QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi
8.19K subscribers
24.7K photos
2.15K videos
4 files
5.31K links
Download Telegram
Qashqadaryoda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi

Vatan ozodligi uchun bo‘lgan janglarda qanchadan-qancha o‘zbek o‘g‘lonlari mardonavor halok bo‘ldi. G‘alaba nashidasini surib yurtiga qaytganlar ham kam emasdi.

Ana shunday qahramonlik ko‘rsatganlar ichida hozirda qarilik gashtini surib, shirindan-shakar nabiralari quchog‘ini to‘ldirib turgan qamashilik Ro‘ziboy Sottarov, Shahrisabz tumanida yashovchi Saydullo Jabborov, g‘uzorlik Ennazar Xasanov, kasbilik Xayrullo Shermatov, nishonlik Ro‘zi Soatov, chiroqchilik Jo‘ra Yodigorov, Shahrisabz shahrida yashovchi Omon Boboyev va Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan onaxon Vera Nasirova ham bor.

Yuqorida tilga olinganlarning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va qahramonligi davlat rahbari tomonidan e’tirof etildi. Viloyat, tuman va shahar mas’ullari ularning xonadoniga tashrif buyurib, Prezidentning sovg‘asi va ularga atalgan tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
❗️❗️❗️

🏆 2024-yil uchun "Data Integrity Services" LLC, "MAAB innovation" MCHJ, IT Park hamda Viloyat hokimligi hamkorlikda tashkil etayotgan "Iqtidorli talaba yoshlarga IT sohasida bilim berish va ish bilan ta'minlashda ko'maklashish" ta'lim dasturining barcha bosqich natijalarini e'lon qilmoqdamiz.

🎉 Ushbu ro'yxatda test natijalari va suxbat jarayoniga muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar keltirilgan. Muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarni tabriklaymiz. 👏

⚡️Natijalarni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin👇

🔗 Natijalar

☎️ Murojaat uchun: 99-026-11-99 / 97-310-10-14,
✍️ Murojaat uchun: @IT_Park_Karshi

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!
🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Madaniy-maʼrifiy tadbirlar oyligi

Yakkabog‘ tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tizimidagi taʼlim muassasa (maktab)lari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli taʼlim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o‘tkazildi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X