрофида хавфсизликни таъминлаш мақсадида зарур кўрсатма ва тавсиялар берилди.

🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Instagram | YouTube | Veb-sayt
Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Aholi o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. Tuman hokimligining majlislar zalida aholi o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda tuman prokurori S.Nurmatov, tuman IIB rahbari F.Asadov hamda tuman DSI boshlig‘i J.Cho‘liyevlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda tumanda joriy yilning 8 oyi davomida jinoyatchilik o‘tgan yilga nisbatan tahlil etilganda 9,4 foizga kamaygani, lekin shunga qaramay, Kasbi tumanida joriy yilning 11 sentabr kuni sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyat barchani sergak torttirishi lozimligi ta'kidlandi. Ushbu jinoyatni sodir etilishida mahalla beshligining ham e’tiborsizligi sabab bo‘lganligi tanqid qilindi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ҚАШҚАДАРЁ АХБОРОТИ" Шаҳрисабз шаҳрида ўтказилган “Ёшлар учун барча эшиклар очиқ” шиори остидаги тадбирдан лавҳа

#14may #qashqadaryo_trk
📱Расмий телеграм каналимиз
👉
https://t.me/qashqadaryo_trk