QARAQALPAQSTAN KADASTR
2.19K subscribers
7.71K photos
908 videos
2 files
4.69K links
Bul kanalda Kadastr agentligi hám Mámleketlik kadastrlar palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmaları jańalıqlarınan xabardar bolıp barasız
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
RO‘YXATDAN O‘TKAZISH INTEGRATSIYALASHTIRILMOQDA

💠Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari binosida kuni kecha boshlangan Jahon banki ishtirokida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr integratsiyalashgan axborot tizimi”ni ishlab chiqish loyihasini ishga tushirish oldidan uyushtirilgan seminar trening kadastr mutaxassislarining bahs-munozaralariga boy o‘tdi.

💠Koreya Respublikasining “LG-LX” konsorsiumi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyihaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari Palatasi, Geoinfokom DUK mutaxassislari jalb qilingan. Mazkur loyiha hozirgi kunda test rejimida ishga tushirilmoqda.

💠Seminar yakuniga ko‘ra hududiy boshqarma vakillariga berilgan bilim va ko‘nikmalari bo‘yicha fikrlari tahlil etildi. Ikki kunlik seminar-trening o‘z ishini yakunladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #IT_texnologiyalari

📝Kadastr agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 23.07.2021 yildagi “Fazoviy maʼlumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-702-son qonuniga asosan fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘ini yaratish uchun konsepsiyasi ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqladi.

🔷Mazkur konsepsiyaga binoan, Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasining 20 ta Davlat tashkilotlarining geoportallarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi.

🔷Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmog‘i joriy yilning davomida ishlab chiqilib, to‘liq ishga tushiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
​​#kadastr #hamkorlik #xalqaro_uchrashuv

Ayni damda Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengashning Qirg‘izistondagi 43-sessiyasi virtual formatda o‘z ishini boshladi.

Kun tartibida:

1. Davlatlararo kengashning 42-sessiyasi qarorlarining bajarilishi;

2. Kotibiyat va Davlatlararo kengash ishchi guruhlari faoliyati natijalari;

3. MDHga aʼzo davlatlarning bazaviy tashkiloti geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan zondlash sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyati natijalari- Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (MIIGAiK);

4. Davlatlararo kengash faoliyati doirasida loyiha pasportlarini ko‘rib chiqish.

5. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, kadastr sohasidagi asosiy ilmiy -texnik tashkiloti to‘g‘risidagi nizom loyihasi;

6. MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, geoinformatsion texnologiyalar, Yerni masofadan zondlash, kadastr va huquqlarni ro‘yxatga olish sohasida 2025 yilgacha hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi ("Yo‘l xaritasi") va boshqa masalalar ko‘rib chiqishi ko'zda tutilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Segment.uz
⚡️Давлат хизматчилари учун махсус ўқув соати бошланди

Вазирлик ва идоралар, Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри, шунингдек, барча туман, шаҳар ҳокимликлари раҳбар ва масъул ходимлари диққатига
!

🎬 Бугунги куннинг энг муҳим ва долзарб мавзулари ҳақида маълумот бериб борувчи "Сиёсий-маърифат соати" бошланди.

▶️
Мазкур ўқувни айни дамда Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлигининг ilm.argos.uz платформаси ҳамда YouTubeдаги саҳифасига ўтиб, ушбу ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин.

@yangiuzbekiston_uz
Aukcionǵa Qaraqalpaqstan Respublikasınan isbilermenlik penen shuǵıllanıw ushın 1 437 jer uchastkası qoyıldı

Kanalǵa aǵza bolıw👇
Qaraqalpaqstan kadastr
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #malaka_oshirish #kadrlar_bolimi

🔭 GEODEZIST-TOPOGRAFLARNING ILK QALDIRG'OCHLARI

📗 Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning 7-14 oktyabr kunlari Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021-yil 27-sentabrdagi 147-RT-sonli topshirig‘i ijrosi yuzasidan topograf mutaxassislik bo‘yicha tezkor o‘qitish tashkil etildi.
Agentlik tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalardan o‘qitish uchun nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi va ular orasidan suhbat natijalari bo‘yicha har bir hududdan 2 nafardan jami 28 nafar xodimlar tanlab olindi.

📍Tanlab olingan 28 nafar xodimlar ishlab chiqilgan o‘quv ish rejasiga asosan 7 kunlik kursda o‘qitilib, joriy yilning 14 oktabr kuni test va savol-javob sinovlaridan o‘tkazildi.

🗺 Mazkur imtihonlardan ijobiy o‘tgan geodezist-topograf mutaxassislarining o‘rni beqiyos ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi va ushbu 28 nafar mutaxassislarga sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #komplaens_xizmati

"HALOLLIK VAKSINASI" ZARUR!

Batafsil Namangan haqiqati gazetasining 16-oktabrdagi sonida

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #infografika #Geodeziya_nazorati

📌O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 977-son son qarori nizomi asosida Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi “Loyihalarni ekspertizadan o’tkazish” bo’limi xodimlari geodeziya va kartografiya ishlariga oid texnik loyihalarni ekspertizadan o’tkazib kelmoqda.

📝Ushbu qarorga muvofiq Kadastr agentligiga kelgan arizani yozma xabarnomasini olgan kundan boshlab o‘n ish kunida texnik loyihalarni ko‘rib chiqib, ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorlarni ariza muallifiga taqdim qiladi. Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun olinadigan yig‘im infografika ko’rinishida

Telegram Instagram YouTube Facebook