QOʻSHRABOT MAʼNAVIY HAYOTI
2.19K subscribers
6.78K photos
1.4K videos
7 files
3.06K links
Ushbu telegram sahifa orqali Qoʻshrabot tumanidagi maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar va yangiliklar yoritilib boriladi
Download Telegram
#Siyosiy_maʼrifat_soati

⚡️Siyosiy-ma’rifiy ilm — davlat xizmatchisi imijini xalq orasida yaxshilaydi


🔰Qo‘shrabot tumani tashkilotlari hamda muassasalaridagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

Siyosiy-ma’rifat soatida  yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan  normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/Qushrabot_Manaviyat
#bilasizmi

📌Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

Novkat
– Qo‘shrabot tumanidagi qishloq. Bu qishloq “Novkat” MFYda joylashgan. Toponim nov/nav, yani forscha-tojikcha "yangi" maʼnosini bildiradi va kat "kent"ning qisqargan shakli boʻlib, "makon, joy" maʼnosiga ega. Novkat - "yangi yashash makoni"dir .

📝Manba: Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati

Kanalga ulanish:
https://t.me/Qushrabot_Manaviyat
Oq poshshoning avaxtasi ham koʻp, Sibiri ham keng. (M. Ismoiliy, “Fargʻona tong otguncha”).

Jumladagi “avaxta” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
15%
Qorovullar turadigan post
69%
Qamoqxona, turma
17%
Paxtani qayta ishlash zavodi
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
28%
Qishloqga bordim.
72%
Qishloqqa bordim.
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Samarqand sadosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqchildavlat

Saratonga chalingan bolalarga 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatiladi

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ota-ona farzandini yaxshi inson bo‘lishini xohlaydi. Ilm olishi, katta-katta yutuqlarga erishishi uchun tinmay mehnat qiladi.

Lekin bola uchun moddiy ta’minot, yaxshi yaratilgan sharoitgina yetarli, deb o‘ylovchilar bor. Bular aslida farzandning jamiyatda INSON sifatida kamol topishi uchun ahamiyatli emas. Eng muhimi, ota-ona beradigan tarbiya, ko‘rsatadigan o‘rnak zarur.

Har daqiqada yangilanayotgan zamonda tarbiya borasidagi mas’uliyatimizni oshirishimiz zarur.

Tarbiya ota-onaning yuzi ekani, yaxshi xulqli farzandni ko‘rganda "ota-onasiga rahmat", deyishlarini unutmaylik! Buning aksi bo‘lmasin!

#yangiruhiyat

💬@otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga tabrik


Kanalga ulanish:
https://t.me/Qushrabot_Manaviyat
Xayrli tong, azizlar!

Omonatga xiyonat qilmaylik

Qalb - Allohning omonati. Uni Egasiga qay holda qaytaramiz?
Qoʻshnidan omonatga bir kosa olsak, ishlatib boʻlgach, yuvib, pokiza holda qaytaramiz.
Qalb vazifasini oʻtab boʻlgach, uni pokizalashga imkonimiz boʻlmaydi.
Ortimizda qolayotgan yaqinlarimiz ham tozalab bera olishmaydi. Uni poklashni oldinroq oʻylashimiz kerak.
Uni turli illatlar bilan bulgʻamaslik chorasini koʻrsak, yanada afzalroq boʻlardi.
Agar qalbni gʻazab, riyo, hirs, ochkoʻzlik, hasad, gʻiybat kabi illatlardan muhofaza qilmasak, u chiqit toʻla jomga oʻxshab qoladi.

Tohir MALIK

🌤Shanba kuningiz xayrli oʻtsin!

Kanalga ulanish:
https://t.me/Qushrabot_Manaviyat
#10kitob
#tavsiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Jamoliddin Turdimov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob”ni tavsiya qiladi.


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tumanimiz ziyolilaridan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini taqdim etishda davom etadi.

10 kitob ro‘yxati:👉https://telegra.ph/Kitob-tavsiyasi-17-son-05-24

Kanalga ulanish:
https://t.me/Qushrabot_Manaviyat
Forwarded from Samarqand sadosi
#Xayrli_tong

O‘RGANDIM...

• Ko‘rdimki, insonlar ko‘ringani kabi chiqmaslar. Yaxshi tanimasdan turib, yaxshi, yomon demaslikni o‘rgandim...
• Boqdimki, ortiqcha baho bermoq yaramas. Keraklicha baho bermoqni o‘rgandim.
• Boqdimki, shoshilsa, ko‘p yomonliklar bo‘lar. Sabr etmoqni o‘rgandim.
• Boqdimki, nasib emas bo‘lsa, bo‘lmas. "Xayrlisi" demoqni o‘rgandim.
• Boqdimki, ortimdan gapirganlar hech to‘xtamas. Allohga havola etib, yo‘limda davom etishni o‘rgandim.

O‘rgandim...

🌤Yangi hafta va dushanba kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from Samarqand sadosi
#Sogʻlom_millat
#Sogʻlom_jamiyat

Qaynatish yoki bug‘da pishirish - qaysi biri foydali?

Bug‘da pishirilgan taom qaynatilgan, dimlangan yoki pechda pishirilgan ovqatdan ko‘ra foydalidir. Gap shundaki, bug‘lash jarayonida harorat 100 C dan oshmaydi, shuning uchun foydali moddalar mahsulotlarda to‘liq saqlanib qoladi.

Qaynatilganda ko‘plab suvda eriydigan vitaminlar sho‘rvaga o‘tadi va sabzavotning o‘zi foydalilik xususiyatlarini yo‘qotadi. Bundan tashqari, qaynatish va bug‘lash jarayonida sabzavot va go‘sht o‘zining tabiiy rangini yo‘qotadi hamda oqarib ketadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from Samarqand sadosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_kontent
#yangiruhiyat
#inson

Vaqtida Buxoro, Qoʻqon, Xiva ittifoq boʻlib yovga qarshi kurashganida edi, ehtimol, gʻanimlar oyogʻi ostida toptalmagan boʻlarmidik...

🎬 "Muqimiy" filmidan parcha

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi Axborot xizmati

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
​​#bilasizmi

📌Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

SARIGUL
– Qo‘shrabot tumanidagi qishloqning nomi. Mazkur mikrotoponim sari(q) va gul qismlaridan iborat. Sari(q)/sori(q) umumturkiy etnonim boʻlib, u turkman, qozoq, qirg‘iz, boshqird, qoraqalpoq, o‘zbeklar tarkibida mavjud. Oʻzbeklarning urug‘laridan qo‘ng‘irotlar, laqaylar, qatag‘on, mang‘it, batoshlar tarkibida ham sariq/sari/sori(q) urug‘i bor. T.Nafasov “sariq” komponenti asosida shakllangan Sariqaloq, Sariqal’a, Sariqbatosh, Sariqtepa, Sariqumursqa kabi joy nomlarini izohlaganda, ularning barcha tarkibida bu leksema etnonim sifatida ishtirok etayotganini ta’kidlaydi. Etnograf olima B.Qarmishevaning fikricha, sari(q) so‘zi yirik qabila nomlariga ham qo'shilgan: sari uygʻur, sari nayman, sari qipchoq, sari qangli, sari qirgʻiz, sari noʻgʻay kabi. Bunda, sari leksemasi yirik etnik birlikning urugʻi (qabilasi) yoki undan kichik boʻlimi, tarmog‘ini bildirgan. Bu o‘rinda sari(q)/sori(q) etnonimi totem asosida yuzaga kelgan. Gul so‘zi forscha boʻlib, “chechak, atirgul, umuman ziynat uchun ekiladigan yoki tabiiy, o‘zi o‘sadigan gulli oʻsimliklar” ma’nosini bildiradi. Shunga ko‘ra, bu mikrotoponimni sori(q) urug‘i vakillari tomonidan gullar o‘sadigan joyda barpo etilgan yashash maskani, qishloq, deb izohlasa boʻladi. Soritosh soy geografik termin soy “ikki adir yoki tog‘ oralig‘idagi, koʻpincha oqar suvlar harakati va boshqalar natijasida hosil bo‘lgan pastlik joy, suv yoʻli; shunday vodiyda, pastlikda doimiy yoki mavsumiy oqadigan kichik daryo, ariq, irmoq”.


📝Manba: Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati

Kanalga ulanish:
https://t.me/Qushrabot_Manaviyat