QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги
9.13K subscribers
23.1K photos
2K videos
4 files
5.01K links
Download Telegram
Hududlarda ulkan bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda

Bugun Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalar bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar joylarda o'z amaliy ifodasini topib, olis hududlarda ham buning yaqqol isbotini ko'rish mumkin.

Barchamizga ma'lumki Shahrisabz tumani respublikamizning eng so'lim go'shalaridan biri sanaladi va hudud aholisiga yanada qulayliklar yaratish uchun mahallalarda ijtimoiy soha obyektlari yangidan qurilib, mavjudlari ta'mirdan chiqarilmoqda.

Jumladan:

- “Big‘mi” mahallasi uchun yangi ma'muriy bino,
- Yurtimizning eng baland nuqtasi "Ko‘l" qishlog‘ida oilaviy shifokorlik punkti va MTT,
- "Uloch", "Polmon" va "Shakarteri" mahallalari uchun oilaviy poliklinika,
- "Tanxoz" mahallasida maktabgacha ta'lim tashkiloti,
- “Tepar” mahallasida maktabgacha ta'lim tashkiloti.

Yuqorida ta'kidlanganidek barcha tuman (shahar)larimizda bo'layotga bu kabi o'zgarish va yangiliklardan xalqimiz xursand va shukronalik kayfiyatini his etishmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Юқори технологик жарроҳлик амалиётлари

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
📊Viloyatimiz korxonalari tomonidan 22 814,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimiz korxonalari tomonidan 22 814,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 110,5 % ni tashkil etdi.

👉Kanalga ulanish t.me/qashstatuz
E-auksion.uz 138 mingdan ortiq yer uchastkalarini taklif etadi

Viloyat bo'yicha,

9150 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
2890 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
141 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
35 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
197 ta qishloq xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
6 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
2 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
97 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
10 ta ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
6 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Viloyat hokimi UNICEFning yurtimizdagi vakolatxonasi direktorini qabul qildi

Joriy yilning 16-17-fevral kunlari UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori Munir Mammadzade boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi. Tashrif viloyat hokimi Murotjon Azimov bilan rasmiy uchrashuvdan boshlandi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- maktabgacha ta'lim qamrovini oshirish, mazkur ta'lim muassasalarini jihozlash hisobidan qo'shimcha o'rinlar yaratish;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish;
- bolalar tibbiyot muassasalarini jihozlash, Qarshi shahridagi Ona va bola tibbiyot klasteriga zamonaviy tibbiyot jihozlarini olib kelib, shu yerning o'zida murakkab jarrohlik amaliyotlarini yo'lga qo'yish;
- umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish, ularning biologiya, fizika va kimyo laboratoriyalari jihozlari bilan ta'minlash;
- maktablarning suv ta'minoti va sanitariya-gigiena maskanlarini yaxshilash;
- xorijiy tillar fanlari o'qituvchilarini til sertifikatlari olishga o'qitish;
- maktab bitiruvchilarini kasb-hunarga o'rgatish, jumladan, qizlarni zamonviy kasblardan dasturchilikka o'rgatish.

Shuningdek, UNICEF tashkiloti bilan viloyat hokimligi o'rtasida anglashuv Memorandumi va yillik harakatlar rejasi imzolashga kelishildi.

Delegatsiyaning joylardagi o'rganish va uchrashuvlari davom etmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter