QASHQADARYO.UZ | RASMIY
11.2K subscribers
21.3K photos
1.71K videos
4 files
4.6K links
Download Telegram
Forwarded from Matbuot kotibi | Ahror Sodiqov |Rasmiy (Ahror Sodiqov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE Муротжон Азимов пойтахтимизда яшаб, ижод қилаётган қашқадарёликларни Шаҳрисабздаги "Мираки" туризм маҳалласида кутиб олди

Хабар берганимиздек, бир гуруҳ ижод аҳли воҳамизда бўлиб турибди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chatchilik sohasida o‘ziga xos tajriba

Tadbirkor Sherali Tilakov bilan suhbat.

Kasbi tumani

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Qashqadaryolik ijodkorlar “Miraki” turizm mahallasida bo‘ldi

Xabaringiz bor, san’at, adabiyotshunoslik, jurnalistika va yozuvchilik sohasida yuksak marralarni zabt etib, poytaxtda faoliyat yuritayotgan bir guruh qashqadaryolik ijodkorlar viloyatimizga tashrif buyurishdi.

Viloyatning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirayotgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda qad rostlayotgan zamonaviy binolarning qurilish jarayoni bilan tanishgan ijodkorlar Shahrisabzdagi “Miraki” turizm mahallasida bo‘lishdi.

Ijodkorlar mazkur mahallada joylashgan “Lochin” oromgohida viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan kutib olindi. So‘ngra “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ hamda “Uzbekistan GTL” MCHJda faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ishtirokida “YOSHLAR 2024. GʻOYALAR VAQTI” neft-gaz yoshlari forumida ishtirok etishdi. Unda viloyat hokimi so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, vohada ijodkorlarning erkin ijod qilishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirdi.

So‘ngra, tashkil etilgan ijodiy kechada ijodkorlar Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Inson qadri” uchun viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni o‘zlarining she’riy misralari va kuy-qo‘shiqlari orqali bayon qilishdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X