Bunaqa paytda biz kezi kelib qolsa oʻz maʼnaviyatimiz ustiga qozon to'nkarib ham qoʻya qolamiz; erkimiz, tinch-u omonligimiz va hatto vijdonimiz, hamma hammasini chayqov bozorga olib chiqamiz. Kuyib ketmaydimi hammasi! Faqat qalblarimizning toʻridan joy olgan kimsalar baxtli boʻlsalar bas.
#jinoyat_va_jazo #dostoyevskiy
@quotechip
Ayniqsa, ilm bilan yurakning nozik hissiyotlari qoʻshilib ketsa, bunga nima yetsin...
#jinoyat_va_jazo #dostoyevskiy
@quotechip
Siz kambagʻalchilikda hali oʻzingizning tugʻma olijanob fazilatlaringizni saqlab qolgan boʻlasiz, yoʻqchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi.
#jinoyat_va_jazo #dostoyevskiy
@quotechip
Axir, har bir odamning bora oladigan biron joyi boʻlishi kerakdir-ku.
#jinoyat_va_jazo #dostoyevskiy
@quotechip
Axir, har bir tirik jonga kimdir rahm koʻzi bilan qarashi, unga achinadiganlar boʻlishi kerak-ku!
#jinoyat_va_jazo #dostoyevskiy
@quotechip
Agar halol boʻlsa-yu boshqalardan ajralib turadigan bir isteʼdodi boʻlmasa, erta-yu kech qora terga tushib ishlasa kuniga oʻn besh tiyindan ortiq ishlolmaydi.
#jinoyat_va_jazo #dostoyevskiy
@quotechip
❤1
Bir umr taqdirga tan berib yashagin-u harakat qilmoq, yashamoq, sevmoq huquqidan butunlay voz kech-da, yuragingdan hamma narsani oʻchirib tashla, vassalom!
#jinoyat_va_jazo #dostoyevskiy
@quotechip
❤1