Qumqo'rg'on tumani hokimligi
3.25K subscribers
23.8K photos
3.02K videos
14 files
9.15K links
Download Telegram
3-СЕКТОР ҲУДУДИДАГИ ХОНАДОНЛАРГА ҲАМ БАЙРАМ СОВҒАСИ УЛАШИЛДИ

Аҳолининг эҳтиёжманд қатламини қўллаб-қувватлаш, уларнинг янги йил байрамини кўтаринки кайфиятда, тўкин дастурхон атрофида кутиб олишлари учун Давлат раҳбари ташаббуси билан бир марталик пул маблағлари тарқатилмоқда.

Қумқўрғон тумани 3-сектор раҳбари, туман ИИБ бошлиғи Н.Нарзуллаев ҳам ўз ҳудудига қарашли маҳаллаларда кам таъминланган оилаларга ажратилган 800 000 сўм миқдордаги пул маблағларини топширди ва Президент табригини ўқиб берди.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

https://t.me/qum_axborot
QUMQO‘RG‘ONDA "PREZIDENT SOVG‘ASI" BOLAJONLARGA TOPShIRILDI

Yangi yil ko‘pchillik bolajonlarning sevimli bayramlaridan biri sanaladi. Kutilgan va kutilmagan sovg‘alar ertak qahramonlari, turli bayram tadbirlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. BSM o‘yingohida bezatilgan archa atrofida “Prezident archasi” tantanalari o‘tkazildi.

Tuman hokimi R.Gapparov tadbirda ishtirok etib, ishtirokchilarni bayram bilan qutladi va 30 nafar ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga “Prezident sovg‘asi”ni topshirdi.

Vatanparvarlik oyligida o‘tkazilayotgan ayni kunlarda 92 22 chegara qo‘shinlari hamda 36 691 harbiy qisim xizmatchilari, harbiy orkestr jamoalari ham bayram dasturida ishtirok etishdi.

Harbiylar tomonidan tashkil etilgan zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyishi, harbiy xizmatchilarning jang san’ati asosidagi ko‘rgazmali chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.

Qorbobo va Qorqiz, ertak qahramonlarining
chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar bolalarga bir olam zavq bag‘ishladi.
BAYRAM TADBIRI BIR PIYOLA CHOY USTIDA DAVOM ETDI
Bolajonlar uchun tashkil etilgan bayram tadbiri ”Navbahor” to‘yxonasida davom etdi. Tadbirga ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlaridan 150 nafari taklif etildi ularga tuman hokimligi tomonidan issiq ust-bosh kiyimlari berildi.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

https://t.me/qum_axborot