Aka-uka, opa-singil jiyanlarim bilan Stiv Jobs va Bill Geyts kabi boyish sirlari ustida mulohaza yuritdik😂
Siz tomonda qanday irimlar bor?
Siz tomonda qanday irimlar bor?
Agar hali Tashabbusli byudjetga ovoz bermagan bo’lsangiz, Uchtepadagi mahallamiz poliklinikasiga ovoz yig’ishda qarashib yuboringlar, iltimos.
Poliklinikamizning 1-2- qavati ta’mirdan chiqarilgan, tepa qavatlari haliginday bo’lib yotibdi.
Ovoz bergan bo’lsangiz, kommentda bildirib qo’ying. Yo’q demaganlarga ulkan rahmatlarim!
https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/40081b18-4bb6-48e9-bc69-bc9a730f805f

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sponsored by Uzbek people
O’zbek xalqi moliyalashtirgan, Prezident tashabbusi bilan ochilgan Fond bor: “El-yurt umidi”.
Jamg’arma dunyoning top-300 da turadigan xorij universitetlaridan taklif xati olgan o’zbek yoshlariga kontrakt, stipendiya, yashash xarajatlarini to’liq qoplab beradi. Chunki, sifatli kadrlar bizga suv va havodek zarur.
Bu hafta Fonddan stipendiya yutib olgan, hozir chet elda o’qiyotgan bolalar; xorijda grantga o’qib, Vatanga qaytib ishlayotgan ba’zi yoshlar bilan gaplashib, lavha qildim.
Ko’pchilik ularga skeptik qaraydi: “Borgandan keyin qaytgisi kelmaydi, kelib nima qilib beradi, tizim ularni “yeb yuboradi”, ana “Umid” chilarning yarmi qaytmagan,” deb.
Bu savolni men ham berdim. Hozircha unday keys bo’lmagan, ya’ni Vatanga qaytmagan stipendiat yo’qligini aytishdi. O’qish tugagach, bakalavrni bitirganlar 5 yil, magistrlar 3 yil ishlab berish majburiyatini olgan. Davlat shartnomasidagi muddat tugagach, kadrlar fikri o’zgarishi, yana o’qishni davom ettirish uchun qaytishi, yoki xorij kompaniyalariga ishga kirishi mumkin. Ular - erkin fuqaro. Qayerda bo’lsa ham ular o’zbek bo’lib qoladi va Vatanga ko’prik/imidj bo’lib xizmat qiladi. Bu mening fikrim.
Qolgan gaplarni “Menimcha” da berilgan lavhamdan eshitasiz.

“O’zbek” atamasi qanday paydo bo’lgan?
Hammamiz o’zbekmizu lekin haligacha millatimiz nomining etimologiyasini, kelib chiqish ma’nosini bilmaymiz.
Menga eng yoqadigan ilmiy-ommabop podkast - “Qurultoy” ning bu soni 200 yildan beri javobi qidirilayotgan savolga bag’ishlanibdi: “O’zbek” degani nima degani? Qayerdan kelib chiqqan bu so’z?
Uy tozalab tingladim, somsa pishirib tingladim, salat to’g’rab tingladim, chalg’ib qolgan joylarimni eslab qolish uchun qayta-qayta orqaga qaytarib tingladim.
Qurultoyda tarixchi ustozlar yangi ilmiy bahsni - yangilikni bayon qilishgan.
O’zbek degani bu…yaxshisi, o’zingiz erinmay eshitib, bilib oling.
https://youtu.be/cjR-sTXmBdk?si=W80SQqfjYwdIIt6g
Hammamiz o’zbekmizu lekin haligacha millatimiz nomining etimologiyasini, kelib chiqish ma’nosini bilmaymiz.
Menga eng yoqadigan ilmiy-ommabop podkast - “Qurultoy” ning bu soni 200 yildan beri javobi qidirilayotgan savolga bag’ishlanibdi: “O’zbek” degani nima degani? Qayerdan kelib chiqqan bu so’z?
Uy tozalab tingladim, somsa pishirib tingladim, salat to’g’rab tingladim, chalg’ib qolgan joylarimni eslab qolish uchun qayta-qayta orqaga qaytarib tingladim.
Qurultoyda tarixchi ustozlar yangi ilmiy bahsni - yangilikni bayon qilishgan.
O’zbek degani bu…
https://youtu.be/cjR-sTXmBdk?si=W80SQqfjYwdIIt6g
YouTube
Oʻzbeklar “oʻziga beklar”mi yoki “subeglar”mi? MAXSUS SON @QURULTOY
Qurultoy loyihasining navbatdagi — maxsus soni “oʼzbek” atamasi (etnonimi)ning kelib chiqishi bilan bogʻliq yangi faraz, toʻgʻrirogʻi, yangi tadqiqotga bagʻishlangan. Bu galgi sonda professor Gaʼybulla Boboyorov va tarix fanlari doktori Farhod Maqsudov “oʻzbek”…
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Jeyms Joys. Evelin (hikoya)
Izoh: hikoya qahramoni — oilasidagi nobop muhitdan zada bo‘lgan 19 yashar qiz. U sevgan yigiti bilan baxtli bo‘lish orzusida uyini tashlab ketishga ahd qilgan, biroq baxtli bolaligi o‘tgan qadrdon uyi, hali o‘zini eplolmaydigan, uning parvarishiga muhtoj ukalarini ko‘zi qiymayotgandi. Chunki o‘lim ostonasidagi onasi unga ro‘zg‘orga ko‘z-quloq bo‘lishni vasiyat qilgandi-da. Xo‘sh, Elevin qanday yo‘l tutarkin? Atigi 12 daqiqa vaqt ajratib, o’qib/tinglab bilib oling.
📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Jeyms-Joys-Evelin-hikoya
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/DBmJGcoc8sI
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
🔘 @xushnudbekuz

“Baxtimizni kechiring”
Yaqin orada men ijtimoiy tarmoqda eshitgan/o’qigan eng zo’r iqtibos shu.
Boshingga ish tushganida, qayg’u-hasratda odamlar, do’stlaring yoningda turadi, ular seni qo’llab-quvvatlaydi, tasalli beradi, yolg’iz emasligingni bilib, kuch topasan. Bu zo’r. Hamdard topish aslida qiyinmas.
Lekin…
Hammasi zo’r ketayotgan paytda sening o’sha hamdarding bo’lgan odamlar omading, baxting, muvaffaqiyatingdan siqilib, quvonchingni baham ko’rolmasligi — mana shunisi juda yomon.
Twitterda shunday gaplar bo’luvdi: baxtsizlikda do’sting ko’p bo’ladi, baxtli bo’lganingda do’stingni topish qiyin.
Mana bu haqiqiy hasrat.
Bugun bir uchrashuvdan keyin shu haqda ko’p o’yladim.
Bizga qaratilgan ig’vo, tuhmat, bo’hton, hasad, ichiqoralik, xusumat, g’alamisliklar balki oddiy shu narsadan — baxtli ekanimizdan kelib chiqar.
Xursand bo’lishingniyam bilmaysan, xafa bo’lishniyam.

G’oyalari eskirgan *dilga
kirib kelsa haqiqiy Navro’z
(o’xshatma)
Tabiat ham balans saqlashni biladi: kun va tun teng bo’ladigan kun bugun.
Navro’zi olam muborak bo’lsin, hayotingizda hamma narsaning tarozusi to’g’ri ishlasin. Mezonimizdan adashtirmasin.

Telegram
zouᴉɹɥǝW
***
YOLG’İZ bilan yolg’iz sayr etsam,
Ko’z yoshimni artmasa hech kim.
Uloqtirib miyamni, ketsam,
Kelmas dunyo jumbog’in yechgim.
Birdan yomg’ir yog’sa, tinmasa,
Erib borsa qafasim – tanim.
Erib borsa yurak, sinmasa,
O’ylamasam seni, Vatanim.
Tunda…
YOLG’İZ bilan yolg’iz sayr etsam,
Ko’z yoshimni artmasa hech kim.
Uloqtirib miyamni, ketsam,
Kelmas dunyo jumbog’in yechgim.
Birdan yomg’ir yog’sa, tinmasa,
Erib borsa qafasim – tanim.
Erib borsa yurak, sinmasa,
O’ylamasam seni, Vatanim.
Tunda…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ko’k jiguli” da biz ham o’ynadik:)
Mikrofon ko‘targan ayol
Hurmatli “Yoshlar” telekanali! Nega mening “Muhabbat qahvasi” serialimni bermayapsizlar?! 30 minutdan beri kutyapman axir. Umrimda hech qaysi serialni shuncha kutmaganman😂 Tezlashtiringlar, o’rtoqlar😎
Har tugul, eshitishdi, jonli efirni to’xtatib, xayrlashishyapti.
Boshlandi serialim.
Vaqtliroq yozsam bo’larkan😎
Boshlandi serialim.
Vaqtliroq yozsam bo’larkan😎
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellekt rahmatli dublyaj ustalari - Rimma Ahmedova va Oybarchin Bakirovaning ovozida Ma’sud Maxsudovning “Bugun tunda kelarmish bahor” she’rini o’qibdi.
Qanchalik o’xshagan, sizningcha?
Qanchalik o’xshagan, sizningcha?
“Rossiya 24” kanalini kuzatyapman.
Krokus Sitida bo’lib o’tayotgan terakt - otishma va yong’in tafsilotlari berilyapti. Qurbonlar, yaralanganlarning taxminiy soni ko’payib boryapti.
Hozir boshqa narsaga e’tibor qaratyapman. Rossiyaning yangi tarixida terakt ko’p bo’lgan, jurnalistlar bunday jarayonda ishlash tajribasiga ega. Lekin hozir baribir o’zini yo’qotib qo’yish holatlari bor. Terakt vaqtida “Dejurnaya chast’” ko’rsatuvi voqea joyiga ulanib turibdi va orada o’zining boshqa mavzulardagi lavhalarini ham berib turibdi. Boshlovchi tajribasiz ekan, “glavnaya tema” deb oldindan boshqa voqea haqida yozilgan podvodkani qanday bo’lsa shunday o’qib berdi. Juda katta fail. Hozir asosiy voqea - terrakt. Joyida o’zgartirib ketishi kerak edi.
Odatda asosiy voqea qolib, boshqa mavzularga chalg’ish tomoshabinning e’tiroziga sabab bo’ladi. Ular hozirgi jarayon haqida ko’proq va tezroq bilgisi keladi, chalg’ishni istamaydi, barcha mavzular bu paytda ahamiyatini yo’qotadi.
Boshqa xorij kanallari bunday vaqtda no comment- live camera ulaydi va orada sharh beradi yoki muxbir bilan oralatib bog’lanib turadi.
Balki, shunchaki urush boshlagan va minglab odamlar o’limiga sababchi bo’lgan davlat uchun terakt voqeasi ham unchalik sensitiv bo’lmay qoldimikin?!
Ammo begunoh odamlar uchun haqiqiy dahshat ichkarida. Vatandoshlarimiz bo’lmasin, ilohim.

Buyuk Britaniya Qirollik oilasida esa birdaniga ikki bemor: fevralda 75 yoshli Qirol Karl III prostata bezi saratoniga chalingani ma’lum qilingandi, endi esa uning kelini, bo’lajak qirol Uilyamning rafiqasi Keyt Middltonda onkologiya aniqlanibdi. Saraton turi ochiqlanmagan.
Keyt Middlton ancha vaqtdan beri jamoatchilikka ko’rinish bermayotgani turli shubha-gumonlarga sabab bo’layotgandi.
Menga Keyt juda yoqadi, oilaga o’zini munosib tutadi, haqiqiy Uels malikasi.
Qirolga ham, bo’lajak qirolichaga ham shifo bersin.
Shundoq jonga tegdi bu saraton. Insoniyat milliard dollarlarni urushlarga, qurollarga sarflamay, ilmga tikkanida, allaqachon shu baloi ofatning davosini toparmidi.

Kisva — Ka’batulloh yopinchig’ining bir qismi oilamizga hadya bo’lib keldi.
Ota-onam va ukam Umra ziyoratdan qaytishdi.
Alloh hammamizni muborak Baytiga yetkazsin!