QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi
8.35K subscribers
25.5K photos
2.27K videos
4 files
5.5K links
Download Telegram
#9May "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimi va jamoasi, sektor, viloyat tashkilot hamda korxonalar, muassasalar rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari harbiy orkestr sadolari ostida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Bu yodgorlikka gul qo‘yish barcha O‘zbekiston onalariga yuksak hurmat-ehtirom ifodasidir.

Avvalroq, viloyat hokimi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga ham borib, Prezidentimiz tabrigi va qimmatbaho sovg'alarini topshirgani haqida xabar bergan edik.

Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!

A’zolik 👉 @qvh_axboroti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қарши шаҳридаги "Мотамсаро она" ҳайкали пойига гулчамбар қўйиш маросими бўлиб ўтди
Qashqadaryoda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi

Vatan ozodligi uchun bo‘lgan janglarda qanchadan-qancha o‘zbek o‘g‘lonlari mardonavor halok bo‘ldi. G‘alaba nashidasini surib yurtiga qaytganlar ham kam emasdi.

Ana shunday qahramonlik ko‘rsatganlar ichida hozirda qarilik gashtini surib, shirindan-shakar nabiralari quchog‘ini to‘ldirib turgan qamashilik Ro‘ziboy Sottarov, Shahrisabz tumanida yashovchi Saydullo Jabborov, g‘uzorlik Ennazar Xasanov, kasbilik Xayrullo Shermatov, nishonlik Ro‘zi Soatov, chiroqchilik Jo‘ra Yodigorov, Shahrisabz shahrida yashovchi Omon Boboyev va Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan onaxon Vera Nasirova ham bor.

Yuqorida tilga olinganlarning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va qahramonligi davlat rahbari tomonidan e’tirof etildi. Viloyat, tuman va shahar mas’ullari ularning xonadoniga tashrif buyurib, Prezidentning sovg‘asi va ularga atalgan tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X